Papaverinning aptekalardagi narxlari
PAPAVERINA GIDROXLORID eritma 2% 2ml N5
|
|
86 ta dorixonada bor
|
2 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
900 so'mdan
Bron qilish
|
PAPAVERIN eritma 2% 2ml N10
|
|
8 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
PAPAVERINA GIDROXLORID eritma 2% 2ml N10
|
|
205 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
12 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
7 000 so'mdan
Bron qilish
|
PAPAVERIN suppozitorii 20mg N10
|
|
205 ta dorixonada bor
|
4 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
9 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
9 000 so'mdan
Bron qilish
|
PAPAVERINA GIDROXLORID suppozitorii 20mg N10
|
|
158 ta dorixonada bor
|
7 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
10 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
7 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Papaverin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PAPAVERIN
PAPAVERIN
Preparatning savdo nomi: Papaverin
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): papaverin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka saqlaydi:
faol modda: 40 mg papaverin gidroxloridi
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, saxaroza (qand) – 350 mg vaznli tabletkani olinguncha.
Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik, faska va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: spazmolitik vosita.
ATX kodi: A03AD01
Farmakologik xususiyatlari
Papaverin gidroxloridi silliq mushaklarning tonusini pasaytiradi va shu boisdan tomirlarni kengaytiruvchi va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Fosfodiesteraza fermentining ingibitori bo‘lib, xujayra ichida siklik 3,5-adenozinomonofosfatni to‘planishini va kalsiyning miqdorini kamayishini chaqiradi, bu silliq mushaklarning qisqaruvchanligini buzilishiga va ularni bo‘shashishiga olib keladi. Papaverin gidroxloridining markaziy nerv tizimiga ta‘siri kuchsiz ifodalangan, faqat katta dozalardagina u biroz sedativ samara ko‘rsatadi. Katta dozalarda yurak mushagining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi va yurak ichki o‘tkazuvchanligini sekinlashtiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – yuqori. Gistogematik to‘siqlar orqali o‘tadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 0,5-2 soat.
Buyraklar orqali (metabolitlari ko‘rinishida) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Papaverin gidroxloridi qon tomirlari, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining va bronxlarning silliq mushaklarini spazmlari bilan bog‘liq funksional buzilishlari va og‘riqlarini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Periferik qon tomirlarining spazmlarida (endarteriit va boshqalar), bosh miya tomirlarining spazmlarida, stenokardiyada (majmuaviy davolash tarkibida), bronxospazmda, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining silliq mushaklarini spazmlarida (pilorospazm, spastik kolit, xolesistit, o‘t-tosh kasalligining xurujlari), siydik yo‘llarining spazmlarida, buyrak sanchig‘ida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, kattalar 40-80 mg dan sutkada 3-4 marta; bolalar sutkada 2-4 marta; 1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar – 5 mg dan qabulga, 3-4 yosh – 5-10 mg, 5-6 yosh – 10 mg dan, 7-9 yosh – 10-15 mg dan, 10-14 yosh – 15-20 mg dan qabul qiladilar.
Kattalar uchun yuqori dozalari: bir martalik doza – 200 mg, sutkalik doza – 600 mg.
1 yoshli bolalar uchun yuqori dozalari: bir martalik 5 mg, sutkalik 10 mg; 2 yoshda – bir martalik – 10 mg, sutkalik – 20 mg, 3-4 yosh – bir martalik – 15 mg, sutkalik – 30 mg; 5-6 yosh – bir martalik – 20 mg, sutkalik – 40 mg; 7-9 yosh – bir martalik – 30 mg, sutkalik – 60 mg; 10-14 yosh – bir martalik doza – 50-60 mg, sutkalik – 100-120 mg.
10 mg dan kichikroq dozalar dorixonaning ishlab-chiqarish bo‘limida tayyorlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, qisman yoki to‘liq atrioventrikulyar blokada, yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, arterial bosimni pasayishi, qabziyat, uyquchanlik, «jigar» transaminazalarining faolligini oshishi, eozinofiliya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, AV-blokada, glaukoma, og‘ir jigar yetishmovchiligi, keksalar (gipertermiyani rivojlanish xavfi tufayli), 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan (kichik dozalarda) – bosh-miya jarohatidan keyingi holat, surunkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak usti bezlari faoliyatining yetishmovchiligi, gipotireoz, prostata bezining giperplaziyasi, qorincha ustki taxikardiyasi, shok holatlari.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini va metildopaning gipotenziv samarasini pasaytiradi. Barbituratlar bilan majmuada qo‘llanganda papaverinning spazmolitik ta‘siri kuchayadi. Trisiklik antidepressantlar, prokainamid, rezerpin, xinidin sulfati bilan birga qo‘llanganida gipotenziv samarasi kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida alkogolni qabul qilish istisno etilishi kerak.
Homiladorlik va laktasiyada preparatning xavfsizligi aniqlanmagan.
Qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siri tamaki chekishda pasayadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: diplopiya, holsizlik, AB ni pasayishi, uyquchanlik.
Davolash: simptomatik (arterial bosimni tutib turish).
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 40 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
10 tabletkadan polimer qoplamali qog‘oz kontur uyasiz o‘ramda.
800 kontur uyali yoki 700 kontur uyasiz o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari