Serukal
Serukal qo'llanmasi
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — turli genezli qusish va ko'ngil aynishi; — oshqozon va ichak atoniyasi va gipotoniyasi (xususan, operatsiyadan keyingi); — o't yo'llari diskineziyasi, reflyuks-ezofagit, pilorus funktsional stenоzi; — oshqozon-ichak traktini rentgenokontrast tekshiruvlarini o'tkazishda peristaltikani kuchaytirish uchun; — qandli diabetda oshqozon parezi; — duodenal zondlashni yengillashtiruvchi vosita sifatida (oshqozon bo'shalishini va ovqatning ingichka ichak bo'ylab siljishini tezlashtirish uchun)
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — metoklopramidga yuqori sezuvchanlik; — feoxromotsitoma (katexolaminlar ajralib chiqishi munosabati bilan gipertonik kriz bo‘lishi mumkin); — ichak tutilishi, ichak perforatsiyasi va oshqozon-ichakdan qon ketishi; — prolaktinga bog‘liq o‘sma; — epilepsiya va ekstrapiramidal harakat buzilishlari, homiladorlikning birinchi trimestri va laktatsiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: arterial gipertenziyada, jigar funksiyasi buzilishida, prokain va prokainomidga yuqori sezuvchanlikda, 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga. Homiladorlikning 2 va 3 trimestrida preparat faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tayinlanadi. Buyrak funksiyasi pasaygan bemorlarga preparat kamaytirilgan dozalarda tayinlanadi. Natriy sulfiti mavjudligi sababli preparatni sulfitga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bronxial astmali bemorlarga tayinlash kerak emas
Tarkibi
- 1 ml 1 amp. Metoklopramid gidroxloridi 5 mg 10 mg Yordamchi moddalar: natriy sulfit, dinatriy EDTA, natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv. 1 tab. Metoklopramid gidroxloridi monogidrati 10.54 mg, shu jumladan metoklopramid gidroxloridi 10 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, jelatin, magniy stearati, cho‘kma kremniy dioksidi. metoklopramid gidroxloridi monogidrati 5.27 mg/ml shu jumladan metoklopramid gidroxloridi 5 mg/ml Yordamchi moddalar: natriy sulfit, dinatriy edetat (dinatriy etilendiamintetraatsetat), natriy xlorid, in'ektsiya uchun suv.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Asab tizimi tomonidan: ba'zida charchoq hissi, bosh og'riqlari, bosh aylanishi, qo'rquv hissi, bezovtalik, depressiya, uyquchanlik, quloqlarda shovqin yuzaga kelishi mumkin; alohida hollarda, asosan bolalarda, diskinetik sindrom (yuz, bo'yin yoki yelka mushaklarining ixtiyorsiz tiksimon tortishishlari) rivojlanishi mumkin. Ekstrapiramidal buzilishlar paydo bo'lishi mumkin: yuz mushaklarining spazmi, trizm, tilning ritmik protruziyasi, bulbar turdagi nutq, ekstraokulyar mushaklar spazmi (sh.j. okulogir kriz), spastik qiyshiq bo'yin, opistotonus, mushak gipertonusi. Parkinsonizm (tremor, mushaklarning tortishishi, cheklangan harakatchanlik, 0.5 mg/kg/ dan yuqori doza oshirilganda bolalar va o'smirlarda rivojlanish xavfi ortadi) va kechki diskineziyalar (surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan keksa yoshdagi bemorlarda). Yakka hollarda og'ir neyroleptik sindrom rivojlanishi mumkin. Tserukal bilan uzoq muddat davolanganda keksa yoshdagi bemorlarda parkinsonizm simptomlari (tremor, mushaklarning tortishishi, cheklangan harakatchanlik) va kechki diskineziyalar rivojlanishi mumkin. Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: supraventrikulyar taxikardiya, gipotenziya, gipertenziya. Oshqozon-ichak trakti tomonidan: qabziyat, diareya, og'iz qurishi. Endokrin tizimi tomonidan: preparat uzoq muddat qo'llanilganda ginekomastiya (erkaklarda sut bezlarining kattalashishi), galaktoreya (sut bezlaridan o'z-o'zidan sut oqishi) yuzaga kelishi mumkin
Dozirovkasi
- 10 mg 5 mg/ml
Dori shaklining ta'rifi
- Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz. Oq rangli, dumaloq, yassi, bir tomonida chiziqchasi bo'lgan, silliq yuzali va butun qiya chetli tabletkalar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Bronxial astma, arterial gipertenziya, jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda, Parkinson kasalligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Bolalarda, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ularda diskineziya sindromi yuzaga kelish xavfi ancha yuqori. Metoklopramid ba'zi hollarda sitostatiklarni qabul qilish chaqirgan qusishda samarali bo‘lishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlarda qo‘llanilganda shuni nazarda tutish kerakki, metoklopramid uzoq muddat yuqori yoki o‘rtacha dozalarda qo‘llanilganda eng tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta'sir ekstrapiramidal buzilishlar, ayniqsa parkinsonizm va kechki diskineziya hisoblanadi.
Metoklopramidni qo‘llash fonida jigar funksiyasining laboratoriya ko‘rsatkichlari va qon plazmasida aldosteron va prolaktin konsentratsiyasini aniqlash ma'lumotlari buzilishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash, tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: davolash boshida qabziyat, diareya bo'lishi mumkin; kamdan-kam hollarda - og'iz qurishi.
MNT tomonidan: davolash boshida charchoq hissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, depressiya, akatiziya bo'lishi mumkin. Bolalarda va yoshlarda ekstrapiramidal simptomlar paydo bo'lishi mumkin (hatto metoklopramid bir marta qo'llanilganda ham): yuz mushaklarining spazmi, giperkinezlar, spastik qiyshiq bo'yin (odatda, metoklopramid qabul qilish to'xtatilgandan so'ng darhol o'tib ketadi). Uzoq muddat qo'llanilganda, ko'proq keksa yoshdagi bemorlarda parkinsonizm belgilari, diskineziyalar bo'lishi mumkin.
Qon yaratish tizimi tomonidan: davolash boshida agranulotsitoz bo'lishi mumkin.
Endokrin tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda, yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda - galaktoreya, ginekomastiya, hayz siklining buzilishi.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - teri toshmasi.
Serukal barcha rasmlari














