Loringosept
Loringosept chiqarilish shakllari
Loringosept haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
Savdo nomi: Loringosept
Dorixonalardan berilish shartlari: retseptsiz
ATX kodi: R02AA
Qo‘llash ko‘rsatmalari
Yuqori nafas yo‘llarining infeksion-virusli va yallig‘lanish xususiyatiga ega kasalliklarini (O‘RVI, laringit, faringit), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini (parodontopatiya), shuningdek organizm qarshiligini pasayishini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual toqatsizlik, qandli diabet.
Tarkibi
1 tabletka tarkibida 0,06 g propolis tindirmasi va 0,02 g askorbin kislotasi saqlanadi.
Farmakologik ta'siri
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi, qon ivishini yaxshilaydi, immun tizimini rag‘batlantirish orqali organizmning infeksiyalarga qarshiligini oshiradi.
Propolis mikroblarga qarshi, qichishishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va kuchsiz ifodalangan yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Preparat umumiy hisobda bakteritsid, regeneratsiyani kuchaytiruvchi va organizmning himoya kuchlarini faollashtiruvchi ta’sirga ega. C vitamini tanqisligini to‘ldiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
Allergik reaksiyalar.
Dori shaklining ta'rifi
So‘rish uchun tabletkalar
Saqlash sharoitlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Til ostiga qabul qilinadi, tabletka og‘izda to‘liq eriguncha ushlab turiladi. 5–15 kun davomida kuniga 4–10 marta 1 tabletkadan qabul qilinadi. Zarurat bo‘lsa, bir oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













