Apteka.uz
SavatKirish

Sinkovaya Maz

Sinkovaya Maz chiqarilish shakllari

SINKOVAYA maz 30g
Retseptsiz
SINKOVAYA maz 30g
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Ziyo Nur Farm CHP
•59 ta dorixonada bor
Narxi
5 210 so'm dan
SINKOVAYA maz 25g
Retseptsiz
SINKOVAYA maz 25g
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Galenika, OOO
•7 ta dorixonada bor
Narxi
5 700 so'm dan
SINKOVAYA maz 20g
Retseptsiz
SINKOVAYA maz 20g
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•69 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
- Sinkovaya Maz qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Sinkovaya Mazning tarkibi
- Sinkovaya Maz ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Sinkovaya Maz narxi Toshkent dorixonalarida

Sinkovaya Maz haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • "Yo'rgak" toshmasini davolash va oldini olish. Preparat shuningdek terining yengil shikastlanishlarida (kichik kuyishlar, kesilishlar, tirnalishlar, bichilishlar) birinchi yordam vositasi sifatida ishlatiladi. Fotokontakt dermatit. Zarurat bo'lganda, dori preparatini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va ko‘krak suti bilan boqish davrida qo‘llanilishi Shifokor maslahatidan so‘ng, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa, yo‘riqnomaga muvofiq preparatni qo‘llash mumkin.

Tarkibi

  • Ta'sir etuvchi modda: rux oksidi - 10 g Yordamchi modda: vazelin - 90 g

Farmakokinetikasi

Tashqi qo'llanilganda rux surtmasi tizimli qon oqimiga deyarli so'rilmaydi va rezorbtiv ta'sir ko'rsatmaydi.

Farmakologik ta'siri

Qurituvchi, adsorbsiyalovchi, burishtiruvchi va dezinfeksiya qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ekssudatsiya va namlanishni kamaytiradi, bu mahalliy yallig‘lanish va ta’sirlanish ko‘rinishlarini yo‘qotadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Preparatga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lishi mumkin: qichishish, giperemiya, maz surtilgan joylarda toshma. Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Dozirovkasi

  • Sirtga. Emizikli bolalardagi «yo'rgak» toshmasi (dermatiti). Davolash: qo'llashdan oldin zararlangan sohani yuvish va quritish kerak. Qizarish, bichilish yoki terining yengil ta'sirlanishi kabi birinchi belgilar paydo bo'lganda, maz sutkasiga 3 yoki undan ortiq marta, zaruratga qarab, odatda har safar taglik (pampers) almashtirilganda surtiladi. Profilaktika: taglik yoki pampers bilan yopiladigan teriga, ta'sirlanish belgilari paydo bo'lishidan oldin, ayniqsa uxlashdan oldin, bola uzoq vaqt davomida ho'l tagliklarda qolishi mumkin bo'lgan hollarda surtiladi. Kesilishlar, tirnalishlar va kuyishlar. Yupqa qatlam qilib surtiladi, zarurat tug'ilganda doka bog'lam qo'yiladi. Faqat yuzaki va infektsiyalanmagan jarohatlarga surtiladi. Fotokontakt dermatit. Maz zararlangan teri sohalariga kuniga 1-3 marta yupqa qatlam qilib surtiladi. Agar davolanishdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki yangi alomatlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan qo'llash usuli va dozalariga muvofiq qo'llang. Zarurat tug'ilganda, dori vositasini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Agar 2-3 kunlik davolanishdan keyin alomatlar yomonlashsa yoki yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Maz faqat sirtqi qo'llash uchun mo'ljallangan. Ko'zga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Agar infeksiya belgilari mavjud bo'lsa, mazni shikastlangan teri sohasiga surtmaslik kerak.

Preparatni qo'llashni boshlashdan oldin yo'riqnomani diqqat bilan o'qing. Yo'riqnomani saqlab qo'ying, u yana kerak bo'lishi mumkin. Agar Sizda savollar tug'ilsa, shifokorga murojaat qiling. Siz davolanayotgan dori vositasi shaxsan Sizga mo'ljallangan va uni boshqa shaxslarga bermaslik kerak, chunki bu ularga, hatto Sizdagi kabi simptomlar bo'lsa ham, zarar yetkazishi mumkin.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Preparatni yo'riqnomaga muvofiq qo'llash transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishga ta'sir qilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Sirtga, terining zararlangan sohalariga kuniga 2–3 marta.

Nojo'ya samaralari

Preparatga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo'lishi mumkin: malham surtilgan joylarda qichishish, qizarish, toshma.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Sinkovaya Maz preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Sinkovaya Maz narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
8 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
8 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
8 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
8 000 so'm
Bron qilish

Sinkovaya Maz haqida savollar

Sinkovaya Maz haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil