Apteka.uz
SavatKirish

LEMOKS tabletkalari 500mg N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Turkiya
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Levofloksasin
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Teglar:Sistitdan
Vakil:GMP
ATX kodi:J01MA12
Barcha Lemoks dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LEMOKS tabletkalari 500mg N10 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning bir qobiq bilan qoplangan tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 500 mg levofloksatsin (gemigidrat shaklida);

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, krospovidon, gidroksipropilmetil-sellyuloza, magniy stearati, stearin kislotasi, talk, kremniy dioksidi, qobiq uchun kukun.

Farmakologik ta'siri

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng taʼsir doirasiga ega mikroblarga qarshi bakteritsid vosita. DNK-giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK sintezini susaytiradi (ingibitsiya qiladi), sitoplazmada, xujayra devorida va membranalarda chuqur morfologik oʻzgarishlarni chaqiradi. Levofloksatsin xam in vitro, xam in vivo sharoitida mikroorganizmlarning koʻpchilik shtammlariga nisbatan faoldir.

In vitro

Sezgir mikroorganizmlar (MPK ≤ 2mg/l):

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium diphtheriae, Corynebacterium striatum, Enterococcus faecalis, Enterococcus spr, Listeria monocytogenes, Staphylococcus coagulase-negative methi-S/I (metitsillinga sezgir/oʻracha sezgir), Staphylococcus aureus methi-S, Staphylococcus epidermidis methi-S, Staphylococcus spp (CNS), S va G guruhi Streptococci, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae peni S/I/R (penitsillinga sezgir/oʻracha sezgir/rezistent), Streptococcus pyogenes, Viridans streptococci peni-S/R.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter baumannii, Acinetobacter spp., Actinobacillus actinimycetemcomitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae, Enterobacter spp, Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae ampi-S/R (ampitsillinga sezgir/rezistent), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp, Moraxela catarrhalis β+/β-, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae non PPNG/PPNG, Neisseria meningitidis, Pasteurella canis, Pasteurella dagmatis, Pasteurella multocida, Pasteurella spp, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia spp, Pseudomonas aeruginosa (Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan gospital infeksiyalar, majmuaviy davolashni talab etishi mumkin), Pseudomonas spp, Salmonella spp, Serratia marcescens, Serratia spp.

Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp, Clostridium perfringens, Fusobacterium spp, Peptostreptococcus, Propionibacterium spp, Veillonella spp.

Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Legionella spp, Mycobacterium spp, Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Rickettsia spp, Ureaplasma urealyticum.

Oʻrtacha sezgir mikroorganizmlar (MPK ≥ 4 mg/l):

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis methi-R (metitsillinga rezistent), Staphylococcus haemolyticus methi-R.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Burkholderia cepacia, Campylobacter jejuni/coli.

Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ovatus, Prevotella spp, Porphyromonas spp.

Chidamli mikroorganizmlar (MPK ≥8 mg/l):

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus methi-R, Staphylococcus coagulase-negative methi-R.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosoxidans.

Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium.

Ichga qabul qilingandan keyin levofloksatsin meʼda-ichak yoʻllaridan tez va deyarli toʻliq soʻriladi. Qon plazmasidagi Smax ga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi - 30-40%. Aʼzolar va toʻqimalarga: oʻpka, bronxlarning shilliq qavati, balgʻam, siydik chiqarish tizimi aʼzolari, jinsiy aʼzolar, polimorfyadroli leykotsitlar, alveolyar makrofaglarga yaxshi kiradi. Yarim chiqarilishi davri T1/2 6-8 soatni tashkil qiladi. Organizmdan asosan buyrak orqali chiqariladi. Levofloksatsinning 5% dan kam qismi metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Teri reaksiyalari va oʻta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari:

baʼzida: terini qichishishi va qizarishi;

kam hollarda: eshakemi, bronxlarni torayishi va ogʻir boʻgʻilish ehtimoli kabi simptomlar bilan kechuvchi oʻta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar);

juda kam hollarda: teri va shilliq qavatlarini shishlari (masalan, yuz va tomoq sohasida). Arterial bosimni keskin tushib ketishi va shok; quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik; allergik pnevmonit; vaskulit;

alohida hollarda: terida ogʻir toshmalar toshishi, pufaklar hosil boʻlishi bilan birga, masalan, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ekssudativ koʻpshaklli eritema. Oʻta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalaridan oldin baʼzida yengilroq teri reaksiyalari boʻlishi mumkin. Yuqorida nomlangan reaksiyalar preparatni birinchi dozasi yuborilganidan bir necha minut yoki soat oʻtganidan keyinoq rivojlanishi mumkin.

Meʼda-ichak yoʻllari va modda almashinuvi tomonidan:

tez-tez: koʻngil aynishi, diareya.

baʼzida: ishtahani yoʻqolishi, qusish, qorin ogʻriqlari, ovqat hazm boʻlishini buzilishi.

kam hollarda: qonli ich ketishi, u juda kam hollarda ichakni yalligʻlanishining va hatto soxtamembranoz kolitning belgisi ham boʻlishi mumkin.

juda kam hollarda: qandli diabeti boʻlgan bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qondagi qand miqdorini kamayishi (gipoglikemiya) (qandli diabetning mumkin boʻlgan belgilari: “boʻri” ishtahasi, asabiylik, terlash, qaltirash).

Boshqa xinolonlarni qoʻllash tajribasi, ularni porfiriyani zoʻrayishini chaqirishi mumkinligini tasdiqlaydi (modda almashinuvini juda kam uchraydigan kasalligi), shu kasal bilan kasallangan bemorlarda. Bunday taʼsirni Lemoks dori preparati qoʻllanganida ham istisno qilib boʻlmaydi.

Nerv tizimi tomonidan:

baʼzida: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va/yoki qotib qolish (jismoniy va aqliy faollikni cheklanishi), uyquchanlik, uyquni buzilishi.

kam hollarda: depressiya, psixotik reaksiyalar (masalan, gallyutsinatsiyalar bilan), noxush tuygʻular (masalan, qoʻllarning panjalarida paresteziyalar), qaltirash, qoʻzgʻalgan holat, tirishishlar va ongni chalkashishi;

juda kam hollarda: koʻrishni va eshitishni buzilishi, taʼm sezuvchanligini va hid sezishni buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

kam hollarda: kuchli yurak urishi, arterial bosimni pasayishi.

juda kam hollarda: (shokka oʻxshash) qon tomir kollapsi.

alohida hollarda: QT intervalini uzayishi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan:

kam hollarda: paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendinit), boʻgʻim va mushak ogʻriqlari;

juda kam hollarda: paylarni uzilishi (masalan, axillov payini); bu nojoʻya samarasi davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida kuzatilishi mumkin va ikki tomonlama xarakterga ega boʻlishi mumkin. astenik bulbar falaj bilan kasallangan bemorlar uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan mushak kuchsizligi;

alohida hollarda: mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz).

Jigar va buyrakka taʼsiri:

tez-tez: jigar fermentlarining (masalan, alaninaminotransferaza va aspartataminotransferaza) faolligini oshishi;

kam hollarda: qon zardobida bilirubin va kreatininning miqdorini oshishi (jigar va buyrak faoliyatini cheklanganligi belgisi);

juda kam hollarda: jigar reaksiyalari, hatto buyrak yetishmovchiligigacha boʻlgan buyraklar faoliyatini yomonlashishi, masalan, allergik reaksiyalar oqibatidagi (interstitsial nefrit).

Qon yaratish tizimi tomonidan:

baʼzida: eozinofiliya, leykopeniya.

kam hollarda: neytropeniya, trombotsitopeniya, bu qonovchanlikni kuchayishi bilan birga kechishi mumkin.

juda kam hollarda: agranulotsitoz va ogʻir infeksiyalarni rivojlanishi (tana haroratini turgʻun yoki qaytalanuvchi oshishi, tomoqni yalligʻlanishi va holatni turgʻun yomonlashuvi bilan kechadi).

alohida hollarda: gemolitik anemiya; pansitopeniya,.

baʼzida: umumiy holsizlik (asteniya).

juda kam hollarda:

Boshqa nojoʻya samaralar:

Tez-tez: isitma, allergik pnevmonit

Har qanday antibiotik bilan davolash odamda normal holatda boʻladigan mikrofloraning oʻzgarishini chaqirishi mumkin (bakteriyalar va zamburugʻlar). Shu sababga koʻra qoʻllanayotgan antibiotikka nisbatan chidamli bakteriyalar va zamburugʻlarning kuchli koʻpayishi yuz berishi mumkin (ikkilamchi infeksiya va superinfeksiya), u kam hollarda qoʻshimcha davolashni talab qlishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Keksa yoshdagi patsiyentlarda levofloksatsin ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (buyrak faoliyatini yondosh pasayishi mumkinligining yuqori ehtimoli bor).

Levofloksatsin bilan davolash vaqtida preparatni qabul qilishni tana harorati normallashganidan keyin yana kamida 48–78 soat davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.

Davolanish vaqtida teri qoplamalarini shikastlanishidan (fotosensibilizatsiya) saqlanish uchun quyosh va ultrabinafsha nuri taʼsirida nurlanishdan saqlanish lozim.

Tendinit belgilari paydo boʻlganida levofloksatsin darhol bekor qilinadi. Glyukokortikosteroidlar qoʻllanganda paylarni uzilishi va tendinit xavfi oshadi.

Anamnezida bosh miyani shikastlanishi (insult, ogʻir jarohat) boʻlgan patsiyentlarda tirishishlar rivojlanishi mumkinligini, glyukozo-6-fosfatdegidpogenaza yetishmovchiligida – gemolizni rivojlanish xavfini nazarda tutish lozim.

Preparatni qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanganda, levofloksatsin gipoglikemiyani chaqirishi mumkinligini nazarda tutish lozim, bu ishtahani oshishi, titroq, asabiylashish bilan namoyon boʻlishi mumkin.

Pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan ogʻir pnevmoniyada levofloksatsinni qoʻllanishi yetarli samara bermasligi mumkin.

Ogʻir allergik reaksiyalardan oldin terida yengilroq koʻrinishlar namoyon boʻlishi mumkin. Biroq bu reaksiyalar birinchi dozadan keyinoq – levofloksatsin qoʻllanganidan keyin bir necha minut yoki soatdan keyin rivojlanishi mumkin.

Levofloksatsin bilan davolanish vaqtida, qon aralash yoki usiz ogʻir, turgʻun diareya paydo boʻlganida shifokorni xabardor qilish lozimligi toʻgʻrisida patsiyentlarga maʼlumot berish kerak. Diareyaning sababi, antibiotikoterapiya vaqtida rivojlanadigan enterokolit boʻlishi mumkin. Soxtamembranoz kolitga gumon qilinganida levofloksatsinni darhol Levostalni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Bunday hollarda, ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qoʻllash mumkin emas.

Qo'llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklari:

- quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari (surunkali bronxit, pnevmoniya);

- LOR-aʼzolarining infeksiyalari (sinusit, oʻrta otit),

- buyrak va siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari (shu jumladan oʻtkir piyelonefrit),

- jinsiy aʼzolarning infeksiyalari (shu jumladan urogenital xlamidioz),

- teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari (yiringlagan ateromalar, abssess, furunkullar) da qoʻllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlik;

- tutqanoq;

- xinolonlar bilan oldingi oʻtkazilgan davolashdagi paylarning shikastlanishi;

- homiladorlik;

- laktatsiya davri;

- 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin xam preparatlarning (fenbufen, unga oʻxshash nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, teofillin) tirishishga tayyorlik boʻsagʻasini pasaytirish xususyatini kuchaytirishi mumkin.

Lemoksning taʼsiri sukralfat bilan, magniy- yoki alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar bilan, shuningdek temir tuzlari bilan bir vaqtda qoʻllanganda ancha pasayadi. Shuning uchun Lemoksni bu dori preparatlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Levofloksatsinni organizmdan chiqarilishi simetidin va probenetsidning taʼsiri ostida biroz sekinlashadi, bu deyarli klinik ahamiyatga ega emas. Shunday boʻlsada, levofloksatsin bilan davolashni, eng avvalo buyrak faoliyati cheklangan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan oʻtkazish kerak.

Levofloksatsin siklosporinning yarim chiqarilish davrini biroz oshiradi.

Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqftda qabul qilish paylarni uzilish xavfini oshiradi.

Dozirovkasi

Lemoksni ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilishlar orasidagi tanaffuslarda, chaynamay, yetarli miqdordagi suyuqlik qabul qilinadi.

Sinusitda - 500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.

Surunkali bronxitni zoʻrayishida - 250-500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 7 – 10 kun.

Pnevmoniyada - 250-500 mg sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.

Siydik chiqarish yoʻllarining asoratlanmagan infeksiyalarida - 250 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 3 kun.

Prostatitda – 500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 28 kun.

Siydik chiqarish yoʻllarining asoratlanmagan infeksiyalarida, shu jumladan piyelonefritda - 250 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.

Teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida - 250-500 mg dan sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.

Septitsemiya/bakteriyemiya – 500 mg dan sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun.

Intraabdominal infeksiyalarda – 500 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi, davolash kursi – 10–14 kun (anaerob floraga taʼsir etuvchi antibakterial preparatlar bilan majmuada qoʻllanadi).

Tuberkulezning dorilarga chidamli shakllarini kompleks davolash – 500 mg dan sutkada 1-2-marta buyuriladi, davolash kursi – 3 oygacha davom etadi.

Buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda levofloksatsinning dozalash tartibiga kreatinin klirensi (KK) koʻrsatkichiga qarab tuzatish kiritish talab etiladi:

KK=20-50 ml/min boʻlganida – 125-250 mg sutkada 1-2-marta buyuriladi; KK= 10-19ml/min boʻlganida – 125 mg dan 12 - 48 soat davomida 1-marta; KK<10 ml/min boʻlganida – 125 mg dan 24 yoki 48 soatdan keyin buyuriladi. Davolash kursi – 7-10 kun (14 kungacha) davom etadi.

Jigar faoliyatini buzilishida Lemoksning dozasini maxsus tanlash talab etilmaydi, chunki levofloksatsin jigarda juda oz darajada metabolizmga uchraydi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda, kreatinin klirensi past boʻlgan hollardan tashqari hollarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Agar Lemoksning navbatdagi dozasi oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, uni navbatdagi qabul qilish vaqti yaqinlashmasdan, iloji boricha tezroq qabul qilish lozim. Keyin qabul qilishni sxema boʻyicha davom ettirish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish xurujlari, koʻngil aynishi, shilliq qavatlarning eroziv shikastlanishi.

Davolash: simptomatik davolash oʻtkaziladi. Levofloksatsin dializ yordamida chiqarilmaydi. Spetsifik antidoti mavjud emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparatni homiladorlikda va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LEMOKS tabletkalari 500mg N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LEMOKS tabletkalari 500mg N10 o'xshash dorilari

AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Retseptli
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
32 500 so'm dan
Morecin granulalari 3G N1
Morecin granulalari 3G N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt.Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
67 800 so'm dan
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Retseptli
MOLOKS-IN eritma 250ml 400mg/250ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
117 117 so'm dan
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Retseptli
AVIFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Abaris Healthcare Pvt. Ltd
•27 ta dorixonada bor
Narxi
44 000 so'm dan

LEMOKS tabletkalari 500mg N10 xususiyatlari

LEMOKS tabletkalari 500mg N10 analoglari

SIGNISEF ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Retseptli
SIGNISEF ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sentiss Farma Pvt. Ltd.
•31 ta dorixonada bor
Narxi
63 000 so'm dan
OFTAKVIKS ko'z tomchilari 5mg 0,5%
Retseptli
OFTAKVIKS ko'z tomchilari 5mg 0,5%
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Santen Oy
•26 ta dorixonada bor
Narxi
90 900 so'm dan
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Retseptli
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Belmedpreparati RUP
•2 ta dorixonada bor
Narxi
7 609 so'm dan
ALFAFLOKS ANT infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Retseptli
ALFAFLOKS ANT infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Bioindustria Laboratorio Italiano Medicinali S.P.A.
•17 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1
Retseptli
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unosourse Pharma LTD, Indiya proizvedeno: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
•19 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5
Retseptli
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Macleods Pharmaceutical Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
62 000 so'm dan
ELFLOKS eritma 100ml
ELFLOKS eritma 100ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
22 400 so'm dan
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1
Retseptli
LEVOYAPS ko'z tomchilari 5ml 5mg / ml N1
Bolgariya
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Belinda Laboratories LLP, Velikobritaniya proizvedeno: Balkanpharma-Razgrad AD
•58 ta dorixonada bor
Narxi
61 900 so'm dan
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Retseptli
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•29 ta dorixonada bor
Narxi
9 400 so'm dan
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Retseptli
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Indiya proizvedeno: Aishwariya Healthcare
•9 ta dorixonada bor
Narxi
58 500 so'm dan
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Retseptli
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•14 ta dorixonada bor
Narxi
49 800 so'm dan

LEMOKS tabletkalari 500mg N10 haqida savollar

LEMOKS tabletkalari 500mg N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil