Mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim yoki tomchilab). Infuzion usulda yuborilganda preparatni 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirish kerak.
Meksunatni oqim bilan asta–sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – minutiga 40–60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.
Bosh miya qon aylanishining o'tkir buzilishlarida Meksunatni dastlab 10-14 kun ichida-200 -500 mg dan vena ichiga tomchilatib sutkasiga 2-4 marta, keyinchalik mushak ichiga 200-250 mg dan sutkasiga 2-3 marta 2 hafta mobaynida qo'llaniladi.
Bosh miya jarohatlari va bosh miya jarohatlari oqibatlarida preparat sutkada 2-4 marta 10-15 kun davomida vena ichiga tomchilab 200-500 mg dan yuboriladi.
Dekompensatsiya bosqichidagi distsirculyator entsefalopatiyada Meksunatni vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab 14 kun davomida sutkada 1-2 marta 200-500 mg dan buyuriladi. Keyin keyingi 2 hafta davomida mushak ichiga 100-250 mg/sut dan.
Distskirculyator entsefalopatiyaning oldini olish kursi uchun preparat 10-14 kun davomida sutkada 2 marta 200-250 mg dozada mushak ichiga yuboriladi.
Keksa va havotirli holatlardagi bemorlarda yengil kognitiv buzilishlarda preparat 14 – 30 kun davomida 100 – 300 mg/sut sutkalik dozada mushak ichiga yuboriladi.
Kompleks davolashning tarkibidagi o'tkir miokard infarktida preparatni vena ichiga yoki mushak ichiga 14 kun davomida, nitratlar, beta-blokatorlar, angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AFI), trombolitik, antikoagulyant va antiagregant vositalar, shuningdek ko'rsatmalarga muvofiq simptomatik vositalarni o'z ichiga olgan miokard infarktining an'anaviy davosi fonida yuboriladi.
Dastlabki 5 kun ichida maksimal ta'sirga erishish uchun preparatni vena ichiga yuborish kerak, keyingi 9 kun ichida Meksunat mushak ichiga yuborilishi mumkin.
Preparatni vena ichiga yuborish tomchili infuziya yo'li bilan, asta-sekin (nojo'ya ta'sirlarni oldini olish uchun) 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li dekstroza (gdyukoza) eritmasida 100-150 ml hajmda 30-90 minut davomida yuboriladi. Zarur bo'lganda, preparatni oqim bilan asta-sekin davomiyligi 5 minutdan kam bo'lmagan holda yuborish mumkin.
Preparatni yuborish (vena ichiga yoki mushak ichiga) sutkasiga 3 marta, har 8 soatda amalga oshiriladi. Sutkalik davolash doza sutkada 1 kg tana vazniga 6-9 mg, bir martalik doza – 1 kg tana vazniga 2-3 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi kerak, bir martalik – 250 mg.
Kompleks davolash tarkibida turli bosqichlardagi ochiq burchakli glaukomada Meksunat mushak ichiga 100-300 mg/sut dan, sutkada 1-3 marta 14 kun davomida yuboriladi.
Alkogolli abstinent sindromida Meksunatni 5-7 kun davomida sutkada 2-3 marta vena ichiga tomchilab yoki mushak ichiga 200-500 mg dozada yuboriladi.
Antipsixotik vositalar bilan o'tkir zaxarlanishda preparatni 7-14 kun davomida vena ichiga 200-500 mg/sut dozada yuboriladi.
Qorin bo'shlig'ining o'tkir yiringli yallig'lanish jarayonlarida (o'tkir nekrotik pankreatit, peritonit) preparat operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda birinchi kunidan buyuriladi. Qo'llaniladigan dozalar kasallikning shakli va og'irligi, jarayonning tarqalishiga, klinik kechishining variantlariga bog'liq. Preparatni bekor qilish faqat barqaror ijobiy klinik va laboratoriya ta'siridan keyin asta-sekin amalga oshirilishi kerak.
O'tkir shishli (interstitsial) pankreatitda Meksunat 200 – 500 mg dan sutkada 3 marta, vena ichiga tomchilab (0,9% li natriy xloridi eritmasida) va mushak ichiga buyuriladi.
Nekrotik pankreatitning yengil og'irlik darajasi – sutkada 3 marta 100-200 mg dan vena ichiga tomchilatib (0,9% li natriy xloridi eritmasida) va mushak ichiga.
O'rtacha og'irlik darajasi 200 mg sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab (0,9% natriy xlorid eritmasida).
Og'ir kechishi - pul's – dozada birinchi kunda 800 mg sutkada ikki marta yuboriladi; keyin 200-500 mg dan sutkada 2 marta, sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan. Juda og'ir kechishi - pankreatit shokni paydo bo'lishini barqaror to'xtatgunga qadar dastlabki doza 800 mg/sut, holatni barqarolashishiga ko'ra 300-500 mg dan sutkada 2 marta vena ichiga tomchilab (0,9% li natriy xlorid eritmasida) asta-sekin sutkalik dozani pasaytirib.