Apteka.uz
SavatKirish

PRIVITUSS

PRIVITUSS chiqarilish shakllari

PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml
Retseptli
PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Aesculapius Farmaceutici S.R.L, Italiya proizvodeno: Mitim S.r.l.,
•84 ta dorixonada bor
Narxi
85 800 so'm dan
- PRIVITUSS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- PRIVITUSSning tarkibi
- PRIVITUSS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- PRIVITUSS narxi Toshkent dorixonalarida

PRIVITUSS haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- 2 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik va emizish davri.

Farmakokinetikasi

L-kloperastin fendizoat ichakda so'riladi va asosan siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. Plazmada L-kloperastin fendizoatning maksimal konsentratsiyalariga qo'llanilgandan 90 - 120 daqiqa o'tgach erishiladi, bu L-kloperastin fendizoatning to'qimalarga, birinchi navbatda - o'pkaga jadal taqsimlanishi bilan kechadi.

Farmakologik ta'siri

L-kloperastin fendizoat asosan markaziy ta'sirga ega yo'talga qarshi samara ko'rsatadi, bu yo'tal nerv markazining selektiv ingibirlanishidan iborat bo'lib, nafas olish markazlarining susayishi bilan birga kechmaydi. Bundan tashqari, yallig'lanish mediatorlari ajralib chiqishini ingibirlash va antibronxospastik/miorelaksant va antiserotonin ta'sir mavjudligi hisobiga, yo'tal stimullarini qo'llab-quvvatlovchi periferik nerv tizimiga nisbatan sedativ ta'sir ko'rsatadi; shuningdek bronxospazm va yallig'lanish bilan kechuvchi patologiyalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi - bu yo'tal refleksining paydo bo'lishi va uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradigan hodisalar.

Maxsus ko‘rsatmalari

Bemorlarda samarali yo'tal mavjud bo'lganda preparat monoterapiya ko'rinishida ham, boshqa yo'talga qarshi preparatlar bilan birga ham qo'llanilishi mumkin, chunki PRIVITUS preparati bronxial sekret tarkibi va yopishqoqligiga hamda balg'am ko'chish jarayoniga ta'sir qilmaydi.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda sedativ samarasi qayd etilmaydi va u bemorning avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

PRIVITUS preparati bilan davolash asosiy kasallikni davolashning barcha turlari, shu jumladan antibakterial va isitma tushiruvchi preparatlarni qo'llash bilan yaxshi mos keladi. L-kloperastinning markaziy asab tizimiga ikkilamchi ta'siri sezilarli darajada kamayganligiga qaramay, preparat depressantlar va markaziy asab tizimi faoliyatini stimulyatorlari bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda antigistamin preparatlar va serotonin antagonistlari va kamroq darajada miorelaksantlar, masalan, papaverin ta'siri kuchayishi mumkinligini ham hisobga olish kerak.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalar: 5 ml dan kuniga uch marta.
Bolalar: 2 yoshdan 4 yoshgacha kuniga ikki marta 2 ml dan; 4 dan 7 yoshgacha - kuniga ikki marta 3 ml dan; 7 dan 15 yoshgacha - kuniga ikki marta 5 ml dan tayinlanadi.
2-3-5 ml bo'limli o'lchov qoshig'i qutiga solingan. Odatda davolash davomiyligi 7 - 10 kunni tashkil qiladi. Konglomeratlar hosil bo'lishining oldini olish uchun qo'llashdan oldin suspenziyali flakonni yaxshilab chayqatish kerak

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PRIVITUSS preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

PRIVITUSS narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №6
Yunusobod tumani, 7 Mavzesi, 48 uy, 3 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
87 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
87 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
87 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
87 900 so'm
Bron qilish

PRIVITUSS haqida savollar

PRIVITUSS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil