Lemoks
Lemoks chiqarilish shakllari
Lemoks haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlik;
- tutqanoq;
- xinolonlar bilan oldingi oʻtkazilgan davolashdagi paylarning shikastlanishi;
- homiladorlik;
- laktatsiya davri;
- 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas.
Farmakologik ta'siri
Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng taʼsir doirasiga ega mikroblarga qarshi bakteritsid vosita. DNK-giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK sintezini susaytiradi (ingibitsiya qiladi), sitoplazmada, xujayra devorida va membranalarda chuqur morfologik oʻzgarishlarni chaqiradi. Levofloksatsin xam in vitro, xam in vivo sharoitida mikroorganizmlarning koʻpchilik shtammlariga nisbatan faoldir.
In vitro
Sezgir mikroorganizmlar (MPK ≤ 2mg/l):
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium diphtheriae, Corynebacterium striatum, Enterococcus faecalis, Enterococcus spr, Listeria monocytogenes, Staphylococcus coagulase-negative methi-S/I (metitsillinga sezgir/oʻracha sezgir), Staphylococcus aureus methi-S, Staphylococcus epidermidis methi-S, Staphylococcus spp (CNS), S va G guruhi Streptococci, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae peni S/I/R (penitsillinga sezgir/oʻracha sezgir/rezistent), Streptococcus pyogenes, Viridans streptococci peni-S/R.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter baumannii, Acinetobacter spp., Actinobacillus actinimycetemcomitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae, Enterobacter spp, Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae ampi-S/R (ampitsillinga sezgir/rezistent), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp, Moraxela catarrhalis β+/β-, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae non PPNG/PPNG, Neisseria meningitidis, Pasteurella canis, Pasteurella dagmatis, Pasteurella multocida, Pasteurella spp, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia spp, Pseudomonas aeruginosa (Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan gospital infeksiyalar, majmuaviy davolashni talab etishi mumkin), Pseudomonas spp, Salmonella spp, Serratia marcescens, Serratia spp.
Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp, Clostridium perfringens, Fusobacterium spp, Peptostreptococcus, Propionibacterium spp, Veillonella spp.
Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Legionella spp, Mycobacterium spp, Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Rickettsia spp, Ureaplasma urealyticum.
Oʻrtacha sezgir mikroorganizmlar (MPK ≥ 4 mg/l):
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis methi-R (metitsillinga rezistent), Staphylococcus haemolyticus methi-R.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Burkholderia cepacia, Campylobacter jejuni/coli.
Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ovatus, Prevotella spp, Porphyromonas spp.
Chidamli mikroorganizmlar (MPK ≥8 mg/l):
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus methi-R, Staphylococcus coagulase-negative methi-R.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosoxidans.
Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium.
Ichga qabul qilingandan keyin levofloksatsin meʼda-ichak yoʻllaridan tez va deyarli toʻliq soʻriladi. Qon plazmasidagi Smax ga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi - 30-40%. Aʼzolar va toʻqimalarga: oʻpka, bronxlarning shilliq qavati, balgʻam, siydik chiqarish tizimi aʼzolari, jinsiy aʼzolar, polimorfyadroli leykotsitlar, alveolyar makrofaglarga yaxshi kiradi. Yarim chiqarilishi davri T1/2 6-8 soatni tashkil qiladi. Organizmdan asosan buyrak orqali chiqariladi. Levofloksatsinning 5% dan kam qismi metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish xurujlari, koʻngil aynishi, shilliq qavatlarning eroziv shikastlanishi.
Davolash: simptomatik davolash oʻtkaziladi. Levofloksatsin dializ yordamida chiqarilmaydi. Spetsifik antidoti mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalari
Keksa yoshdagi patsiyentlarda levofloksatsin ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (buyrak faoliyatini yondosh pasayishi mumkinligining yuqori ehtimoli bor).
Levofloksatsin bilan davolash vaqtida preparatni qabul qilishni tana harorati normallashganidan keyin yana kamida 48–78 soat davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.
Davolanish vaqtida teri qoplamalarini shikastlanishidan (fotosensibilizatsiya) saqlanish uchun quyosh va ultrabinafsha nuri taʼsirida nurlanishdan saqlanish lozim.
Tendinit belgilari paydo boʻlganida levofloksatsin darhol bekor qilinadi. Glyukokortikosteroidlar qoʻllanganda paylarni uzilishi va tendinit xavfi oshadi.
Anamnezida bosh miyani shikastlanishi (insult, ogʻir jarohat) boʻlgan patsiyentlarda tirishishlar rivojlanishi mumkinligini, glyukozo-6-fosfatdegidpogenaza yetishmovchiligida – gemolizni rivojlanish xavfini nazarda tutish lozim.
Preparatni qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanganda, levofloksatsin gipoglikemiyani chaqirishi mumkinligini nazarda tutish lozim, bu ishtahani oshishi, titroq, asabiylashish bilan namoyon boʻlishi mumkin.
Pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan ogʻir pnevmoniyada levofloksatsinni qoʻllanishi yetarli samara bermasligi mumkin.
Ogʻir allergik reaksiyalardan oldin terida yengilroq koʻrinishlar namoyon boʻlishi mumkin. Biroq bu reaksiyalar birinchi dozadan keyinoq – levofloksatsin qoʻllanganidan keyin bir necha minut yoki soatdan keyin rivojlanishi mumkin.
Levofloksatsin bilan davolanish vaqtida, qon aralash yoki usiz ogʻir, turgʻun diareya paydo boʻlganida shifokorni xabardor qilish lozimligi toʻgʻrisida patsiyentlarga maʼlumot berish kerak. Diareyaning sababi, antibiotikoterapiya vaqtida rivojlanadigan enterokolit boʻlishi mumkin. Soxtamembranoz kolitga gumon qilinganida levofloksatsinni darhol Levostalni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Bunday hollarda, ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qoʻllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin xam preparatlarning (fenbufen, unga oʻxshash nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, teofillin) tirishishga tayyorlik boʻsagʻasini pasaytirish xususyatini kuchaytirishi mumkin.
Lemoksning taʼsiri sukralfat bilan, magniy- yoki alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar bilan, shuningdek temir tuzlari bilan bir vaqtda qoʻllanganda ancha pasayadi. Shuning uchun Lemoksni bu dori preparatlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Levofloksatsinni organizmdan chiqarilishi simetidin va probenetsidning taʼsiri ostida biroz sekinlashadi, bu deyarli klinik ahamiyatga ega emas. Shunday boʻlsada, levofloksatsin bilan davolashni, eng avvalo buyrak faoliyati cheklangan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan oʻtkazish kerak.
Levofloksatsin siklosporinning yarim chiqarilish davrini biroz oshiradi.
Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqftda qabul qilish paylarni uzilish xavfini oshiradi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Lemoksni ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilishlar orasidagi tanaffuslarda, chaynamay, yetarli miqdordagi suyuqlik qabul qilinadi.
Sinusitda - 500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.
Surunkali bronxitni zoʻrayishida - 250-500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 7 – 10 kun.
Pnevmoniyada - 250-500 mg sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.
Siydik chiqarish yoʻllarining asoratlanmagan infeksiyalarida - 250 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 3 kun.
Prostatitda – 500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 28 kun.
Siydik chiqarish yoʻllarining asoratlanmagan infeksiyalarida, shu jumladan piyelonefritda - 250 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.
Teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida - 250-500 mg dan sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.
Septitsemiya/bakteriyemiya – 500 mg dan sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.
Intraabdominal infeksiyalarda – 500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun (anaerob floraga taʼsir etuvchi antibakterial preparatlar bilan majmuada qoʻllanadi).
Tuberkulezning dorilarga chidamli shakllarini kompleks davolash – 500 mg dan sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 3 oygacha davom etadi.
Buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda levofloksatsinning dozalash tartibiga kreatinin klirensi (KK) koʻrsatkichiga qarab tuzatish kiritish talab etiladi:
KK=20-50 ml/min boʻlganida – 125-250 mg sutkada 1-2-marta buyuriladi; KK= 10-19ml/min boʻlganida – 125 mg dan 12 - 48 soat davomida 1-marta; KK<10 ml/min boʻlganida – 125 mg dan 24 yoki 48 soatdan keyin buyuriladi. Davolash kursi – 7-10 kun (14 kungacha) davom etadi.
Jigar faoliyatini buzilishida Lemoksning dozasini maxsus tanlash talab etilmaydi, chunki levofloksatsin jigarda juda oz darajada metabolizmga uchraydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, kreatinin klirensi past boʻlgan hollardan tashqari hollarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Agar Lemoksning navbatdagi dozasi oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, uni navbatdagi qabul qilish vaqti yaqinlashmasdan, iloji boricha tezroq qabul qilish lozim. Keyin qabul qilishni sxema boʻyicha davom ettirish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

























