Ташкент
logo
SavatKirish

PERISTALID

PERISTALID chiqarish shakllari

PERISTALID sirop 200ml 667mg/ml
Retseptsiz
PERISTALID sirop 200ml 667mg/ml
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd., Gruziya proizvedeno: Laboratorios Basi Industria Farmaceutica, S.A.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
248 000 so'm dan
- PERISTALID qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- PERISTALIDning tarkibi
- PERISTALID ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- PERISTALID narxi Toshkent dorixonalarida

PERISTALID qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Portugaliya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Taʼsir etuvchi moddaga yuqori sezuvchanlik.

Ichak tutilishida qoʻllash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Yoʻgʻon ichakda laktuloza quyimolekulyar organik kislotalarga parchalanadi. Bu kislotalar yoʻgʻon ichakda rN ni pasaytiradi va osmos yoʻli bilan, ichak ichidagilarni hajmini oshiradi. Natijada axlatni konsistensiyasi normallashadi, yoʻgʻon ichak peristaltikasi kuchayadi.

Qabziyat bartaraf qilinib va yoʻgʻon ichakning fiziologik ritmi tiklanadi.

Portotizimli ensefalopatiyada (PTE), jigar koma oldi va komasi holatida laktulozaning taʼsiri quyidagilar bilan kechadi: atsedofil bakteriyalar (masalan, Lactobacillus) sonini oshirish yoʻli bilan proteolitik bakteriyalarni faolligini soʻsaytirilishi; yoʻgʻon ichak ichidagini achishi natijasida ammiakni ion shakliga aylanishi; yoʻgʻon ichakni rN muhitini pastligi tufayli, shuningdek osmos samarasi va bakteriyalarni azot saqlovchi moddalarni bakteriyalarni ammiakni utilizatsiya qilib, oqsil sintezini ragʻbatlantirishi natijasida oʻzgarishi bilan bogʻliq surgi samarasi namoyon boʻladi.

Yuqoridagilar giperammoniyemiyaning oʻzi portotizimli ensefalopatiyani nerv-ruhiy koʻrinishlarini tushuntira olmaydi. Lekin ammiakni boshqa azot saqlovchi birikmalar uchun model sifatida asos sifatida qabul qilish mumkin.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Peroral yuborilganda laktuloza yomon soʻriladi. U soʻrilmasligi tufayli va oʻzgarmagan shaklda yoʻgʻon ichakka tushadi, u yerda ichakning bakterial florasi tomonidan metabolizmga uchraydi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Laktuloza 25-50 gramm gacha yoki 40-75 ml gacha boʻlgan dozalarda toʻliq metabolizmga uchraydi; undan yuqoriroq dozalarda laktulozani bir qismi oʻzgarmagan koʻrinishida chiqarilishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xozirgi vaqtda mavjud maʼlumotlardan kelib chiqqan holda, laktulozani homiladorlik va emizish davrida tavsiya qilingan davolovchi dozalarida xavotirsiz qoʻllash mumkin.

Dozirovkasi

Portotizimli ensefalopatiya, jigar koma oldi va komasi holatida:

  • boshlangʻich doza: 30 ml dan 50 ml gacha kuniga 3-marta buyuriladi;
  • samarani bir maromda ushlab turuvchi doza: diareyani paydo boʻlishidan saqlash uchun har bir patsiyent uchun individual ravishda tanlanadi.

Qabziyat yoki ichni yumshoq kelish talab qilinadigan klinik holat.

Peristalid preparatining qabziyatni davolash uchun dozasi patsiyentning shaxsiy reaksiyasiga bogʻliq. Misol sifatida quyida dozalash sxemasi keltirilgan.

Boshlangʻich doza (3 kun), kuniga ml da

Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza, kuniga ml da

Kattalar

10-45

10-25

Bolalar (7 yoshdan 14 yoshgacha)

15

10

Bolalar (1 yoshdan 6 yoshgacha)

5-10

5-10

Chaqaloqlar

5

5


Laktuloza oʻzining davolovchi taʼsirini faqat yoʻgʻon ichakga yetib borgandan keyin koʻrsatishi tufayli,  ich kelishini yoʻlga solish uchun, 1-2 kun talab qilinishi mumkin.

Peristalid preparatini ovqat bilan (masalan yogurt) yoki suyuqliklar (sharbat yoki suv bilan) qabul qilish mumkin.

Salmonelezli enteritni davolash - surunkali tashuvchilarni sanatsiya qilish.

Kattalar.

Davolashning 1-chi sikli (10-12 kunni tashkil qiladi): 15 ml dan kuniga 3-marta buyuriladi.

Davolashning 2-chi sikli (10-12 kunni tashkil qiladi) davolashdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin: 15 ml dan kuniga 3-marta buyuriladi.

Zarurat boʻlganida davolashdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin davolashni 3-chi siklini oʻtqazish mumkin: 30 ml dan kuniga 3-marta buyuriladi.

Kuniga 2-3-marta yumshoq ich kelishiga erishish uchun dozani shaxsiy ravishda, yoshiga muvofiq asta-sekin tanlash lozim. Diareyani rivojlanishidan saqlanish lozim.

Pediatrik populyatsiya

7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun doza kattalar uchun tavsiya qilingan dozaning yarmisini tashkil qilishi kerak.

1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga kattalar uchun tavsiya qilinadigan dozani uchdan bir qismini berish lozim.

Qoʻllash usuli

Oʻramga joylangan darajalarga boʻlingan oʻlchov moslamasi yordamida kerakli dozani oʻlchab olish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishiga nisbatan maʼlumotlar yoʻq. Shu bilan birga agar yuborilgan doza xaddan tashqari yuqori boʻlsa, sefalgiya yoki diareya rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda davolashni toʻxtatish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bir necha kun davolangandan keyin qabziyat saqlanib qolsa yoki davolashdan keyin qabziyat qaytadan paydo boʻlsa shifokorga murojaat qilish kerak.

Qabziyatni davolashda qoʻllaniladigan odatdagi doza diabeti boʻlgan bemorlarda muammo keltirib chiqarmasligi kerak.

Shu bilan birga, portotizimli ensefalopatiyani, jigar komasini va koma holatini davolashda qoʻllanadigan doza, odatda yuqoriroq boʻladi. Buni diabeti boʻlgan patsiyentlarni davolashda hisobga olish lozim.

Ushbu dori vositasi laktoza (60 mg/ml gacha) va galaktoza (110 mg/ml gacha) saqlaydi. Kamdan-kam uchraydigan galaktozani nasliy oʻzlashtirolmaslik, muammolari boʻlgan patsiyentlar, masalan, galaktozemiyasi boʻlgan patsiyentlarga bu dori vositasini qabul qilish mumkin emas.

Preparat bitta dozada 5,5 g gacha galaktoza saqlaydi. Buni qandli diabeti boʻlgan patsiyentlar hisobga olishlari lozim.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Oʻzining taʼsir mexanizmi natijasida Laktuloza yoʻgʻon ichak ichidagini achitadi (rN pasaytiradi), bu yoʻgʻon ichakning rN muhitiga bogʻliq boʻlgan dori vositalarni (masalan 5-ASK) faolsizlanishiga olib kelishi mumkin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: laktuloza – 667 mg.

Nojo'ya samaralari

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Davolashni boshida meteorizm paydo boʻlishi mumkin. Bu simptomlar odatda keyinchalik davolashni davom etirrilganda oʻtib ketadi.

Ayniqsa yuqori dozalarni qoʻllanganda, shuningdek portotizimli ensefalopatiyani davolash jarayonida diareya paydo boʻlishi mumkin. Dozani shunday tanlash kerakki, bunda kuniga 2-3-marta yumshoq ich kelishiga mumkin boʻlsin.

Qo'llanilishi

Oddiy surunkali qabziyatni davolash.
Portotizimli ensefalopatiya, jigar koma oldi va komasini davolash va profilaktika qilish.
Peristalid preparati bilan uzoq muddatli davolashni oʻtkazish imkoni boʻlganligi, uni giperammoniyemiya rivojlanish tendensiyasi boʻlgan jigar sirrozi bilan xastalangan patsiyentlarda oʻz vaqtida ishlatish imkonini beradi.
Salmonelyozli enteritni davolash - surunkali tashuvchilarni sanatsiya qilish.
Tibbiy nuqtai nazardan, ichni yumshoq kelishi foydali boʻlgan barcha holatlarda (gemorroy, anal yoriqlari, oqma yaralar, anal sohani yalligʻlanishida, yakka yaralarda va anorektal sohasidagi operatsiyalardan keyin) qoʻllanadi.

PERISTALID barcha rasmlari

Barcha rasmlar

PERISTALID savollari

PERISTALID fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil