Ташкент
logo
SavatKirish

REKLIN

REKLIN chiqarish shakllari

REKLIN tabletkalari 15mg N20
Retseptli
REKLIN tabletkalari 15mg N20
Makedoniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm LLP., Velikobritaniya proizvedeno: Replek Farm Ltd. Skopje
•2 ta dorixonada bor
Narxi
61 990 so'm dan
REKLIN inyektsiya uchun eritma 15 mg/1,5 ml N5
REKLIN inyektsiya uchun eritma 15 mg/1,5 ml N5
Gretsiya
•5 ta dorixonada bor
Narxi
74 500 so'm dan
REKLIN tabletkalari 7,5mg N20
Retseptli
REKLIN tabletkalari 7,5mg N20
Makedoniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm LLP., Velikobritaniya proizvedeno: Replek Farm Ltd. Skopje
- REKLIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- REKLINning tarkibi
- REKLIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- REKLIN narxi Toshkent dorixonalarida

REKLIN qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Makedoniya,
Gretsiya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

meloksikamga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

atsetilsalisil kislotasi va boshqa yallig'lanishga qarshi nosteroid preparatlarga

yuqori sezuvchanlik (anamnezda atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV

buyurilganidan keyin bo'lgan bronxial astma, nazal poliplari, angionevrotik

shish, eshakemi simptomlarining mavjudligi);

antikoagulyant (mushak gematomasi rivojlanish xavfi) qabul qilayotgan

pasientlarga;

me'da va o'n ikki barmoq ichak shilliq qavatining yallig'lanishi, yara hosil

bo'lishi/teshilishi (zo'rayish bosqichidagi yoki yaqinda o'tkazilgan);

zo'rayish bosqichidagi nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi;

yaqqol jigar etishmovchiligi, o'tkir bosqichdagi jigar kasalliklari;

me'da-ichakdan qon ketishi, yaqinda o'tkazilgan tserebro-vaskulyar qon ketishi yoki

qonning quyilish xususiyatini tizimli buzilishlari;

buyrakning zo'rayib boruvchi kasalligi, yaqqol buyrak etishmovchiligi (gemodializ

o'tkazilmayotgan bo'lsa), kreatinin minutiga 30 ml dan kamroq;

dekompensasiyalangan yurak etishmovchiligi;

aortokoronar shuntlash (aylanma anastomozlarni qo'shilishi) aralashuvidan so'ng

operasiyadan keyingi og'riq sindromi;

18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar.

homiladorlik, laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

YUIK, tserebrovaskulyar kasalliklar, dimlangan yurak etishmovchiligi,

dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalarning

kasalliklari, chekish, miyning yarali shikastlanishini rivojlanishi to'g'risida

anamnestik ma'lumotlar, Helicobacter pylori infektsiyasining mavjudligi, kreatinin

klirensi minutiga 30-60 ml bo'lgan surunkali buyrak etishmovchiligi (SBE), keksa

yoshdagi pasientlar, Nyaqvni uzoq vaqt qo'llanilishi, tez-tez alkogol iste'mol

qilish, og'ir somatik kasalliklar, quyidagi preparatlar bilan yondosh davolashda:

antikoagulyantlar (masalan, varfarin);

antiagregantlar (masalan, atsetilsalisil kislota, klopidogrel);

peroral glyukokortikosteroidlar (masalan, prednizolon);

serotoninning qaytarib tutib qoluvchi selektiv ingibitorlari (masalan,

tsitalopram,fluoksetin, paroksetin, sertralin) bilan ehtiyotkorlik bilan

qo'llash kerak.

Miy tomonidan noxush ko'rinishlarni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun

minimal samarali dozani maksimal qisqa kurs davomida qo'llash kerak.

Tarkibi

Bir ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:meloksikam 15 mg;
yordamchimoddalar: meglyumin, glyukofurol, poloksamer 188, glisin, natriy xloridi,
natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.

Farmakodinamikasi

Reklin - yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi oksikamlar
guruhiga mansub nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita (NYAQV). Yuqorida sanab
o'tilgan ta'sir samaralari exanizmi Reklinning yallig'lanish mediatorlari
hisoblangan prostagladinlar biosintezini ingibitsiya qilish xususiyatidan iborat.
Ta'sir mexanizmi asosan yallig'lanish jarayonini rivojlanishida ishtirok etuvchi
spesifik ferment - tsiklooksigenaza-2 (sog-2)ni selektiv ingibitsiya qilish bilan
bog'liq. Sog-2 ingibitsiya qilinishi NYAQV terapevtik samarasini ta'minlaydi deb
hisoblanadi, ayni paytda doimiy mavjud sog-1 izofermentining ingibitsiya
qilinishi me'da va buyrak tomonidan yuz beruvchi nojo'ya ta'sirlarni
rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Meloksikamaning sog-2 ga nisbatan selektivligi in vitro va in vivo sharoitlarda
turli test tizimlarda tasdiqlangan.
Meloksikamni qo'llanilishi bilan bog'liq bo'lgan me'da-ichak yo'llari (miy) ning
yuqori qismida perforasiyalar, yaralar va qon ketishlarini rivojlanish tezligi
juda past va preparatning dozasini kattaligiga bog'liq bo'lgan.

Farmakokinetikasi

Meloksikam mushak ichiga yuborilganidan so'ng to'liq so'riladi. Nisbiy
Biokiraolishligi ichga qabul qilingandagi biokiraolishligiga nisbatan taxminan
100% ni tashkil etadi, shuning uchun in'ektsion shaklidan peroral shakllariga
o'tilganida dozani tanlash talab etilmaydi. 15 mg preparat mushak ichiga
yuborilganidan so'ng plamada taxminan 1,6-1,8 mkg/ml ni tashkil etuvchi cho'qqi
kontsentrasiyasiga 60-90 minutdan so'ng erishiladi.
Meloksikam plazma oqsillari (ayniqsa albuminlar bilan) bilan jadal - 99%
bog'lanadi. Gistogematik to'siqlar orqali o'tadi, sinovial suyuqlikga krib boradi.
Sinovial suyuqlikdagi kontsentrasiyasi plazmadagi kontsentrasiyasining taxminan
50% ni tashkil etadi. Jigarda nofaol metabolitlargacha metabolizmga uchraydi.
Ichak va buyrak orqali (taxminan bir xil nisbatda) o'zgarmagan holda - sutkalik
dozaning 5 % (ichak orqali) chiqariladi. Yarim chiqarilishi davri yuborilganidan
keyin 13 soatdan 25 soatgacha o'zgarib turadi. Umumiy plazma klirensi minutiga 7-12
ml ni tashkil etadi.
Maxsus pasientlar guruhi farmakokinetikasi
Engil va o'rtacha darajadagi jigar yoki buyrak etishmovchiligi meloksikamning
farmakokinetikasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Buyrak etishmovchiligining yakuniy
bosqichida taqsimlanish hajmining oshishi plazmada erkin meloksikamning
kontsentrasiyasini yuqoriroq bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin, shuning uchun sutkalik
dozani 7,5 mg dan oshirish mumkin emas. Meloksikamni proteinlar bilan
bog'lanishini pasayishi terminal buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda
kuzatiladi. Keksa yoshdagi erkak pasientlarda preparatning farmakokinetik
ko'rsatkichlari yosh erkak pasientlardagi farmakokinetik ko'rsatkichlar bilan bir xil
bo'ladi.
Keksa yoshdagi ayol pasientlarda har ikkala jinsga tegishli yosh pasientlarga
nisbatan AUC qiymatini yuqoriroq va yarim chiqarilish davrini davomliroq bo'lishi
kuzatilgan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikning oxirgi uch oyi davomida prostaglandin sintezining barcha ingibitorlari homilaga yurak-o'pka (arterial yo'lning vaqtidan oldin yopilishi bilan kechuvchi o'pka gipertoniyasi) va buyrakka toksik ta'sir etishi yoki bachadonning qisqaruvchanlik xususiyatini susaytirishi mumkin. Bachadonga bo'lgan ushbu ta'sir hayvonlarda tug'ruq faoliyati diskoordinasiyasi sonini oshishiga yoki hayvonlarda tug'ruqlarni kechikishiga olib kelgan. Meloksikam ona suti bilan ajralib chiqadi, shuning uchun preparat emizikli ayollarga tavsiya qilinmaydi.

Dozirovkasi

Kattalarga: mushak ichiga yuborilishi faqat 3-5 kun davomida (bemor holatining
og'irligiga qarab) o'tkazilishi mumkin. Keyinchalik davolanish uchun preparatning
boshqa dori shakllarini qabul qilish tavsiya qilinadi: ichga qabul qilish uchun
tabletkalar va rektal shamchalar. Noxush samaralar, simptomlarni nazorat qilish
zarur bo'lgan minimal samarali dozani minimal vaqt davomida qo'llash yo'li bilan
minimumga etkazilishi mumkin.
Reklin preparatining tavsiya qilinadigan dozasi sutkada bir marta 7,5 yoki 15 mg ni
(og'riq jadalligi va yallig'lanish reaktsiyasining og'irlik darajasiga qarab) tashkil
qiladi.
Buyrak funktsiyasiining biroz yoki o'rtacha susayishida (kreatinin klerinsi normadan
minutiga ko'pi bilan 25 ml ga pasayagan), shuningdek remissiya bosqichidagi jigar
tsirrozida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Og'ir buyrak etishmovchiligi bo'lgan, gemodializdagi bemorlar uchun ampulalardagi
Reklin preparatining sutkalik maksimal dozasi 7,5 mg dan oshmasligi kerak. Nojo'ya
ta'sirlarning yuqori xavfi bo'lgan bemorlarda boshlang'ich doza sutkada 7,5 mg ni
tashkil etadi.
Nomutanosiblik yuz berishini hisobga olib, ampula ichidagi moddani boshqa dori
vositalar bilan bitta shprisda aralashtirish mumkin emas!
Reklin preparati dumba mushagining yuqori tashqi qismiga mushak ichiga chuqur
in'ektsiya ko'rinishida (aseptika qoidalariga amal qilib) yuboriladi. Takroriy
in'ektsiyalarda yuborish joyini o'zgartirish kerak. Preparatni yuborishdan oldin
shpris ignasi qon tomirlariga tushmaganiga ishonch hosil qilish kerak.
In'ektsiya vaqtida kuchli og'riq yuz bergan hollarda preparatni yuborishni zudlik
bilan to'xtatish lozim.
Pasientda tos-son bo'g'imi protezi bo'lgan hollarda, in'ektsiyani boshqa tomonga
qilish lozim.
Nojo'ya ta'sirla

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, preparatning boshqa nojo'ya
ta'sirlarini kuchayishi.
Davolash: simptomatik. Spesifik antidotlari yo'q. Xolestiramin meloksikamni
chiqarilishini tezlashtirishi klinik sinovlar vaqtida aniqlangan.

Maxsus saqlash sharoitlari

In'ektsiya uchun Reklin eritmasi vena ichiga yuborish uchun mo'ljallanmagan!
Reklin preparatini buyurishdan oldin ezofagit, gastrit va/yoki peptik yara yo'qligiga
ishonch hosil qilish lozim. Meloksikamni qabul qilayotgan pasientlarda, ushbu
kasalliklarning qaytalanishlari yuz bermasligini kuzatish kerak. Boshqa NYAQV
kabi, preparatni miyning yuqori qismlarida kasalliklari bo'lgan pasientlarda,
shuningdek antikoagulyant terapiya qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan
qo'llash lozim. Me'da-ichakda yaralarni hosil bo'lishi, me'da-ichakdan qon ketishi yoki
teshilishini rivojlanishi xabar beruvchi-simptomlar bilan yoki ularsiz kechishi
mumkin. Peptik yara yoki me'da-ichakdan qon ketishi rivojlangan hollarda Reklin
preparati bekor qilinishi kerak.
Me'da-ichakdan qon ketishi, yaralar va perforasiya (teshilishi) og'ir oqibatlarga va
keksa yoshdagi odamlarda hatto o'limga potentsial olib kelishi mumkin.
Teri va shilliq qavatlari tomonidan preparatning noxush samaralari kuzatilgan
pasientlarga alohida e'tibor berish lozim, bunday holatlarda Reklin
preparatini qabul qilishni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish kerak.
NYAQV, shu jumladan Reklin, buyrakda qon oqimini etarli darajada tutib turishda
ishtirok etuvchi buyrak prostaglandinlari sintezini ingibitsiya qiladi. Buyrakda
qon oqimi va aylanayotgan qon hajmi pasaygan pasientlarga Nyaqvni buyurilishi
buyrak funktsiyasining dekompensasiya jarayonini tezlashtirishi mumkin, biroq
NYAQV bilan davolash bekor qilinganidan keyin buyrak funktsiyasi odatda oldingi
darajasigacha tiklanadi.
Bunday reaktsiyalarni rivojlanish xavfi degidratasiya ko'rinishlari, surunkali
yurak etishmovchiligi, jigar tsirrozi, nefrotik sindrom va og'ir buyrak kasalliklari
bo'lgan pasientlarda, diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda, shuningdek
gipovolemiyaga olib kelgan katta operativ aralashuvni o'tkazgan pasientlarda
ayniqsa yuqoridir. Bunday pasientlarda davolashning boshidanoq diurez va buyrak
funktsiyasini sinchkov nazoratini amalga oshirish lozim. Kam hollarda Reklin
preparati, boshqa NYAQV kabi interstisial nefrit, glomerulonefrit, buyrakning
mag'iz moddasini nekrozi yoki nefrotik sindromni keltirib chiqarishi mumkin.
Kam hollarda zardobda transaminazalar darajasining oshishi yoki jigar
funktsiyasini ifodalovchi boshqa ko'rsatkichlarning o'zgarishi to'g'risida xabar
berilgan, ulardan ko'pchiligida me'yordan siljishlar o'tkinchi va ahamiyatsiz bo'lgan.
Klinik jihatdan avj olib bormaydigan jigar tsirrozi bo'lgan pasientlarda
preparatning dozasini pasaytirish talab qilinmaydi. Agar me'yordan siljishlar
yaqqol tusga o'tsa yoki doimiy xarakterga ega bo'lsa, Reklin preparatini yuborishni
to'xtatish va nazoratli laborator tekshiruvlarni o'tkazish kerak.
Reklin preparatini qabul qilayotgan pasientlarda tsitopeniya rivojlanishi mumkin,
bunga olib keluvchi omil bo'lib, potentsial mielotoksik dori vositalarni, xususan
Metotreksatni bir vaqtda qo'llanilishi hisoblanadi. Meloksikam va boshqa
potentsial mielotoksik dori preparatlarni qabul qilgan pasientlarda
anranulositozning yakka holatlari kuzatilgan.
Holsizlangan va holdan toygan bemorlar nojo'ya samaralarni ancha og'irroq
o'tkazishlari mumkin, bunday bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak. Boshqa NYAQV
kabi, Reklin preparatini ham, buyrak, jigar va yurak funktsiyasi ko'pincha izdan chiqqan
keksa yoshdagi pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
Reklin natriy, kaliy va suvni tutilishiga olib kelishi va diuretiklarning
natriyuretik ta'sirini susaytirishi mumkin. Natijada, bunga olib keluvchi
omillar bo'lganida, preparatni buyurilishi yurak etishmovchiligi va gipertenziyani
avj olishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun xavf guruhidagi pasientlarda klinik
kuzatuvni amalga oshirish lozim.
Boshqa NYAQV kabi Reklin preparati infektsion kasalliklarning simptomlarini
niqoblashi mumkin.
Etarlicha terapevtik samara bo'lmagan hollarda tavsiya qilingan maksimal sutkalik
dozani oshirish mumkin emas va bu davolashga boshqa NYAQV ni qo'shish mumkin emas,
chunki ayni paytda ularni birga qo'llashdan terapevtik foyda isbotlanmaganligi
bilan birga, ular bu preparatlarning toksikligini oshirishi mumkin. Bir necha kun
davomida qo'llanilganidan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, o'tkazilayotgan davolashga
tuzatish kiritish lozim.
Mushakka yuboriladigan boshqa NYAQV ni yuborilganda bo'lgani kabi, in'ektsiya joyida
abssess yoki nekroz hosil bo'lishi mumkin.
Fertilligi
Tsiklooksigenaz/prostaglandin sintezini ingibitsiya qiluvchi boshqa preparatlar
kabi, meloksikamni qo'llanilishi fertillikni kamaytirishi mumkin, shu boisdan
homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya qilinmaydi. Meloksikam
ovulyasiyani kechiktirishi mumkin. Shuning uchun, homilador bo'lishi qiyinchilik bilan
kechayotgan, bundan tashqari, bepushtlik yuzasidan tekshiruvdan o'tayotgan ayollar
meloksikamni qabul qilishni to'xtatishlari kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Prostaglandinlar sintezining boshqa ingibitorlari, jumladan

kortikosteroidlar yoki salisilatlar: me'da-ichakda yara hosil bo'lishi va undan

qon ketish xavfi oshishi tufayli, ularni birgalikda buyurish tavsiya qilinmaydi;

peroral antikoagulyantlar, geparin, trombolitiklar: qon ketishini kuchayish

xavfini oshishi; preparatlarni birga buyurishga to'g'ri kelgan holatlarda,

antikoagulyantlarning koagulyasiyaga bo'lgan ta'sirini sinchiklab nazorat qilish

kerak.

antiagregantlar va serotoninni qayta qamrab oliniishining selektiv

ingibitorlari: trombositlar funktsiyasini pasayishi tufayli qon ketishining

kuchayish xavfi oshadi;

litiy: NYAQV qon plazmasida litiy darajasini oshiradi, bir vaqtda buyurish

tavsiya qilinmaydi. Agar birga qo'llashdan saqlanishning iloji bo'lmasa,

davolashning boshi va oxirida, shuningdek Reklin preparatining dozasi

o'zgartirilgandan keyin plazmadagi litiy darajasini aniqlash kerak.

metotreksat: boshqa NYAQV kabi, Reklin metotreksatning buyrak orqali tubulyar

sekresiyasini pasaytirib, uning gematologik toksikligini oshirishi mumkin, bir

vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi. Agar birga qo'llashdan saqlanishning iloji

bo'lmasa, qonning shakliy elementlari sonini monitoring qilish zarur;

kontratseptivlar: NYAQV bachadon ichki kontratseptivlari samaradorligini

pasaytirishi to'g'risida ma'lumotlar mavjud;

diuretiklar: NYAQV bilan davolashda degidratasiya aniqlangan pasientlarda og'ir

buyrak etishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Reklin preparatini diuretiklar

bilan birga qabul qilayotgan pasientlar suyuqlikni etarlicha miqdorda qabul

qilishlari kerak, Reklin bilan davolashni boshlashdan oldin buyrak funktsiyasini

tekshirish zarur.

antigipertenziv vositalar (masalan, beta-blokatorlar, angiotenzinga aylanuvchi

ferment ingibitorlari, vazodilatatorlar, diuretiklar): NYAQV bilan davolashda

prostaglandinlar-vazodilatatorlarning bloklanishi natijasida

antigipertenziv preparatlarning samaradorligini pasayishi kuzatilgan;

NYAQV va angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini birga qo'llanilishi

(shuningdek, APF ingibitorlarining) glomerulyar filtrasiyaning pasayish

samarasini kuchaytiradi, buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda bu

og'ir buyrak etishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin;

xolestiramin jigar-ichak resirkulyasiyasini to'xtatib qo'yishi orqali

meloksikamning chiqarilishini (eliminasiyasi) tezlashtiradi, bu holatda

meloksikamning klirensi 50 % ga oshadi, yarim chiqarilish davri 13+3 soatgacha

pasayadi, ushbu o'zaro ta'sir klinik ahamiyatga ega;

tsiklosporinlar: NYAQV bilvosita buyrak prostagladinlari orqali

tsiklosporinlarning nefrotoksikligini kuchaytiradi, bu preparatlarni birga

buyurilgan vaqtda buyrak funktsiyasini nazoratini amalga oshirish kerak;

peroral diabetga qarshi vositalar bilan dorilarning o'zaro ta'sir ehtimoli ham

istisno etilmaydi;

NYAQV natriy, kaliy, suyuqliklarning tutilishini keltirib chiqarishi va

saluretiklarning ta'sirini susaytirishi mumkin. Natijada, shunga moyilligi

bo'lgan pasientlarda Nyaqvni buyurilishi yurak etishmovchiligi va gipertenziyani

avj olishiga olib kelishi mumkin.

Meloksikam va antasidlarni, tsimetidin, digoksin, furosemidni bir vaqtda

buyurilganda dorilarning hech qanday farmakokinetik o'zaro ta'siri aniqlanmagan.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1,5 ml dan preparat 2 ml li rangsiz shisha ampulada
5 ampuladan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishga doir yo'riqnoma
bilan birga plastik taglikka joylangan va karton qutiga solingan.

Qo'llanilishi

Preparat davolashning boshlang'ich davrida va qisqa muddatli simptomatik davolash
uchun quyidagilarda:
osteoartritdagi og'riq sindromida (artrozda, bo'g'imlarni degenerativ
shikastlanishlarida);
revmatoid artrit;
ankilozlanuvchi spondilitda (meloksikamning peroral va rektal yuborish uchun
dori shakllarini ishlatish mumkin bo'lmagan holatlarda qo'llaniladi)
qo'llaniladi.

REKLIN narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

REKLIN barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

REKLIN savollari

REKLIN fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil