Spazoverin analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Guruh analoglari
Spazoverin
Funktsional holatlarni oldini olish va davolashda, surunkali gastroduodenitda silliq mushaklarning spazmlari bilan bogʼliq ogʼriq sindromida, surunkali xoletsistit, oʼt-tosh kasalligi, postxoletsistektomik sindromida, meʼda va 12 barmoqli ichak yara kasalligi, kardio va pilorospazmlarda, spastik kolitlarda qoʼllanadi.
Shuningdek periferik arterial tomirlar, bosh miya tomirlari spazmlarida, buyrak-tosh kasalligi, algodismenoriyada, bachadon qisqaruvchanligini boʼshashtirish uchun va tugʼruq vaqtida bachadon boʼyni spazmlarini bartaraf qilish, instrumental tekshirishlarini oʼtkazishda qoʼllaniladi.
Retseptli
- Tabletkalar
NOSH-BRA
Retseptli
- Tabletkalar
- Eritma
Drotaverin
- O't yo'llari kasalliklarida silliq mushaklar spazmi: xoletsistolitiaz, xolangiolitiaz, xoletsistit, perixoletsistit, xolangit, 12-barmoqli ichak so'rg'ichi yallig'lanishi. Siydik chiqarish yo'llari kasalliklarida silliq mushaklar spazmi: nefrourolitiaz, uretrolitiaz, pielit, tsistit, qovuq spazmi. Yordamchi terapiya sifatida: oshqozon-ichak trakti silliq mushaklari spazmlarida: oshqozon va 12-barmoqli ichak yarasi kasalligi, gastrit, kardiya va pilorus spazmi, enterit, kolit, qabziyat bilan kechuvchi spastik kolit va meteorizm bilan kechuvchi ta'sirlangan ichak sindromi; tenzorli bosh og'rig'i; algodismenoreya, homila tushishi xavfi, muddatidan oldin tug'ruq xavfi; tug'ruq vaqtida bachadon bo'g'zi spazmi, bo'g'iz ochilishining cho'zilishi, tug'ruqdan keyingi dardlar. Ba'zi instrumental tekshiruvlarni, sh.j. xoletsistografiyani o'tkazishda.
- Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam - tezlashgan yurak urishi, AB pasayishi. Asab tizimi tomonidan: kamdan-kam - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik. OHT tomonidan: kamdan-kam - ko'ngil aynishi, qabziyat. Immun tizimi tomonidan: kamdan-kam - allergik reaktsiyalar (angionevrotik shish, eshakemi, qichishish, toshma); tez-tezligi noma'lum - o'lim bilan yakunlangan va o'lim bilan yakunlanmagan anafilaktik shok rivojlanishi haqida xabar berilgan.
Retseptli
- Tabletkalar
- Eritma



















