Apteka.uz
SavatKirish

SUPRILEKS

SUPRILEKS chiqarilish shakllari

SUPRILEKS tabletkalari 10mg N30
Retseptli
SUPRILEKS tabletkalari 10mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•43 ta dorixonada bor
Narxi
31 300 so'm dan
- SUPRILEKS qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- SUPRILEKSning tarkibi
- SUPRILEKS ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- SUPRILEKS narxi Toshkent dorixonalarida

SUPRILEKS qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SUPRILEKS®

SUPRELAX®

Preparatning savdo nomi: Suprileks®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): izoksuprin gidroxloridi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg izoksuprin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, natriy kroskarmellozasi, magniy stearati, kolloidli kremniy dioksidi.

Ta‘rifi: dumaloq, yassi, oq rangli, bir tomoni riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: periferik vazodilatatorlar.

ATX kodi: S04AA01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Izoksuprin – periferik vazodilatator, beta-adrenoreseptorlarning agonisti. Beta-adrenoreseptorlarga rag‘batlantiruvchi ta‘siri tufayli izoksuprin qon tomirlar silliq mushaklarining tonusini pasaytiradi, ularning spazmini bartaraf qiladi, periferik va bosh miyada qon aylanishini va muvofiq to‘qimalarni qon bilan ta‘minlanishini yaxshilaydi. Musbat inotrop va xronotrop samaraga, shuningdek tokolitik samaraga ega.

Izoksuprin, shuningdek yengil bronxolitik ta‘sir ham ko‘rsatadi. Yuqori dozalarda trombositlar agregasiyasini ingibisiya qiladi va qonning qovushqoqligini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Izoksuprin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Jigarda qisman kon‘yugasiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri taxminan 1,25 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Turli genezli periferik qon aylanishini buzilishlari: oyoq va qo‘l arteriyalarining spazmlari, obliterasiyalovchi endarteriit, oyoq va qo‘l arteriyalarining aterosklerozi, diabetik angiopatiya, Reyno kasalligi va sindromi. Aterosklerotik genezli surunkali serebral tomir yetishmovchiligi, to‘r parda arteriyalarining aterosklerozi. Muddatdan avvalgi tug‘ruq xavfida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qon aylanishini buzilishlari bilan kechuvchi kasalliklarda preparat 10-20 mg dan sutkada 3-4 marta ovqatdan keyin qo‘llanadi. Davolash kursi 2-3 oyni tashkil qiladi. Muddatidan avvalgi tug‘ruq xavfi holatida Suprileks® tabletkasi avval o‘tkazilgan izoksuprinni vena ichi kursidan keyin buyuriladi; holat yaxshilanganida (to‘lg‘oq bartaraf qilinganida) izoksuprinning ichga qabul qilish uchun tavsiya qilingan dozasi 20 mg dan sutkada 4 martani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi – 2 sutkani tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Taxikardiya, yurakni kuchli urishi, arterial gipotenziya, to‘sh ortida og‘riq, bosh aylanishi, holsizlik, qizib ketish hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, teri toshmalari, dispeptik buzilishlar.

Preparat muddatidan avvalgi tug‘ruqni davolash uchun qo‘llanganida ona va bolada taxikardiya, arterial gipotenziya, gipokalsemiya, gipoglikemiya kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Izoksuprin yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, anamnezdagi serebral gemorragiyalar va bachadondan qon ketishlar, stenokardiya, arterial gipotenziya, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Izoksuprining boshqa dori vositalari bilan salbiy o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Kardiologiyada qo‘llanadigan vazodilatatorlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siri kuchayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Shifokor tomonidan belgilangan doza va davolash kursining davomiyligini oshirish mumkin emas. Preparat bilan davolash davomida har qanday odatdagi bo‘lmagan reaksiyalar paydo bo‘lgan holda albatta shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llashning o‘ziga xosligi

Preparatni stenokardiya, taxikardiya, qizib ketish hissi, qon ivishini buzilishlarida, glaukomada, miokard infarkti va insultning o‘tkir davrlarida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Keksa yoshdagi pasientlarni preparat bilan davolash vaqtida ortostatik gipotenziyani oldini olish maqsadida, krovatdan ehtiyotkorlik bilan turish, tana holatini keskin o‘zgartirishdan saqlanish kerak.

Chekuvchi pasientlarda preparatning samarasi kamayishi mumkin.

Suprileks® preparati bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Suprileks® homilador ayollarda muddatidan avvalgi tug‘ruq xavfida qo‘llanadi. Izoksuprinni emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shunga qaramasdan, spesifik tadqiqotlar o‘tkazilmagan boshqa preparatlar holidagi kabi emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Preparat uyquchanlik va bosh aylanishining sababi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday holda transport vositasini boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: taxikardiya, yurakni kuchli urishi, to‘sh ortidagi og‘riq, arterial bosimni pasayishi, bosh aylanishi, holsizlik, hushdan ketish, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda; 1 yoki 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SUPRILEKS preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SUPRILEKS narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
36 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
36 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
40 500 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
42 100 so'm
Bron qilish

SUPRILEKS haqida savollar

SUPRILEKS haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil