Apteka.uz
SavatKirish

SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Faol modda:Metoklopramid
Ishlab chiqaruvchi:Merkle GmbX
Teglar:Qusishdan
ATX kodi:A03FA01 Метоклопрамид
Barcha Serukal dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so'ng MITYdan tez so'riladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Asosan buyraklar orqali o'zgarmagan holda ham, metabolitlar ko'rinishida ham chiqariladi. T1/2 4 dan 6 soatgacha bo'lgan vaqtni tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: davolash boshida qabziyat, diareya bo'lishi mumkin; kamdan-kam hollarda - og'iz qurishi.

MNT tomonidan: davolash boshida charchoq hissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, depressiya, akatiziya bo'lishi mumkin. Bolalarda va yoshlarda ekstrapiramidal simptomlar paydo bo'lishi mumkin (hatto metoklopramid bir marta qo'llanilganda ham): yuz mushaklarining spazmi, giperkinezlar, spastik qiyshiq bo'yin (odatda, metoklopramid qabul qilish to'xtatilgandan so'ng darhol o'tib ketadi). Uzoq muddat qo'llanilganda, ko'proq keksa yoshdagi bemorlarda parkinsonizm belgilari, diskineziyalar bo'lishi mumkin.

Qon yaratish tizimi tomonidan: davolash boshida agranulotsitoz bo'lishi mumkin.

Endokrin tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda, yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda - galaktoreya, ginekomastiya, hayz siklining buzilishi.

Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - teri toshmasi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Bronxial astma, arterial gipertenziya, jigar va/yoki buyrak funksiyasi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda, Parkinson kasalligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Bolalarda, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ularda diskineziya sindromi yuzaga kelish xavfi ancha yuqori. Metoklopramid ba'zi hollarda sitostatiklarni qabul qilish chaqirgan qusishda samarali bo‘lishi mumkin.

Keksa yoshdagi bemorlarda qo‘llanilganda shuni nazarda tutish kerakki, metoklopramid uzoq muddat yuqori yoki o‘rtacha dozalarda qo‘llanilganda eng tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta'sir ekstrapiramidal buzilishlar, ayniqsa parkinsonizm va kechki diskineziya hisoblanadi.

Metoklopramidni qo‘llash fonida jigar funksiyasining laboratoriya ko‘rsatkichlari va qon plazmasida aldosteron va prolaktin konsentratsiyasini aniqlash ma'lumotlari buzilishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash, tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

MITY dan qon ketishlar, mexanik ichak tutilishi, oshqozon yoki ichak teshilishi, feoxromotsitoma, ekstrapiramidal buzilishlar, epilepsiya, prolaktinga bog‘liq o‘smalar, glaukoma, homiladorlik, laktatsiya, antixolinergik preparatlarni bir vaqtda qo‘llash, metoklopramidga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antixolinergik vositalar bilan bir vaqtda qo'llanilganda samaralarning o'zaro susayishi mumkin.

Neyroleptiklar (ayniqsa fenotiazin qatori va butirofenon hosilalari) bilan bir vaqtda qo'llanilganda ekstrapiramidal reaktsiyalar paydo bo'lish xavfi ortadi.

Bir vaqtda qo'llanilganda asetilsalitsil kislotasi, paratsetamol, etanol so'rilishi kuchayadi.

Metoklopramid v/i yuborilganda diazepam so'rilish tezligini oshiradi va uning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasini oshiradi.

Digoksinning sekin eriydigan dori shakli bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon zardobida digoksin kontsentratsiyasining 1/3 ga kamayishi mumkin. Digoksin bilan suyuq dori shaklida yoki tez eriydigan dori shakli ko'rinishida bir vaqtda qo'llanilganda o'zaro ta'sir qayd etilmagan.

Zopiklon bilan bir vaqtda qo'llanilganda zopiklon so'rilishi tezlashadi; kabergolin bilan - kabergolin samaradorligining pasayishi mumkin;

Dozirovkasi

DozalashM/i yoki sekin v/i.

Kattalar va 14 yoshdan katta o'smirlarga: 1 ampula (10 mg metoklopramid) dan kuniga 3-4 marta

3 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar: terapevtik doza 0,1 mg metoklopramid/kg tana vazniga, maksimal sutkalik doza 0,5 mg metoklopramid/kg tana vazniga ni tashkil qiladi.

Buyrak funksiyasi buzilganda preparat dozasini buyrak funksiyasi buzilishining yaqqollik darajasiga mos ravishda tanlaydilar.

Kreatinin klirensi Metoklopramid dozasi

10 ml/daq gacha 10 mg dan kuniga 1 marta

11 dan 60 ml/daq gacha sutkalik doza 15 mg, ikki qabulga bo'lingan (10 mg + 5 mg)

Sitostatiklar qo'llanilishi bilan bog'liq ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish va davolash:

Sxema 1.

Qisqa muddatli tomchilab infuziya (15 daqiqa davomida) 2 mg/kg dozada sitostatik vosita bilan davolash boshlanishidan yarim soat oldin, so'ngra sitostatiklar qo'llanilgandan keyin 1,5 soat, 3,5 soat, 5,5 soat va 8,5 soat o'tgach.

Sxema 2.

Uzoq muddatli tomchilab infuziya 1,0 yoki 0,5 mk/kg soatiga dozada, sitostatik vosita qo'llanilishidan 2 soat oldin boshlab, keyin sitostatik vosita qo'llanilgandan keyingi 24 soat davomida 0,5 yoki 0,25 mg/kg soatiga dozada.

Tomchilab infuziya serukal dozasini 50 ml infuzion eritmada oldindan suyultirgandan so'ng 15 daqiqa davomida qisqa muddatli o'tkaziladi.

Serukal inyeksion eritmasini natriy xloridning izotonik eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirish mumkin.

Serukal sitostatik vositalar bilan davolashning butun davri davomida qo'llaniladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
31 900 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N120
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N120
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•121 ta dorixonada bor
Narxi
114 500 so'm dan
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•3 ta dorixonada bor
Narxi
84 000 so'm dan

SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10 xususiyatlari

SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10 analoglari

METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Retseptli
METOKLOPRAMID tabletkalari 10mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy Zavod MP OAO
•19 ta dorixonada bor
Narxi
11 500 so'm dan
SERUKGLAN eritma 2ml 0,5% N10
SERUKGLAN eritma 2ml 0,5% N10
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
•11 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan
METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
Retseptli
METOKLOPRAMID eritma 2ml 5mg/ml N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•51 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
Retseptli
METOKLOPRAMID inyeksiya uchun eritma 2ml 5% N5
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•45 ta dorixonada bor
Narxi
5 000 so'm dan

SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10 haqida savollar

SERUKAL 0,005/ML eritma 2ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil