Apteka.uz
SavatKirish

Timalin

- Timalin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Timalinning tarkibi
- Timalin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Timalin narxi Toshkent dorixonalarida

Timalin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Belarusiya,
Rossiya Federatsiyasi,
Ukraina

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Kattalar va bolalarda (6 oylikdan 14 yoshgacha) quyidagi hollarda immunitet tanqisligi holatlari: - infektsion yiringli va septik jarayonlar; - timus funktsiyasining turg'un buzilishlari (nur kasalligi, timus o'smalari, timusni operativ olib tashlash); - o'tkir va surunkali virusli va bakterial infektsiyalar; - regenerator jarayonlarning buzilishi; - onkologik bemorlarda kimyoterapiya yoki nur terapiyasidan keyin immunitet va qon yaratishning susayishi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Individual o‘zlashtira olmaslik, homiladorlik va laktatsiya davri

Farmakologik ta'siri

Buzilgan immunologik reaktivlikni tiklaydi (T- va B-limfotsitlar va ularning subpopulyatsiyalari soni va nisbatini tartibga soladi, hujayraviy immunitet reaktsiyalarini rag'batlantiradi, fagotsitozni kuchaytiradi), regeneratsiya va qon yaratish jarayonlari bostirilgan hollarda ularni rag'batlantiradi, shuningdek hujayra metabolizmi jarayonlari kechishini yaxshilaydi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar.

Dori shaklining ta'rifi

  • Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TIMALIN

TYMALIN

 

Preparatning savdo nomi: Timalin

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Tarkibi:

1 ampula (1 flakon) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg yirik qoramol timusi (ayrisimon bez) ning quruq tozalangan ekstrakti;

yordamchi moddalar: glisin.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli amorf kukun yoki g‘ovaksimon massa.

Farmakoterapevtik guruhi: immunostimulyatorlar.

ATX kodi: L03A X.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamiasi

T- va V-limfositlarning va ularning subpopulyasiyalarining miqdorini va nisbatini boshqaradi, xujayra immunitetining reaksiyalarini rag‘batlantiradi, fagositozni kuchayiradi, regenerasiya va qon yaratilishini, ularning susayishi hollarida rag‘batlantiradi, shuningdek xujayra metabolizmi jarayonlarining kechishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Xujayra immunitetini pasayishi bilan kechuvchi kasalliklarni kompleks davolashda:

  • suyak va yumshoq to‘qimalarning o‘tkir va surunkali yiringli-yallig‘lanishi kasalliklari;
  • regenerator jarayonlarni buzilishi (suyaklarni sinishi, kuyishlar, sovuq urishi, trofik yaralar, to‘qimalarni nurlanish oqibatidagi nekrozlari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi);
  • surunkali bakterial va virusli infeksiyalar, tarqalgan skleroz, obliterasiyalovchi ateroskleroz, revmatoid artrit;
  • nur bilan davolash yoki kimyoterapiya o‘tkazilgandan keyingi immunitetni va qon yaratilishini susayishi, antibiotiklarni katta dozalarda ishlatilganda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ishlatishdan oldin ampula (flakon) ichidagi modda 0,9% li natriy xloridi eritmasining 1-2 ml da eritiladi.

Timalinning dozalash sxemasini pasientning klinik va laborator tekshirishlari asosida klinik immunolog aniqlaydi.

Mushak ichiga har kuni quyidagi dozalarda yuboriladi: kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga – 5-20 mg dan (kursga 30-100 mg) immunitetni buzilishi darajasiga qarab, 3-10 davomida buyuriladi.

Bolalar. Preparatni pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin.

Xujayraviy immunitetni buzilishlari (susayishi) borligi isbotlangan hollarda faqat shifokorning tavsiyasi va nazorati ostida qo‘llash kerak.

Immunitetni buzilish darajasiga qarab, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga -1 mg dan; 1-3 yoshlik bolalarga – 1-2 mg dan; 4-6 yosh bolalarga – 2-3 mg dan, 7-14 yosh bolalarga – 3-5 mg dan 3-10 kun davomida har kuni mushak ichiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida takroriy davolash kurslari (1-6 oydan keyin) o‘tkaziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, teri toshmasi, giperemiya, terini qichishishi bo‘lishi mumkin.

Yuborish joyida o‘zgarishlar: yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparataning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Autoimmun kasalliklar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Biostimulyator va immunostimulyator preparatlar, rifampisin, izoniazid, glyukokortikoid preparatlar bilan mutanosib. Ta‘sir mexanizmi o‘xshash bo‘lgan Timalin va T-aktivin, timaktid, timogen yoki timoptin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Nomutanosibligi. Faqat tavsiya qilingan erituvchi ishlatilsin. Tayyorlangan eritmani boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin. Tayyorlanganidan keyin darhol qo‘llash kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Timalin bilan davolashni immunologik ko‘rsatkichlarning muntazam nazorati ostida o‘tkazish kerak. IgE-ga bog‘liq patologiyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Timalin boshqa dori vositalariga bo‘lgan allergik reaksiyalarni, ular bir vaqtda qo‘llanganida potensiyalashi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Preparat bilan davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. O‘rganilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya reaksiyalar kuchayishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Preparat 30 mg dan ampulada (flakonda). 10 ampuladan (flakonda) qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘lik ta‘siridan himoya qilish uchun original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Timalin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Timalin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Timalin haqida savollar

Timalin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil