Ташкент
logo
SavatKirish

Meksiprim

Meksiprim chiqarish shakllari

MEKSIPRIM tabletkalari 125mg N30
MEKSIPRIM tabletkalari 125mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
- Meksiprim qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Meksiprimning tarkibi
- Meksiprim ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Meksiprim narxi Toshkent dorixonalarida

Meksiprim qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEKSIPRIM®

MEXIPRIM

Preparatning savdo nomi: Meksiprim®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlangan nomi: etilmetilgidroksipiridin suksinati

Kimyoviy rasional nomi: 3­Gidroksi­6­metil­2­etilpiridin suksinat

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma.

1 ml eritmaning tarkibi:

Etilmetilgidroksipiridin suksinati ­ 50 mg

In‘eksiya uchun suv                                    ­ 1 ml gacha

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli tiniq suyuqliq.

Farmakoterapevtik guruhi: antioksidant vosita.

ATX kodi: N07XX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meksiprim® geteroaromatik antioksidantlar guruhiga mansubdir. Keng farmakologik ta‘sir doirasiga ega: organizmni stressga chidamliligini oshiradi, uyquchanlik va miorelaksant samara bilan birga kechmaydigan anksiolitik ta‘sirni namoyon qiladi; nootrop hususiyatlarga ega, qariganda va turli patogen omillar ta‘risida yuzaga keluvchi xotirani buzilishi va ta‘lim olishni buzilishini oldini oladi va kamaytiradi; tirishishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi; antioksidant va antigipoksik hususiyatlarga ega; diqqatni jamlash va ish qobiliyatini oshiradi; alkogolning toksik ta‘sirini susaytiradi.

Preparat miya to‘qimalarining metabolizmini va ularni qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi, qonning mikrosirkulyasiyasini va reologik hususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Qon hujayralarining (eritrositlarning va trombositlarning) membrana strukturalarini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta‘sirga ega, umumiy xolesterin miqdorini va past zichlikdagi lipoproteidlarni  kamaytiradi.

Meksiprim® ning ta‘sir mexanizmi uning antioksidant va membranoprotektor ta‘siriga asoslanadi. U lipidlarning perekisli oksidlanishini susaytiradi, superoksidoksidazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membranalarning qovushqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Membrana bilan bog‘liq fermentlarning (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesterazalar, adenilatsiklazalar, asetilxolinesterazalar), reseptorli komplekslarning (benzodiazepin, GAMK, asetilxolin) faolligini modullaydi, bu ularning ligandalar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning strukturali­funksional tuzilishini saqlanishiga, neyromediatrlarni tashilishiga  yordam beradi impulslarni va sinapslardan o‘tishni yaxshilaydi. Meksiprim® bosh miyada dofamin miqdorini oshiradi. Aerob glikolizning kompensator faollashishini kuchayishini va gipoksiya sharoitlarida ATF va kreatinfosfat miqdorini oshishi bilan Krebsa siklida oksidlanish jarayonlarini susayish darajasini pasayishini, mitoxondriyalarning energiyani sintezlovchi faoliyatini faollashishini, hujayra membranalarini barqarorlashishini chaqiradi.

 

Farmakokinetikasi

Meksiprim® ning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasining kattaligi 50 dan
100 ng/ml diapazongacha bo‘ladi.

Meksiprim® ning yarim chiqarilish davri va preparatning organizmda tutib qolishining o‘rtacha vaqti mos ravishda 4,7­5,0 soatni va 4,9­5,2 soatni tashkil qiladi. Meksiprim® inson organizmida metabolizmga uchrab glyukoronkon‘yugirlangan mahsulotga shakllanadi. O‘rtacha 12 soatda yuborilgan dozaning 0,3% o‘zgarmagan preparat va 50% glyukuronokon‘yugat shaklida siydik bilan ajralib chiqadi. Meksiprim® va uning glyukuronokon‘yugati preparat qabul qilingandan keyin dastlabki 4 soat davomida ancha jadal ajralib chiqadi. Meksiprim® va uning kon‘yugasiyalangan metabolitini siydik bilan ajralib chiqishining qo‘rsatkichlari ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlikka ega.

 

Qo‘llanilishi

  • bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi (kompleks davolash tarkibida);
  • dissirkulyator ensefalopatiya;
  • vegeto­tomir distoniyasi;
  • nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlarda vahimali holatda;
  • turli genezli yengil kognitiv buzilishlar (psixoorganik va astenik sindromlar, bosh miya jarohatlarining oqibatlari, ateroskleroz, senil va atrofik jarayonlar, neyroinfeksiyalar va intoksikasiyalar);
  • keksa yoshli shaxslarda xotirani buzilishi va intellektual yetishmovchilik;
  • ekstremal (stressor) omillarning ta‘siri;
  • nevrozga o‘xshash va vegetativ qon-tomir buzilishlari ustunligi bilan kechuvchi alkogolizmda abstinent sindromida;
  • antipsixotik dori vositalari bilan o‘tkir zaharlanishda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘tkir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Bolalarda, homiladorlarda, emizish davrida ­ bemorlarning ushbu toifasida preparatning ta‘siri yetarlicha o‘rganilmaganligi sababli qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Meksiprim® mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) buyuriladi. Doza shaxsiy tanlanadi. Infuzion usulda yuborilganda preparatni natriy xloridining fiziologik eritmasida suyultirish kerak. Davolash sutkada 1­3 marta 50­100 mg doza bilan boshlanadi va terapevtik samaraga erishilgunicha doza asta sekin oshiriladi. Meksiprim® oqim bilan 5­7 minut davomida asta-sekin yuboriladi, tomchilab ­ minutiga 40­60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi kerak.

Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida Meksiprim® majmuaviy davolash tarkibida dastlabki 2­4 kun vena ichiga 200­300 mg dan sutkada 1 marta yuboriladi, so‘ng mushak ichiga 100 mg dan sutkada 3 marta yuboriladi. Davolash davomiyligi 10­14 sutkani tashkil qiladi.

Dekompensasiya fazasidagi dissirkulyator ensefalopatiyada Meksiprim® ni 14 kun davomida 100 mg dan sutkada 2­3 marta oqim bilan yoki tomchilab yuborishni buyurish kerak. So‘ng preparat mushak ichiga 100 mg dan sutkada 2­3 marta keyingi 2 hafta davomida yuboriladi. Dissirkulyator ensefalopatiyani kursli profilaktikasi uchun preparat mushak ichiga 100 mg dozada sutkada 2 marta 10­14 kun davomida yuboriladi.

Keksa yoshli bemorlarda yengil kognitiv buzilishlarda va vahimada preparat mushak ichiga sutkada 100­300 mg dozada 14­30 kun davomida qo‘llaniladi.

Abstinent alkogol sindromida Meksiprim® 100­200 mg dozada sutkada 2­3 marta mushak ichiga yoki sutkada 1­2 marta vena ichiga tomchili 5­7 kun davomida yuboriladi. Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanishda preparat vena ichiga sutkada 50­300 mg dozada 7­14 kun davomida yuboriladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Kam ­ ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini qurishi, uyquchanlik, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquni buzilishi (uyqusizlik, ba‘zi hollarda ­ uyquchanlik).

Davolash: odatda davolash talab qilinmaydi ­ simptomlar sutka davomida o‘z­o‘zidan yo‘qoladi. Uyqusizlikning og‘ir hollarida uxlatuvchi vositalarni qabul qilish tavsiya qilinadi.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Meksiprim® psixomotor preparatlar bilan mutanosib; benzodiazepin anksiolitiklarning, parkinsonizmga qarshi vositalarning va karbamazepinning ta‘sirini kuchaytiradi. Etil spirtining toksik ta‘sirini kamaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlanishi hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa har qanday potensial havfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 50 mg/ml.

FGUP «Moskovskiy endokrinnыy zavod», Rossiyada ishlab chiqarilganida

2 ml yoki 5 ml dan import yoki NS­3 markali neytral shishali ampulalarda.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonkali yoki polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

1, 2 va 3 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, ampula pichog‘i yoki skarifikatori bilan birga karton qutiga joylangan.

Stasionarlar uchun 6, 12, 20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ram folga bilan 3, 6, 10, 25 yoki 50 preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, ampula pichog‘i yoki skarifikatori bilan birga karton qutiga yoki gofralangan qutiga joylangan.

Kertigi, sindirish chizig‘i yoki nuqtasi bo‘lgan ampulali o‘ramga ampula skarifikatori yoki pichog‘i solinmaydi.

«NTFF «POLISAN» OAJ, Rossiyada ishlab chiqarilganida

2 ml yoki 5 ml dan import yoki NS­3 markali neytral shishali ampulalarda, yoki jigarrang shishali ampulalarda.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonkali, yoki polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali, yoki polivinilxlorid plyonkali va qoplama  plyonkali kontur uyali o‘ramda.

1, 2 va 3 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, ampula pichog‘i yoki skarifikatori bilan birga karton qutiga joylangan.

Stasionarlar uchun 6, 12, 20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ram falga yoki qoplama plenka bilan mos ravishdagi 6, 12, 20, 50 yoki 100 preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma, ampula pichog‘i yoki skarifikatori bilan birga karton qutiga yoki gofrirovkalangan qutiga joylangan.

Kertigi, sindirish chizig‘i yoki nuqtasi bo‘lgan ampulali o‘ramga ampula skarifikatori yoki pichog‘i solinmaydi.

 

Saqlash sharoiti

20°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Meksiprim narxlari

Meksiprim barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Meksiprim savollari

Meksiprim fikr-mulohazalari

Reyting 4.5, 6 ta sharh asosida
Ойбиби
24.07.2020 17:49
5
Насколько я поняла, Мексиприм работает следующим образом — он улучшает доставку кислорода к мозгу, устраняя множество симптомов ВСД. Пусть многие сейчас говорят, что такой болезни не существует, но откуда же берутся симптомы? Раньше с таким диагнозом даже в больницу могли положить. Мои симптомы были такими же, как и у большинства женщин — частые головные боли, слабость, бессонница ночью и сонливость днем, упадок сил, неспособность сконцентрироваться на выполнении работы. Сначала я пила дорогие препараты, но потом поняла, что цена кусается, и решила найти аналоги. Эти таблетки стали для меня настоящей находкой! Они на самом деле эффективные, купить можно без рецепта врача. Улучшение вы заметите уже на первой неделе применения, весь курс лечения составляет не менее месяца.
Басида
14.10.2020 11:44
3
Врач назначил мне принимать Мексиприм при абстинентном синдроме. Пила таблетки строго в соответствии с предписанием, эффект был довольно слабым. Принимала в течение одного месяца. Возможно, стала более спокойной, однако сон ночью ухудшился, а по утрам я всегда ощущала какую-то вялость и слабость. Из положительных эффектов — в руках и ногах стала чувствовать тепло, особенно по вечерам, а они у меня всегда были холодными и мерзли. Еще один положительный момент — если вечером вы употребляли алкоголь, при этом пьете эти таблетки, то утром будете чувствовать себя гораздо лучше. Гораздо быстрее будет проходить состояние интоксикации. Однако совмещать препарат с алкоголем все же не советую, в моем случае это была пара бокалов вина. Цена таблеток завышена, на мой взгляд. Решила их больше не покупать.
Насибахон
15.10.2020 03:15
5
У меня часто болела голова, были головокружения, общая слабость в течение дня. К врачу я не спешила, так как думала, что это все само пройдет. Списывала такие состояние на реакцию организма на смену погоды. Но со временем становилось только хуже, головные боли могли мучить днями напролет. Все-таки пошла к врачу, узнала о таком диагнозе, как ВСД. Там же мне посоветовали купить Максиприм, что я сразу же и сделала. Пила таблетки ровно один месяц, результат однозначно есть. Голова теперь болит редко и не так интенсивно. Также я стала более собранной, спокойной, стала лучше спать ночью. Препарат эффективный, цена небольшая, побочных эффектов не обнаружила.
Сумайя
22.08.2020 04:52
4
Я бы сказала, что Мексиприм особенно эффективен, если принимать его с другими препаратами. Цена у него доступная, что тоже радует. Таблетки упакованы в удобные глистеры, сами они небольшие, легко глотаются. Я принимала их два раза в день, по одной штуке. За время лечения значительно улучшилось общее состояние, нормализовалось давление, перестала кружиться голова. В целом, все отлично. Только не принимайте этот препарат самостоятельно, обязательно консультируйтесь с врачом!
Сохила
09.01.2021 17:58
5
Мне Максиприм хорошо помог в свое время, сейчас думаю о том, чтобы снова купить этот препарат, так как вернулись некоторые старые симптомы. Эти таблетки — хороший аналог дорогим препаратам, цена у них существенно ниже, а действуют на организм ничуть не хуже.
Наталья
25.03.2021 23:21
5
У меня есть такая проблема, как ВСД, доставляющая немало неудобств. Женщины, страдающие подобным недугом, хорошо меня поймут. Симптомы такой болезни могут быть разными, но как правило, это постоянная слабость и утомляемость, сонливость в течение дня и бессонница ночью, посторонний шум в ушах, состояние апатии, головокружения и рассеянность, а также навязчивые депрессивные состояния. Иногда даже температура повышается. Купить Мексиприм заставил муж, видевший мое состояние. Хочу сказать, что таблетки оказались эффективными, уже через несколько дней приема я чувствовала себя значительно лучше. Принимала в день по 2 таблетки, на месяц хватило две упаковки. Буду заказывать еще, цена препарата доступная.

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil