Natriy xlorid analoglari
Analog dorilar

O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJGuruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Natriy xlorid
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Izotonik eritma: turli genezli degidratatsiya. Operatsiya vaqtida va undan keyin qon plazmasi hajmini ushlab turish uchun. Turli preparatlar uchun erituvchi sifatida. Gipertonik eritma: suv-elektrolit almashinuvi buzilishlari: natriy va xlor ionlari tanqisligi; turli genezli gipoosmolyar degidratatsiya (uzoq muddatli qusish, diareya, kuyishlar oqibatida; oshqozon oqmasi, o'pka qonashi, ichak qonashida). Ko'z tomchilari va malham: yallig'lanish va allergik kasalliklarda shoh parda ta'sirlanishi (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida).
Nojo'ya ta'sirlar
- Preparat to'g'ri qo'llanilganda nojo'ya reaktsiyalar ehtimoli kam. Nojo'ya reaktsiyalar quyida og'irligi kamayishi tartibida, uchrash tezligi ko'rsatilmasdan keltirilgan. Qon aylanishi tizimi tomonidan: atsidoz, gipergidratatsiya, gipokaliemiya. Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki infuzion reaktsiyalar, shu jumladan gipotenziya, pireksiya, tremor, qaltirash, eshakemi, toshma, qichishish. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: yuborish joyidagi reaktsiyalar, masalan, yuborish joyida eritema, in'ektsiya joyida qon quyilishi/gematoma, achishish hissi, yuborish joyida eshakemi, yuborish joyida tromboz yoki flebit. Boshqalar: isitma, yuborish joyida infektsiya (antiseptika qoidalari buzilganda). Preparat boshqa preparatlar uchun bazaviy eritma (erituvchi) sifatida qo'llanilganda nojo'ya ta'sirlar ehtimoli ushbu preparatlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bunday holda, nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lganda eritma yuborishni to'xtatib turish, bemorning holatini baholash, adekvat choralar ko'rish va qolgan eritmani tahlil uchun saqlab qo'yish kerak, agar bu zarur bo'lsa.
Retseptli
Kategoriya
Qon va qon aylanishiHazm qilish va moddalar almashinuvi tizimiDori vositalariInfuzion eritmalarMavjud chiqarilish shakllari
- Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
Flumarin
Retseptli
Kategoriya
Nazal vositalarMavjud chiqarilish shakllari
- Sprey
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
BUFESAL
Qo‘llash ko‘rsatmalari
Bufesal ingalyatsiya uchun eritmasi bronxit, mukovissidoz, bronxoektatik kasallik va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan bemorlarda pastki nafas yo‘llarining shilliq qavati sekretini yumshatish va uni ajralishini osonlashtirish uchun tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Retseptli
Kategoriya
Dori vositalariMavjud chiqarilish shakllari
- Eritma
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi















