Apteka.uz
SavatKirish

Meksidol

Meksidol chiqarilish shakllari

MEKSIDOL tabletkalari 125mg N50
Retseptli
MEKSIDOL tabletkalari 125mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ZiO-Zdorove, ZAO
•115 ta dorixonada bor
Narxi
75 200 so'm dan
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
Retseptli
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ARMAVIRSKAYA BIOFABRIKA, FKP
•122 ta dorixonada bor
Narxi
76 059 so'm dan
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
Retseptli
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ARMAVIRSKAYA BIOFABRIKA, FKP
•127 ta dorixonada bor
Narxi
81 500 so'm dan
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
Retseptli
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
•122 ta dorixonada bor
Narxi
76 059 so'm dan
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
Retseptli
MEKSIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
•127 ta dorixonada bor
Narxi
81 500 so'm dan
MEKSIDOL tabletkalari 125mg N30
Retseptli
MEKSIDOL tabletkalari 125mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ZiO-Zdorove, ZAO
•77 ta dorixonada bor
Narxi
43 416 so'm dan
- Meksidol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Meksidolning tarkibi
- Meksidol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Meksidol narxi Toshkent dorixonalarida

Meksidol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
O'zbekiston
Kategoriya
Nimaga qarshi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • -miya qon aylanishi o'tkir buzilishlari oqibatlari, shu jumladan tranzitor ishemik hujumlardan keyin, subkompensatsiya fazasida profilaktik kurslar sifatida; -yengil kalla-miya travmasi, kalla-miya travmalari oqibatlari; -turli genezli entsefalopatiyalar (ditsirkulyator, dismetabolik, posttravmatik, aralash); -vegetativ distoniya sindromi; -aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar; -nevrotik va nevrozsimon holatlardagi xavotirli buzilishlar; -yurak ishemik kasalligi majmuaviy terapiya tarkibida; -alkogolizmda nevrozsimon va vegetativ-tomir buzilishlari ustunlik qiluvchi abstinent sindromni bartaraf etish, abstinentsiyadan keyingi buzilishlar; -antipsixotik vositalar bilan o'tkir intoksikatsiyadan keyingi holatlar; -astenik holatlar, shuningdek ekstremal omillar va yuklamalar ta'sirida somatik kasalliklar rivojlanishining oldini olish uchun; -ekstremal (stressor) omillar ta'siri.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — jigar funksiyasining o‘tkir buzilishlari; — buyrak funksiyasining o‘tkir buzilishlari; — preparatga yuqori sezuvchanlik. Bolalarda, homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqishda Meksidol® preparatini qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha qat’iy nazorat qilingan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Tarkibi

  • etilmetilgidroksipiridin suktsinati 50 mg/ml Yordamchi moddalar: natriy metabisulfit, in'ektsiya uchun suv. etilmetilgidroksipiridin suktsinati 125 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy karboksimetiltsellyuloza (natriy karmelloza), magniy stearati. Qobiq tarkibi: Opadry II oq (makrogol /polietilenglikol/, polivinil spirti, talk, titan dioksidi). etilmetilgidroksipiridin suktsinati 50 mg Yordamchi moddalar: natriy metabisulfit, in'ektsiya uchun suv etilmetilgidroksipiridin suktsinati 50 mg Yordamchi moddalar: natriy metabisulfit, in'ektsiya uchun suv. etilmetilgidroksipiridin suktsinati 50 mg; Yordamchi moddalar: natriy metabisulfit, in'ektsiya uchun suv

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganda tez so‘riladi. 400 - 500 mg dozalarda maksimal konsentratsiya 3,5 - 4,0 mkg/ml ni tashkil qiladi. Organ va to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Ichga qabul qilinganda preparatning organizmda o‘rtacha ushlanib qolish vaqti - 4,9 - 5,2 soat. Jigarda glyukuronkon'yugatsiyalanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. 5 ta metabolit identifikatsiya qilingan: 3-oksipiridin fosfat - jigarda hosil bo‘ladi va ishqoriy fosfataza ishtirokida fosfor kislotasi va 3-oksipiridinga parchalanadi; 2-chi metabolit - farmakologik faol, katta miqdorlarda hosil bo‘ladi va yuborilgandan so‘ng 1 - 2 kun o‘tgach siydikda aniqlanadi; 3-chi - siydik bilan katta miqdorlarda chiqariladi; 4-chi va 5-chi - glyukuronkon'yugatlar. Ichga qabul qilinganda Т1/2 - 2,0 - 2,6 soat. Siydik bilan asosan metabolitlar ko‘rinishida va arzimas miqdorda - o‘zgarmagan holda tez chiqariladi. Preparat qabul qilingandan so‘ng dastlabki 4 soat ichida eng intensiv chiqariladi. O‘zgarmagan preparat va metabolitlarning siydik bilan chiqarilish ko‘rsatkichlari individual o‘zgaruvchanlikka ega

Farmakologik ta'siri

Meksidol® erkin radikal jarayonlar ingibitori, membranoprotektor bo'lib, antigipoksik, stress-protektiv, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta'sirga ega. Preparat organizmning turli shikastlovchi omillar (shok, gipoksiya va ishemiya, miya qon aylanishi buzilishlari, alkogol va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan intoksikatsiya) ta'siriga chidamliligini oshiradi. Meksidol® ta'sir mexanizmi uning antioksidant, antigipoksant va membranoprotektor ta'siri bilan bog'liq. U lipidlarning peroksidli oksidlanishini ingibitsiya qiladi, superoksiddismutaza faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrana qovushqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Meksidol® membrana bilan bog'liq fermentlar (kaltsiyga bog'liq bo'lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesteraza), retseptor komplekslari (benzodiazepin, GAMK, atsetilxolin) faolligini modulyatsiya qiladi, bu ularning ligandlar bilan bog'lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalar strukturaviy-funktsional tashkil etilishini saqlashga, neyromediatorlar tashilishiga va sinaptik uzatishning yaxshilanishiga yordam beradi. Meksidol® bosh miyada dofamin miqdorini oshiradi. Kompensator aerob glikolizning kuchayishini va gipoksiya sharoitida Krebs tsiklida oksidlanish jarayonlari bostirilish darajasining pasayishini ATF va kreatinfosfat miqdori oshishi bilan, mitoxondriyalar energosintezlovchi funktsiyalari faollashuvini, hujayra membranalari barqarorlashuvini keltirib chiqaradi. Preparat bosh miya metabolizmi va qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, mikrosirkulyatsiya va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Gemolizda qon hujayralari (eritrotsitlar va trombotsitlar) membrana tuzilmalarini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta'sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlar miqdorini kamaytiradi. Antistressor ta'sir stressdan keyingi xulq-atvor, somato-vegetativ buzilishlarning normallashuvida, uyqu-uyg'oqlik tsikllarining, buzilgan o'qish va xotira jarayonlarining tiklanishida, bosh miyaning turli tuzilmalarida distrofik va morfologik o'zgarishlarning kamayishida namoyon bo'ladi. Meksidol® abstinent sindromda yaqqol antitoksik ta'sirga ega. U o'tkir alkogol intoksikatsiyasining nevrologik va neyrotoksik ko'rinishlarini bartaraf etadi, xulq-atvor buzilishlarini, vegetativ funktsiyalarni tiklaydi, shuningdek etanolni uzoq muddat qabul qilish va uning bekor qilinishi tufayli kelib chiqqan kognitiv buzilishlarni bartaraf etishga qodir. Meksidol® ta'sirida trankvilizatsiya qiluvchi, neyroleptik, antidepressant, uxlatuvchi va tirishishga qarshi vositalar ta'siri kuchayadi, bu ularning dozalarini kamaytirish va nojo'ya ta'sirlarni kamaytirish imkonini beradi. Meksidol® ishemiyalangan miokardning funktsional holatini yaxshilaydi. Koronar etishmovchilik sharoitida ishemiyalangan miokardning kollateral qon bilan ta'minlanishini oshiradi, kardiomiotsitlar butunligini saqlashga va ularning funktsional faolligini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Qaytuvchan yurak disfunktsiyasida miokard qisqaruvchanligini samarali tiklaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, og'iz qurishi. Boshqalar: allergik reaktsiyalar, uyquchanlik.

Dozirovkasi

  • 125 mg 50 mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda uyquchanlik rivojlanishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma rangsiz yoki biroz sarg'ish, tiniq Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma rangsiz yoki biroz sarg'ish, tiniq. Oqdan oq krem tusligacha bo'lgan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Meksidol® somatik kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan barcha preparatlar bilan birga qo‘llaniladi. Benzodiazepin preparatlari, antidepressantlar, anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalar va parkinsonizmga qarshi vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Etil spirtining toksik samaralarini kamaytiradi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEKSIDOL®

MEXIDOLUM®

Preparatning savdo nomi: Meksidol®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): etilmetilgidroksipiridin suksinati

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Faol modda:

– etilmetilgidroksipiridin suksinati – 50 mg.

Yordamchi moddalar:

– natriy metabisulfiti – 1 mg

– in‘eksiya uchun suv 1 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish, tiniq suyuqlik 2 ml yoki 5 ml dan ampulalarda.

Farmakoterapevtik guruhi: Antioksidant vosita. Alkogolizmda, toksiko- va narkomaniyalardagi buzilishlarni davolash uchun vosita.

ATS kodi: N07XX

 

Farmakologik xususiyatlari

Antigipoksik, membranoprotektor, nootrop, tirishishga qarshi, anksiolitik ta‘sir ko‘rsatadi, organizmning stressga chidamliligini oshiradi. Meksidol® organizmni asosiy shikastlovchi omillarning ta‘siriga, kislorodga bog‘liq patologik holatlar (shok, gipoksiya va ishemiya, miyada qon aylanishini buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan zaharlanish) ga chidamliligini oshiradi.

Meksidol® bosh miyaning metabolizmi va qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi, mikrosirkulyasiyani va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Gemolizda qon xujayralari (eritrositlar va trombositlar) ning membrana tuzilmalarini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta‘sir ko‘rsatadi, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ning miqdorini kamaytiradi.

O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikasiyani kamaytiradi.

Meksidol®ning ta‘sir mexanizmi uning antigipoksant, antioksidant va membranoprotektiv ta‘siri bilan bog‘liq. U lipidlarning perekisli oksidlanishini ingibirlaydi, superoksiddismutazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing qovushqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Membranaga bog‘liq fermentlar (kalsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilatsiklaza, asetilxolinesterazaning), reseptor (benzodiazepin, GAMK, asetilxolinli) komplekslarning faolligini modullaydi, bu ularning ligandalar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning struktur-funksional tuzilishini saqlanib qolishiga, neyromediatorlarning tashilishiga va sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilanishiga yordam beradi. Meksidol® bosh miyada dofaminning miqdorini oshiradi. Aerob glikolizning kompensator faollashishini kuchayishini va gipoksiya sharoitida ATF va kreatinfosfatning miqdorini oshirish bilan, Krebs siklidagi oksidlanish jarayonlarining susayish darajasini pasayishini, mitoxondriyalarning energiyani sintez qiluvchi faoliyatini faollashishini, xujayra membranalarining barqarorlashishini chaqiradi.

Meksidol® ishemiyaga uchragan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz sohasini kichraytiradi, miokardning elektrik faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va yaxshilaydi, shuningdek ishemiya sohasida koronar qon oqimini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchilikka reperfuzion sindromning oqibatlarini kamaytiradi. Nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi. Meksidol® surunkali ishemiya va gipoksiya oqibatidagi avj oluvchi neyropatiyada ko‘z to‘r pardasining ganglioz xujayralarini va ko‘rish nervi tolalarini shikastlanishlardan saqlanib qolishiga yordam beradi. Ko‘zning to‘r pardasi va ko‘rish nervining funksonal faolligini oshirib, ko‘rish o‘tkirligini kuchaytiradi.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganida qon plazmasida yuborilgandan so‘ng 4 soat davomida aniqlanadi. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) – 0,45-0,5 soat. 400-500 mg doza yuborilganida maksimal konsentrasiyasi (Smax) 3,5-4,0 mkg/ml ni tashkil qiladi. Meksidol® qon havzasidan a‘zolar va to‘qimalarga tez o‘tadi va organizmdan tez chiqariladi. Preparatni organizmda tutib turilish vaqti (MRT) 0,7-1,3 soatni tashkil etadi. Preparat asosan siydik bilan, glyukuron bilan kon‘yugasiyalangan shaklda va ozgina miqdorda o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari;
  • bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlari;
  • dissirkulyator ensefalopatiya;
  • vegetativ distoniya sindromi;
  • aterosklerotik genezga ega yengil kognitiv buzilishlar;
  • nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlardagi xavotirlik buzilishlar;
  • o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkalardan boshlab) kompleks davolash tarkibida;
  • turli bosqichlardagi ochiq burchakli glaukoma, kompleks davolash tarkibida;
  • nevrozga o‘xshash holatlar va vegetativ-tomir buzilishlarining ustunligi bilan kechuvchi alkogolizmda abstinent sindromni bartaraf qilish;
  • antipsixotik vositalr bilan o‘tkir zaharlanish;
  • qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrolitik pankreatit, peritonit) kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) yoki mushak ichiga. Infuzion yuborish usulida Meksidol® ni natriy xloridining izotonik eritmasida suyultirish kerak. Meksidol® oqim bilan, asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.

Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida Meksidol® birinchi 10-14 kunda – vena ichiga (v/i) tomchilab 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta, so‘ngra – 2 hafta davomida mushak ichiga (m/i) 200-250 mg dan sutkada 2-3 marta qo‘llanadi.

Bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlarida Meksidol® 10-15 kun davomida v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-4 marta qo‘llanadi.

Dekompensasiya bosqichidagi dissirkulyator ensefalopatiyada Meksidol® ni 14 kun davomida v/i oqim bilan yoki tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 1-2 marta buyurish kerak. So‘ngra – keyingi 2 hafta davomida m/i sutkada 100-250 mg dan buyuriladi.

Dissirkulyator ensefalopatiyaning kurslik profilaktikasi uchun preparat 10-14 kun davomida m/i 200-250 mg doza sutkada 2 marta yuboriladi.

Keksa yoshdagi bemorlardagi yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli buzilishlarda preparat 14-30 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg li sutkalik dozada qo‘llanadi.

O‘tkir miokard infarktida kompleks davolash tarkibida Meksidol® v/i yoki m/i 14 sutka davomida nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyatlar va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik vositalarni o‘z ichiga oluvchi miokard infarktini an‘anaviy davolash fonida yuboriladi. Birinchi 5 sutka davomida maksimal samaraga erishish uchun, preparatni v/i yuborgan afzal, keyingi 9 sutka davomida Meksidol® m/i yuborilishi mumkin. Preparatni v/i yuborishni 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasining 100-150 ml hajmida tomchilab infuziya yo‘li bilan, asta-sekin (nojo‘ya samaralardan saqlanish maqsadida) 30-90 minut davomida o‘tkazish lozim. Zarurat tug‘ilganida preparatni kamida 5 minut davomiylikdagi oqim bilan asta-sekin yuborish mumkin. Preparatni har 8 soatdan so‘ng sutkada 3 marta (v/i yoki m/i) yuboriladi. Sutkalik terapevtik doza sutkada tana vazniga 6-9 mg/kg ni, 1 martalik doza – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan, bir martalik esa – 250 mg dan oshmasligi kerak.

Turli bosqichdagi ochiq burchakli glaukomada kompleks davolash tarkibida Meksidol® m/i sutkada 100-300 mg dan 14 kun davomida sutkada 1-3 marta yuboriladi.

Alkogolli abstinent sindromida Meksidol® 5-7 kun davomida 200-500 mg dozada v/i tomchilab yoki m/i sutkada 2-3 marta yuboriladi.

Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanishda Meksidol® 7-14 kun davomida v/i sutkada 200-500 mg dozada yuboriladi.

Qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) Meksidol® birinchi sutkalarda operasiyadan oldingi va operasiyadan keyingi davrda buyuriladi. Yuboriladigan dozalar kasallikning shakli va og‘irligiga, jarayonning tarqalganligiga, klinik kechishining variantlariga bog‘liq. Preparatni bekor qilinishi asta-sekin, barqaror ijobiy klinik-laborator samaradan so‘ng o‘tkazilishi kerak.

O‘tkir shishli (interstisial) pankreatitda Meksidol® 200-500 mg dan kuniga 3 marta, v/i tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) va m/i buyuriladi.

Nekrotik pankreatitning yengil og‘irlik darajasida – 100-200 mg dan kuniga 3 marta v/i tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) va m/i yuboriladi. O‘rtacha og‘irlik darajasida – 200 mg dan kuniga 3 marta v/i tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) yuboriladi. Og‘ir kechishida – puls – dozalashda birinchi sutkada 800 mg, ikki marta yuborish tartibida; keyinchalik – sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan 200-500 mg dan kuniga 2 marta. O‘ta og‘ir kechishida – sutkada 800 mg li boshlang‘ich dozada pankreatik shokni ko‘rinishlari barqarorlashganidan keyin – sutkalik dozani asta-sekin pasaytirilishi bilan 300-500 mg dan kuniga 2 marta v/i tomchilab (natriy xloridining 0,9% li eritmasida) yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘ngil aynishi va og‘izni qurishi, uyquchanlik, allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Jigar va buyraklar faoliyatini o‘tkir buzilishlari, preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. Meksidol® preparatini qo‘llashning xavfsizligini o‘rganish bo‘yicha qat‘iy nazoratli klinik tekshirishlar bolalar, homiladorlik va emizishda o‘tkazilmagan.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Benzodiazepin anksiolitiklari, tirishishga qarshi vositalar (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi vositalar (levodopa) ning ta‘sirini kuchaytiradi. Etil spirtining zaharli ta‘sirini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Alohida hollarda, bronxial astmasi bo‘lgan moyil pasientlarda, sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida uyquchanlik rivojlanishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 50 mg/ml 2 ml yoki 5 ml dan rangsiz ampulalarda yoki ko‘k rangli sindirish nuqtasi bo‘lgan yoki oq rangli sindirish nuqtasi va uchta markirovka halqasi (yuqori halqa – sariq, o‘rtadagi halqa – oq, pastki halqa – qizil) bo‘lgan yorug‘likdan himoya qilingan shisha ampulalarda. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda. 1 (5 ml dan ampulalar uchun) yoki 2 (2 ml dan ampula uchun) kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Meksidol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Meksidol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish

Meksidol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Meksidol haqida savollar

Meksidol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil