Ташкент
logo
SavatKirish

OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Allergiyaga qarshi vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories SP OOO
ATX kodi:S01GX09
Barcha Oft-Allerg dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% o'xshash dorilari

Narxi
41 400 so'm dan
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
Retseptli
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
Narxi
41 900 so'm dan
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•32 ta dorixonada bor
Narxi
41 000 so'm dan

OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Shifokor retsepti bo'yicha beriladi.

Tarkibi

1 ml preparat saqlaydi:

Faol modda: Olapatadin gidroxloridi-1.11 mg olapatadinga qayta hisoblaganda-1.0 mg

Yordamchi moddalar: Benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy fosfat digidrati, xlorid kislotasi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

1 ml preparat saqlaydi:

 Faol modda: Olapatadin gidroxloridi-1.11 mg olapatadinga qayta hisoblaganda-1.0 mg

Yordamchi  moddalar: Benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy fosfat digidrati, xlorid kislotasi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv. 

Сhiqarilish shakli

Ko'z tomchilari. 5.0 ml dan tomchili flakonlarda.                                 

Farmakodinamikasi

H1-gistamin retseptorlarining selektiv blokatorlari, shuningdek, semiz hujayralardan yallig'lanish mediatorlarini ajralishini ingibirlaydi. Yaqqol allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. 

α-adrenoretseptorlariga, dofamin retseptorlariga, M1-va M2-xolinoretseptorlariga, shuningdek serotonin retseptorlariga ta'sir ko'rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Mahalliy qo'llanilganda tizimli so'rilishi past bo'ladi. Qon plazmasidagi olopatadinning Cmax mahalliy qo'llagandan keyin 2 soat mobaynida erishiladi va 0.5 ng/ml va 1.3 ng/ml dan kamroqni tashkil qiladi.

Сhiqarilishi

Plazmada T1/2  3 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi, 60-70% o'zgarmagan holda chiqariladi.
Farmakoterapevtik guruh

Allergiyaga qarshi vosita.

Dori shakli

Ko'z tomchilari 0.1%

Nojo'ya samaralari

1680 bemorlarni o'z ichiga olgan klinik tadkikotlarda, dozalash tartibi 1 dan 4 tomchi/kungachani, davolash kursi muddati 4 oygachani tashkil qiladi, olopatadin xam monoterapiya sifatida va loratadin bilan birga 10 mg dozada o'tkaziladi. Uchragan nojo'ya ta'sirlarning umumiy chastotasi 4.5% ni tashkil qiladi, shu bilan birga, nojo'ya reaktsiyalar tufayli klinik tadqiqotda ishtirok etishni to'xtatish faqat 1.6% hollarda kuzatildi. Klinik tadqiqotlar davomida ham ko'ruv a'zolari tomonidan, ham butun organizm tomonidan jiddiy nojo'ya hodisalar kuzatilmadi. Davolash bilan bog'liq eng keng tarqalgan nojo'ya reaktsiya ko'zdagi noqulaylik edi, bu hodisa bemorlarning 0,7% qayd etildi. Quyidagi nojo'ya reaktsiyalar klinik tadqiqotlar va preparatni ro'yxatdan o'tkazishdan keyingi foydalanishda kuzatilgan va nojo'ya reaktsiyalarni uchrash tez-teziligi quyidagi gradatsiyaga ko'ra tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kamdan-kam (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (uchrash tez-tezligini mavjud ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin yemas). Har bir guruh atrofidagi nojo'ya hodisalar og'irligiga ko'ra kamayib borayotgan tartibida keltirilgan. 
Immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum-preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, yuz shishishi.
 
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i, disgevziya; tez-tez emas-bosh aylanishi, gipesteziya; chastotasi noma'lum-uyquchanlik.
 
Ko'rish a'zolari tomonidan: tez-tez-ko'zdagi og'riq, ko'z achishishi, quruq ko'z sindromi, ko'zdagi noodatiy xislar; tez-tez emas-shox parda eroziyasi, shox parda epiteliysi nuqsoni, nuqtali keratit, keratit, diagnostik sinamalar o'tkazishda shox parda nuqsoni soxasida qizil pigmentni to'planishi, ko'zdan ajralmalar chiqishi, yorug'likdan qo'rqish, ko'rishni xiralashishi, ko'z o'tkirligini pasayishi, blefarospazm, ko'zda noqulaylik, ko'z qichishishi, follikulez kon'yunktivitlar, kon'yunktiva tomonidan buzilish, ko'da yot tana bo'lish xissi, ko'z yoshi oqishi, qovoqlar eritemasi, qovoqlar shishi, qovoqlar tomonidan buzilishlar, kon'yuktival in'ektsiya; tez-tezligi noma'lum- shox parda shishi,  kon'yunktiva shishi, kon'yunktivitlar, midriaz, ko'ruv funktsiyalarini buzilishi, qovoqlar chetida  qobiqlar bo'lishi; 
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez- burun qurushi; tez-tez emas- rinit; tez-tezligi noma'lum -dispnoe, sinusit.
 
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum-ko'ngil aynishi, qusish. Teri va teri osti yog' kletchatkasi tomonidan: tez-tez emas- kontakt dermatit, teri qizish hissi, teri qurushi; tez-tezligi noma'lum - dermatit, eritema. 

Boshqalar: tez-tez –o'ta charchash; tez-tezligi noma'lum- asteniya, noqulaylik xissi. Juda kam hollarda, shox pardani sezilarli zararlanishi bo'lan bemorlarda fosfat tutuvchi tomchilarni qo'llashda shox pardani kal'tsifikatsiyasi rivojlangan

Maxsus saqlash sharoitlari

Oft-allerg benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi, u kontakt linzalarda so'rilishi mumkin.  Preparatni tomizishdan oldin linzani olish kerak va tomizishdan kamida  20 daq keyin qayta o'rnatilishi kerak.
Eritmaning ifloslanishini oldini olish uchun pipetkaning uchini hech qanday sirtga tekkizish kerak emas.

Pediatriyada qo'llanishi

3 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatdan foydalanish tajribasi yetarli mavjud emas. Oft-allerg 3 yosh va undan katta yoshdagi bolalarga kattalar bilan bir xil dozalarda buyurilishi mumkin.
 
Avtotranspoprtni  haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatish

Agar bemorda preparatni qo'llashdan keyin ko'rish ravshanligi vaqtincha pasaysa, u tiklangunga qadar avtomobilni haydash va psixomotor reaktsiyalarning yuqori kontsentratsiyasi va tezligini talab qiladigan boshqa faoliyat bilan shug'ullanish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llash

Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish) preparatni qo'llash bo'yicha yetarli tajriba yo'q. Homilador ayollarda va emizuvchi onalarda qo'llash faqat kutilgan terapevtik ta'sir homila yoki chaqaloqda  nojo'ya ta'sir rivojlanishinning potentsial xavfidan oshganda mumkin. 

Qo'llanilishi

- allergik kon'yunktivitda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; 

- homiladorlik; 

- emizish davri; 

- 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan: quruq ko'z sindromi va shox parda kasalliklari birga kelgan bemorlarda.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mahalliy  foydalanish uchun boshqa oftalmologik preaparatlar bilan mos. Bir vaqtda qo'llash zarur bo'lganda, instillyatsiyalar orasidagi oraliq kamida 5 daqiqa bo'lishi kerak.

Ta'rifi

Rangsiz rangdan och sariq ranggacha shaffof yoki biroz loyqa eritma.

Dozirovkasi

Mahalliy. Zararlangan ko'zning kon'yunktival qopchasiga 1 tomchidan 2 marta/sutka (8 soat oraliq bilan) tomiziladi. Davolash muddati-4 oygacha. Zarur bo'lganda, Oft-allerg boshqa dorilar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Bunday holda, ulardan foydalanish oralig'i kamida 5 daqiqa bo'lishi kerak. Keksa yoshdagi bemorlarda dozani moslashing hojati yo'q. 3 yoshdan katta bolalarda Oft-allergni  kattalardagi kabi dozalarda ishlatilishi mumkin. Buyrak  yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda olopatadinni ko'z tomchilari shaklida yuborish bilan bog'liq hech qanday tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shuning bilan birga, buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani moslash kerakligi kutilmaydi. Preparatning mikrob bilan ifloslanishini oldini olish uchun flakonning uchini ko'z qovoqlariga, ko'z atrofi sohalari va boshqa yuzalarga tekkizish kerak emas. Preparatni qo'llagandan keyin qopqoqni mahkam yopish kerak.

Analoglar OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1%
Analoglari yo'q

OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% savollari

OFT-ALLERG tomchilar 5 ml 0,1% fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil