×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Metabolik jarayonlarni muvofiqlantirish uchun vosita.
Faol modda:
Левокарнитин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A16AA01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DOPROKIN S suspenziya 60ml 1mg/ml+4mg/ml N1 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
IDEOS tabletkalari N30 Innothera Chouzy Frantsiya
55 500 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: levokarnitin 100 mg;

yordamchi moddalar: natriy saxarinati, limon kislotasi, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.

Сhiqarilish  shakli

5 ml yoki 10 ml dan yunidozlarda ichish uchun 10% eritma.

Ichish uchun eritma
faol modda: levokarnitin 100 mg; yordamchi moddalar: natriy saxarinati, limon kislotasi, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.
Levokarnitin – B guruhi vitaminlariga yaqin tabiiy modda hisoblanadi. Yog' kislotalarini tsitoplazmadan mitoxondriyaga ko'chirib o'tkazishda muhim rol' o'ynaydi, bunda ushbu kislotalar beta-oksidlanish jarayoniga uchraydi va ko'p mikdorli metabolik energiya – adenozintrifosfat (ATF) shaklida xosil bo'ladi. Lekorn Enerdji (levokarnitin) – oqsil va yog' almashinuvini normallashtiradi, qonning ishqor zaxirasini tiklaydi, ketokislotalar va anaerob glikoliz paydo bo'lishini bartaraf etadi, laktatatsidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek harakatlanish faolligini kuchaytiradi va jismoniy zo'riqishlarga chidamlilikni oshiradi, bunda glikogenning tejamli sarflanishiga va uning jigardagi zaxiralari ko'payishiga yordam beradi. Lekorn Enerdji – anabolik ta'sir etadi, tiroksinga nisbatan qisman antagonistlik xususiyati bilan gipertireozda yuqori asosiy almashinuvni me'yorlashtiradi, me'da shirasi ajralishini kuchaytiradi, tukimalarda oqsil va uglevod molekulalari parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini pasaytiradi, parenximatoz a'zolarning yog'li distrofiyasini oldini oladi va mushaklarda yog' mikdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta'sir ko'rsatadi, bosh miyada neyronlar apoptozi rivojlanishini to'xtatadi, zararlanish sohasini cheklaydi va nerv to'qimasi strukturasini tiklaydi.
So'rilishi: Lekorn Enerdji ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llarida so'riladi (80%), qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 3 soatdan keyin kuzatiladi va davolash diapazonda 9 soat davomida saqlanib qoladi. Farmakokinetik ko'rsatkichlari dozalash bilan sezilarli darajada oshadi. Taqsimlanishi: miokard, jigar, mushak to'qimalari va boshqa to'qimalarga erkin o'tadi. Сhiqarilishi: ichga qabul qilinganida yarim chiqarilish davri, dozaga qarab, 3-6 soatni tashkil qiladi. Buyraklar tomonidan ko'proq atsil efirlari shaklida chiqariladi, erkin levokarnitin qayta so'rilanadi.
Juda kam hollarda: - ko'ngil aynishi, qusish, qorindagi og'riq, diareya (uzoq vaqt qo'llanilganida); - mushak zaifligi, uremiyasi bo'lgan patsientlarda tirishishlar; - allergik reaktsiyalar (teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishishi, anafilaktik shok); - tanadan o'ziga hos hid kelishi. Dozaning kamaytirilishi, patsientda ko'pincha preparat bilan qo'zg'atilgan noxush tana hidini va me'da-ichak simptomlarini kamaytiradi yoki bartaraf etadi. Levokarnitinni qabul qilish vaqtida juda kam hollarda uyqusizlik rivojlanishi mumkin. Buning oldini olish uchun Lekorn Enerdji preparatini kunning birinchi yarmida qabul qilish maqsadga muvofik, xamda bu vaqtda u yanada samarali ta'sir kursatadi.
Shifokor retseptisiz beriladi.
Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar qabul qilayotgan qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarga Lekorn Enerdji qo'llanilishi gipoglikemiyani paydo qilishi mumkin. Shu tufayli ushbu toifadagi patsientlarda Lekorn Enerdji preparati bilan davolash vaqtida gipoglikemik preparatlarni dozalash rejimiga tuzatish kiritish uchun qonda glyukoza tarkibini doimiy ravishda nazorat qilib borish kerak. Qo'shimcha kaliy qabul qilinmagan holda Lekorn Enerdji preparatining uzoq vaqt qo'llanilishi gipokaliemiyaga olib kelishi mumkin. Levokarnitin o'rganib qolish qilmaydi, chunki odam organizmning tabiiy tarkibiy moddasi hisoblanadi. Lekorn Enerdji o'zida natriy saxarinatni saqlaydi. Bu qandli diabet kasalligi bo'lgan patsientlarni, saxaraza-izomal'taza irsiy yetishmovchiligi, fruktozaga o'zlashtiraolmaslik sindromi, glyukoza va galaktoza mal'absorbtsiyasi sindromi bo'lgan patsientlarni davolashda yoki maxsus gipokaloriyali parhezlarda bo'lgan patsientlarda hisobga olinishi kerak. Levokarnitin bilan bir vaqtda kumarin qatoridagi antikoagulyantlarni qabul qilgan patsientlarda xalqaro normallashtirilgan nisbat (XMN) oshganligi to'g'risida juda kam ma'lumotlar qayd etilgan. Buyraklar funktsiyalari buzilishlari bo'lgan yoki buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida dializda bo'lgan patsientlarga Lekorn Enerdji preparatining yuqori dozalarini ichga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu trimetilaminning potentsial toksik metabolitlari (TMA) va trimetil-N-oksid (TMAO) to'planib qolishiga olib kelishi mumkin. Ular, odatda, siydik bilan chiqariladi (bu siydiqdan, nafas olganda va terlaganda “baliq hidi” kelishi bilan namoyon bo'lishi mumkin). Ushbu holatlar Lekorn preparatining in'ektsiya uchun eritmasi vena ichiga yuborilganida kuzatilmaydi. Noxush reaktsiyalar paydo bo'lganda, ayniqsa, ushbu yo'riqnomada qayd etilmagan reaktsiyalar kuzatilsa, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak, preparat dozalarini kamaytirish, odatda, nojo'ya ta'sirlar bartaraf etilishiga olib keladi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Levokarnitinning birlamchi tizimli karnitin tanqisligi bo'lgan homilador ayollarda qo'llanish tajribasi mavjud emas. Levokarnitin odam sutining tarkibiga kiruvchi tabiiy modda hisoblanadi. Emizuvchi onalar tomonidan levokarnitin qo'shimchalaridan foydalanilish o'rganilmagan. Ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi mumkin. Preparatning avtotransport vositasini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Lekorn alohida diqqat-e'tiborlilikni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta'sir etmaydi.
• intensiv jismoniy zo'riqishlar va psixoemotsional zo'riqishlar: mehnat qobiliyatini, chidamlilikni oshirish, toliquvchanlikni pasaytirish uchun; • boshdan kechirilgan kasalliklar va jarrohlik aralashuvlar, jarohatlardan keyingi reabilitatsiya davrida, shuningdek to'qimalar regeneratsiyasini tezlashtirish uchun; • sekretor faoliyati susayishi bilan kechadigan surunkali gastrit va surunkali pankreatitni majmuaviy davolash; • teri kasalliklari (psoriaz, seborey ekzemasi, o'choqli sklerodermiya va diskoid qizil teri sili) majmuaviy davolash; • yengil darajali gipertireoz; • bosh miyaning qon tomir, toksik va travmatik shikastlanishlaridagi nevrologik belgilar; • nerv anoreksiyasi sindromi; • karnitin yetishmovchiligi yoki uning yuqori yo'qotilishi bilan birga kechadigan kasalliklar (miopatiya, kardiomiopatiya, mitoxondrial kasalliklar, mitoxondrial yetishmovchilik bilan birga kechadigan irsiy kasalliklar) – majmuaviy davolash tarkibida uning tanqisligi o'rnini to'ldirish uchun; • qat'iy vegetarianlarda va parhezdagi patsientlarda L-karnitin bilan oziq-ovqatni boyitish sifatida; • kattalarda: sport tibbiyotida va jadal mashg'ulotlarda (mashg'ulot jarayoni davrida aerob samaradorlikni ishlab chiqish ), tezlik-kuch ko'rsatkichlari va harakatlar koordinatsiyasini muvofiqligini yaxshilashda, mushak massasini oshirishda, tana yog' massasining reduktsiyasini kuchaytirishda, mashg'ulotdan keyingi sindromni profilaktika qilish (jismoniy zo'riqishlardan so'ng tiklanish jarayonlarini tezlashtirish) uchun, travmatik shikastlanishlarda mushaklar va paylar regeneratsiyasini tezlashtirish maqsadida; • pediatrik amaliyotda (3 yoshgacha bo'lgan bolalarni shifokor kuzatuvi ostida davolash): vaqtidan oldin (chala) tug'ilgan chaqaloqlarni, tug'ilish vaqtida jarohat olgan yoki asfiksiyani boshdan kechirgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarni parvarishlashda; emish refleksi sust va tana vazni past bo'lgan bolalarga; mushak tonusi sust bolalarga, harakatlanish va psixik funktsiyalar yetarli darajada rivojlanmagan holatlarda, shuningdek ushbu buzilishlarni oldini olish maqsadida “xavf guruhi”dagi bolalarda; 16 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda bo'y o'sish kechikishi va tana vazni yetishmovchiligi holatlarida qo'llaniladi.
Preparatning komponentlariga individual yukori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas. Quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak: • surunkali yurak yetishmovchiligi, o'tkir darajali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda, natriy ushlanib qolishi tufayli (gipernatriemiya va gipervolemiya rivojlanishi hisobiga) paydo bo'lgan shishlar bo'lgan patsientlarda; • kortikosteroid va kortikotrop gormonal preparatlar qabul qilayotgan patsientlarga (to'qimalarda levokarnitin to'planib qolishiga sabab bo'ladi).
Preparatni buyurishdan oldin patsient qanday preparatlar qabul qilayotganligini aniqlash kerak. Lekorn Enerdji preparati turli anabolik preparatlar; antioksidant va/yoki antigipoksant faollikka ega preparatlar bilan birga qo'llanilishi mumkin. Lipoy kislotasi, anaboliklar Lekorn Enerdji preparati samarasini kuchaytiradi. Glyukokortikosteroidlar organizm to'qimalarida (jigardan tashqari) levokarnitin to'planishiga olib keladi. Xolin preparatlari yuqori dozalarda levokarnitinning sintezini va faolligini to'xtatadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar – birga qo'llanililganda glyukozaning o'zlashtirishini kuchayishi oqibatida gipoglikemiyani yuzaga keltirishi mumkin, shu tufayli ushbu toifadagi patsientlar Lekorn Enerdji preparatini qabul qilish vaqtida gipoglikemik preparatlarni dozalash tartibiga tuzatish kiritish uchun qondagi glyukoza darajasini doimiy ravishda nazorat qilib borishi kerak. Kumarin qatoridagi antikoagulyantlar. Levokarnitin bilan birga kumarin qatoridagi antikoagulyantlarni qabul qilgan patsientlarda xalqaro me'yorlashtirilgan nisbat (XMN) oshganligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Bunday patsientlarda har hafta XMN tekshirilishi kerak. Val'proat kislotasi. Levokarnitinni qabul qilish qon zardobida erkin val'proat kislotasi miqdorini oshirishi va bu orqali o'rtacha-terapevtik dozalari qabul qilinganida ham uning ta'sirlarini kuchaytirishi mumkin.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Yunidoza (ampula) ochilgandan so'ng muzlatgichda (+2 - +8°C xaroratda) saqlash mumkun va 24 soat ichida ishlatilishi kerak.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.

Tinniq, rangsiz yoki bir oz sarg'ish eritma
Faqat ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan!!!

Lekorn Enerdji preparatini bevosita toza shaklida yoxud qo'shimcha suyuqlik qo'shgan holda qabul qilish mumkin. Preparat ovqatlanishdan qat'iy nazar sutkada 2-3 marta teng oraliq vaqtlardan keyin qabul qilinishi kerak.

Bolalarga  shirin taomlarga ko'shimchalar (kisel', kompot, sharbatlar)  shaklida buyuriladi. Lekorn Enerdji bolalarga (vaqtida tug'ilgan va vaqtidan oldin (chala) tug'ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi kunidan qo'llaniladi. Bolalarga o'lchamli shprits yordamida kerakli bo'lgan millitr xajm yunidozalardan olib beriladi.  

Yoshi

Bir martali doza

Sutkada qabul qilish mikdori

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar

100 mg (1 ml)

2-3

1 yoshgacha bo'lgan bolalar

100-200 mg (1-2 ml)

2-3

1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar

200-400 mg (2-4 ml)

3

4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar

400-600 mg (4-6 ml)

3

7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar

500-800 mg (5-8 ml)

3

12 yosh va undan katta yoshdagi bolalar

800-1000 mg (8-10 ml)

3

Davolash kursi – 1 oy.

Bo'y o'sish kechikkan holatda davolash 20 kunni tashkil etadi. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi yoki tanaffussiz 3 oy davomida buyuriladi.

Katta yoshdagi patsientlarga preparat bir sutkada 1 g (10 ml) boshlang'ich dozada buyuriladi, patsientning ahvoliga va doriga chidamliligiga qarab, doza asta-sekin oshirib boriladi. Kattalar uchun Lekorn Enerdji preparatining odatdagi sutkalik dozasi 1-3 g (10-30 ml)ni tashkil etadi va kun davomida 1-3 martaga  bo'lib qabul qilinadi.

Katta yoshdagi patsientlar uchun maksimal sutkalik doza 6 g (60 ml)ni tashkil etadi.

Uzoq vaqt jismoniy va psixoemotsional zo'riqishlarda: bir kunda 2-3 marta 1 g (10 ml)dan 2 g (20 ml)gacha buyuriladi.

Nerv anoreksiyasida, shuningdek boshdan kechirilgan kasalliklar va jarrohlik aralashuvlari hamda jarohatlardan keyingi reabilitatsiya davrida: bir kunda 3 marta 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 1-2 oy davomida.

Pasaytirilgan sekretor funktsiyasini surunkali gastrit va surunkali pankreatit majmuaviy davolash: bir kunda 2 marta 500 mg (5 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 1-1,5 oy davomida.

Teri kasalliklarini davolash uchun: 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 2-4 hafta davomida.

Engil darajali gipertireozda: bir kunda 2 marta 500 mg (5 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 20 kun. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan so'ng takrorlanadi yoki tanaffussiz 3 oy davomida buyuriladi.

Bosh miyaning qon tomir, toksik va jarrohlik  shikastlanishlarida: bir sutkada 1-2 marta 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 3-5 kun. Zarur hollarda, 12-14 kundan keyin takroriy davolash kursi buyuriladi.

Karnitin tanqisligi va uning yo'qotilishi bilan birga kechadigan kasalliklarda (birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligi): bir kunda 2-3 marta 50-100 mg/kg tana vazniga buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 oy davomida.

Sport tibbiyotida va jadal mashg'ulotlarda: bir kunda 1-3 marta 2,5 g (25 ml)dan (sutkalik doza 2,5-7,5 g) buyuriladi. Qabul qilish kurslari: musobaqa oldi davrida 3-4 hafta. Mashg'ulot jarayoni davrida – 6-8 haftagacha.



Levokarnitin dozasi oshirib yuborilgan holatda toksiklik holati to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas. Preparatga chidamlilik davolashning birinchi haftasi davomida va qabul qilinayotgan doza har safar oshirilgandan so'ng tekshirilishi kerak. Davolash: simptomatik terapiya o'tkaziladi.
Levokarnitinning birlamchi tizimli karnitin tanqisligi bo'lgan homilador ayollarda qo'llash tajribasi mavjud emas.

Levokarnitin odam sutining tarkibiga kiruvchi tabiiy komponenti hisoblanadi. Emizuvchi onalar tomonidan levokarnitindan qo'shimcha foydalanilish o'rganilmagan.

Ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KAROVEL eritmasi 5 ml 1 g / 5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş., Турция произведено: İdol İlaç Dolum San. ve Tic. A.Ş.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
VIVOKARNIT tabletkalari 500 mg N20
ELVOKARIN eritma 5ml N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N5
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 20% N10
ALMIBA sirop 120ml 400mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Miquel Y Garriga S.L.
  • Vakil: Grand Medical Group AG
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
LEKORN ENERDJI eritma 5ml 10% N10
ZEVRITIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
ZEVRITIN NEO eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СП ООО "Remedy Group"
  • Vakil: Izida Pharma
Narh: 107 000 so'mdan Batafsil
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 101 800 so'mdan Batafsil
KARTAN eritma dlya priema vnutr 10ml 1g/10ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Demo S.A Pharmaceutical Industry
  • Vakil: WELFAR VST
Narh: 115 900 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 100ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 10ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
ELKAR inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик-Фарма, ООО произведено Эллара,ООО
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
IZIKAR eritma dlya priema vnutr 50ml 1000mg/10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
ALMIBA inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/5 ml N5
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
AVIKARNITIN eritma dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Mars Remedies Pvt. Ltd
AVIKARNITIN inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Makcur Laboratories Ltd., Индия для Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 91 700 so'mdan Batafsil
METAKARTIN eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ltd
  • Vakil:
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
LEVOKAR eritma 50ml 1000mg/10ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 61 000 so'mdan Batafsil
KARNILEV eritma dlya priema vnutr 1g N10
Narh: 146 800 so'mdan Batafsil
KARNILEV inyeksiya uchun eritma 1g N5
Narh: 116 500 so'mdan Batafsil
L VIAVA eritma dlya priema vnutr 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S.
L VIAVA inyeksiya uchun eritma 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
ELKARNIT eritma 10 ml 1 g/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левокарнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9