Оксалиплатин
Оксалиплатин | OKSALIPLATIN |
|
---|---|---|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Oksaliplatin 5-ftoruratsil vafolin kislotasi bilan kombinatsiyada quyidagilar sifatida:
Batafsil
Yo'g'on ichakning III bosqichdagi (Dьyuk bo'yicha S bosqichidagi) rakini birlamchi o'sma radikal olib tashlanganidan keyin ad'yuvant davolashda. Metastatik kolorektal rakni davolashda buyuriladi. |
|
Retseptli | Retseptli | |
Kategoriya | ||
Nojo'ya ta'sirlar | ||
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Nojo'ya ta'sirlarning uchrashi tez-tezligiga doir quyidagi toifalardan foydalaniladi: juda tez-tez (10 tadan ≥1 ta);tez-tez (100 tadan ≥1 ta, ammo10 tadan <1 ta); tez-tez emas (1000tadan ≥1 ta, ammo100 tadan <1); kam hollarda (10000 tadan ≥ 1 ta, ammo 1000 tadan <1 ta); juda kam hollarda (10000 tadan <1 ta); noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Batafsil
Infektsiyalar va invaziyalarda Juda tez-tez: infektsiyalar. Tez-tez: rinit,yuqori nafas yo'llari infektsiyalari,neytropenik sepsis (shu jumladan o'lim bilan yakun topuvchi). Tez-tez emas: sepsis. Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: anemiya, neytropeniya, trombotsitopeniya, leykopeniya, limfopeniya. Tez-tez: febril neytropeniya. Kam hollarda: immunoallergiktrombotsitopeniya,gemolitikanemiya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: allergiya, allergik reaktsiyalar.Platinaning barcha preparatlaridan foydalanilganida kesishib o'tadigan, ayrim hollarda o'lim bilan yakun topgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan. Ovqatlanish va modda almashinuvi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: anoreksiya, giperglikemiya, gipokaliyemiya, gipernatriyemiya. Tez-tez: degidratatsiya. Tez-tez emas: metabolik atsidoz. Ruhiy buzilishlar Tez-tez: depressiya, insomniya. Tez-tez emas: yuqori darajada qo'zg'aluvchanlik. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: periferik sensor neyropatiya, sensor buzilishi, disgevziya, bosh og'rig'i. Tez-tez: bosh aylanishi, motorga oid nevrit, meningizm. Kam hollarda: dizartriya, qaytuvchan orqa leykoentsefalopatiyasisindromi. Noma'lum: tirishishlar. Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar Tez-tez:kon'yunktivit, ko'rishni buzilishi. Kam hollarda: ko'rish o'tkirligining tranzitor pasayishi, ko'rish maydonlarining o'zgarishlari, ko'rish nervi nevriti, ko'rishning tranzitor yo'qotilishi (davolash to'xtatilganidan keyin qaytuvchan bo'ladi). Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar Tez-tez: ototoksiklik. Tez-tez emas: karlik. Tomir tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: qon ketishi, quyilishlar, chuqur venalar trombozi, gipertenziya. Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar Juda tez-tez: dispnoe,yo'tal, burundan qon ketishi. Tez-tez: hiqichoq, o'pka arteriyasining tromboemboliyasi. Kam hollarda:o'pkaning interstitsial kasalligi (gohida o'lim bilan yakun topadigan), o'pka fibrozi. Noma'lum: laringospazm. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: ko'ngil aynishi, diareya, qusish (degidratatsiya,paralitik ichak tutilib qolishi, ichak obstruktsiyasi, gipokaliyemiya rivojlanishiga, metabolik atsidozga va buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin), stomatit/mukozit, qorinda og'riq, qabziyat. Tez-tez: dispepsiya, gastroezofagealreflyuks, me'da-ichakda qon ketishi, rektal qon ketishi. Tez-tez emas: ichak tutilib qolishi,ichak obstruktsiyasi. Kam hollarda: kolit, shu jumladan Clostridiumdifficile bilan bog'liq diareya, pankreatit. Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda: jigar kapillyarlari obstruktsiyasi sindromi (jumladan pelioz, bo'g'imli regenerativ giperplaziya va perisinusoidal fibroz). Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: teri tomonidan buzilishlar, alopetsiya. Tez-tez: teri eksfoliatsiyasi (xususan, qo'l kafti-oyoq kafti sindromi sindrom), eritematoz teri toshmalari, teri toshmalari, toshma, gipergidroz, tirnoqlar tomonidan buzilishlar. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar Juda tez-tez: belda og'riq. Tez-tez: artralgiya, suyakda og'riq. Siydik ajratish tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: gematuriya, dizuriya, siydik chiqarish tez-tezligining patologik o'zgarishlari. Juda tez-tez: kanalchalarning o'tkir nekrozi, o'tkir interstitsial nefrit vao'tkir buyrak yetishmovchiligi. Tizimli buzilishlar va yuborilish joyida asoratlar Juda tez-tez:tana haroratini oshishi, charchoq, asteniya, og'riq, yuborish joyida reaktsiyalar. Laboratoriya va instrumental tadqiqotlar natijalarining o'zgarishlari Juda tez-tez: qonda jigar fermentlari faolligining, ishqoriy fosfatazaning, bilirubin, laktat degidrogenaza (LDG) kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini ortishi (ad'yuvant terapiya sifatida foydalanilganida). Tez-tez: kreatinin kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini kamayishi (metastatik o'sma yuzasidan foydalanilganida). |
|
Narh | ||
Qadoqda soni
-
Dozasi
-
Narh*
-
|
Qadoqda soni
-
Dozasi
-
Narh*
-
|
|
Mavjud qadoq turlari | ||
|
|
|
Homiladorlik davrida qabul qilish | ||
Ma'lumot topilmadi | Ma'lumot topilmadi | |
Bog'lik kasalliklarni davolash | ||