LANTOROLning aptekalardagi narxlari
LANTOROL kapsulalar 30mg N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
60 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
LANTOROL kapsulalar 30mg N14
|
|
171 ta dorixonada bor
|
48 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
89 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
55 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
LANTOROL ko'rsatmalar
• меъда ва ўн икки бармоқ ичакни, ностероид яллиғланишга қарши воситалар (НЯҚВ) ни қабул қилиш билан боғлиқ бўлган эрозив-ярали шикастланишлари, стресс оқибатида ривожланган яраларни даволаш учун;
• гастроэзофагеал рефлюкс касаллиги (ГЭРК): рефлюкс-эзофагитни даволаш, рефлюкс-эзофагитда симптоматик даволашда;
• Helicobacter pylori эрадикациясида (антибиотиклар билан мажмуада);
• патологик гиперсекретор ҳолатлар, жумладан Золлингер-Эллисон синдромида;
• меъданинг кислота ҳосил қилиш фаолиятини ошиши билан кечувчи сурункали гастритни зўрайиш босқичида;
• меъда-ичак яраси бўлмаган диспепсияда қўллаш мумкин эмас.
• МИЙ ни ҳавфли ўсмаларида;
• ҳомиладорликни биринчи уч ойлигида, лактация даврида қўллаш мумкин эмас.
Буйраклар орқали метаболитлар кўринишида ва ичак орқали чиқарилади. Ярим чиқарилиш даври 1,3-1,7 соатни ташкил этади.
Жигарнинг фаолияти пасайган беморларга ва кекса ёшдаги пациентларга эҳтиёткорлик билан қўлланади.
Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири
Ланторол препаратини қўллаш транспорт воситаларини бошқариш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсир қилмайди.
Ҳомиладорлик ва лактация даврида қўлланиши
Агар даволашдан кутилган фойда ҳомила учун потенциал ҳавфдан устун бўлса, препаратни ҳомиладорликни II ва III уч ойликларида қўллаш мумкин.
Препарат билан даволаниш вақтида эмизишни тўхтатиш керак.
Педиатрияда қўлланиши
18 ёшгача бўлган пациентларда препаратни қўллаш самарадорлиги ва ҳавфсизлиги аниқланмаган, шунинг учун ушбу пациентлар гуруҳида препаратни қўллаш тавсия этилмайди.
Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.
Препарат билан даволаниш вақтида эмизишни тўхтатиш керак.
Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LANTOROL
LANTOROL
Preparatning savdo nomi: Lantorol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lansoprazol
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: lansoprazol – 30 mg;
yordamchi moddalar: mannitol, saxaroza, kalsiy karmelloza, laktoza monogidrati, yengil magniy karbonati, gipromelloza Ye-5, metakril kislotasining sopolimeri L30D, propilenglikol, setil spirti, natriy gidroksidi, polisorbat-80, kopovidon, titan dioksidi.
Ta‘rifi: qattiq jelatin kapsulalar: qopqoqchasi xira moviy rangli / korpusi oq rangli, №1 o‘lchamli, oq yoki sarg‘ish oq rangli palletlardan tarkib topgan qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita.
(N+-K+-ATF-aza ingibitori).
ATX kodi: A02VS03
Farmakologik hususiyatlari
Lantorol – me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita bo‘lib, proton nasosi (N+-K+-ATF-aza) ning spesifik ingibitoridir. Lansoprazol me‘daning parietal hujayralarida N+-K+-ATF-azaning sulfgidril guruhini faolsizlantiradigan faol sulfonamid hosilalarigacha metabolizmga uchraydi. Natijada xlorid kislotasini sintezini oxirgi bosqichi bloklanadi, bu ta‘sirlovchining tabiatidan qat‘iy nazar, me‘dada xlorid kislotasini bazal va stimulyasiya bo‘lgan sekresiyasini pasayishiga olib keladi.
Lantorol Helicobacter pylori ning o‘sishini bostiradi va boshqa preparatlarning antixelikobakter faolligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng so‘rilishi yuqori. Maksimal konsentrasiyasiga 1,5-2,2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 98% ni tashkil etadi.
Buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,3-1,7 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
- me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida;
- me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan eroziv-yarali shikastlanishlari, stress oqibatida rivojlangan yaralarni davolash uchun;
- gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK): reflyuks-ezofagitni davolash, reflyuks-ezofagitda simptomatik davolashda;
- Helicobacter pylori eradikasiyasida (antibiotiklar bilan majmuada);
- patologik gipersekretor holatlar, jumladan Zollinger-Ellison sindromida;
- me‘daning kislota hosil qilish faoliyatini oshishi bilan kechuvchi surunkali gastritni zo‘rayish bosqichida;
- me‘da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiyada qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Lantorol kapsulalari butun holda, chaynamasdan, ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.
Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida sutkada 30 mg dan buyuriladi.
O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishida davolash kursi 2-4 haftani, me‘da yara kasalligida esa 4-8 haftani tashkil etadi.
Me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni, NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan eroziv-yarali shikastlanishida tavsiya etilgan dozasi sutkada 30 mg, davolash kursi 4-8 haftani tashkil etadi.
Gastroezofageal reflyuks kasalligida (reflyuks-ezofagitni davolash) sutkada 30 mg dan 4-8 hafta davomida qabul qilinadi, zarurat bo‘lganida davolashni 8 haftagacha uzaytiriladi.
Helicobacter pylori eradikasiyasida 30 mg dan sutkada 2 marta antibiotiklar bilan majmuada qabul qilinadi.
Patologik gipersekretor holatlarda, jumladan Zollinger-Ellison sindromida preparatning boshlang‘ich dozasi sutkada 2 marta 30 mg ni tashkil etadi, zarurat bo‘lganida dozasi sutkada 120 mg gacha oshiriladi. Davolash kursi individual ravishda aniqlanadi.
Me‘da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiyada 30 mg dan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Davolash kursi 2-3 haftani tashkil etadi.
Jigar yetishmovchiligida va keksa yoshdagi pasientlarga davolash preparatning yarim dozalari bilan boshlanadi, asta-sekin tavsiya etilgan dozalarigacha oshiriladi, ammo sutkada 30 mg dan oshmasin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ishtahani oshishi yoki pasayishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qabziyat.
Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan: bosh og‘rig‘i, lohaslik, bosh aylanishi, uyquchanlik, depressiya, havotirlik.
Allergik reaksiyalar: teri toshmalari.
Boshqalar: yakka hollarda – grippsimon sindrom, mialgiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
- MIY ni havfli o‘smalarida;
- homiladorlikni birinchi uch oyligida, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Lansoprazol teofillinning klirensini (10% ga) pasaytiradi.
Sukralfat lansoprazolning biokiraolishligini 30% ga kamaytiradi (ushbu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq 30-40 minut bo‘lishi kerak).
Sitoxrom R450 fermentlar tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin.
Antasidlarni Lantorol preparatini qabul qilishdan 1 soat oldin yoki qabul qilgandan so‘ng bir soat o‘tgach qabul qilish kerak, chunki ular organizmda dori vositasini so‘rilishini pasaytirishlari mumkin.
Biokiraolishligi me‘daning rN muhitiga bog‘liq bo‘lgan preparatlar (masalan, ketokonazol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Lantorol preparati ularning so‘rilishini o‘zgartirishi mumkin.
Preparat antipirin, diazepam, ibuprofen, indometasin, peroral homiladorlikka qarshi preparatlar, fenitoin, prednizolon, propranolol, varfarin preparatlari bilan mutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin me‘da va qizilo‘ngachda havfli jarayon borligini istisno qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish kasallikning simptomlarini yashirishi va tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.
Jigarning faoliyati pasaygan bemorlarga va keksa yoshdagi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Lantorol preparatini qo‘llash transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Agar davolashdan kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lsa, preparatni homiladorlikni II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin.
Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu pasientlar guruhida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin kapsulalar. 7 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Меъда ва ўн икки бармоқ ичак яра касаллигида суткада 30 мг дан буюрилади.
Ўн икки бармоқ ичак яра касаллигини зўрайишида даволаш курси 2-4 ҳафтани, меъда яра касаллигида эса 4-8 ҳафтани ташкил этади.
Меъда ва ўн икки бармоқ ичакни, НЯҚВ қабул қилиш билан боғлиқ бўлган эрозив-ярали шикастланишида тавсия этилган дозаси суткада 30 мг, даволаш курси 4-8 ҳафтани ташкил этади.
Гастроэзофагеал рефлюкс касаллигида (рефлюкс-эзофагитни даволаш) суткада 30 мг дан 4-8 ҳафта давомида қабул қилинади, зарурат бўлганида даволашни 8 ҳафтагача узайтирилади.
Helicobacter pylori эрадикациясида 30 мг дан суткада 2 марта антибиотиклар билан мажмуада қабул қилинади.
Патологик гиперсекретор ҳолатларда, жумладан Золлингер-Эллисон синдромида препаратнинг бошланғич дозаси суткада 2 марта 30 мг ни ташкил этади, зарурат бўлганида дозаси суткада 120 мг гача оширилади. Даволаш курси индивидуал равишда аниқланади.
Меъда-ичак яраси бўлмаган диспепсияда 30 мг дан суткада 1-2 марта буюрилади. Даволаш курси 2-3 ҳафтани ташкил этади.
Жигар етишмовчилигида ва кекса ёшдаги пациентларга даволаш препаратнинг ярим дозалари билан бошланади, аста-секин тавсия этилган дозаларигача оширилади, аммо суткада 30 мг дан ошмасин.
Марказий нерв тизими (МНТ) томонидан: бош оғриғи, лоҳаслик, бош айланиши, уйқучанлик, депрессия, ҳавотирлик.
Аллергик реакциялар: тери тошмалари.
Бошқалар: якка ҳолларда – гриппсимон синдром, миалгия.
Сукральфат лансопразолнинг биокираолишлигини 30% га камайтиради (ушбу препаратларни қабул қилишлар ўртасидаги оралиқ 30-40 минут бўлиши керак).
Цитохром Р450 ферментлар тизими иштирокида метаболизмга учрайдиган препаратлар билан ўзаро таъсир қилиши мумкин.
Антацидларни Ланторол препаратини қабул қилишдан 1 соат олдин ёки қабул қилгандан сўнг бир соат ўтгач қабул қилиш керак, чунки улар организмда дори воситасини сўрилишини пасайтиришлари мумкин.
Биокираолишлиги меъданинг рН муҳитига боғлиқ бўлган препаратлар (масалан, кетоконазол) билан бир вақтда қўлланганида, Ланторол препарати уларнинг сўрилишини ўзгартириши мумкин.
Препарат антипирин, диазепам, ибупрофен, индометацин, перорал ҳомиладорликка қарши препаратлар, фенитоин, преднизолон, пропранолол, варфарин препаратлари билан мутаносибдир.
Таркиби
Бир капсула қуйидагиларни сақлайди:
фаол модда: лансопразол – 30 мг;
ёрдамчи моддалар: маннитол, сахароза, кальций кармеллоза, лактоза моногидрати, енгил магний карбонати, гипромеллоза Е-5, метакрил кислотасининг сополимери L30D, пропиленгликоль, цетил спирти, натрий гидроксиди, полисорбат-80, коповидон, титан диоксиди.
Ланторол Helicobacter pylori нинг ўсишини бостиради ва бошқа препаратларнинг антихеликобактер фаоллигини оширади.
Яроқлилик муддати
3 йил.
Chiqarish shakllari