Ташкент
logo
SavatKirish

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Faol modda:Levokarnitin
Farmakoterapevtik guruh:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlantirish uchun vosita

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:A16AA01
Barcha Lekorn dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KALSEMIN SILVER tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN SILVER tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
155 000 so'm dan
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
Retseptli
KARTAN inyeksiya uchun eritma 5 ml 1 g/1 ml N5
Gretsiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Demo S.A Pharmaceutical Industry

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Retsept bo'yicha.

Tarkibi

faol modda: levokarnitin 100 mg yoki 200 mg; yordamchi moddalar: 1 M xlorid kislotasi pH 6,2 gacha; in'ektsiya uchun suv 1ml gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 

faol modda: levokarnitin 100 mg yoki 200 mg;

yordamchi moddalar: 1 M xlorid kislotasi pH 6,2 gacha; in'ektsiya uchun suv 1ml gacha.

Сhiqarilish shakli

Preparat 5 ml dan №5 (1x5), №10 (2x5) (shisha ampulalar), №10, №20, №30, №40, №50 (polipropilen, polietilen ampulalar) tibiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga.

Farmakodinamikasi

Levokarnitin V guruhi vitaminlarga yaqin tabbiiy modda hisoblanadi. Yog' kislotalarini tsitoplazmadan mitoxondriyaga o'tkazishda muhim rol' o'ynaydi, bu yerda bu kislotalar ATF shaklida katta miqdordagi metabolik energiya hosil bo'lishi bilan beta-oksidlanish jarayoniga uchraydi. Lekorn (levokarnitin) oqsil va yog' almashinuvini normallashtiradi, qonninng ishqoriy zahirasini to'ldiradi, ketokislotalar hosil bo'lishini va anaerob glikolizni susaytiradi, laktat-atsidoz darajasini kamaytiradi, shuningdek harakatlantiruvchi faollikni oshiradi va jismoniy yuklamani ko'tarilishini ko'paytiradi, .unda glikogenni tejab ishlatilishiga va jigarda uning zahirasini oshishiga yordam beradi. Lekorn anabolik ta'sir ko'rsatadi, gipertireozda tiroksinni qisman antagonisti bo'lib oshgan asosiy almashinuvni normallashtiradi, me'da shirasining sekretsiyasini rag'batlantiradi, oksil va uglevod molekulalarning parchalanishini sekinlashtiradi. Ortiqcha tana vaznini kamaytiradi, parenximatoz a'zolarning yog'li distrofiyasini rivojlanishini bartarf etadi va muskulaturada yog' miqdorini kamaytiradi. Neyrotrofik ta'sir ko'rsatadi, neyronlarni apaptozini rivojlanishini tormozlaydi, shikastlangan o'choqni cheklaydi va nerv to'qimasini strukturasini tiklaydi.

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi: parenteral yuborilganida barcha to'qimalardan yaxshi o'tadi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori kontsentratsiyalari hosil bo'ladi. Сhiqarilishi: buyraklar orqali asosan atsil efirlari ko'rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so'riladi.

Farmakoterapevtik guruh

Metabolik jarayonlarni muvofiqlantirish uchun vosita

Dori shakli

In'ektsiya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar, mushaklarning kuchsizligi (uremiyasi bo'lgan patsientlarda), ko'krak osti sohasida og'riqlar bo'lishi mumkin. V/i tez yuborilganida, vena yo'li bo'ylab yuborish tezligi pasaytirilganida o'tib ketuvchi og'riqlar bo'lishi mumkin. Levokarnitin qabul qilish vaqtida uyqusizlik rivojlanishi mumkin, ammo bu kam hollarda kuzatiladi. Buni oldini olish uchun kunning birinchi yarmida buyurish kerak, bundan tashqari bu vaqtda u samaraliroq bo'ladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar qabul qilayotgan qandli diabeti bo'lgan patsientlarga preparatni yuborilganda gipolikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun bu kategoriyadagi preparat bilan davolangan gipoglikemik preparatlarni dozalash tartibiga zudlik bilan tuzatish kiritish uchun muntazam qon plazmasida glyukozani miqdorini nazorat qilish kerak. Preparatni uzoq muddat qo'llanishi qo'shimcha kaliy qabul qilmasdan gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Levokarnitin qaramlikni chaqirmaydi, chunki odam organizmning tabiy komponenti hisoblanadi. Lekorn preparatini yuqori dozalarini vena ichiga yuborish buyrak funktsiyasini og'ir buzilishlari yoki buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichida dializ qabul qilayotgan patsientlarga, levokarnitinni peroral shakllarini qo'llashdan farqlanib potentsial zaxarli metabolitlar yig'ilishiga olib kelmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Karnitinni birlamchi tizimli tanqisligi bo'lgan homilador ayollarda levokarnitinni qo'llash tajribasi mavjud emas. Levokarnitin odam sutini tabiiy komponenti hisoblanadi. Emizkli ayollarda levokarnitinnig qo'shimchalarni qo'llashi o'rganilmagan. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida ona uchun potentsial foyda homila uchun xavfdan yuqori bo'lgan hollarda qo'llash mumkin. Avtotransportni xaydash va mexanizmarni boshqarish qobiliyatiga preparatni ta'siri Lekorn alohida diqqat va psiximotor reaktsiyalar talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlariga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Nevrologiya: - distsirkulyator va travmatik entsefalopatiya, nevrasteniya, miopatiya, tarqalgan skleroz, polinevropatiyalar, hotirani buzilishlari; - bosh miyaning qon aylanishini o'tkir buzilishlari: ishemik insul't (erta va kech tiklanish davrlari), bosh miyaning tranzitor buzilishdarida. Kardiologiya: - yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, o'tkir miokard infarkti, infarktdan keyingi holatlar); - kardiomiopatiyalar, miokarditlar, antraktsiklinlar bilan davolanganda kardiotoksiklikni oldini olish (o'smaga qarshi antibiotiklar), kardiomiotsitlar yog'li distrofiyasi, aterosklerozda. Pediatriya: - yangi tug'ilgan chaqaloqlar asfiksiyasi va tug'ruqdagi jaroxatlar oqibatlari, gipotrofiya va gipotoniya, yangi tug'ilgan chaqaloqlardagi respirator distress-sindrom, to'liq parenteral oziqlanishda bo'lgan muddatdan oldin yangi tug'ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, gemodializ o'tkazilayotgan bolalar; - bolalarda val'proat kislotasi qabul qilish fonida rivojlanuvchi Reye sindromiga o'xshash sindromokompleks (gipoglikemiya, gipoketonemiya, koma); - tana vaznini tanqisligi, bolalar va o'smirlarda o'sishni kechikishida. Oftal'mologiya: - ko'rish nervining atrofiyasini oldini olishsh, markaziy involyutsion xorioretinal distrofiya, ko'zning to'r pardasini qon tomir buzilishlari va ishemiyasi, miopiya, katarakta, diabetik retinopatiyasida. Nefrologiya va urologiya: - surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda karnitinni ikkilamchi tanqisligi, shu jumladan gemodializda bo'lgan bemorlarda (odatda buyraklarda qayta suriluvchi erkin karnitinni chiqarilishi bilan bog'liq); - propion va boshqa organik atsidemiyasi, erkaklar bepushtligi (spermaglyutinatsiyasi, oligospermiya, azospermiya) da. Gastroenterologiya: - anoreksiya, ekzokrin funktsiyasini buzilishlari bo'lgan surunkali pankreatit, surunkali gepatitlari, surunkali jigar yetishmovchiligi, jigar yog'li distrofiyasida. Endokrinologiya - tiretoksikozni og'ir bo'lmagan shakllari, qandli diabet, ekzogen-konstitutsional semizlikda. Dermatovenerologiya: - psoriaz, seboreya, sklerodermiyalarni teri shakllari, diskoidli qizil yugurikda. Boshqalar: - OITS-infektsiyasi bo'lgan bemorlarda zidovudin chaqirgan mitoxondrial miopatiyani davolash uchun; - alkogolizm; - ishtaxani kamayishi bilan kechuvchi kasalliklari va holatlar, tana vaznini kamayishi, ozib ketish; - og'ir kasalliklari va jarrohlik arashuvlardan keyingi rekonvalestsentsiyasi; - surunkali charchoqlik sindromi, astenovegetativ sindromi, jismoniy va ruhiy haddan tashqari asabiylanish; - uzoq muddatli jadal sportiv jismoniy mashqlarda yoki boshqa yuqori yuklamalarda ish qobiliyatini, chidamlikni va charchoqlikni kamaytirish uchun (anabolik va adaptogen sifatida) qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: - surunkali yurak yetishmovchiligi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda, natriyni ushlanib turishi chaqirgan shishlari bo'lgan patsientlarda (gipernatriemiya va gipervolemiya rivojlanish hisobidan). - kortikosteroidlar va kortikotrop gormonal preparatlar qabul qiluvchi patsientlarda (to'qimalarda levokarnitinni to'planishiga yordam beradi) extiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni qabul qilayotganini aniqlash kerak. Lekorn turli anabolik vositalari, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikka ega bo'lgan preparatlar bilan birga qo'llash mumkin. Lipol kislotasi, anaboliklar Lekorn preparatini samarasini kuchaytiradi. Glyukokortikosteroidlar organizmning to'qimalarda levokarnitinn to'planishiga olib keladi (jigardan tashqari). Xolin preparatlari yuqori dozalari levokarnitinning sintezini va faolligini tormozlaydi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlar – levokarnitin bilan birga buyurishi glyukozani o'zlashtirishi tufayli gipoglikemiyani chaqirishi mumkin, shuning uchun preparat bilan davolash vaqtida gipoglikemik preparatlar dozalash tartibiga tuzatish kiritish uchun bu patsientlar kategoriyasini qon plazmasida glyukozaning darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Kumarin qatoridagi antikoagulyantlar. Levokarnitin bilan birga qabul qilgan patsientlarda Xalqaro normallashgan nisbatini oshishi to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Bunday patsientlarda Xalqaro normallashgan nisbatini har xafta nazorat qilish kerak. Val'proat kislotasi. Levokarnitinni qabul qilish qon zardobida erkin val'proat kislotasining miqdorini oshirishi mumkin va shu bilan o'rtacha davolash dozalar qabul qilganda uning ta'srini kuchaytirishi mumkin.

Ta'rifi

Rangsiz yoki bir oz sarg'ish tiniq suyuqlik.

Dozirovkasi

Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga yuborish uchun mo'ljallangan. Vena ichiga yuborish Preparat vena ichiga tomchilab yoki oqim bilan (2-3 minut davomida) sekin yuboriladi. Vena ichiga yuborishdan oldin ampulani ichidagisi 100-200 ml erituvchida (0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi) eritiladi. Dozalari va davolashni davomiyligini ko'rsatmalar asosida individual ravishda belgilanadi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: odatda sutkalik doza 3-4 yuborishda 1-3 g ni tashkil etadi. Boshlang'ich doza sutkada 1 g ni tashkil etadi, va patsient tekshirilgandan keyin va holatiga qarab dozani sutkada 3 g gacha oshirish mumkin. Levokarnitinni ikkilamchi tanqisligida gemodializdagi terminal bosqichidagi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda har bitta gemodializ muolajasidan keyin preparat 10-20 mg/kg dozada buyuriladi (xaftada 3 gemodializ muolajasi o'tqazilganda). 12 yoshgacha bo'lgan bolalar: Lekorn 3-4 yuborishda sutkada 50-100 mg/kg dozada buyuriladi. Preparat bilan davolash davomiyligi vena ichiga yuborilganda 3 oydan ko'p bo'lmasligi kerak. Odatda davolash qayta kursi buyuriladi. Bosh miyaning o'tkir qon buzilishida. Erta va va kech tiklanuvchi davrida sutkada 1 g 3 kun davomida buyuriladi va keyinchalik sutkada 0,5 g 7 kun davomida buyuriladi. 10-12 kundan keyin 3-5 kun davomida qayta davolash kursi o'tkazilish mumkin. Ditsirkulyator entsefalopatiya va bosh miyaning turli shikastlanishlari, karnitinni tanqisligida. Bemorlarga eritmani vena ichiga (tomchilab, oqim bilan) sutkada 0,5-1 g hisobidan yoki 3-7 kun davomida suyultirilmasdan mushak ichiga (kuniga 2-3 marta) yuboriladi. Zarur bo'lganida 12-14 kundan keyin qayta davolash kursi buyuriladi. O'tkir miokard infarktida. Sutkalik doza 3-5 g ni tashkil etadi 2-3 vena ichiga sekin in'ektsiyalari ko'rinishida 3-5 g sutkada yoki birinchi 48 soat davomida vena ichiga uzuluksiz yuborish, so'ngra patsientni kardiologiya bo'limida oxirigacha bo'lguniga qadar doza 2 marta kamaytiriladi. Keyin ichiladigan levokarnitinni 2-6 g dozada peroral qabulga o'tiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Levokarnitinning dozasi oshirib yuborilgan holda zaxarlilik to'g'risida ma'lumotlar mavjud emas. Preparatni o'zlashtiraolishini qabul qilayotgan dozani har bir oshishida va davolashni birinchi xafta davomida nazorat qilish kerak. Davolash: simptomatik davolash o'tkazish.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Karnitinni birlamchi tizimli tanqisligi bo'lgan homilador ayollarda levokarnitinni qo'llash tajribasi mavjud emas.

Levokarnitin odam sutini tabiiy komponenti hisoblanadi. Emizuvchi ayollarda levokarnitinnig qo'shimchalarni qo'llashi o'rganilmagan.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya ona uchun potentsial foyda homila uchunxavfdan yuqori bo'lgan hollarda qo'llash mumkin.

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 boshqa chiqarish shakllari

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N20
Retseptli
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N30
Retseptli
LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories SP OOO

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 analoglari

ELKAR eritma 100ml 0,3/ml
ELKAR eritma 100ml 0,3/ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Pik-farma PRO OOO
ELKAR eritma 50ml 0,3/ml
ELKAR eritma 50ml 0,3/ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Pik-farma PRO OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
128 500 so'm dan
ELKAR eritma 25ml 0,3/ml
ELKAR eritma 25ml 0,3/ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Pik-farma PRO OOO
•6 ta dorixonada bor
Narxi
105 600 so'm dan
ELKAR 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N10
ELKAR 0,1/ML inyeksiya uchun eritma 5ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Ellara, OOO
KARNITEN 0,1/ML eritma dlya priema vnutr 10ml N10
KARNITEN 0,1/ML eritma dlya priema vnutr 10ml N10
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sigma-Tau Obedinennie Farmasevticheskie Industrii
LEVOSTOM inyeksiya uchun eritma 5ml 1g/5ml N5
Retseptli
LEVOSTOM inyeksiya uchun eritma 5ml 1g/5ml N5
Gretsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Help S.A.
•20 ta dorixonada bor
Narxi
123 500 so'm dan
AZ KORNI inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5
Retseptli
AZ KORNI inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Coral Laboratories Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
126 000 so'm dan
ALOTREM NEO eritma 1000mg/5ml N10
Retseptli
ALOTREM NEO eritma 1000mg/5ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy Group SP OOO
IZIKAR sirop
IZIKAR sirop
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Biogen SP OOO
KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10
Retseptsiz
KARDITON eritma 1 g/10,0 ml N10
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
KARNIT inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Retseptli
KARNIT inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Diyor Biznes MChJ
•3 ta dorixonada bor
Narxi
130 800 so'm dan

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 savollari

LEKORN inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil