Loratalning aptekalardagi narxlari
LORATAL tabletkalari 10mg N30
|
|
174 ta dorixonada bor
|
67 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
93 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
75 000 so'mdan
Bron qilish
|
LORATAL tabletkalari 10mg N10
|
|
149 ta dorixonada bor
|
21 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
30 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
24 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Loratal ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LORATAL®
LORATALUM
Preparatning savdo nomi: Loratal®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Loratadin
Dori shakli: Tabletkalar
Tarkibi:
Faol modda: Loratadin – 10 mg.
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrat, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearat.
Ta‘rifi: Oq rangli, oval shaklli, bir tomoni chiziqli va «10 mg» gravirovkasi, va boshqa tomonida “NOBEL” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antiallergik vosita.
ATX kodi: R06AX13
Farmakologik xususiyatlari
Loratadin N1-gistamin reseptorlarining blokatoridir. Ko‘rsatilgan turdagi periferik reseptorlarga nisbatan selektiv antagonizmi bilan xarakterlanadi. Allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta‘sirga ega. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, to‘qimalar shishini rivojlanishini oldini oladi. Preparat markaziy nerv tizimiga deyarli ta‘sir etmaydi, uyquchanlik chaqirmaydi, sedativ va antixolinergik ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Preparatning ta‘siri qabul qilinganidan keyin 30 minutdan so‘ng boshlanadi va 24 soat davom etadi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 1,3 soatni tashkil etadi, uning faol metabolitining maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 2,5 soat. Loratadinning faol metaboliti – dezkarboetoksiloratadinni hosil bo‘lishi bilan jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Loratadinning yarim chiqarilish davri 8.4 soatni, dezkarboetoksiloratadinni esa – 28 soatni tashkil etadi. Dozaning taxminan 80% metobolitlar holida teng miqdorda siydik va axlat bilan 10 kun davomida chiqariladi. Dozaning taxminan 27% birinchi sutka davomida siydik bilan chiqariladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat 10 mg dozada qabul qilinganda loratadinning farmakokinetik profili kattalarniki bilan bir xil bo‘ladi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Preparat quyidagilar:
- mavsumiy va doimiy allergik rinitni, kon‘yunktivitni davolash;
- Kvinke shishini davolash (shu jumladan surunkali idiopatik eshakemi);
- gistamin ajralib chiqishi bilan bog‘liq psevdoallergik reaksiyalarni davolash;
- qichishuvchi dermatozlarini davolash;
- hasharotlar chaqqandagi allergik reaksiyalarni davolash;
- turli etiologiyali qichishishlarni davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga preparatni tavsiya qilinadigan dozasi sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vazni 30 kg gacha bo‘lganida tavsiya etiladigan doza sutkada 1 marta 5 mg, tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lsa, sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki buyrak yetishmovchiligi (kalava filtrasiyasi tezligi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarga boshlang‘ich dozasi kunora 10 mg ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, gastrit; kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin (ko‘proq kattalarda).
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, toliqish, uyquchanlik (ko‘proq kattalarda); kamdan-kam hollarda bolalarda – bosh og‘rig‘i, asabiylik yoki sedativ ta‘sir.
Teri reaksiyalari: kam hollarda – alopesiya.
Allergik reaksiyalar: teri toshmalari (ko‘proq kattalarda), kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Loratadin yoki preparatning har qanday boshqa bir komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Xomiladorlikda preparatni ona uchun taxmin qilinayotgan foyda xomila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lganda qo‘llash mumkin. Loratadin va uning metoboliti ko‘krak sutiga oson o‘tadi, shuning uchun laktasiya davrida qo‘llanilganda emizishni to‘xtatib turish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni eritromisin, simetidin, ketokonazol bilan bir vaqtda qo‘llaganda loratadin va uning metabolitining qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshishi mumkin. Bu klinik ahamiyatga ega emas va EKG ga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparatni alkogol bilan qo‘llagandan keyin psixomotor faoliyat tekshirilganida, alkogolni loratadinga nisbatan potensiyalovchi ta‘siri aniqlanmadi.
Preparatni sitoxrom R450 tizimi fermentlari ingibitorlari bilan birga qo‘llaganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tirishishlarni rivojlanishini, ayniqsa unga moil bemorlarda, to‘liq istisno etib bo‘lmaydi. Teri sinamalari natijalarni o‘zgarib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, preparatni qabul qilishni teri sinamalarini o‘tkazishdan 48 soat oldin to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: uyquchanlik, taxikardiya, bosh og‘rig‘i.
Davolash: dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish.
Chiqarilish shakli
«Loratal®», tabletkalar 10 mg dan, №10.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari