Apteka.uz
SavatKirish

Urostim

Urostim chiqarilish shakllari

UROSTIM tabletkalari 50mg N10
Retseptsiz
UROSTIM tabletkalari 50mg N10
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
175 000 so'm dan
- Urostim qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Urostimning tarkibi
- Urostim ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Urostim narxi Toshkent dorixonalarida

Urostim haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-antitelolar sintezini oshishi bilan kechuvchi autoimmun buzilishlar,

-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Farmakologik ta'siri

Immunitetni ragʻbatlantiruvchi preparat.

Urostim polibakterial immunitetni ragʻbatlantiruvchi vosita boʻlib, u organizmning tabiiy rezistentligini va urogenital yoʻllarining turli infeksiyalariga nisbatan spetsifik immunitetini oshiradi. Urostim hujayra va gumoral darajalarda taʼsir koʻrsatib, immun tizimini ragʻbatlantiradi, tizimli va lokal immunitetni faollashuviga yordam beradi, immunitetni ragʻbatlantiradi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalari

Urostim yordamchi modda sifatida bugʻdoy kraxmalini saqlaydi, buni seliakiya bilan xastalangan patsiyentlar albatta hisobga olishlari kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparatni qoʻllash avtotransportni yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Urostimni boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsirlari aniqlanmagan.

Uni boshqa dori vositalari bilan, shu jumladan antibiotiklar bilan majmuada buyurish mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Odatda preparat 1 tabletkadan sutkada 1-marta, ertalab och qoringa buyuriladi.

Kattalarga oʻtkir urogenital infeksiyalarda Urostimning 1 tabletkasini, antibiotiklar bilan birga ertalab, och qoringa buyuriladi. Davolash simptomlar yoʻqolgunicha, ammo kamida 10 kun davomida davom ettiriladi.

Surunkali va qaytalanuvchi urogenital infeksiyalarda – 1 tabletkani ertalab, och qoringa 2-3 oy davomida buyuriladi. Zarurati boʻlganida Urostim bilan davolashni 3 oydan keyin qayta boshlash mumkin.

Urostimni operatsiyadan keyingi asoratlarini oldini olish uchun qoʻllash mumkin. Bunday holatlarda preparatni qabul qilish operatsiyadan bir oy oldin boshlanadi va operatsiyadan keyin yana bir oy davomida davom ettiriladi - 1 tabletkani sutkada 1-marta buyuriladi. Oʻtkazib yuborilgan dozalarni toʻldirish uchun preparatni ikki barobar dozalarini qabul qilishga hojat yoʻq. Bunday holatlarda oʻtkazib yuborilgan dozalarga eʼtibor qilmaslik va davolashni odatdagi tartibda davom ettirish kerak.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning bir tabletkasi quyidagi mikrob turlarini:

Eshcerichia coli 29 (3x109bakterial hujayralari),

Eshcerichia coli J5 (3x109bakterial hujayralari),

Proteus mirabilis, Klebsiella pneumonia, Enterococcus faecalis har bir mikroorganizmlarini hujayralarini - 0,4x109 miqdoridagi 50 mg liofilizirlangan oʻlik bakterial hujayralarini va stabilizator koʻrinishida dekstran 40 ni saqlaydi.

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza (101 turi), bugʻdoy kraxmali, kremniy dioksidi, povidon K25, magniy stearati.

Nojo'ya samaralari

Klinik tadqiqotlarda Urostimning nojoʻya samaralari aniqlanmagan

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Urostim preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Urostim narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
175 000 so'm
Buyurtma berish
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
175 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
175 000 so'm
Bilol Farm Plus
Chilonzor tumani, 9 daha, Cho'pon ota ko'ch., 12 uy, 37 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-09:00
298 000 so'm

Urostim haqida savollar

Urostim haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil