Apteka.uz
SavatKirish

Metoklopramid

Metoklopramid chiqarilish shakllari

METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
Retseptli
METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•48 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Retseptli
METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•15 ta dorixonada bor
Narxi
13 000 so'm dan
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
Retseptli
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•45 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
METOKLOPRAMID SD tabletkalari 10mg N50
Retseptli
METOKLOPRAMID SD tabletkalari 10mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
SHARQ DARMON OOO
•12 ta dorixonada bor
Narxi
10 000 so'm dan
METOKLOPRAMID eritma 2 ml 5 mg/ml N20
Retseptli
METOKLOPRAMID eritma 2 ml 5 mg/ml N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
REKA-MED FARM, SP OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
14 985 so'm dan
- Metoklopramid qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Metoklopramidning tarkibi
- Metoklopramid ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Metoklopramid narxi Toshkent dorixonalarida

Metoklopramid haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Qusish, ko'ngil aynishi, turli genezli hiqichoq (ba'zi hollarda nur terapiyasi yoki tsitostatiklar qabul qilish chaqirgan qusishda samarali bo'lishi mumkin). Oshqozon va ichak atoniyasi va gipotoniyasi (xususan, operatsiyadan keyingi); o't yo'llari diskineziyasi; reflyuks-ezofagit; meteorizm; oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi zo'rayishlarini majmuaviy davolash tarkibida. Oshqozon-ichak traktini rentgenokontrast tekshiruvlarini o'tkazishda peristaltikani kuchaytirish uchun qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • OITdan qon ketishlar, mexanik ichak tutilishi, oshqozon yoki ichak perforatsiyasi, feoxromotsitoma, ekstrapiramidal buzilishlar, epilepsiya, prolaktinga bog‘liq o‘smalar, glaukoma, homiladorlik, laktatsiya, antixolinergik preparatlarni bir vaqtda qo‘llash, metoklopramidga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Laktatsiya (ko‘krak suti bilan boqish) davrida qo‘llanilganda metoklopramid ko‘krak sutiga o‘tishini hisobga olish kerak. Eksperimental tadqiqotlarda metoklopramidning homilaga salbiy ta’siri aniqlanmagan. Bolalarda, ayniqsa erta yoshda, alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ularda diskinetik sindrom paydo bo‘lish xavfi ancha yuqori.

Tarkibi

  • 1 amp. metoklopramid gidroxloridi 10 mg 1 ml 1 amp. metoklopramid gidroxloridi 5 mg 10 mg 1 tab. metoklopramid 10 mg metoklopramid g/x 10mg; Yordamchi moddalar: laktoza, kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati metoklopramid g/x 10mg; Yordamchi moddalar: laktoza, kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati metoklopramid gidroxloridi 5 mg/ml Yordamchi moddalar: natriy edetat, suvsiz natriy sulfit, natriy xlorid, natriy atsetat, muz sirka kislotasi, in'ektsiya uchun suv. Metoklopramid gidroxloridi yoki melomid gidroxloridi (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) - 0,5 g Natriy sulfit - 0,0125 g Natriy xlorid - 0,9 g Etilendiamin tetrasirka kislotasi dinatriy tuzi (Trilon B) - 0,05 g In'ektsiya uchun suv - 100 ml gacha Bir tabletka tarkibi Faol modda: metoklopramid gidroxloridi monogidrati -10,0 mg suvsiz moddaga qayta hisoblanganda Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati - 80,0 mg, makkajo‘xori kraxmali - 32,3 mg, tibbiy jelatin - 1,7 mg, kaltsiy stearati monogidrati - 1,0 mg.

Farmakokinetikasi

Me'da-ichak traktidan tez so‘riladi. Biokiraolishligi 60% dan 80% gacha o‘zgarib turadi. Qondagi maksimal konsentratsiya individual metabolizmga bog‘liq, qondagi konsentratsiya cho‘qqisi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Yarim chiqarilish davri 3 dan 5 soatgacha, buyrak funktsiyasi buzilganda - 14 soatgacha tashkil qiladi. Preparatning chiqarilishi asosan buyraklar orqali 24 soat davomida o‘zgarmagan holda va kon'yugatlar ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Metoklopramid yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siqlar orqali o‘tadi va ona sutiga kiradi.

Farmakologik ta'siri

Dofamin (D2) va serotonin (5-HT3) retseptorlarining o'ziga xos blokatori, miya ustuni trigger zonasining xemoreseptorlarini bostiradi, pilorus va o'n ikki barmoqli ichakdan qusish markaziga impulslarni uzatuvchi vistseral nervlarning sezgirligini susaytiradi. Gipotalamus va parasimpatik asab tizimi (OIT innervatsiyasi) orqali OIT yuqori qismining tonusi va harakat faolligiga (shu jumladan qizilo'ngach pastki sfinkteri tonusiga) tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Oshqozon va ichak tonusini oshiradi, oshqozon bo'shalishini tezlashtiradi, giperatsid stazni kamaytiradi, pilorik va ezofageal reflyuksga to'sqinlik qiladi, ichak peristaltikasini rag'batlantiradi. Safro ajralishini normallashtiradi, Oddi sfinkteri spazmini kamaytiradi. Uning tonusini o'zgartirmagan holda, o't pufagi diskineziyasini bartaraf etadi. M-xolinobloklovchi, antigistamin, antiserotonin va gangliobloklovchi ta'sirga ega emas; miya qon tomirlari tonusiga, AB ga, nafas olish funktsiyasiga, shuningdek buyraklar va jigar faoliyatiga, qon yaratishga, oshqozon va oshqozon osti bezi sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi. Prolaktin sekretsiyasini rag'batlantiradi. To'qimalarning atsetilxolinga sezgirligini oshiradi (ta'sir vagus innervatsiyasiga bog'liq emas, lekin xolinoblokatorlar tomonidan yo'q qilinadi). Aldosteron sekretsiyasini rag'batlantirib, Na+ ushlanib qolishini va K+ chiqarilishini kuchaytiradi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Asab tizimi tomonidan: ekstrapiramidal buzilishlar - yuz mushaklarining spazmi, trizm, tilning ritmik protruziyasi, bulbar turdagi nutq, ekstraokulyar mushaklar spazmi (shu jumladan okulogir kriz), spastik qiyshiq bo'yin, opistotonus, mushak gipertonusi; parkinsonizm (giperkinez, mushak rigidligi - dofamin-blokatorlik ta'siri namoyon bo'lishi, 0,5 mg/kg/sut doza oshirilganda bolalar va o'smirlarda rivojlanish xavfi ortadi); diskinezlar (keksalarda, SBYe da); uyquchanlik, tez charchash, xavotirlik, sarosima, bosh og'rig'i, quloqlarda shovqin. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat yoki diareya, kamdan-kam hollarda - og'iz qurishi. Allergik reaktsiyalar: eshakemi. Endokrin tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda (uzoq muddat yuqori dozalarda qabul qilinganda) - ginekomastiya, galaktoreya, hayz tsiklining buzilishi. Boshqalar: davolash boshida agranulotsitoz, kamdan-kam hollarda (yuqori dozalarda qo'llanilganda) - burun shilliq qavatining giperemiyasi mumkin

Dozirovkasi

  • 0,01 g 10 mg 10mg 5 mg/ml 5mg/ml

Dozani oshirib yuborilishi

Gipersomniya, dezorientatsiya va ekstrapiramidal buzilishlar kuzatilishi mumkin. Qoida tariqasida, simptomlar preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin 24 soat ichida yo‘qoladi. Zarurat bo‘lganda markaziy xolinoblokatorlar va parkinsonizmga qarshi vositalar bilan davolash o‘tkaziladi.

Dori shaklining ta'rifi

  • - yassi-tsilindrik faskali oqdan qaymoq rangli oqqacha bo'lgan, biroz marmarlikka yo'l qo'yiladigan tabletkalar.. v/i va m/i yuborish uchun eritma 10 mg/2 ml vena ichiga va mushak ichiga eritma; Tiniq rangsiz suyuqlik Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz tabletkalar

Maxsus ko‘rsatmalari

Bronxial astma, arterial gipertenziya, jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilishlari, Parkinson kasalligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Bolalarda, ayniqsa erta yoshdagilarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki ularda diskinetik sindrom yuzaga kelishi xavfi ancha yuqori. Metoklopramid ayrim hollarda sitostatiklar qabul qilish chaqirgan qusishda samarali bo'lishi mumkin.

Keksa yoshdagi bemorlarda qo'llanilganda shuni yodda tutish kerakki, metoklopramid yuqori yoki o'rtacha dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda ekstrapiramidal buzilishlar, ayniqsa parkinsonizm va kechki diskineziya eng ko'p uchraydigan nojo'ya ta'sir hisoblanadi.

Metoklopramidni qo'llash fonida jigar funksiyasining laborator ko'rsatkichlari ma'lumotlari va qon plazmasida aldosteron va prolaktin konsentratsiyasini aniqlashda buzilishlar bo'lishi mumkin.

Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida yuqori diqqatni, tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antixolinergik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda samaralar o‘zaro susayishi mumkin. Neyroleptiklar (ayniqsa fenotiazin qatori va butirofenon hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ekstrapiramidal reaksiyalar yuzaga kelish xavfi ortadi. Bir vaqtda qo‘llanilganda asetilsalitsil kislotasi, paratsetamol, etanolning absorbsiyasi kuchayadi. Metoklopramid v/i yuborilganda diazepamning absorbsiya tezligini oshiradi va uning qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasini oshiradi. Digoksinning sekin eruvchan dori shakli bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon zardobida digoksin konsentratsiyasi 1/3 ga kamayishi mumkin. Digoksin suyuq dori shaklida yoki tez eruvchan dori shaklida bir vaqtda qo‘llanilganda o‘zaro ta’sir qayd etilmagan. Zopiklon bilan bir vaqtda qo‘llanilganda zopiklonning absorbsiyasi tezlashadi; kabergolin bilan — kabergolin samaradorligi kamayishi mumkin; ketoprofen bilan — ketoprofen biokiraolishligi kamayadi. Dofamin reseptorlariga nisbatan antagonizm tufayli metoklopramid levodopaning parkinsonizmga qarshi ta’sirini kamaytirishi mumkin, bunda metoklopramid ta’siri ostida uning oshqozondan evakuatsiyasi tezlashishi hisobiga levodopa biokiraolishligi oshishi mumkin. O‘zaro ta’sir natijalari noaniq. Meksiletin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda meksiletin absorbsiyasi tezlashadi; mefloxin bilan — mefloxinning absorbsiya tezligi va qon plazmasidagi konsentratsiyasi oshadi, bunda uning nojo‘ya samaralari kamayishi mumkin. Morfin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ichga qabul qilinganda morfin absorbsiyasi tezlashadi va uning sedativ ta’siri kuchayadi. Nitrofurantoin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda nitrofurantoin absorbsiyasi kamayadi. Metoklopramid propofol yoki tiopental yuborishdan bevosita oldin qo‘llanilganda ularning induksion dozalarini kamaytirish talab qilinishi mumkin. Metoklopramid olayotgan bemorlarda suksametoniy xlorid samaralari kuchayadi va uzayadi. Tolterodin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda metoklopramid samaradorligi kamayadi; fluvoksamin bilan — ekstrapiramidal buzilishlar rivojlanishi holati ta’riflangan; fluoksetin bilan — ekstrapiramidal buzilishlar rivojlanishi xavfi mavjud; siklosporin bilan — siklosporin absorbsiyasi oshadi va uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi ortadi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashKattalarga ichga - 5-10 mg dan sutkasiga 3-4 marta. Qusish, kuchli ko'ngil aynishida metoklopramid m/o yoki v/i 10 mg dozada yuboriladi. Intranazal - 10-20 mg dan har bir burun teshigiga sutkasiga 2-3 marta.

Maksimal dozalar: ichga qabul qilinganda bir martalik - 20 mg; sutkalik - 60 mg (barcha yuborish usullari uchun).

6 yoshdan katta bolalar uchun o'rtacha bir martalik doza 5 mg ni tashkil qiladi, sutkasiga 1-3 marta ichga yoki parenteral. 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun parenteral yuborish uchun sutkalik doza 0,5-1 mg/kg ni tashkil qiladi, qabul qilish chastotasi - sutkasiga 1-3 marta.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: davolash boshida qabziyat, diareya bo'lishi mumkin; kam hollarda - og'iz qurishi.

MNS tomonidan: davolash boshida charchoq hissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, depressiya, akatiziya bo'lishi mumkin. Bolalar va yoshlarda ekstrapiramidal simptomlar paydo bo'lishi mumkin (hatto metoklopramid bir marta qo'llanilganda ham): yuz mushaklarining spazmi, giperkinezlar, spastik qiyshiq bo'yin (qoida tariqasida, metoklopramid qabul qilish to'xtatilgandan so'ng darhol o'tib ketadi). Uzoq muddat qo'llanilganda, ko'proq keksa yoshdagi bemorlarda parkinsonizm hodisalari, diskineziyalar bo'lishi mumkin.

Qon yaratish tizimi tomonidan: davolash boshida agranulotsitoz bo'lishi mumkin.

Endokrin tizim tomonidan: kam hollarda, yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda - galaktoreya, ginekomastiya, hayz tsiklining buzilishi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda - teri toshmasi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Metoklopramid preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Metoklopramid narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
11 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
11 000 so'm
Bron qilish
Fomeks
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
10 000 so'm
+5
Shayxontoxur tumani, Botimiy ko'ch., 1a uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-20:00
10 000 so'm

Metoklopramid haqida savollar

Metoklopramid haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil