Oft-Allerg
Oft-Allerg chiqarilish shakllari
Oft-Allerg haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: quruq ko'z sindromi va shox parda kasalliklari birga kelgan bemorlarda.
Tarkibi
1 ml preparat saqlaydi:
Faol modda: Olapatadin gidroxloridi-1.11 mg olapatadinga qayta hisoblaganda-1.0 mg
Yordamchi moddalar: Benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy fosfat digidrati, xlorid kislotasi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv.
Farmakodinamikasi
H1-gistamin retseptorlarining selektiv blokatorlari, shuningdek, semiz hujayralardan yallig'lanish mediatorlarini ajralishini ingibirlaydi. Yaqqol allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
α-adrenoretseptorlariga, dofamin retseptorlariga, M1-va M2-xolinoretseptorlariga, shuningdek serotonin retseptorlariga ta'sir ko'rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Mahalliy qo'llanilganda tizimli so'rilishi past bo'ladi. Qon plazmasidagi olopatadinning Cmax mahalliy qo'llagandan keyin 2 soat mobaynida erishiladi va 0.5 ng/ml va 1.3 ng/ml dan kamroqni tashkil qiladi.Сhiqarilishi
Plazmada T1/2 3 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi, 60-70% o'zgarmagan holda chiqariladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Oft-allerg benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi, u kontakt linzalarda so'rilishi mumkin. Preparatni tomizishdan oldin linzani olish kerak va tomizishdan kamida 20 daq keyin qayta o'rnatilishi kerak.
Eritmaning ifloslanishini oldini olish uchun pipetkaning uchini hech qanday sirtga tekkizish kerak emas.
Pediatriyada qo'llanishi
3 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatdan foydalanish tajribasi yetarli mavjud emas. Oft-allerg 3 yosh va undan katta yoshdagi bolalarga kattalar bilan bir xil dozalarda buyurilishi mumkin.
Avtotranspoprtni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatish
Agar bemorda preparatni qo'llashdan keyin ko'rish ravshanligi vaqtincha pasaysa, u tiklangunga qadar avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori kontsentratsiyasi va tezligini talab qiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llash
Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish) preparatni qo'llash bo'yicha yetarli tajriba yo'q. Homilador ayollarda va emizuvchi onalarda qo'llash faqat kutilgan terapevtik ta'sir homila yoki chaqaloqda nojo'ya ta'sir rivojlanishinning potentsial xavfidan oshganda mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Mahalliy foydalanish uchun boshqa oftalmologik preaparatlar bilan mos. Bir vaqtda qo'llash zarur bo'lganda, instillyatsiyalar orasidagi oraliq kamida 5 daqiqa bo'lishi kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Mahalliy. Zararlangan ko'zning kon'yunktival qopchasiga 1 tomchidan 2 marta/sutka (8 soat oraliq bilan) tomiziladi. Davolash muddati-4 oygacha. Zarur bo'lganda, Oft-allerg boshqa dorilar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Bunday holda, ulardan foydalanish oralig'i kamida 5 daqiqa bo'lishi kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda dozani moslashing hojati yo'q. 3 yoshdan katta bolalarda Oft-allergni kattalardagi kabi dozalarda ishlatilishi mumkin. Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda olopatadinni ko'z tomchilari shaklida yuborish bilan bog'liq hech qanday tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shuning bilan birga, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani moslash kerakligi kutilmaydi. Preparatning mikrob bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakonning uchini ko'z qovoqlariga, ko'z atrofi sohalari va boshqa yuzalarga tekkizish kerak emas. Preparatni qo'llagandan keyin qopqoqni mahkam yopish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













