Apteka.uz
SavatKirish

Lekorn

Lekorn chiqarilish shakllari

LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N10
Retseptsiz
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N5
Retseptsiz
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N10
Retseptsiz
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5
Retseptsiz
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
Retseptli
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories OT MChJ
- Lekorn qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Lekornning tarkibi
- Lekorn ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Lekorn narxi Toshkent dorixonalarida

Lekorn haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yukori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas. Quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak: •surunkali yurak yetishmovchiligi, o'tkir darajali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda, natriy ushlanib qolishi tufayli (gipernatriemiya va gipervolemiya rivojlanishi hisobiga) paydo bo'lgan shishlar bo'lgan patsientlarda; •kortikosteroid va kortikotrop gormonal preparatlar qabul qilayotgan patsientlarga (to'qimalarda levokarnitin to'planib qolishiga sabab bo'ladi).

Tarkibi

faol modda: levokarnitin 100 mg; yordamchi moddalar: natriy saxarinati, limon kislotasi, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.

Farmakodinamikasi

Levokarnitin – B guruhi vitaminlariga yaqin tabiiy modda hisoblanadi. Yog' kislotalarini tsitoplazmadan mitoxondriyaga ko'chirib o'tkazishda muhim rol' o'ynaydi, bunda ushbu kislotalar beta-oksidlanish jarayoniga uchraydi va ko'p mikdorli metabolik energiya – adenozintrifosfat (ATF) shaklida xosil bo'ladi. Lekorn Enerdji (levokarnitin) – oqsil va yog' almashinuvini normallashtiradi, qonning ishqor zaxirasini tiklaydi, ketokislotalar va anaerob glikoliz paydo bo'lishini bartaraf etadi, laktatatsidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek harakatlanish faolligini kuchaytiradi va jismoniy zo'riqishlarga chidamlilikni oshiradi, bunda glikogenning tejamli sarflanishiga va uning jigardagi zaxiralari ko'payishiga yordam beradi. Lekorn Enerdji – anabolik ta'sir etadi, tiroksinga nisbatan qisman antagonistlik xususiyati bilan gipertireozda yuqori asosiy almashinuvni me'yorlashtiradi, me'da shirasi ajralishini kuchaytiradi, tukimalarda oqsil va uglevod molekulalari parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini pasaytiradi, parenximatoz a'zolarning yog'li distrofiyasini oldini oladi va mushaklarda yog' mikdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta'sir ko'rsatadi, bosh miyada neyronlar apoptozi rivojlanishini to'xtatadi, zararlanish sohasini cheklaydi va nerv to'qimasi strukturasini tiklaydi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi: Lekorn Enerdji ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llarida so'riladi (80%), qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 3 soatdan keyin kuzatiladi va davolash diapazonda 9 soat davomida saqlanib qoladi. Farmakokinetik ko'rsatkichlari dozalash bilan sezilarli darajada oshadi. Taqsimlanishi: miokard, jigar, mushak to'qimalari va boshqa to'qimalarga erkin o'tadi. Сhiqarilishi: ichga qabul qilinganida yarim chiqarilish davri, dozaga qarab, 3-6 soatni tashkil qiladi. Buyraklar tomonidan ko'proq atsil efirlari shaklida chiqariladi, erkin levokarnitin qayta so'rilanadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Levokarnitinning birlamchi tizimli karnitin tanqisligi bo'lgan homilador ayollarda qo'llash tajribasi mavjud emas.

Levokarnitin odam sutining tarkibiga kiruvchi tabiiy komponenti hisoblanadi. Emizuvchi onalar tomonidan levokarnitindan qo'shimcha foydalanilish o'rganilmagan.

Ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Levokarnitin dozasi oshirib yuborilgan holatda toksiklik holati to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas. Preparatga chidamlilik davolashning birinchi haftasi davomida va qabul qilinayotgan doza har safar oshirilgandan so'ng tekshirilishi kerak. Davolash: simptomatik terapiya o'tkaziladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar qabul qilayotgan qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarga Lekorn Enerdji qo'llanilishi gipoglikemiyani paydo qilishi mumkin. Shu tufayli ushbu toifadagi patsientlarda Lekorn Enerdji preparati bilan davolash vaqtida gipoglikemik preparatlarni dozalash rejimiga tuzatish kiritish uchun qonda glyukoza tarkibini doimiy ravishda nazorat qilib borish kerak. Qo'shimcha kaliy qabul qilinmagan holda Lekorn Enerdji preparatining uzoq vaqt qo'llanilishi gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin. Levokarnitin o'rganib qolish qilmaydi, chunki odam organizmning tabiiy tarkibiy moddasi hisoblanadi. Lekorn Enerdji o'zida natriy saxarinatni saqlaydi. Bu qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarni, saxaraza-izomal'taza irsiy yetishmovchiligi, fruktozaga o'zlashtiraolmaslik sindromi, glyukoza va galaktoza mal'absorbtsiyasi sindromi bo'lgan patsientlarni davolashda yoki maxsus gipokaloriyali parhezlarda bo'lgan patsientlarda hisobga olinishi kerak. Levokarnitin bilan bir vaqtda kumarin qatoridagi antikoagulyantlarni qabul qilgan patsientlarda xalqaro normallashtirilgan nisbat (XMN) oshganligi to'g'risida juda kam ma'lumotlar qayd etilgan. Buyraklar funktsiyalari buzilishlari bo'lgan yoki buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida dializda bo'lgan patsientlarga Lekorn Enerdji preparatining yuqori dozalarini ichga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu trimetilaminning potentsial toksik metabolitlari (TMA) va trimetil-N-oksid (TMAO) to'planib qolishiga olib kelishi mumkin. Ular, odatda, siydik bilan chiqariladi (bu siydiqdan, nafas olganda va terlaganda “baliq hidi” kelishi bilan namoyon bo'lishi mumkin). Ushbu holatlar Lekorn preparatining in'ektsiya uchun eritmasi vena ichiga yuborilganida kuzatilmaydi. Noxush reaktsiyalar paydo bo'lganda, ayniqsa, ushbu yo'riqnomada qayd etilmagan reaktsiyalar kuzatilsa, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak, preparat dozalarini kamaytirish, odatda, nojo'ya ta'sirlar bartaraf etilishiga olib keladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Levokarnitinning birlamchi tizimli karnitin tanqisligi bo'lgan homilador ayollarda qo'llanish tajribasi mavjud emas. Levokarnitin odam sutining tarkibiga kiruvchi tabiiy modda hisoblanadi. Emizuvchi onalar tomonidan levokarnitin qo'shimchalaridan foydalanilish o'rganilmagan. Ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi mumkin. Preparatning avtotransport vositasini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Lekorn alohida diqqat-e'tiborlilikni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta'sir etmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni buyurishdan oldin patsient qanday preparatlar qabul qilayotganligini aniqlash kerak. Lekorn Enerdji preparati turli anabolik preparatlar; antioksidant va/yoki antigipoksant faollikka ega preparatlar bilan birga qo'llanilishi mumkin. Lipoy kislotasi, anaboliklar Lekorn Enerdji preparati samarasini kuchaytiradi. Glyukokortikosteroidlar organizm to'qimalarida (jigardan tashqari) levokarnitin to'planishiga olib keladi. Xolin preparatlari yuqori dozalarda levokarnitinning sintezini va faolligini to'xtatadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar – birga qo'llanililganda glyukozaning o'zlashtirishini kuchayishi oqibatida gipoglikemiyani yuzaga keltirishi mumkin, shu tufayli ushbu toifadagi patsientlar Lekorn Enerdji preparatini qabul qilish vaqtida gipoglikemik preparatlarni dozalash tartibiga tuzatish kiritish uchun qondagi glyukoza darajasini doimiy ravishda nazorat qilib borishi kerak. Kumarin qatoridagi antikoagulyantlar. Levokarnitin bilan birga kumarin qatoridagi antikoagulyantlarni qabul qilgan patsientlarda xalqaro me'yorlashtirilgan nisbat (XMN) oshganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Bunday patsientlarda har hafta XMN tekshirilishi kerak. Val'proat kislotasi. Levokarnitinni qabul qilish qon zardobida erkin val'proat kislotasi miqdorini oshirishi va bu orqali o'rtacha-terapevtik dozalari qabul qilinganida ham uning ta'sirlarini kuchaytirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Faqat ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan!!!

Lekorn Enerdji preparatini bevosita toza shaklida yoxud qo'shimcha suyuqlik qo'shgan holda qabul qilish mumkin. Preparat ovqatlanishdan qat'iy nazar sutkada 2-3 marta teng oraliq vaqtlardan keyin qabul qilinishi kerak.

Bolalarga  shirin taomlarga ko'shimchalar (kisel', kompot, sharbatlar)  shaklida buyuriladi. Lekorn Enerdji bolalarga (vaqtida tug'ilgan va vaqtidan oldin (chala) tug'ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi kunidan qo'llaniladi. Bolalarga o'lchamli shprits yordamida kerakli bo'lgan millitr xajm yunidozalardan olib beriladi.  

Yoshi

Bir martali doza

Sutkada qabul qilish mikdori

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar

100 mg (1 ml)

2-3

1 yoshgacha bo'lgan bolalar

100-200 mg (1-2 ml)

2-3

1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar

200-400 mg (2-4 ml)

3

4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar

400-600 mg (4-6 ml)

3

7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar

500-800 mg (5-8 ml)

3

12 yosh va undan katta yoshdagi bolalar

800-1000 mg (8-10 ml)

3

Davolash kursi – 1 oy.

Bo'y o'sish kechikkan holatda davolash 20 kunni tashkil etadi. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi yoki tanaffussiz 3 oy davomida buyuriladi.

Katta yoshdagi patsientlarga preparat bir sutkada 1 g (10 ml) boshlang'ich dozada buyuriladi, patsientning ahvoliga va doriga chidamliligiga qarab, doza asta-sekin oshirib boriladi. Kattalar uchun Lekorn Enerdji preparatining odatdagi sutkalik dozasi 1-3 g (10-30 ml)ni tashkil etadi va kun davomida 1-3 martaga  bo'lib qabul qilinadi.

Katta yoshdagi patsientlar uchun maksimal sutkalik doza 6 g (60 ml)ni tashkil etadi.

Uzoq vaqt jismoniy va psixoemotsional zo'riqishlarda: bir kunda 2-3 marta 1 g (10 ml)dan 2 g (20 ml)gacha buyuriladi.

Nerv anoreksiyasida, shuningdek boshdan kechirilgan kasalliklar va jarrohlik aralashuvlari hamda jarohatlardan keyingi reabilitatsiya davrida: bir kunda 3 marta 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 1-2 oy davomida.

Pasaytirilgan sekretor funktsiyasini surunkali gastrit va surunkali pankreatit majmuaviy davolash: bir kunda 2 marta 500 mg (5 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 1-1,5 oy davomida.

Teri kasalliklarini davolash uchun: 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 2-4 hafta davomida.

Engil darajali gipertireozda: bir kunda 2 marta 500 mg (5 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 20 kun. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan so'ng takrorlanadi yoki tanaffussiz 3 oy davomida buyuriladi.

Bosh miyaning qon tomir, toksik va jarrohlik  shikastlanishlarida: bir sutkada 1-2 marta 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 3-5 kun. Zarur hollarda, 12-14 kundan keyin takroriy davolash kursi buyuriladi.

Karnitin tanqisligi va uning yo'qotilishi bilan birga kechadigan kasalliklarda (birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligi): bir kunda 2-3 marta 50-100 mg/kg tana vazniga buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 oy davomida.

Sport tibbiyotida va jadal mashg'ulotlarda: bir kunda 1-3 marta 2,5 g (25 ml)dan (sutkalik doza 2,5-7,5 g) buyuriladi. Qabul qilish kurslari: musobaqa oldi davrida 3-4 hafta. Mashg'ulot jarayoni davrida – 6-8 haftagacha.



Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Lekorn preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Lekorn haqida savollar

Lekorn haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil