Apteka.uz
SavatKirish

REGULON tabletkalari N21

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Kategoriya:Tanosil tizimi
Ishlab chiqaruvchi:Gedeon Richter PLC
ATX kodi:G03AA09
Barcha Regulon dorilari
120 ta dorixonada bor
Narxi 48 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 120 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

REGULON tabletkalari N21 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Dezogestrel

So'rilishi

Dezogestrel MITYdan tez va deyarli to'liq so'riladi va darhol 3-keto-dezogestrelga metabollanadi, bu dezogestrelning biologik faol metaboliti hisoblanadi.

Cmax 1,5 soatdan keyin erishiladi va 2 ng/ml ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi - 62-81%.

Taqsimlanishi

3-keto-dezogestrel qon plazmasi oqsillari, asosan albuminlar va jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin (JGBG) bilan bog'lanadi. Vd 1,5 l/kg ni tashkil qiladi. Css hayz tsiklining ikkinchi yarmiga kelib o'rnatiladi. 3-keto-dezogestrel darajasi 2-3 baravar ortadi.

Metabolizmi

3-keto-dezogestreldan (u jigar va ichak devorida hosil bo'ladi) tashqari boshqa metabolitlar ham hosil bo'ladi: 3?-OH-dezogestrel, 3?-OH-dezogestrel, 3?-OH-5?-N-dezogestrel (birinchi faza metabolitlari). Ushbu metabolitlar farmakologik faollikka ega emas va qisman, kon'yugatsiya (ikkinchi faza metabolizmi) yo'li bilan qutbli metabolitlar - sulfatlar va glyukuronatlarga aylanadi. Qon plazmasidan klirens - tana vazniga taxminan 2 ml/daq/kg.

Chiqarilishi

3-keto-dezogestrelning T1/2 30 soatni tashkil qiladi. Metabolitlar siydik va axlat bilan (4:6 nisbatda) chiqariladi.

Etinilestradiol

So'rilishi

Etinilestradiol MITYdan tez va to'liq so'riladi. Cmax preparat qabul qilingandan 1-2 soat o'tgach erishiladi va 80 pg/ml ni tashkil qiladi. Tizimdan oldingi kon'yugatsiya va jigar orqali "birinchi o'tish" samarasi tufayli preparatning biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Etinilestradiol qon plazmasi oqsillari, asosan, albuminlar bilan to'liq bog'lanadi. Vd 5 l/kg ni tashkil qiladi. Css qabul qilishning 3-4-kuniga kelib o'rnatiladi, bunda zardobdagi etinilestradiol darajasi preparat bir marta qabul qilingandan keyingiga qaraganda 30-40% ga yuqori.

Metabolizmi

Etinilestradiolning tizimdan oldingi kon'yugatsiyasi sezilarli. Ichak devorini chetlab o'tib (metabolizmning birinchi fazasi) u jigarda kon'yugatsiyaga uchraydi (metabolizmning ikkinchi fazasi). Etinilestradiol va uning metabolizm birinchi fazasi kon'yugatlari (sulfatlar va glyukuronidlar) safroga ajraladi va enterojigar aylanishiga kirishadi. Qon plazmasidan klirens tana vazniga taxminan 5 ml/daq/kg.

Chiqarilishi

Etinilestradiolning T1/2 o'rtacha 24 soatni tashkil qiladi. Taxminan 40% i siydik bilan va taxminan 60% i - axlat bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Preparatni bekor qilishni talab qiluvchi nojo‘ya hodisalar

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya; kam hollarda - arterial va venoz tromboemboliyalar (sh.j. miokard infarkti, insult, oyoqlar chuqur venalari trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi); juda kam hollarda - jigar, mezenterial, buyrak, retinal arteriyalar va venalarning arterial yoki venoz tromboemboliyasi.

Sezgi a’zolari tomonidan: otoskleroz tufayli eshitishning yo‘qolishi.

Boshqalar: gemolitik-uremik sindrom, porfiriya; kam hollarda - reaktiv tizimli qizil yugurukning zo‘rayishi; juda kam hollarda - Sidenxem xoreyasi (preparat bekor qilingandan so‘ng o‘tib ketuvchi).

Boshqa nojo‘ya hodisalar tez-tez uchraydi, ammo yengilroq kechadi. Preparatni qo‘llashni davom ettirish maqsadga muvofiqligi foyda/xavf nisbatidan kelib chiqib, shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng individual ravishda hal qilinadi.

Jinsiy tizim tomonidan: atsiklik qon ketishlar/qindan qonli ajralmalar, preparat bekor qilingandan so‘ng amenoreya, qin shillig‘i holatining o‘zgarishi, qin yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishi, kandidoz, sut bezlarida taranglik, og‘riq, kattalashish, galaktoreya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, Kron kasalligi, yarali kolit, sariqlik va/yoki xolestaz bilan bog‘liq qichishishning paydo bo‘lishi yoki zo‘rayishi, xolelitiaz.

Dermatologik reaksiyalar: tugunli eritema, ekssudativ eritema, toshma, xloazma.

MNS tomonidan: bosh og‘rig‘i, migren, kayfiyat labilligi, depressiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin umumiy tibbiy (batafsil oilaviy va shaxsiy anamnez, AB ni o‘lchash, laboratoriya tekshiruvlari) va ginekologik tekshiruv (shu jumladan sut bezlari, kichik tos a'zolarini tekshirish, servikal surtmaning sitologik tahlili) o‘tkazish zarur. Bunday tekshiruv preparatni qabul qilish davrida muntazam ravishda, har 6 oyda o‘tkaziladi.

Preparat ishonchli kontraseptiv hisoblanadi: Perl indeksi (kontrasepsiya usulini 1 yil davomida qo‘llagan 100 nafar ayolda yuzaga kelgan homiladorliklar soni ko‘rsatkichi) to‘g‘ri qo‘llanilganda taxminan 0.05 ni tashkil qiladi.

Har bir holatda gormonal kontraseptivlarni tayinlashdan oldin ularni qabul qilishning afzalliklari yoki ehtimoliy salbiy ta'sirlari individual baholanadi. Bu masalani bemor bilan muhokama qilish kerak, u kerakli ma'lumotlarni olgandan so‘ng gormonal yoki boshqa biror kontrasepsiya usulini afzal ko‘rish haqida yakuniy qarorni qabul qiladi.

Ayolning sog‘lig‘i holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Agar preparatni qabul qilish vaqtida quyida sanab o‘tilgan har qanday holatlar/kasalliklar paydo bo‘lsa yoki yomonlashsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va boshqa, gormonal bo‘lmagan kontrasepsiya usuliga o‘tish kerak:

— gemostaz tizimi kasalliklari;

— yurak-qon tomir, buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga moyillik tug‘diruvchi holatlar/kasalliklar;

— epilepsiya;

— migren;

— estrogenga bog‘liq o‘sma yoki estrogenga bog‘liq ginekologik kasalliklar rivojlanish xavfi;

— qon tomir buzilishlari bilan asoratlanmagan qandli diabet;

— og‘ir depressiya (agar depressiya triptofan almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, tuzatish maqsadida B6 vitamini qo‘llash mumkin);

— o‘roqsimon hujayrali anemiya, chunki ayrim hollarda (masalan, infeksiyalar, gipoksiya) ushbu patologiyada tarkibida estrogen saqlovchi preparatlar tromboemboliya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin;

— jigar funksiyasini baholashning laboratoriya testlarida o‘zgarishlar paydo bo‘lishi.

Tromboembolik kasalliklar

Epidemiologik tadqiqotlar peroral gormonal homiladorlikka qarshi vositalarni qabul qilish va arterial hamda venoz tromboembolik kasalliklar (shu jumladan miokard infarkti, insult, oyoq venalarining chuqur trombozi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi) rivojlanish xavfining oshishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini isbotladi. Venoz tromboembolik kasalliklarning yuqori xavfi isbotlangan, ammo u homiladorlikdagi xavfdan ancha kam (100 ming homiladorlikka 60 ta holat).

Ba'zi tadqiqotchilar dezogestrel va gestoden saqlovchi preparatlarni (uchinchi avlod preparatlari) qo‘llashda levonorgestrel saqlovchi preparatlarni (ikkinchi avlod preparatlari) qo‘llashga qaraganda venoz tromboembolik kasalliklar paydo bo‘lish ehtimoli kattaroq deb taxmin qilishadi.

Peroral homiladorlikka qarshi vositalarni qabul qilmaydigan sog‘lom homilador bo‘lmagan ayollarda venoz tromboembolik kasalliklarning yangi holatlari spontan paydo bo‘lish chastotasi yiliga 100 ming ayolga taxminan 5 ta holatni tashkil qiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— venoz yoki arterial trombozning og‘ir va/yoki ko‘plab xavf omillari mavjudligi (shu jumladan AQB ≥ 160/100 mm sim.ust. bo‘lgan og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikdagi arterial gipertenziya);

— tromboz darakchilari mavjudligi yoki anamnezda ko‘rsatilishi (shu jumladan tranzitor ishemik hujum, stenokardiya);

— o‘choqli nevrologik simptomatikali migren, shu jumladan anamnezda;

— hozirgi vaqtda yoki anamnezda venoz yoki arterial tromboz/tromboemboliya (shu jumladan miokard infarkti, insult, boldir chuqur venalari trombozi, o‘pka arteriyasi emboliyasi);

— anamnezda venoz tromboemboliya mavjudligi;

— qandli diabet (angiopatiya bilan);

— yaqqol gipertriglitseridemiya bilan kechuvchi pankreatit (shu jumladan anamnezda);

— dislipidemiya;

— og‘ir jigar kasalliklari, xolestatik sariqlik (shu jumladan homiladorlikda), gepatit, shu jumladan anamnezda (funksional va laborator ko‘rsatkichlar normallashguncha va ular normallashgandan keyin 3 oy davomida);

— GKS qabul qilishdagi sariqlik;

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Jigar fermentlarini induksiya qiluvchi dori vositalari, masalan gidantoin, barbituratlar, primidon, karbamazepin, rifampitsin, okskarbazepin, topiramat, felbamat, grizeofulvin, oddiy teshik dalachoy (zveroboy) preparatlari peroral kontraseptivlarning samaradorligini pasaytiradi va to'satdan qon ketishlar xavfini oshiradi. Induksiyaning maksimal darajasi odatda kamida 2-3 haftadan so'ng erishiladi, ammo preparat bekor qilingandan keyin 4 haftagacha davom etishi mumkin.

Ampitsillin va tetratsiklin Regulonning samaradorligini pasaytiradi (o'zaro ta'sir mexanizmi aniqlanmagan). Birgalikda qabul qilish zarur bo'lganda, butun davolash kursi davomida va preparat bekor qilingandan keyin 7 kun davomida (rifampitsin uchun - 28 kun davomida) qo'shimcha to'siqli kontrasepsiya usulidan foydalanish tavsiya etiladi.

Peroral homiladorlikka qarshi vositalar uglevodlarga tolerantlikni pasaytirishi, insulin yoki peroral diabetga qarshi vositalarga bo'lgan ehtiyojni oshirishi mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. REGULON tabletkalari N21 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

REGULON tabletkalari N21 o'xshash dorilari

LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•2 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan
PROSTANIK kapsulalar  80 mg N30
Retseptli
PROSTANIK kapsulalar 80 mg N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm, OOO
LYUTEINA tabletkalari 50mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 50mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•3 ta dorixonada bor
Narxi
53 600 so'm dan
Kandivag
Retseptli
Kandivag
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
“Avantika Medeks Pvt. Ltd.”

Regulon boshqa chiqarish shakllari

REGULON tabletkalari N21 analoglari

REGULON tabletkalari N21
REGULON tabletkalari N21
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO
Narxi
48 000 so'm dan
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N21
Retseptli
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N21
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO
Narxi
54 800 so'm dan
Marvelon
Retseptli
Marvelon
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Schering-Plough Central East AG, Shveysariya proizvedeno: N.V.Organon

REGULON tabletkalari N21 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish

REGULON tabletkalari N21 haqida savollar

REGULON tabletkalari N21 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil