Apteka.uz
SavatKirish

Regulon

Regulon chiqarilish shakllari

REGULON tabletkalari N21
Retseptli
REGULON tabletkalari N21
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•122 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
REGULON tabletkalari N21
REGULON tabletkalari N21
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO
•122 ta dorixonada bor
Narxi
48 000 so'm dan
- Regulon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Regulonning tarkibi
- Regulon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Regulon narxi Toshkent dorixonalarida

Regulon qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Vengriya
Kategoriya

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — venoz yoki arterial trombozning og‘ir va/yoki ko‘plab xavf omillari mavjudligi (shu jumladan og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikdagi arterial gipertenziya AB ≥ 160/100 mm sim. ust.); — tromboz darakchilari mavjudligi yoki anamnezda ko‘rsatilishi (shu jumladan tranzitor ishemik hujum, stenokardiya); — o‘choqli nevrologik simptomatikali migren, shu jumladan anamnezda; — hozirgi vaqtda yoki anamnezda venoz yoki arterial tromboz/tromboemboliya (shu jumladan miokard infarkti, insult, boldir chuqur venalari trombozi, o‘pka arteriyasi emboliyasi); — anamnezda venoz tromboemboliya mavjudligi; — qandli diabet (angiopatiya bilan); — yaqqol gipertriglitseridemiya bilan kechuvchi pankreatit (shu jumladan anamnezda); — dislipidemiya; — og‘ir jigar kasalliklari, xolestatik sariqlik (shu jumladan homiladorlikda), gepatit, shu jumladan anamnezda (funksional va laboratoriya ko‘rsatkichlari normallashguniga qadar va ular normallashgandan keyin 3 oy davomida); — GKS qabul qilganda sariqlik;

Tarkibi

  • etinilestradiol 30 mkg dezogestrel 150 mkg Yordamchi moddalar: ?-tokoferol, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi, povidon, kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati. Plyonka qobiq tarkibi: propilenglikol, makrogol 6000, gipromelloza

Farmakokinetikasi

Dezogestrel So‘rilishi: Dezogestrel MIYdan tez va deyarli to‘liq absorbtsiya qilinadi va darhol dezogestrelning biologik faol metaboliti bo‘lgan 3-keto-dezogestrelga metabolizmga uchraydi. Cmax 1,5 soatdan keyin erishiladi va 2 ng/ml ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi - 62-81%. Taqsimlanishi: 3-keto-dezogestrel qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan va jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin (JGBG) bilan bog‘lanadi. Vd 1,5 l/kg ni tashkil qiladi. Css hayz tsiklining ikkinchi yarmiga kelib o‘rnatiladi. 3-keto-dezogestrel darajasi 2-3 baravar oshadi. Metabolizmi: 3-keto-dezogestreldan (jigar va ichak devorida hosil bo‘ladigan) tashqari boshqa metabolitlar hosil bo‘ladi: 3?-ON-dezogestrel, 3?-ON-dezogestrel, 3?-ON-5?-N-dezogestrel (birinchi faza metabolitlari). Bu metabolitlar farmakologik faollikka ega emas va qisman, kon'yugatsiya yo‘li bilan (metabolizmning ikkinchi fazasi), qutbiy metabolitlar - sulfatlar va glyukuronatlarga aylanadi. Qon plazmasidan klirens - tana vazniga taxminan 2 ml/daq/kg. Chiqarilishi: 3-keto-dezogestrelning T1/2 30 soatni tashkil qiladi. Metabolitlar siydik va axlat bilan (4:6 nisbatda) chiqariladi. Etinilestradiol So‘rilishi: Etinilestradiol MIYdan tez va to‘liq absorbtsiya qilinadi. Cmax preparat qabul qilingandan so‘ng 1-2 soatdan keyin erishiladi va 80 pg/ml ni tashkil qiladi. Tizimoldi kon'yugatsiya va jigar orqali "birinchi o‘tish" effekti tufayli preparatning biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: Etinilestradiol qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan to‘liq bog‘lanadi. Vd 5 l/kg ni tashkil qiladi. Css qabul qilishning 3-4 kuniga kelib o‘rnatiladi, bunda zardobdagi etinilestradiol darajasi preparat bir marta qabul qilingandan keyingiga qaraganda 30-40% ga yuqori bo‘ladi. Metabolizmi: Etinilestradiolning tizimoldi kon'yugatsiyasi ahamiyatli. Ichak devorini chetlab o‘tib (metabolizmning birinchi fazasi), u jigarda kon'yugatsiyaga uchraydi (metabolizmning ikkinchi fazasi). Etinilestradiol va uning metabolizmning birinchi fazasi kon'yugatlari (sulfatlar va glyukuronidlar) safroga ajralib chiqadi va enterogepatik tsirkulyatsiyaga kirishadi. Qon plazmasidan klirens tana vazniga taxminan 5 ml/daq/kg. Chiqarilishi: Etinilestradiolning T1/2 o‘rtacha taxminan 24 soatni tashkil qiladi. Taxminan 40% siydik bilan va taxminan 60% - axlat bilan chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Monofazali peroral kontraseptiv. Asosiy kontraseptiv ta'siri gonadotropinlar sintezini ingibitsiya qilish va ovulyatsiyani bostirishdan iborat. Bundan tashqari, bachadon bo'yni shillig'i qovushqoqligining oshishi hisobiga spermatozoidlarning bachadon bo'yni kanali orqali harakati sekinlashadi, endometriy holatining o'zgarishi esa urug'langan tuxum hujayraning implantatsiyasiga to'sqinlik qiladi. Etinilestradiol endogen estradiolning sintetik analogi hisoblanadi. Dezogestrel endogen progesteronga o'xshash yaqqol gestagen va antiestrogen ta'sirga, kuchsiz androgen va anabolik faollikka ega. Regulon lipidlar almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi: qon plazmasida YuZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) kontsentratsiyasini oshiradi, bunda PZLP (past zichlikdagi lipoproteinlar) miqdoriga ta'sir qilmaydi. Preparat qabul qilinganda hayz qoni yo'qotilishi sezilarli darajada qisqaradi (dastlabki menorragiyada), hayz tsikli normallashadi, teri qoplamalariga, ayniqsa oddiy husnbuzarlar mavjud bo'lganda, ijobiy ta'sir qayd etiladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Preparatni bekor qilishni talab qiluvchi nojo'ya holatlar Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya; kamdan-kam hollarda - arterial va venoz tromboemboliyalar (shu jumladan miokard infarkti, insult, pastki oyoq venalarining chuqur trombozi, o'pka arteriyasi tromboemboliyasi); juda kamdan-kam hollarda - jigar, mezenterial, buyrak, retinal arteriyalar va venalarning arterial yoki venoz tromboemboliyasi. Sezgi a'zolari tomonidan: otoskleroz tufayli eshitishni yo'qotish. Boshqalar: gemolitik-uremik sindrom, porfiriya; kamdan-kam hollarda - reaktiv tizimli qizil yugurukning kuchayishi; juda kamdan-kam hollarda - Sidenxem xoreyasi (preparat bekor qilingandan keyin o'tib ketadi). Boshqa tez-tez uchraydigan, ammo kamroq og'ir nojo'ya holatlar. Preparatni qo'llashni davom ettirish maqsadga muvofiqligi foyda/xavf nisbatidan kelib chiqib, shifokor maslahatidan so'ng individual ravishda hal qilinadi. Jinsiy tizim tomonidan: atsiklik qon ketishlar/qindan qonli ajralmalar, preparat bekor qilingandan keyin amenoreya, qin shillig'i holatining o'zgarishi, qinning yallig'lanish jarayonlari rivojlanishi, kandidoz, sut bezlarida taranglik, og'riq, kattalashish, galaktoreya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, Kron kasalligi, yarali kolit, sariqlik va/yoki xolestaz bilan bog'liq qichishishning paydo bo'lishi yoki kuchayishi, xolelitiaz. Dermatologik reaktsiyalar: tugunli eritema, ekssudativ eritema, toshma, xloazma. MNT tomonidan: bosh og'rig'i, migren, kayfiyat o'zgaruvchanligi, depressiya.

Dozani oshirib yuborilishi

Ko‘ngil aynishi, qusish, qiz bolalarda - qindan qonli ajralmalar.

Dori shaklining ta'rifi

  • Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida "P8" va ikkinchi tomonida "RG" markirovkasi bo'lgan parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Jigar fermentlarini induksiya qiluvchi dori vositalari, masalan, gidantoin, barbituratlar, primidon, karbamazepin, rifampitsin, okskarbazepin, topiramat, felbamat, grizeofulvin, oddiy teshik dalachoy preparatlari peroral kontraseptivlar samaradorligini pasaytiradi va to‘satdan qon ketishlar yuzaga kelish xavfini oshiradi. Induksiyaning maksimal darajasiga odatda kamida 2-3 hafta o‘tgach erishiladi, ammo preparat bekor qilingandan so‘ng 4 haftagacha davom etishi mumkin. Ampitsillin va tetrasiklin Regulon samaradorligini pasaytiradi (o‘zaro ta’sir mexanizmi aniqlanmagan). Birga qabul qilish zarurati bo‘lganda, butun davolash kursi davomida va preparat bekor qilingandan so‘ng 7 kun (rifampitsin uchun — 28 kun) davomida qo‘shimcha to‘siqli kontrasepsiya usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Peroral homiladorlikka qarshi vositalar uglevodlarga tolerantlikni pasaytirishi, insulinga yoki peroral diabetga qarshi vositalarga bo‘lgan ehtiyojni oshirishi mumkin.

Umumiy ma'lumot

DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(MUTAXASSISLAR UCHUN)

 

  1. DORI PREPARATINING NOMI

Regulon® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

REGULON

XPN: Dezogestrel (Desogestrel)

Etinilestradiol (Ethinylestradiol)

 

  1. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkada 0,03 mg etinilestradiol va 0,15 mg dezogestrel saqlanadi.

Preparat 67,66 mg laktoza monogidrati saqlaydi

Yordamchi moddalarning ro‘yhati: 6.1. bandga qarang

  1. DORI SHAKLI

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Och sariq rangli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «R8», boshqa tomonida – “RG” markirovkasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

  1. KLINIK XUSUSIYATLARI

4.1. Qo‘llanilishi

Peroral kontrasepsiyada qo‘llanadi.

 

4.2. Dozalash va yuborish usuli

Hayz ko‘rish siklining birinchi kunidan boshlab, 21 kun davomida tanaffuslarsiz, iloji boricha sutkaning bir vaqtida, har kuni bir tabletkani qabul qilish kerak. So‘ngra 7 kunlik tanaffus qilinadi, bu vaqt davomida tabletkalarni qabul qilish kerak emas va shu vaqt davomida preparatni bekor qilish oqibatidagi qon ketishlari o‘rin tutadi. Keyingi o‘ramdan 21 tabletkadan qabul qilishni 7 kunlik tanaffus tugaganidan keyin 8 kuni (birinchi tabletka qabul qilinganidan keyin 4 hafta o‘tgach, haftaning aynan o‘sha kuni), hatto agar qon ketishi to‘xtamagan bo‘lsa ham, boshlash kerak. Preparatni qabul qilishning bunday sxemasi kontraseptiv himoya talab etilgan vaqtgacha saqlanib qolishi lozim. Davolovchi shifokorning tavsiyalariga amal qilingan sharoitlarda, preparatning kontraseptiv samaradorligi tabletkalar qabul qilinmagan 7 kunlik davr davomida ham saqlanib qoladi.

Regulon tabletkalarini birinchi marta qabul qilish

Regulon preparatini qabul qilishni xayz ko‘rish siklining birinchi kunidan boshlash kerak, bunday hollarda kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatish zarur hisoblanmaydi.

Regulonni qabul qilishni, shuningdek hayz ko‘rish siklining 2-5 kunlari boshlash mumkin, lekin bunday hollarda birinchi siklning birinchi 7 kunida kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llash lozim.

Agar hayz ko‘rish 5 kun avval boshlangan bo‘lsa, pasientga keyingi hayz ko‘rishning birinchi kunigacha kutib turish va so‘ngra Regulonni qabul qilishni boshlash tavsiya etiladi.

Homiladorlikni birinchi uch oylikda to‘xtatilganidan keyin

Bola tushib qolganidan yoki abortdan keyin Regulonni qabul qilishni o‘sha zaxoti boshlash mumkin. Bunday hollarda kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llash zarur hisoblanmaydi.

Tug‘ruqdan keyin yoki homiladorlikni ikkinchi uch oylikda to‘xtatilganidan keyin

Emizmayotgan ayollar Regulon preparatini qo‘llashni tug‘ruqdan keyin yoki homiladorlikni ikkinchi uch oylikda to‘xtatilganidan keyin 21-28 kuni boshlashlari mumkin. Bunday hollarda kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llash shart emas.

Agar preparatni qabul qilish kechroq boshlangan bo‘lsa, unda birinchi 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatish lozim.

Agar tug‘ruqdan keyin jinsiy aloqa o‘rin tutgan bo‘lsa, unda preparatni qabul qilishni boshlashni birinchi hayz ko‘rishgacha kechiktirish kerak.

Izoh: Emizayotgan ayollarga majmuaviy peroral kontraseptiv vositalarni qabul qilish tavsiya qilinmaydi, chunki bu ko‘krak suti miqdorini kamaytirishi mumkin.

Boshqa peroral kontraseptivdan Regulonga o‘tish

Boshqa 21 yoki 22 tabletkali qabul qilish sxemasiga ega peroral kontraseptivdan Regulon qobiq bilan qoplangan tabletkalariga o‘tish:

Kontraseptiv preparatning avvalgi o‘ramidan barcha tabletkalarni qabul qilish kerak. Regulonning birinchi tabletkasini keyingi kuni qabul qilish kerak, tabletkalarning o‘ramlari orasida 7-kunlik tanaffus qilish kerak va bekor qilish oqibatidagi qon ketishini kutish kerak emas. Bunday hollarda kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llash shart emas.

Boshqa 28 tabletkali qabul qilish sxemasiga ega peroral kontraseptivdan Regulon qobiq bilan qoplangan tabletkalariga o‘tish:

Regulonning birinchi tabletkasini, avvalgi o‘ramdan so‘nggi faol (gormon saqlovchi) tabletka qabul qilinganidan keyingina qabul qilish, tabletkalarning o‘ramlari orasida 7-kunlik tanaffus qilish va bekor qilish oqibatidagi qon ketishini kutish kerak emas. Bunday hollarda kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llash shart emas.

Faqat progestogen saqlovchi (ROR, yoki mini-pili) boshqa peroral kontraseptivdan Regulon preparatiga o‘tish:

Regulonning birinchi tabletkasini hayz ko‘rish siklining birinchi kuni qabul qilish kerak. Bunday hollarda kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llash shart emas.

Agar mini-pilini qabul qilish vaqtida hayz ko‘rish boshlanmasa, Siz Regulonni qabul qilishni siklning istalgan kuni boshlashingiz mumkin. Biroq, bunday hollarda birinchi 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usullarini qo‘llash kerak.

Yuqorida keltirilgan, kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullarini qo‘llashni talab etuvchi vaziyatlarda quyidagilarni: spermisid kontraseptiv qalpoqchasini, prezervativni ishlatish yoki jinsiy aloqaga kirishmaslikni tavsiya etish mumkin. Taqvimiy usullar ushbu hollarda tavsiya qilinmaydi.

Bekor qilish oqibatidagi qon ketishini o‘tkazib yuborish

Bekor qilish oqibatidagi qon ketishi boshlanmasligi uchun, 7 kunlik tanaffus qilmasdan, Regulonning keyingi o‘ramidan tabletkalarni qabul qilishni boshlash lozim. Bekor qilish oqibatidagi qon ketishini tutilishi hoxishga ko‘ra istalgan vaqt davomida, preparatning ikkinchi o‘rami tugagunga qadar davom etishi mumkin. Bekor qilish oqibatidagi qon ketishini o‘tkazib yuborish sezilarsiz surkaluvchi ajralmalarga yoki shiddatli qon ketishlariga olib kelishi mumkin, bu preparatning kontraseptiv samaradorligini pasaytirmaydi. Regulonni odatdagi sxema bo‘yicha qabul qilishni 7 kunlik tanaffusdan keyin qayta boshlash mumkin.

Tabletkalarni qabul qilishni o‘tkazib yuborish

Agar pasient tabletkalarni qabul qilishni unutgan bo‘lsa, bir qator asosiy qoidalarga amal qilish kerak:

  1. Tabletkalarni qabul qilishni 7 kundan ortiq vaqtga to‘xtatish mumkin emas.
  2. Tabletkalarni qabul qilishdagi yetti kunlik tanaffus gipotalamus-gipofiz-tuxumdonlar tizimini yetarli darajada susaytirishga erishish uchun zarurdir.

Agar pasient tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilishni unutgan bo‘lsa, uni 12 soat davomida qabul qilish kerak. Keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Bunday hollarda kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullari talab etilmaydi.

Agar pasient tabletkalarni qabul qilishni unutgan bo‘lsa va uni 12 soat davomida qabul qilmagan bo‘lsa, kontraseptiv samara susayadi. So‘nggi o‘tkazib yuborilgan tabletkani, pasient uni eslashi bilanoq, xatto bu bir kunda ikkita tabletkani qabul qilishni bildirsa xam, darhol qabul qilish tavsiya qilinadi, so‘ngra esa, tabletkalar odatdagidek qabul qilinadi. Bunday hollarda keyingi 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullaridan foydalanish lozim.

Qusish yoki diareya bo‘lgan hollarda tavsiya qilingan choralar

Agar tabletkalarni qabul qilinganidan keyin qusish yoki diareya o‘rin tutgan bo‘lsa, unda preparatni so‘rilishi susayishi mumkin. Agar me‘da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan buzilish simptomlari 12 soat davomida yo‘qolsa, unda preparatning zahiradagi o‘ramidan qo‘shimcha tabletkani qabul qilish va qolgan tabletkalarni qabul qilishni odatdagi vaqtda davom ettirish kerak. Agar MIY tomonidan buzilish simptomlari 12 soatdan ortiq saqlanib qolsa, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilish simptomlari saqlanib turgunicha, shuningdek keyingi 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha to‘siqli usullaridan foydalanish kerak.

Agar ayol bir nechta tabletkani qabul qilishni unutgan bo‘lsa, va bundan keyingi birinchi 7-kunlik tanaffusda bekor qilish oqibatidagi qon ketishi boshlanmasa, homiladorlik yuz bergan bo‘lishi mumkin.

4.3. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Majmuaviy peroral kontraseptivlarni  quyida bayon etilgan hollarda qabul qilish mumkin emas. Agar quyida ta‘riflangan simptomlardan birontasi peroral kontraseptiv preparatni qabul qilish fonida paydo bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.

  • Homiladorlik yoki homiladorlikka shubha.
  • O‘rtacha yoki yaqqol arterial gipertenziya.
  • Giperlipoproteinemiya;
  • Hozirgi paytdagi yoki anamnezda bo‘lgan arterial yoki venoz tromboemboliyani (masalan, chuqur venalar trombozi, o‘pka emboliyasi, miokard infarkti, serebrovaskulyar kasalliklar) mavjudligi.
  • Arterial yoki venoz tromboemboliyani rivojlanishining jiddiy yoki juda ko‘p xavf omillarini mavjudligi (4.4. Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari bo‘limi).
  • Diabetik angiopatiya.
  • Jigarning og‘ir kasalligi, xolestatik sariqlik yoki gepatit yoki bu kasalliklarni anamnezda borligi (agar jigarning funksional sinamalarining natijalari normal ko‘rsatkichlar diapazoniga qaytmagan bo‘lsa va jigarning funksional sinamalarining natijalari normal ko‘rsatkichlar diapazoniga qaytganidan so‘ng 3 oy davomida), anamnezda homiladorlik vaqtidagi sariqlik, steroidlarni qo‘llash fonidagi sariqlik, Rotor sindromi (surunkali oilaviy nogemolitik sariqlik), Dubin-Djonson sindromi, gepatosellyulyar o‘smalar va porfiriya.
  • Xolelitiaz.
  • Anamnezdagi jigar o‘smalari (xavfsiz va xavfli).
  • Estrogenga bog‘liq o‘smalar yoki ularning borligiga shubha, endometriy giperplaziyasi.
  • Noma‘lum genezli qindan qon ketishi.
  • Hozirgi paytdagi yoki anamnezda bo‘lgan tizimli qizil yugirik.
  • Avvalgi homiladorlik yoki steroid prepatlarni qo‘llash fonidagi anamnezdagi jiddiy qichishish, homiladorlar gerpesi, otosklerozni namoyon bo‘lishi yoki kechishini yomonlashishi.
  • Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

4.4. Maxsus ogohlantirishlar va preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Nisbiy qarshi ko‘rsatmalar

Quyida keltirilgan kasalliklardan birontasi bo‘lgan hollarda, har bir alohida holatda peroral kontrasepsiyani ishlatishning afzalliklari va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfini baholash lozim, hamda ularni har bir pasient bilan, u peroral kontrasepsiyani ishlatishni boshlashga qaror qilishidan oldin muhokama qilish kerak.

Pasientning sog‘lig‘ini sinchiklab nazorat qilish kerak. Agar preparatni qabul qilish fonida quyida keltirilgan kasalliklardan birontasi paydo bo‘lsa yoki og‘irlashsa, zo‘rayishi kuzatilsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va kontrasepsiyaning boshqa nogormonal usullaridan foydalanishni tavsiya etish kerak.

  • Qon ivishini buzilishi .
  • Qon aylanishi kasalliklarini rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq boshqa kasalliklar, masalan, yashirin yoki yaqqol yurak yetishmovchiligi, buyrak disfunksiyasi yoki anamnezda bu kasalliklarni borligi.
  • Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi tutqanoq.
  • Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi migren.
  • Anamnezdagi xolelitiaz.
  • Estrogenga bog‘liq o‘smalar, fibroma va endometrioz kabi estrogenga sezgir ginekologik kasalliklarni rivojlanish xavf omillaridan birini borligi.
  • Qandli diabet.
  • Hozirgi vaqtda yoki anamnezdagi og‘ir depressiya. Agar bu kasallik troptofanning metabolizmini buzilishi bilan kechsa, unda V6 vitaminini yuborish klinik ahamiyatga egadir.
  • O‘roqsimon eritrositlarning gemoglobinopatiyasi, chunki ayrim hollarda, masalan, infeksiyalar borligida yoki gipoksiyada estrogen saqlovchi preparatlar, bu kasalligi bo‘lgan pasientlarda tromboembolik jarayonlarni qo‘zg‘atishi (induksiyalashi) mumkin.
  • Jigarning funksional sinamalarining natijalarini normal qiymatlardan siljishi kuzatilganda, preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.

Tromboembolik kasalliklar

Epidemiologik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga binoan, peroral kontraseptivlarni qo‘llash, miokard infarkti, insult, chuqur venalarining trombozi va o‘pka emboliyasi kabi arterial va venoz trombotik va tromboembolik kasalliklarni rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq, bu asoratlar kam kuzatiladi.

Peroral kontraseptivlarni qabul qilish bilan bog‘liq venoz tromboembolik kasalliklar (VTK) ning yuqori xavfi har tomonlama isbotlangan. Biroq, u homiladorlik vaqtida yuz beruvchi 100 000 homiladorlikka 60 holatni tashkil qiluvchi venoz tromboembolik kasalliklarni rivojlanish xavfidan biroz pastroq. Ayrim epidemiologik tadqiqotlarda dezogestrel va gestodenni (uchinchi avlod peroral kontraseptivlari deb nomlanuvchi vositalarni) saqlovchi peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda,  levonorgestrel (ikkinchi avlod peroral kontraseptivlari deb nomlanuvchi vositalar) asosidagi peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollardagiga nisbatan VTK ni rivojlanishini yuqori xavfi borligi ko‘rsatilgan.

Peroral kontraseptivlarni qabul qilmayotgan, homilador bo‘lmagan sog‘lom ayollarda VTK ni spontan paydo bo‘lish tez-tezligi, yiliga 100 ming ayolga taxminan 5 holatni tashkil qiladi. 2 va 3 avlod peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda VTK ning tez-tezligi yiliga 100 000 ayolga muvofiq ravishda 15 va 25 holatni tashkil etadi. Venoz tromboembolik kasalliklarni paydo bo‘lish ehtimoli yosh o‘tgani sayin oshadi, bundan tashqari, VTK ni rivojlanishining boshqa omillari ham bor, masalan, semizlik.

Peroral kontraseptivlarni qabul qilish fonida juda kam hollarda jigar, ichak tutqichi, buyrak yoki ko‘zning to‘r pardasi qon tomirlarining arterial yoki venoz trombozi aniqlanadi.

Arterial va/yoki venoz tromboemboliyasini rivojlanish xavfi quyidagi holatlarda oshadi:

  • Yosh o‘tgan sari;
  • Tamaki chekuvchilarda (ko‘p chekish va yoshni o‘tib borishi xavfni oshiradi, ayniqsa 35 yoshdan oshgan ayollarda xavf yuqori bo‘ladi);
  • Oilaviy anamnezda tromboembolik kasalliklar (masalan, tug‘ishgan akasi yoki opasida yoki yoshlik davrida ota-onalarda bo‘lgan tromboemboliya). Nasliy moyillikka shubha bo‘lgan hollarda pasient peroral kontrasepsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishdan oldin mutaxassisga maslahat olish uchun murojaat qilishi lozim.
  • Ortiqcha tana vazni (tana vaznining indeksi 30 kg/m2 dan yuqori).
  • Dislipoproteinemiya.
  • Gipertoniya.
  • Yurak klapanlarining kasalliklari.
  • Yurak qorinchalari fibrillyasiyasi.
  • Qandli diabet.
  • Uzoq muddatli immobilizasiya, yirik jarrohlik aralashuvi, oyoqlardagi operasiya yoki katta jarohat. Bunday hollarda peroral kontraseptivlarni qabul qilishni to‘xtatish (rejali operasiyadan kamida 4 hafta oldin) va to‘liq tiklanganidan keyin ikki hafta o‘tmasidan qaytadan boshlamaslik tavsiya qilinadi.

Venoz tromboembolik kasalliklarida venalarning varikoz kengayishi va yuza tromboflebitlarning roli yuzasidan ma‘qullangan fikrlar yo‘q.

Tug‘ruqdan keyingi davrda tromboemboliyani rivojlanish xavfini oshishi mumkinligini hisobga olish lozim.

Qon tomir tizimi tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar bilan bog‘liq boshqa kasalliklar, qandli diabet, tizimli qizil yugirik, gemolitik-uremik sindrom, Kron kasalligi, yarali kolit, o‘roqsimon xujayrali eritrositlarning gemoglobinopatiyasini o‘z ichiga oladi.

Peroral kontraseptivlarni qo‘llash fonida migrenlarning soni yoki og‘irlik darajasi oshgan hollarda tabletkalarni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.

Tug‘ma yoki orttirilgan biokimyoviy omillar venoz yoki arterial trombozni borligini, xususan, faollashtirilgan S proteini (APS) ga rezistentlik, gipergomosisteinemiya, antitrombin III ni tanqisligi, C proteini va S proteini tanqisligi va antifosfolipid antitelolar (kardiolipinga antitelolar, yugirikka qarshi antitelolar) ni borligini ko‘rsatishi mumkin.

Shifokor foyda va xavfni baholab, mavjud kasallikni samarali davolash trombozni rivojlanish xavfini pasaytirishi mumkinligini va homiladorlik bilan bog‘liq xavflar, peroral kontraseptivlarni qabul qilish bilan bog‘liq xavfdan ustun ekanligini e‘tiborga olishi lozim.

Trombozlarni rivojlanishidan dalolat beruvchi simptomlar, quyidagilarni:

  • Chap qo‘lga tarqalishi mumkin bo‘lgan ko‘krakdagi behosdan kuchli og‘riq,
  • Behosdan hansirash,
  • Har qanday g‘ayri-oddiy, kuchli yoki uzoq vaqt davom etuvchi bosh og‘rig‘i, ayniqsa agar u ilk bor paydo bo‘lgan bo‘lsa yoki odatdagidan kuchliroq bo‘lsa yoki quyidagi simptomlar: ko‘rishni to‘satdan to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi yoki diplopiya, afaziya, bosh aylanishi, fokal tutqanoq xuruji bilan kechuvchi va kechmaydigan kollaps, holsizlik yoki tananing yarmini juda og‘ir jimirlashishi, harakat buzilishlari, boldirlardan biridagi kuchli og‘riq, qorinda kuchli og‘riq bilan kechuvchi simptomlarni o‘z ichiga oladi.

 

Onkologik kasalliklar

Estrogen saqlovchi gormonal kontraseptivlar jinsiy gormonga bog‘liq o‘smalarni o‘sishiga yordam beradi. Shuning uchun bunday o‘smalar bor bo‘lgan pasientlar gormonal kontraseptivlarni ishlatishlari mumkin emas.

Peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollar ishtirokidagi, maqsadi tuxumdonlar, endometriy, sut bezi va bachadon bo‘yni rakini rivojlanish tez-tezligini o‘rganish bo‘lgan bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga muvofiq, peroral kontraseptivlarni qabul qilish, tuxumdon va endometriyning rakidan sezilarli himoyani ta‘minlaydi.

Ayrim tadqiqotlarda peroral kontraseptivlarni uzoq vaqt davomida qabul qilgan ayollarda bachadon bo‘yni raki holatlari sonini oshishi ko‘rsatilgan, biroq bu natijalar ancha ziddir. Bachadon bo‘yni rakini rivojlanishida, shuningdek seksual xulq-atvor va boshqa qator omillar ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

54 epidemiologik tadqiqotlarning ma‘lumotlarining meta-tahlilida, sut bezi rakini rivojlanish xavfi peroral kontraseptivlarni uzoq vaqt davomida qabul qilayotgan ayollarda oshishi ko‘rsatilgan. Biroq, bu ayollarda sut bezi raki ilgariroq aniqlangan.

Sut bezi raki 40 yoshdan kichik ayollarda, ular majmuaviy gormonal kontraseptivlarni ishlatishlaridan qat‘iy nazar kam hollarda uchraydi. Xavf yosh o‘tgani sari oshib boradi. Peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda diagnostika qilingan sut bezi raki holatlarining ulushi pastroq bo‘lgan va peroral kontraseptivlarni qabul qilish bir necha xavf omillaridan biri hisoblanadi.

Ayolni sut bezi rakini rivojlanish xavfi to‘g‘risida xabardor qilish lozim va peroral kontraseptivlarni ishlatishni boshlash to‘g‘risidagi qaror bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda va xavfni hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim (peroral kontraseptivlarni ishlatish tuxumdon va endometriy rakidan jiddiy himoyani ta‘minlaydi).

Kam hollarda peroral kontraseptivlarni uzoq mudat qo‘llanganda jigarning xavfli yoki xavfsiz o‘smalari aniqlangan. Bu, jigar o‘lchamini kattalashishi yoki qorin ichiga qon ketishining simptomi bo‘lgan abdominal og‘riqlarning differensial diagnostikasida muammo sifatida xizmat qilishi mumkin.

Tibbiy tekshiruv

Peroral kontraseptivlarni qabul qilishni boshlashdan oldin, pasientning oilaviy va shaxsiy anamnezi bilan sinchkov tanishib chiqish, shuningdek umumiy fizikal va ginekologik tekshiruvni, shu jumladan arterial bosimni o‘lchash, laboratoriya tekshirishlari, sut bezlari va chanoq a‘zolarini tekshirish, qinning sitologik tekshirishlarini buyurish va bu tekshirishlarni muntazam takroran o‘tkazib turish lozim.

Muntazam tibbiy tekshirishlar xam juda muhimdir, chunki uni o‘tkazish jarayonida peroral kontraseptivlarni qabul qilishni boshidayoq qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar xavf omillari aniqlanishi mumkin.

Peroral kontraseptivlar OITV (OITS) va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan (JYBYU) boshqa kasalliklardan himoya qila olmasligi xususida ayolga ma‘lumot berish lozim.

Laborator tekshirishlarning ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi

Peroral kontraseptivlarni ishlatilishi, ularda estrogen komponentni borligi tufayli, qator laborator tekshirishlarning natijalariga, shu jumladan jigar, buyrak, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bezining funksional testlari, qon ivishi va fibrinoliz ko‘rsatkichlari, qon plazmasidagi lipoproteinlar va tashuvchi-oqsillarning darajalariga ta‘sir qilishi mumkin.

Xloazmalar

Ba‘zi hollarda peroral kontraseptivlarni qabul qilish fonida, ayniqsa anamnezida homiladorlar xloazmasi bo‘lgan ayollarda xloazmalar rivojlanadi. Xavf guruhida bo‘lgan ayollar, peroral kontraseptivlarni qabul qilish vaqtida ultrabinafsha va quyosh nurlarining ta‘siridan saqlanishlari kerak.

Preparatning kontraseptiv samarasining ishonchliligi quyidagi hollarda pasayishi mumkin:

Majmuaviy peroral kontraseptivlarning kontraseptiv samaradorligi tabletkalarni qabul qilish o‘tkazib yuborilganda, qusishda yoki boshqa dori preparatlarini bir vaqtda ishlatilgan hollarda pasayishi mumkin.

Qabul qilish unutilgan  tabletka

Agar ayol tabletkani odatdagi vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsa, uni 12 soat davomida qabul qilishi kerak. Keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Bunday hollarda qo‘shimcha kontrasepsiya usullari talab etilmaydi.

Agar ayol bir yoki undan ortiq tabletkani qabul qilishni unutgan bo‘lsa va uni 12 soat davomida qabul qilmagan bo‘lsa, kontraseptiv samara susayishi mumkin. Oxirgi o‘tkazib yuborilgan tabletkani pasient uni eslashi bilanoq, xatto bu bir kunda ikkita tabletkani qabul qilishga to‘g‘ri kelishini bildirsa ham, darhol qabul qilishi kerak, so‘ngra esa tabletkalarni odatdagidek qabul qilishi lozim. Bunday hollarda keyingi 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullaridan foydalanish lozim.

Qusish va diareya

Agar tabletka qabul qilinganidan keyin qusish yoki diareya bo‘lgan bo‘lsa, unda preparatni so‘rilishi susayishi mumkin. Agar MIY tomonidan buzilish simptomlari 12 soat davomida yo‘qolsa, unda preparatning zahiradagi o‘ramidan qo‘shimcha bir tabletkani qabul qilish va qolgan tabletkalarni qabul qilishni odatdagi vaqtda davom ettirish kerak. Agar MIY tomonidan buzilish simptomlari 12 soatdan ortiq saqlanib qolsa, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilish simptomlari saqlanib qolgan vaqt davomida, so‘ngra esa keyingi 7 kun davomida kontrasepsiyaning qo‘shimcha usullaridan foydalanish lozim.

Agar pasient peroral kontraseptiv bilan bir vaqtda boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsa

Agar pasient Regulon preparatining kontraseptiv samaradorligini pasaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, boshqa preparatni qo‘llash vaqtida kontrasepsiyaning to‘siqli usulini qo‘shimcha ravishda ishlatish kerak.

Agar Regulonni qabul qilgandan keyin bir necha oy davomida pasientda bekor qilish oqibatidagi muntazam bo‘lmagan qon ketishlari, surkaluvchi ajralmalar yoki shiddatli qon ketishlari o‘rin tutsa, Regulon preparatining kontraseptiv samarasi pasayishi mumkin. Agar bekor qilish oqibatidagi qon ketishlari paydo bo‘lmasa yoki agar bekor qilish oqibatidagi qon ketishlarini buzilishi rivojlansa, homiladorlikni yuz berish ehtimoli kam va shuning uchun preparatni qabul qilishni keyingi o‘ramning oxirigacha davom ettirish kerak. Agar ikkinchi siklning oxirida bekor qilish oqibatidagi qon ketishi boshlanmasa yoki bekor qilish oqibatidagi qon ketishiga bog‘liq buzilishlar yo‘qolmasa, unda peroral kontraseptivni qabul qilishni davom ettirishdan oldin, tabletkalarni qo‘llashni to‘xtatish va homiladorlikni istisno qilish kerak.

4.5. Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari

Jinsiy gormonlarning klirensini oshishiga olib keluvchi dorilar bilan o‘zaro ta‘sir shiddatli qon ketishlarini qo‘zg‘atishi va preparatning kontraseptiv samarasini pasaytirishi mumkin. Bunday o‘zaro ta‘sirlar gidantoinlar, barbituratlar, primidon, karbamazepin va rifampisinga nisbatan ko‘rsatilgan; okskarbasepin, topiramat, felbamat va grizeofulvin ham xuddi shunday samaraga ega bo‘lishi mumkin. Bu o‘zaro ta‘sirning mexanizmi, ehtimol, bu preparatlarning jigar fermentlari faolligini kuchaytirish (induksiya qilish) xususiyatiga asoslangan bo‘lsa kerak. Fermentlarning maksimal darajadagi induksiyasi odatda davolash boshlangandan keyin 2-3 hafta o‘tgandan keyingina sezilarli bo‘lishi mumkin, biroq davolash bekor qilinganidan keyin kamida 4 hafta davomida saqlanib qolishi mumkin.

Peroral kontraseptivlarning kontraseptiv samaradorligini pasayishiga, shuningdek ampisillin va tetrasiklinlar kabi antibiotiklarni bir vaqtda qabul qilish olib keladi, lekin bu ta‘sirning mexanizmi noma‘lum.

Yuqorida keltirilgan guruh preparatlari bilan qisqa vaqt davomida davolanayotgan ayollar, tabletkalar bilan bir vaqtda, yondosh preparatni qo‘llayotgan davr davomida va bu preparatani bekor qilingandan keyin 7 kun davomida qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini vaqtinchalik qo‘llashlari lozim.

Rifampisinni qabul qilayotgan ayollar, rifampisinni butun qo‘llash davri davomida va bu preparatni bekor qilingandan keyin 28 kun davomida qo‘shimcha ravishda kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini qo‘llashlari lozim. Agar yondosh preparatni qabul qilish davrida peroral kontraseptivning o‘ramidagi tabletkalarning soni oshib ketsa, 7 kunlik tanaffus qilmay, darhol keyingi o‘ramdan peroral kontraseptivning tabletkalarini qabul qilishni boshlash kerak.

Mutaxassislar «jigar fermentlari» ni faollashtiruvchi preparatlar bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan ayollarga kontraseptiv gormonlarning dozasini oshirishni tavsiya etadilar. Agar gormonlarning yuqori dozalari buyurilsa yoki agar gormonlarning yuqori dozalari yetarli bo‘lmasa yoki xavfsiz deb hisoblanmasa, masalan, bekor qilish oqibatidagi muntazam bo‘lmagan qon ketishlarida, boshqa kontrasepsiya usulini qo‘llashni tavsiya etish kerak.

O‘simliklardan olinadigan dori vositasi bo‘lgan Teshik dalachoy (Hypericum perforatum, teshik bargli dalachoy) preparatning kontraseptiv samaradorligini pasaytirishi mumkin va bu samara Teshik dalachoy bilan davolash bekor qilinganidan keyin kamida 2 hafta davomida saqlanib qolishi mumkin.

Peroral kontraseptivlar glyukozani o‘zlashtira olinishini susaytirishi mumkin, shuning uchun insulin yoki ichga qabul qilinadigan diabetga qarshi preparatlarning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.

4.6. Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik: Regulon preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish kerak. Agar preparatni qabul qilish fonida homiladorlik yuz bergan bo‘lsa, Regulon preparatini qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.

Epidemiologik tadqiqotlarda, onalari peroral kontrasepsiyani homiladorlikkacha ishlatgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma rivojlanish nuqsonlari soni oshmasligini, va homiladorlikning ilk davrlarida homilador ayol tomonidan peroral kontraseptivlar qabul qilinganida teratogen samaralar aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.

Laktasiya: Peroral kontraseptivlar ko‘krak sutining miqdorini kamayishiga va uning tarkibini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bundan tashqari, ular ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun bu preparatlarni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

4.7. Avtomobilni va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Regulon preparatini avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri aniqlanmagan.

 

4.8. Noxush ko‘rinishlar

Paydo bo‘lganida Regulon preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak bo‘lgan jiddiy noxush ko‘rinishlar:

  • Epidemiologik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga muvofiq, peroral kontraseptivlarni qo‘llash miokard infarkti, bosh miya insulti, chuqur venalarining trombozi, o‘pka emboliyasi kabi arterial va venoz trombotik xamda tromboembolik kasalliklarni rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq bu asor
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Regulon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Regulon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
52 800 so'm
Bron qilish

Regulon barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Regulon haqida savollar

Regulon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil