logo
SavatKirish

Oblepixovoe maslo

Oblepixovoe maslo chiqarilish shakllari

OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OBLEPIXOVOE maslo 100ml
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE maslo 100ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
•8 ta dorixonada bor
Narxi
11 000 so'm dan
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
UZXIMFARM, AO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•126 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OBLEPIXOVOE MASLO rektal suppozitorialar 0,5g N10
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE MASLO rektal suppozitorialar 0,5g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TORIMED PHARM OOO
•130 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE maslo 50ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
AVISENNA,OOO pri Navoiy Dori-Darmon, AO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
OBLEPIXOVOE MASLO IZ PLODOV I LISTEV maslo 50ml
Retseptsiz
OBLEPIXOVOE MASLO IZ PLODOV I LISTEV maslo 50ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Katun-Oleum OOO
•126 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
- Oblepixovoe maslo qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Oblepixovoe masloning tarkibi
- Oblepixovoe maslo ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Oblepixovoe maslo narxi Toshkent dorixonalarida

Oblepixovoe maslo qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Mahalliy foydalanish uchun hemoroid va anal yoriqlarini davolash uchun preparatlar.

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi,
Moldova
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Teri va shilliq qavatlar shikastlanishlarida kombinatsiyalangan terapiya tarkibida reparativ jarayonlarni stimulyatsiya qilish uchun yara bitkazuvchi vosita sifatida: gastroenterologiyada - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligida; ginekologiyada - kolpit, endotservitsit, bachadon bo'yni eroziyasida; otorinolaringologiyada - operatsiyadan keyingi yaralarda; proktologiyada tashqi gemorroyda; terining yara shikastlanishlarida, nur shikastlanishlarida, kuyishlarda. Umumiy mustahkamlovchi vosita sifatida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Preparatga yuqori individual sezuvchanlik; ichish uchun — xoletsistit, xolangit, pankreatit, xolelitiaz, gepatit; rektal yuborish uchun — diareya; 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Tarkibi
  • Hippophae Rhamnoides Oil/ A va E vitaminlari, linolen va lenol kislotalari, fosfolipidlar, o‘simlik sterinlari chuchukmiya moyi 100 ml chuchukmiya moyi 100ml chuchukmiya moyi 50 ml Chuchukmiya mevalari moyi.
Farmakokinetikasi
Ma'lumotlar yo'q
Farmakologik ta'siri
Chakanda moyi - tabiiy vitaminlarning eng boy manbai bo'lib, E vitamini miqdori bo'yicha Rossiyadagi barcha ma'lum meva va rezavorlardan ustun turadi. Karotin (provitamin A) va karotinoidlar, vitaminlar (E, C, B1, B2, B6, F, P), foliy kislotasi, organik kislotalar, flavonoidlar (rutin), biriktiruvchi moddalar, makro- va mikroelementlarni (magniy, kremniy, temir, kaltsiy, nikel, molibden, marganets, stronsiy) o'z ichiga oladi. Teri va shilliq qavatlar shikastlanganda reparatsion samaraga ega, oshqozon osti bezining tashqi sekretor faoliyatini faollashtiradi, oshqozon shirasi sekretsiyasini ingibitsiya qiladi, hujayra membranalarini kimyoviy agentlarning shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi. Chakanda moyi qiyin bitadigan yaralar, tashqi va ichki yaralar, kuyishlarni davolashga yordam beradi; ba'zi o'smaga qarshi xususiyatlarga ega; organizmdan og'ir metallar tuzlarini chiqaradi; qon tomirlar elastikligini oshiradi, antisklerotik ta'sirga ega; yurak-qon tomir tizimi ishini yaxshilaydi; yog', oqsil va xolesterin almashinuvini normallashtiradi; qalqonsimon bez faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi; jigar ishini normallashtiradi, uning yog' bosishini oldini oladi. Chakanda moyi bilan ingalyatsiyalar zararli ishlab chiqarishda ishlaydiganlarga yuqori nafas yo'llarining kasb kasalliklari profilaktikasi uchun tavsiya etiladi. Chakanda moyi tabiiy ko'rinishda ko'plab P, A, E vitaminlari, serotonin, karotinoidlar, tokoferollar, olein, linol va palmitin kislotalari glitseridlari, stearinlar va boshqalarni o'z ichiga oladi. A, E gipoavitaminozi, kamqonlik, terining nurli shikastlanishlari va nur terapiyasida epitelizatsiyani tezlashtiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin; preparat ichga qabul qilinganda — og'izda achchiq ta'm, diareya, o't sanchig'i; mahalliy va sirtqi qo'llanilganda achishish hissi bo'lishi mumkin. Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Dozirovkasi
  • 0,5 g 200 mg 500 mg
Dori shaklining ta'rifi
  • Sferik shaklli, olcha rangli, silliq yuzaga ega, shikastlanishlar va ko'rinadigan havo qo'shimchalarisiz jelatin kapsulalar. Zarg'aldoq-qizil rangli moyli suyuqlik bilan to'ldirilgan. moy Ichish va sirtga qo'llash uchun moy «Solnse ALTAYA» chakkanda moyi O'ziga xos hidli zarg'aldoq-qizil rangli moyli suyuqlik. 40 °С gacha qizdirilganda eriydigan arzimas cho'kma bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Zarg'aldoq-qizil rangli moyli suyuqlik. o'ziga xos hidli; 40 °С gacha qizdirilganda eriydigan arzimas cho'kmaga yo'l qo'yiladi. O'ziga xos hidli moyli zarg'aldoq-qizil suyuqlik. Rektal suppozitoriylar
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OBLEPIXOVOE MASLO

HIPPOPHAEAE OLEUM

Preparatning savdo nomi: Oblepixovoe maslo

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): chakanda moyi;

Dori shakli: moy.

Tarkibi

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: chakanda moyi – 50 ml;

yordamchi moddalar: kungaboqar moyi.

Ta‘rifi: to‘q sariq – qizil rangli, o‘ziga xos hidli moysimon suyuqlik. 400 S gacha qizdirilganida eruvchan oz miqdordagi cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasi stimulyatori.

ATX kodi: A02X.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

O‘simliklardan olinadigan preparat, chakanda mevalarining moyi. Tarkibida tabiiy biologik faol moddalar bo‘lganligi tufayli, toksinlarni, peroksidlarni, boshqa agressiv omillarning shikastlovchi ta‘sirlarini kamaytiradi va hujayra qobig‘ini, hujayra ichki strukturalarini himoya qiladi. Preparat teri qoplamalari va shilliq qavatlarini shikastlanishida bitish jarayonlarini rag‘batlantiradi, antibakterial (bakteriyalarni o‘sishini to‘xtatadi), o‘rab oluvchi va safro haydovchi ta‘sirlarni namoyon qiladi. Chakanda moyi hujayrani oziqlanish jarayonlariga, ovqat hazm qilish a‘zolarining ishiga ijobiy ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

Preparatni so‘rilishini jadalligi qo‘llash usuliga bog‘liq. Ichga qo‘llanganida chakanda moyining almashinuv mahsulotlari ahlat va siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Mahalliy qo‘llanadi, kuyishlarni, yotoq yaralarni, teri va shilliq qavatlarini nur bilan shikastlanishini, ginekologik kasalliklarni (kolpitlar, endoservisitlar, bachadon bo‘yni eroziyasi) proktologik patologiyani (to‘g‘ri ichakning eroziv-yarali, atrofik va boshqa patologiyalari, anus yorig‘i, gemorroy) davolash uchun sirtga qo‘llanadi. Ichga qizilo‘ngach patologiyasida, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi. Ingalyasiya shaklida yuqori nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarini (burun-halqum, tovush boylamlari, traxeya, bronxlar) davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat mahalliy ravishda bodomsimon bezlarini (tonzillitlar, anginalar), gaymorova bo‘shlig‘ini (gaymoritlar), ko‘zning shox qavatini (keratitlar), ko‘zning biriktiruvchi qavatlarini (kon‘yunktivitlar) surunkali patologiyasi va o‘tkir patologiyani davolash uchun, qovoqlarning chetlarini yallig‘lanishida (blefaritlar), ko‘z shox pardasini yaralarida davolash uchun qo‘llanadi.

 

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat sirtga, ichga yoki ingalyasiya shaklida qo‘llanadi.

Terining patologik jarayonlarida terining shikastlangan yuzasi nekrotik to‘qimalardan tozalangandan keyin preparat moyli bog‘lov ko‘rinishida kunora, to‘qima regenerasiyasi paydo bo‘lgunicha qo‘llanadi.

Ginekologik kasalliklarda – kolpitlar, endoservisitlarda – moy bilan shimdirilgan paxtali tamponlar bilan qin devorlariga va bachadon bo‘yni kanaliga (ularga oldindan ishlov berilgandan keyin) surtiladi; bachadon bo‘yni eroziyasida chakanda moyi bilan yaxshilab shimdirilgan tampon qo‘llanadi (tamponni eroziya joyiga zich bosib qo‘yiladi, tampon har kuni almashtiriladi. Kolpitlarni davolash kursi – 10-15 muolaja, endoservisit va bachadon bo‘yni eroziyalari – 8-10 muolajani tashkil qiladi. Zarur bo‘lganda 4-6 haftadan keyin davolash kursi qaytariladi.

Proktologik kasalliklarda – anusdagi yoriqlar, gemorroyda – preparat bilan shimdirilgan paxta tamponlari bilan anusni va gemorroidal tugunlar moylanadi; to‘g‘ri ichakning proktologik jarayonlarida moyni mikroklizma yordamida to‘g‘ri ichakka yuboriladi (oldindan tozalovchi klizma qilish kerak). Davolash kursi – 10-12 muolaja. Zarurat bo‘lganida davolash kursini 4-6 xaftadan keyin qaytarish mumkin.

Qizilo‘ngach, me‘da va o‘nikki barmoqli ichak yara kasalligi patologiyalarida preparat ichga 1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Ko‘rsatilgan kasalliklarni davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi. Zarur bo‘lganda davolash kursini 4-6 xaftadan keyin takrorlash mumkin.

LOR a‘zolarining patologiyasida – surunkali tonzillit, anginadan keyingi xolat, surunkali faringit – moy bilan shimdirilgan paxta tamponlari bilan bodomchalar, tomoq moylanadi; surunkali gaymoritda moyga shimdirilgan dokali turundalar tashqi burun yo‘llariga kiritiladi (oldindan ular tozalanadi). Davolash kursi LOR a‘zolari patologiyasida 8-10 muolajani tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida davolash kursini 4-6 xaftadan keyin takrorlash mumkin.

Yuqori nafas yo‘llarining kasalliklarida tibbiy muassasalar sharoitida preparat ingalyasiya shaklida qo‘llaniladi.

Ko‘z kasalliklarida chakanda moyi shifokor tavsiyasi bo‘yicha va kuzatuvi ostida qo‘llaniladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin; me‘da-ichak ichak yo‘llari tomonidan: og‘izda achchiq ta‘m (ichga qabul qilinganida), ich ketishi, immun tizimi tomonidan allergik reaksiyalar: terini qichishi, qizarishi, shishishi, teri toshmalari, achishishni his qilish (ichga ko‘llanganida), ingalyasion qo‘llash usulida nafasni buzilishi, so‘lakni haddan ziyod ajralib chiqishi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga shaxsiy sezuvchanlik. Preparatni ichga o‘t pufagining, jigar, me‘da osti bezining yallig‘lanish jarayonlarida, o‘t–tosh kasalligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Odam organizmiga chakanda moyini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirlashganidagi patologik ta‘siri ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qo‘llashdan oldin chayqatish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizish davrida preparat faqat shifokor buyurtmasiga ko‘ra, ona uchun kutiladigan foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa qo‘llaniladi.

Avtotransportni xaydash yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash tezlik reaksiyasi qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Bolalar

Bolalarga preparatni shifokor foyda/xavf nisbatni baxolagandan keyin qo‘llanadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, ongning chalkashishi, tirishishlar, ich ketishi, terida toshma, epiteliy deskvamasiyasi. Oliguriya rivojlanishi mumkin. Aloxida xollarda shok xolatlari paydo bo‘ladi.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni va boshqa tur adsorbentlarni buyurish va muvofiq simptomatik davolash o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

50 ml dan flakonlarda yoki 50 ml dan flakonda qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Oblepixovoe maslo narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Oblepixovoe maslo barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Oblepixovoe maslo haqida savollar

Oblepixovoe maslo haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil