Apteka.uz
SavatKirish

REPRETIN

REPRETIN chiqarilish shakllari

REPRETIN inyeksiya uchun eritma 2000ME/1ml
Retseptli
REPRETIN inyeksiya uchun eritma 2000ME/1ml
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Limited
- REPRETIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- REPRETINning tarkibi
- REPRETIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- REPRETIN narxi Toshkent dorixonalarida

REPRETIN haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

REPRETIN

REPRETIN

Preparatning savdo nomi: Repretin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): epoetin alfa

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: epoetin alfa 2000 XB yoki 4000 XB

yordamchi moddalar: albumin eritmasi, natriy sitrati, natriy xloridi, limon kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: V03XA01

Farmakologik hususiyatlari

Epoetin alfa (EPO) – eritropoezni rag‘batlantiruvchi tozalangan glikoprotein. Eritroid xujayralarni yetuk eritrositlarga proliferasiyasi va differensiasiyasiga yordam beradi. Epoetin alfa eritropoezni erta bosqichlarida, burst hosil qiluvchi eritroid birlik, koloniya hosil qiluvchi eritroid birlik darajasida, keyinchalik proeritroblast, eritroblast va retikulosit darajasida ta‘sir ko‘rsatadi. Epoetin alfa ham biologik, ham immunologik faolligi jihatidan, siydikdan ajratib olinadigan odam eritropoetinidan farq qilmaydi.

Epoetin alfani yuborish gemoglobin va gematokritning darajasini oshirish va anemiya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni bartaraf qilish imkonini beradi. Eng yaqqol samarasi, buyraklarni surunkali kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan anemiyalarda kuzatiladi. Gemotokrit ko‘rsatkichini oshishi davolash boshlanganidan so‘ng 4 haftadan keyin namoyon bo‘ladi.

Farmakokinetikasi

Teri ostiga yuborilganida preparatning biokiraolishligi 25-40% ni tashkil etadi, uning qondagi konsentrasiyasi asta-sekin oshib boradi va 12-18 soatdan keyin maksimumga yetadi.

Maksimal konsentrasiyasi, vena ichiga yuborilganidan keyingi konsentrasiyasiga nisbatan ancha past bo‘ladi. Yarim chiqarilish davri teri ostiga yuborilganida 16-24 soatni va vena ichiga yuborilganida 5-6 soatni tashkil etadi.

Preparat kumulyativ xususiyatlarga ega emas.

Qo‘llanilishi

Anemiya (oldini olish va davolash uchun):

– kattalar va bolalardagi surunkali buyrak yetishmovchiligida, shu jumladan gemo- yoki peritoneal dializdagi, shuningdek dializ oldi pasientlarida;

– OITV bilan infeksiyalangan pasientlarda zidovudin bilan davolanish fonida (endogen eritropoetinning konsentrasiyasi 500 XB/ml yoki undan kam);

– nomieloid o‘smalarda (shu jumladan, sitostatik davolash fonida).

Allogen gemotransfuziyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va eritropoezni yaxshilash maqsadida anemiyasiz, shuningdek yengil yoki o‘rtacha darajadagi anemiyasi (Hb 100-130 g/l) bo‘lgan pasientlarni ko‘p miqdorda qon yo‘qotilishi (2-4 birlik yoki 900-1800 ml) kutilayotgan operasiyalarga tayyorlash uchun qo‘llanadi.

Gematokriti 33-39% bo‘lgan pasientlarni autologik qon yig‘ishni yengillashtirish va allogen gematransfuziyalarni (quyiladigan qonning kutilayotgan ehtiyoji, epoetin alfani qo‘llamasdan olish mumkin bo‘lgan qon miqdoridan ortiq bo‘lganda) qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan havfni kamaytirish uchun predepozit dastur doirasida yirik jarrohlik aralashuvlariga tayyorlash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi. Yuborish usuli o‘zgartirilganida, preparat avvalgi dozada yuboriladi, so‘ngra zarurati bo‘lsa dozaga tuzatish kiritiladi (teri ostiga yuborilganida bir xil terapevtik samaraga erishish uchun, vena ichiga yuborilganiga nisbatan 20-30% kamroq doza talab etiladi). Surunkali buyrak yetishmovchiligi fonida anemiyasi bo‘lgan pasientlarda gemoglobinning optimal konsentrasiyasi – kattalarda – 100-120 g/l, bolalarda – 95-110 g/l bo‘ladi. Peritoneal dializdagi kattalarga teri ostiga yuboriladi, boshlang‘ich doza – 50 XB/kg haftada 2 marta. Zarurat bo‘lganida, doza gemoglobinning optimal konsentrasiyasiga erishilguncha 4 haftada 1 marta 25 XB/kg ga oshiriladi. Tutib turuvchi doza – 25-50 XB/kg haftada 2 marta.

Dializ oldi holatidagi katta yoshdagi pasientlarga boshlang‘ich doza – teri ostiga 50 XB/kg yoki vena ichiga haftada 3 marta yuboriladi. Zarurati bo‘lganida bir martalik doza gemoglobinning optimal konsentrasiyasiga erishilguncha 4 haftada 1 marta 25 XB/kg ga oshiriladi. Tutib turuvchi doza – 17-33 XB/kg haftada 3 marta. Gemodializdagi bolalarga boshlang‘ich doza – 50 XB/kg haftada 3 marta. Zarurati bo‘lganida bir martalik doza gemoglobinning optimal konsentrasiyasiga erishilguncha 4 haftada 1 marta 25 XB/kg ga oshiriladi. Tutib turuvchi doza tana vazni 10 kg dan kam bo‘lgan bolalarda – 75-150 XB/kg (o‘rtacha 100 XB/kg), 10-30 kg – 60-150 XB/kg (o‘rtacha 75 XB/kg), 30 kg dan ortiq – 30-100 XB/kg (o‘rtacha 33 XB/kg) ni tashkil etadi. Dastlab og‘ir darajadagi anemiyasi (gemoglobin 68 g/l dan kam) bo‘lgan pasientlarda, yengil anemiyasi bo‘lgan pasientlarga nisbatan, katta tutib turuvchi doza talab etiladi.

Onkologik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda optimal gemoglobin 120 g/l ni tashkil etishi kerak. Anemiyani davolash va oldini olish uchun teri ostiga haftada 3 marta 150 XB/kg boshlang‘ich bir martalik dozada yuboriladi. Agar 4 hafta davomida davolashdan so‘ng gemoglobinni oshishi 10 g/l dan kam qiymatni tashkil etsa, u holda keyingi 4 hafta davomida doza 300 XB/kg gacha oshiriladi. Agar 4 hafta davomida gemoglobinning oshishi 10 g/l dan kam qiymatni tashkil etsa, preparatni bekor qilish kerak. Agar 4 hafta davomida gemoglobinning miqdori 20 g/l dan ko‘proq oshsa, doza 25% ga kamaytiriladi. Agarda gemoglobin 140 g/l dan oshsa, u 120 g/l gacha pasaygunicha davolash to‘xtatib turiladi, va so‘ngra doza 25% ga kamaytirilib, davolash davom ettiriladi.

Zidovudin bilan davolanayotgan OITV bilan infeksiyalangan pasientlar (endogen eritropoetinning konsentrasiyasi kamida 500 XB/ml bo‘lganida): boshlang‘ich doza – 100 XB/kg haftada 3 marta teri ostiga yoki vena ichiga 8 hafta davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida bir martalik doza 4 haftada 1 marta xuddi o‘sha yuborishlar tezligida 50-100 XB/kg ga oshiriladi. Preparatni 300 XB/kg dozada haftada 3 marta yuborilganida samara kuzatilmasa, keyingi davolash maqsadga muvofiq emas. Tutib turuvchi doza gematokritning darajasini taxminan 30-35% doirasida tutib turishni ta‘minlashi kerak. Agar u 40% dan oshsa, preparatni qo‘llashni u 36% pasaygunigacha to‘xtatib turish kerak. Davolash qaytadan boshlanganida doza 25% ga kamaytirilishi kerak.

Pasientlar uchun autologik qonni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan jarrohlik aralashuvlaridan oldin – 600 XB/kg haftada 2 marta. Eritropoezni kamroq darajada stimulyasiya qilish zarurati tug‘ilganida – 150-300 XB/kg haftada 2 marta yuboriladi. Davolash kursi – 3 haftani tashkil etadi. Qonni yig‘ish gematokritning kattaligi 33% yoki undan ortiq va/yoki gemoglobinning darajasi – 110 g/l va undan ortiq bo‘lganida amalga oshiriladi. Autologik qonni yig‘ishda ishtirok etmaydigan pasientlarga, operasiyadan oldingi va operasiya davrida – avvalgi operasiyalarning 3 haftasi davomida (operasiyadan oldin 21, 14, 7-kunlari) va operasiya kuni, haftada bir marta teri ostiga 600 XB/kg yuboriladi. Agar operasiyadan oldingi davrni qisqartirish kerak bo‘lsa, u holda operasiyadan oldin 10 davomida, operasiya kuni va operasiyadan keyin 4 kun davomida har kuni 300 XB/kg dan yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Grippga o‘xshash simptomatika (davolashni boshida): bosh aylanishi, uyqusizlik, isitmali holat, bosh og‘rig‘i, mialgiya, artralgiya.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi (kuchsiz yoki o‘rtacha ifodalangan), ekzema, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni dozaga bog‘liq oshishi, arterial gipertenziyani kechishini yomonlashishi (ko‘pincha surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda), ayrim hollarda gipertonik kriz, arterial bosimni, ensefalopatiya simptomlari va tarqalgan toniko-klonik tirishishlar bilan kechuvchi, keskin oshishi (bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi).

Qon yaratish tizimi tomonidan: trombositoz, ayrim hollarda – shunt trombozlari (arterial gipertenziyaga moyilligi bo‘lgan yoki anevrizmasi, stenozi va hokazolari bo‘lgan gemodializdagi pasientlarda), eritrositar o‘zak xujayrani aplaziyasi.

Mahalliy reaksiyalar: yuborilgan joyda giperemiya, achishish, kuchsiz yoki o‘rtacha darajadagi og‘riq (ko‘pincha teri ostiga yuborilganida).

Laborator ko‘rsatkichlari tomonidan: zardobda ferritinning konsentrasiyasini kamayishi, uremiyada – giperkaliemiya, giperfosfatemiya.

Boshqalar: nafas faoliyatini buzilishi yoki arterial bosimni pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar, immun reaksiyalar (antitelalar hosil bo‘lishini induksiyasi), porfiriyani zo‘rayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • birorta eritropoetin bilan ilgari o‘tkazilgan davolashdan keyingi parsial qizil qon xujayrali aplaziya;
  • nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya;
  • adekvat antikoagulyant davolashni o‘tkazish imkonini yo‘qligi;
  • o‘tkazilgan miokard infarktidan so‘ng 1 oy davomida;
  • nostabil stenokardiya;
  • jarrohlik operasiyalari – toj, uyqu, bosh miya va periferik arteriyalarning og‘ir darajadagi okklyuzion kasalliklari va ularning oqibatlari (shu jumladan, o‘tkir miokard infarkti va bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi) dan oldin qon yig‘ishni preddepozit dasturi doirasida;
  • porfiriya;
  • surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda teri osti infeksiyalari (parsial qizil qon xujayralari aplaziya (eritroblastopeniya) ni rivojlanish havfi yuqori).

Preparatni trombozi (anamnezida), xavfli o‘smalari, o‘roqsimon xujayrali anemiyasi bo‘lgan pasientlarda, temir tanqisligisiz o‘rtacha darajadagi anemiyasi bo‘lgan bemorlarda, refrakter anemiyasi, tutqanog‘i va surunkali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siklosporinni eritrositlar bilan bog‘lanish darajasini oshirishi tufayli uning konsentrasiyasini pasaytiradi (siklosporinning dozasiga tuzatish kiritish zarurati tug‘ilishi mumkin).

Boshqa dori preparatlarining eritmalari bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash vaqtida arterial bosimni har haftada nazorat qilish va qonning umumiy tahlilini (shu jumladan, trombositlar, gematokrit, ferritin) o‘tkazish kerak. Operasiyadan oldingi va keyingi davrda agar gemoglobinning miqdori 140 g/l dan kam qiymatni tashkil etgan bo‘lsa, uni tez-tez nazorat qilish kerak. Epoetin alfa anemiyani davolashda gemotransfuziyaning o‘rnini bosmasligini, lekin uni takroran yuborish zaruratini kamaytirishini yodda tutish kerak. Nazorat qilish mumkin bo‘lgan arterial gipertenziyasi yoki anamnezida trombotik asoratlari bo‘lgan bemorlarda gipotenziv dori vositalarning va antikoagulyantlarning dozasini muvofiq ravishda oshirish talab etilishi mumkin. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurilganida epoetin alfaning metabolizmi sekinlashishi va eritropoez yaqqol kuchayishi mumkin. Ushbu toifadagi pasientlarga Repretinni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Garchi preparat eritropoezni rag‘batlantirsa-da, epoetin alfani o‘smalarning ayrim turlarini, shu jumladan suyak ko‘migidagi o‘smalarni o‘sishiga ta‘sir qursatishi mumkinligini butunlay inkor etib bo‘lmaydi. Operasiyadan oldin gemoglobinni oshishi trombotik asoratlarni rivojlanishiga zamin yaratuvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Rejali jarrohlik aralashuvini o‘tkazishdan oldin pasientlar adekvat profilaktik antiagregant davolash olishlari kerak. Operasiyadan oldingi va keyingi davrda gemoglobinning dastlabki darajasi 150 g/l dan ortiq bo‘lgan pasientlarga buyurish tavsiya etilmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi va klinik jihatdan yaqqol ifodalangan yurak ishemik kasalligi yoki surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarda gemoglobinning miqdori 100-120 g/l dan oshmasligi kerak. Davolashni boshlashdan oldin preparatga nisbatan noadekvat reaksiyaning kuzatilishi mumkin bo‘lgan sabablarini (temir, folat kislotasi, sianokobalamin tanqisligi, alyuminiy tuzlari bilan og‘ir zaharlanish, yondosh infeksiyalar, yallig‘lanish jarayonlari va jarohatlar, yashirin qon ketishlari, gemoliz, suyak ko‘migini turli etiologiyali fibrozi) istisno qilish va zarurati bo‘lsa davolashni muvofiqlashtirish kerak. Davolashni boshlashdan oldin organizmdagi temir zahiralarini baholash kerak. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ko‘pchilik bemorlarda, onkologik va OITV bilan infeksiyalangan pasientlarda plazmada feritinning konsentrasiyasi, gematokritni oshishi bilan bir vaqtda, kamayadi. Feritinning konsentrasiyasini butun davolash kursi davomida aniqlab turish kerak. Agar u 100 ng/ml dan kam qiymatni tashkil etsa, ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan temir preparatlarini sutkada 200-300 mg (bolalar uchun sutkada 100-200 mg) hisobida o‘rinbosar davolash o‘tkazish tavsiya etiladi. Autologik qon topshiruvchi va operasiyadan oldingi va keyingi davrdagi pasientlar ham ichga sutkada 200 mg dozada temirning adekvat miqdorini olishlari kerak. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda anemiyani to‘g‘rilanishi, ishtahani yaxshilanishi va kaliy ionlari hamda oqsilni so‘rilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Mochevina, kreatinin va kaliy ionlarining konsentrasiyalarini me‘yoriy chegaralarda tutib turish uchun dializ parametrlarini vaqti-vaqti bilan to‘g‘rilab turish talab etilishi mumkin. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lan pasientlarda qon zardobidagi elektrolitlarni nazorat qilish kerak. Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra, dializ oldi pasientlarga epoetin alfani qo‘llash surunkali buyrak yetishmovchiligining zo‘rayishini tezlashtirmaydi. Gematokrit oshganligi tufayli gemodializ vaqtida ko‘pincha geparinning dozasini oshirish talab etiladi. Noadekvat geparinizasiyada, ayniqsa gipotenziyaga moyilligi bo‘lgan yoki arteriovenoz fistulaning asoratlari (stenoz, anevrizma va boshq.) bo‘lgan bemorlarda dializ tizimining tiqilishi, shuntlarning trombozi bo‘lishi mumkin.

Bunday bemorlarda shuntni erta reviziyasi va trombozlarni o‘z vaqtidagi profilaktikasi (masalan, asetilsalisil kislotasi) tavsiya etiladi.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida ona uchun potensial foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Epoetin-alfani ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma‘lum. Surunkali buyrak yetishmovchiligi fonida anemiyasi bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda qo‘llanganida hayz ko‘rishlar qayta boshlanishi mumkin. Pasient ayollarni, homiladorlik kuzatilishi mumkinligi va davolash boshlanishidan oldin ishonchli kontrasepsiya usullarini qo‘llash zarurati to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Kalamushlar va quyonlarda o‘tkazilgan eksperimental tekshirishlarda, vena ichiga sutkada tana vazniga 500 XB/kg dozada yuborilganida teratogen ta‘siri aniqlanmagan; yanada yuqoriroq dozalarda fertillikni kuchsiz, statistik ahamiyatsiz darajada pasayishi qayd etilgan. Epoetin alfaning surunkali zaharliligi (kalamushlar va itlarda) tekshirilganida suyak ko‘migi to‘qimalarining subklinik fibrozini rivojlanishi aniqlangan. Preparat sutkada 80, 240 yoki 520 XB/kg dozada teri ostiga yoki vena ichiga yuborilgan, itlarda o‘tkazilgan 13 haftalik tekshirishlar vaqtida, suyak ko‘migida gipoplaziya belgilari bilan yoki ularsiz kechuvchi anemiya rivojlangan. Epoetin alfa odam glikoproteini bo‘lganligi tufayli, bu o‘zgarishlar epoetin alfaga antitelalarning ta‘siri bilan chaqirilgan bo‘lishi mumkinligi tan olingan. O‘xshash ko‘rinishlar preparat veterinariya amaliyotda ishlatilgan ayrim hollarda ham aniqlangan va epoetin-alfaga nisbatan antitelalarning paydo bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Kanserogenligi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Epoetin alfa bakteriyalarda genlar mutasiyasini (Eyms testi), sut emizuvchilarning xujayralarida, sichqonlarning mikronukliyasida xromasomalar aberrasiyalarini, shuningdek HGRT lokusida genlar mutasiyasini chaqirmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida, surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar optimal tutib turuvchi doza aniqlangunicha avtotransportni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak (davolashning boshida arterial bosimni oshish xavfini kuchayishi).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya samaralarini kuchayishi.

Davolash: simptomatik, gemoglobinning miqdori yuqori bo‘lgani – qon chiqariladi.

Chiqarilish shakli

Repretin, in‘eksiya uchun eritma, 2000 XB va 4000 XB 1,0 ml dan flakonlarda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2oS-8oS haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. REPRETIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

REPRETIN haqida savollar

REPRETIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil