PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml

PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
L-kloperastin fendizoat ichakda so'riladi va asosan siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi. Plazmada L-kloperastin fendizoatning maksimal konsentratsiyalariga qo'llanilgandan 90 - 120 daqiqa o'tgach erishiladi, bu L-kloperastin fendizoatning to'qimalarga, birinchi navbatda - o'pkaga jadal taqsimlanishi bilan kechadi.
Farmakologik ta'siri
L-kloperastin fendizoat asosan markaziy ta'sirga ega yo'talga qarshi samara ko'rsatadi, bu yo'tal nerv markazining selektiv ingibirlanishidan iborat bo'lib, nafas olish markazlarining susayishi bilan birga kechmaydi. Bundan tashqari, yallig'lanish mediatorlari ajralib chiqishini ingibirlash va antibronxospastik/miorelaksant va antiserotonin ta'sir mavjudligi hisobiga, yo'tal stimullarini qo'llab-quvvatlovchi periferik nerv tizimiga nisbatan sedativ ta'sir ko'rsatadi; shuningdek bronxospazm va yallig'lanish bilan kechuvchi patologiyalarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi - bu yo'tal refleksining paydo bo'lishi va uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradigan hodisalar.
Nojo'ya samaralari
- kam hollarda: yengil shakldagi me'da-ichak buzilishlari. Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda uning markaziy asab tizimiga sedativ yoki rag‘batlantiruvchi ta’siri bilan bog‘liq belgilar va simptomlar qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Bemorlarda samarali yo'tal mavjud bo'lganda preparat monoterapiya ko'rinishida ham, boshqa yo'talga qarshi preparatlar bilan birga ham qo'llanilishi mumkin, chunki PRIVITUS preparati bronxial sekret tarkibi va yopishqoqligiga hamda balg'am ko'chish jarayoniga ta'sir qilmaydi.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda sedativ samarasi qayd etilmaydi va u bemorning avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- 2 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik va emizish davri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
PRIVITUS preparati bilan davolash asosiy kasallikni davolashning barcha turlari, shu jumladan antibakterial va isitma tushiruvchi preparatlarni qo'llash bilan yaxshi mos keladi. L-kloperastinning markaziy asab tizimiga ikkilamchi ta'siri sezilarli darajada kamayganligiga qaramay, preparat depressantlar va markaziy asab tizimi faoliyatini stimulyatorlari bilan o'zaro ta'sir qilishi mumkin.
Bir vaqtda qo'llanilganda antigistamin preparatlar va serotonin antagonistlari va kamroq darajada miorelaksantlar, masalan, papaverin ta'siri kuchayishi mumkinligini ham hisobga olish kerak.
Dozirovkasi
Kattalar: 5 ml dan kuniga uch marta.
Bolalar: 2 yoshdan 4 yoshgacha kuniga ikki marta 2 ml dan; 4 dan 7 yoshgacha - kuniga ikki marta 3 ml dan; 7 dan 15 yoshgacha - kuniga ikki marta 5 ml dan tayinlanadi.
2-3-5 ml bo'limli o'lchov qoshig'i qutiga solingan. Odatda davolash davomiyligi 7 - 10 kunni tashkil qiladi. Konglomeratlar hosil bo'lishining oldini olish uchun qo'llashdan oldin suspenziyali flakonni yaxshilab chayqatish kerak
Hajm/og'irlik
PRIVITUSS suspenziya 100ml 708mg/100ml o'xshash dorilari




