Apteka.uz
SavatKirish

NEYROKOBAL

NEYROKOBAL chiqarilish shakllari

NEYROKOBAL tabletkalari 500mkg N90
Retseptsiz
NEYROKOBAL tabletkalari 500mkg N90
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•68 ta dorixonada bor
Narxi
82 400 so'm dan
- NEYROKOBAL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- NEYROKOBALning tarkibi
- NEYROKOBAL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- NEYROKOBAL narxi Toshkent dorixonalarida

NEYROKOBAL qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEYROKOBAL®

NEUROCOBAL®

Preparatning savdo nomi: Neyrokobal®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metilkobalamin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mkg metilkobalamin;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (Ph 101, 102), o‘ta jelatinlangan kraxmal, polivinilpirrolidon K-30, izopropil spirti, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, stearin kislotasi, etil sellyuloza 7 CPS, titan dioksidi, polietilenglikol, dixlormetan, jigarrang opadray 03F565012.

Ta‘rifi: jigarrang, standart dumaloq, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: sianokobalamin va uning hosilalari

ATX kodi: V03VA05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Metilkobalamin – shuningdek V12 vitamini sifatida ham ma‘lum bo‘lgan o‘rnini bosolmaydigan suvda eruvchan V vitaminidir. V12 vitamini oqsil va mielin yadrosining sintezi, hujayralarni ko‘payishi, normal o‘sishi va normal eritropoez uchun muhimdir. V12 vitamini V kofermentiga aylanadi, u metilmalonatni suksinatga aylanishida va metioninni gomosisteindan sintezida juda muhim hisoblanadi. V12 vitamini yog‘lar, uglevodlar metabolizmi va oqsil sintezida ishtirok etuvchi fermentlar uchun zarur sulfgidril guruhlarni tiklangan shaklda tutib turilishida ishtirok etadi. V12 vitamini folat kislotasining sintezida ishtirok etadi, shuning uchun metilkobalamin tanqisligi uning yetishmovchiligiga xam olib keladi. V12 vitamini gomosisteinni metioninga metil guruhini yo‘qolishida muhim rol o‘ynaydi. Gomosisteinning yuqori darajalari har doim endoteliy hujayralarini shikastlanishi, azot oksidini pasayishi hisobiga endoteliy-vazodilatasiyasini buzilishi, oksidlanishni oshishi va past zichlikdagi lipoproteinlarni (PZLP) arteriyalarda to‘planishi, trombositlar adgeziyasini oshishi va qon ivish kaskadini faollashuv havfini oshishiga olib keladi. Vitamin va folat kislotasini bir vaqtda qo‘llaganda, och qoringa gomosisteining darajasini pasayishiga nisbatan katta bo‘lmagan additiv samara kuzatiladi, lekin bu faqat V12 vitaminining tanqisligi bo‘lgan odamlarda bo‘lishi mumkin. Gomosisteinning konsentrasiyasini oshishi boshqa sabablar, masalan kognitiv faoliyatni pasayishi, xotirani yomonlashishi, Alsgeymer kasalligi va qon tomir demensiyasi oqibatida ham yuz berishi mumkin. V12 vitaminining metilkobalamin shakli, shuningdek melatoninning darajasiga ham ta‘sir qilishi mumkin. Ehtimol melatoninga ta‘siri tufayli, metilkobalamin diqqatni yaxshilashi va uyqusi normal bo‘lgan odamlarda uyqu vaqtini qisqartirishi mumkin.

Farmakokinetikasi

V12 vitamini yonbosh ichakning terminal bo‘limiga faol o‘tkazilishi mexanizmi orqali so‘riladi. Buning uchun me‘dada ishlab chiqariluvchi glikoprotein – ichki omil zarurdir. Me‘daning normal pH ida V12 vitamini oziq-ovqat oqsillaridan ajraladi, so‘ng u ichki omil bilan bog‘lanadi va yonbosh ichakda so‘riladi. So‘rilishi me‘da pHni oshishi sababli, masalan, atrofik gastritda, kislota muhitni susaytiruvchi dori vositalari ishlatilganda yoki qisman gastrektomiyada sekinlashishi mumkin. V12 vitamini 6 soatli yarim chiqarilish davriga ega va asosan safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Periferik neyropatiya,
  • diabetik neyropatiya,
  • alkogolli neyropatiya,
  • medikamentoz neyropatiya,
  • demensiyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qo‘llanganda klinik samaraga erishish uchun doza sutkada 1500-6000 mkg ni tashkil qiladi. Maksimal dozadan ortiq dozalarda ahamiyatga ega bo‘lgan terapevtik afzalligi aniqlanmagan.

Metilkobalamin peroral, mushak ichiga va vena ichiga qo‘llanishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ba‘zi shaxslarda V12 vitamini diareyani, qon quyulishini, qichishishni, jiddiy arterial reaksiyalarni va boshqa nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. V12 vitamini psoriazda teriga qo‘llash uchun havfsiz hisoblanadi.

Shuningdek, quyidagi nojo‘ya samaralar ham yuzaga kelishi mumkin:

  • qo‘zg‘aluvchanlik
  • uyqusizlik
  • mushaklarda og‘riq
  • bo‘g‘imlarda og‘riq
  • xusnbuzar
  • toshma
  • vahima
  • yurak urishini tezlashishi
  • ko‘ngil aynishi
  • bosh og‘rig‘i
  • migren.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi modda yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda ko‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Xloramfenikol

Bir necha klinik holatlarda xloramfenikol V12 vitaminini qo‘shimcha qabul qilayotgan pasientlarda retikulositar javob reaksiyasini kechiktirishi yoki to‘xtatishi mumkinligi kuzatilgan. Shuning uchun agar ushbu birikmani qo‘llashdan saqlanishning iloji bo‘lmasa, qon ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

So‘rilishi

Quyida keltirilgan preparatlar: aminosalisil kislotasi, antibiotiklar, kolxisin, xolestiramin, N2-blokatorlari, metformin, neomisin, azot oksidi, peroral kontraseptivlar, fenitoin, fenobarbital, primidon, proton nasosi ingibitorlari, zidovudin – V12 vitaminini so‘rilishini susaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Koronar stentidan so‘ng folat kislotasini, V6 vitaminini va V12 vitaminini, keyinchalik har kunlik peroral qo‘llashga o‘tish bilan, vena ichiga ortiqcha yuk beradigan dozada yuborish restenozni (qon tomirlarini takroran torayishi) havfini oshirishi aniqlangan. Shuning uchun, potensial xavfi tufayli, bu majmuani koronar stenti bo‘lgan pasientlarga tavsiya qilish mumkin emas.

Arterial bosimi yuqori bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak, chunki gidrokobalamin vena ichiga yuborilganidan keyin qon bosimi oshishi haqida xabar qilingan.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homilador yoki emizikli ayollar uchun tavsiya qilingan dozalarda peroral qabul qilish xavfsiz hisoblanadi. Katta mikdorda qabul qilish tavsiya qilinmaydi, chunki vitaminni bunday qabul qilishning xavfsizligi hali ma‘lum emas.

Transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash simptomatik va erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi bo‘lishi kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 3 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NEYROKOBAL preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

NEYROKOBAL narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
90 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
90 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
90 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
90 000 so'm
Bron qilish

NEYROKOBAL barcha rasmlari

Barcha rasmlar

NEYROKOBAL haqida savollar

NEYROKOBAL haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil