Ташкент
logo
SavatKirish

Vikasol

Vikasol chiqarish shakllari

VIKASOL tabletkalari 15mg N20
Retseptli
VIKASOL tabletkalari 15mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
•112 ta dorixonada bor
Narxi
3 700 so'm dan
VIKASOL eritma 1ml 1% N10
Retseptli
VIKASOL eritma 1ml 1% N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•49 ta dorixonada bor
Narxi
11 900 so'm dan
VIKASOL tabletkalari 15mg N30
Retseptli
VIKASOL tabletkalari 15mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Irbitskiy XFZ,OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
VIKASOL tabletkalari 15mg N30
Retseptli
VIKASOL tabletkalari 15mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
•1 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
- Vikasol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Vikasolning tarkibi
- Vikasol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Vikasol narxi Toshkent dorixonalarida

Vikasol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Ukraina,
O'zbekiston
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • K vitamini tanqisligi oqibatidagi gipoprotrombinemiya (oldini olish va davolash): II, VII, IX, X omillar miqdorining kamayishi oqibatida koagulyatsiya buzilishi, ba'zi DV (kumarin va indandion hosilalari, salitsilatlar, ba'zi antibiotiklar) qabul qilish fonida, obturatsion sariqlik, malabsorbtsiya sindromi, tseliakiya, ingichka ichak, oshqozon osti bezi funktsiyasi buzilishi, ingichka ichak rezektsiyasi, uzoq muddatli diareya, dizenteriya, Kron kasalligi, spru, yarali kolit, abetalipoproteinemiya, parenteral oziqlanish, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, boyitilmagan aralashmalar oladigan yoki faqat ko'krak suti bilan boqiladiganlarda. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gemorragik kasallik (oldini olish va davolash), sh.j. yuqori xavf guruhidagi yangi tug'ilgan chaqaloqlarda - antikoagulyantlar (sh.j. fenitoin) olgan onalardan tug'ilganlarda.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Yuqori sezuvchanlik, giperkoagulyatsiya, tromboemboliya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi. Ehtiyotkorlik bilan. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, jigar yetishmovchiligi, homiladorlik.
Tarkibi
  • menadion natriy bisulfiti 10 mg Menadion natriy bisulfiti 10mg Menadion natriy bisulfiti/VIKASOL/ 10mg; Yordamchi moddalar: natriy gidrosulfit, natriy disulfit, sirka kislotasi, in'ektsiya uchun suv menadion natriy bisulfiti trigidrati 10mg ; Yordamchi moddalar: natriy disulfit, xlorid kislotasi eritmasi, suv
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng MIYdan absorbtsiya qilinadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi qaytuvchan xususiyatga ega. Asosan jigar, taloq, miokardda to‘planadi. Organizmda K2 vitaminiga aylanadi. Aylanish jarayoni miokard, skelet mushaklarida eng intensiv, buyraklarda biroz kuchsizroq sodir bo‘ladi. K vitamini metabolitlari (monosulfat, fosfat va digdyukuronid-2-metil-1,4-naftoxinon) siydik bilan chiqariladi - 70% gacha.
Farmakologik ta'siri
K vitaminining suvda eruvchan analogi (K3 vitamini), protrombin va prokonvertin sinteziga yordam beradi, II, VII, IX, X ivish omillari sintezini kuchaytirish hisobiga qon ivishini oshiradi. Gemostatik ta'sirga ega (K vitamini etishmovchiligida qon ketishga moyillik kuchayadi). Qonda protrombin (II omil) tromboplastin va kaltsiy ionlari ishtirokida, prokonvertin (VII omil), IX omil (Kristmass omili), X omil (Styuart-Prauer omili) ishtirokida trombinga o'tadi, uning ta'sirida fibrinogen fibringa aylanadi, u qon laxtasi (tromb) asosini tashkil qiladi. K-vitamin-reduktazani substratli rag'batlantiradi, u K vitaminini faollashtiradi va uning gemostazning K-vitaminga bog'liq plazma omillarining jigar sintezidagi ishtirokini ta'minlaydi. Samara boshlanishi - 8-24 soatdan keyin (mushak orasiga yuborilgandan so'ng)
Nojo'ya ta'sirlar
  • Allergik reaktsiyalar: eshakemi Qon tomonidan buzilishlar: gemolitik anemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tug'ma tanqisligi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gemoliz. Asab tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi; ta'm sezgilarining o'zgarishi. Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar: bronxospazm. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial qon bosimining tranzitor pasayishi, taxikardiya, pulsning «kuchsiz» to'lishi. Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar: sariqlik (sh.j. yangi tug'ilgan chaqaloqlarda yadroviy sariqlik). Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: yuz giperemiyasi, teri toshmasi (sh.j. eritematoz), teri qichishishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: yuborish joyida og'riq va shish, bir joyga takroriy in'ektsiyalarda terining dog'lar ko'rinishida shikastlanishi; «profuz» terlash. Laboratoriya va instrumental ma'lumotlar: giperbilirubinemiya. Preparat tarkibiga kiruvchi natriy disulfit kamdan-kam hollarda og'ir yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va bronxospazmni keltirib chiqarishga qodir.
Dozirovkasi
  • 10 mg/ml 15 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: giperprotrombinemiya (trombozlar bilan kechishi mumkin), gemolitik anemiya, giperbilirubinemiya bilan namoyon bo‘luvchi K gipervitaminozi. Ayrim hollarda, ayniqsa bolalarda, tirishishlar rivojlanadi. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik terapiya. Ayrim hollarda qon ivish tizimi ko‘rsatkichlari nazorati ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri antikoagulyantlar (fraksiyalanmagan geparin) tayinlash mumkin.
Dori shaklining ta'rifi
  • tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan sariq yoki yashil-sariq suyuqlik. Mushak ichiga yuborish uchun eritma mushak ichiga yuborish uchun eritma mushak ichiga yuborish uchun eritma, tabletkalar
Maxsus saqlash sharoitlari

O't suyuqligi oqib chiqishi buzilishiga olib keluvchi kasalliklarda parenteral yuborish tavsiya etiladi. Gemofiliya va Verlgof kasalligida menadion samarasiz.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bilvosita antikoagulyantlar (shu jumladan kumarin va indandion hosilalari) samarasini susaytiradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri antikoagulyantlarning (shu jumladan geparinning) antikoagulyant faolligiga ta’sir qilmaydi. Keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar, xinidin, xinin, yuqori dozalarda salitsilatlar, sulfanilamid preparatlar bilan bir vaqtda tayinlash K vitamini dozasini oshirishni talab qiladi. Vikasol preparatini gemoliz chaqirishga qodir dori vositalari bilan bir vaqtda tayinlash nojo‘ya samaralar namoyon bo‘lishi xavfini oshiradi.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VIKASOL-DARNISA

VICASOL-DARNITSA

Preparatning savdo nomi: Vikasol-Darnisa

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vikasol (menadion natriy bisulfiti)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 10 mg vikasol (menadion natriy bisulfiti);

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye 223), xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: K vitamini va boshqa gemostatik vositalar.

ATX kodi: V02VA02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

K vitamini bir necha shakllarda bo‘ladi. K vitaminining asosiy shakli – K1 vitamini (filloxinon) o‘simliklarda, ayniqsa yashil bargli sabzavotlarda saqlanadi. K vitaminining boshqa shakli K2 vitamini (menaxinon) bo‘lib, u cheklangan miqdorda so‘rilishi mumkin. Uni ingichka ichakning pastki qismida va yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ishlab chiqaradi. Vikasol-Darnisa suvda eruvchi K vitaminining sintetik analogi bo‘lib, K3 vitamini (menadion) sifatida qaraladi, protrombin va prokonvertinning sinteziga yordam beradi, qon ivishning II, VII, IX, X faktorlari sintezini kuchayishi hisobiga qon ivishini kuchaytiradi. Gemostatik ta‘sirga ega (K vitamini tanqisligida yuqori qonuvchanlik paydo bo‘ladi). Qonda protrombin (II faktori) tromboplastin va Sa2+ mavjudligida, prokonvertin (VII faktori), IX (Kristmass-faktori) X (Styuart-Prauer faktori) faktorlari ishtirokida trombinga o‘tadi, uning ta‘siri ostida fibrinogen qon laxtasining (tromb) asosini tashkil qiluvchi fibringa aylanadi. Vikasol-Darnisa substrat sifatida K vitaminini faollantiruvchi va K vitaminiga bog‘liq bo‘lgan gemostazning plazma faktorlarining jigardagi sintezida uning ishtirokini ta‘minlovchi K-vitaminreduktazani rag‘batlantiradi.

K vitaminining odam va hayvon organizmidagi roli prokoagulyantlarning biosintezi bilan cheklanmaydi. U bioenergetikaga va qator anabolik jarayonlarga ta‘sir qiladi. U makroergik birikmalarning almashinuvi uchun, ATF hosil bo‘lishi uchun ahamiyatga ega. K vitamini yetishmovchiligi ATF tanqisligiga va ko‘pchilik birikmalarning biosintezining energetik ta‘minlanganligini susayishiga olib keladi. Oxirgilarga nafaqat prokoagulyantlar, shuningdek boshqa tez yangilanuvchi oqsillar, shu jumladan qon ivish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan qator fermentlar ham kiradi. K vitaminining tanqisligida oqsil tabiatiga ega bo‘lmagan ayrim biologik faol moddalarning: serotonin, gistamin, asetilxolinning biosintezi ham susaygan. Samarasini boshlanishi – mushak ichiga yuborilganidan keyin 8-24 soat o‘tgach yuz beradi.

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin oson va tez tizimli qon oqimiga so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi qaytuvchi xarakterga ega. Albuminlarning miqdori juda kam bo‘lgan bemorlarning qoni K vitaminini juda kuchsiz bog‘laydi, yoki umuman uni bog‘lamaydi. Asosan jigarda, taloqda, miokardda to‘planadi. Aylanish jarayoni eng jadal miokardda, skelet mushaklarida, biroz kuchsizroq – buyrakda yuz beradi. Buyrak orqali va safro bilan deyarli faqat metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. K vitaminining metabolitlari (monosulfat, fosfat va diglyukuronid-2-metil-1,4-naftoxinon) siydik bilan 70% gacha chiqariladi. K vitaminining ahlatdagi yuqori konsentrasiyalari, uning ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanishi bilan bog‘liq.

Qo‘llanilishi

Vikasol qonuvchanlikda va sariqlik bilan kechuvchi gipoprotrombinemiya fonida, o‘tkir gepatitlarda, kapillyar va parenximatoz qon ketishlarda buyuriladi. Xirurgik aralashuvlar va jarohatlanishlardan keyin, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligidagi, o‘tkir nur kasalligining yaqqol simptomlaridagi qon ketishlarda, burunda va gemorroidal davomli qon ketishlarda buyuriladi.

Preparat chala tug‘ilgan chaqaloqlardagi gemorragik ko‘rsatmalarda, bachadon klimaks oldi va yuvenil qon ketishlarda, spontan qonuvchanlikda, operasiyaga tayyorlashda, agar operasiyadan keyingi davrda qon ketishini xavfi bo‘lsa, o‘pka qon ketishlarida, septik kasalliklar fonidagi gemorragik ko‘rinishlarda buyuriladi.

Bundan tashqari, Vikasol-Darnisani buyurish uchun ko‘rsatmalar bo‘lib, qon ketishlari va – K vitamini antagonistlari fenilin, neodikumarin va boshqa antikoagulyantlarning dozasini oshirib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan gipoprotrombinemiyalar hisoblanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat mushak ichiga yuboriladi.

Kattalarga bir martalik doza – 10 mg, maksimal bir martalik doza – 15 mg, maksimal sutkalik doza – 30 mg ni tashkil etadi.

Davolash davomiyligi – 3-4 kun, 4 kunlik tanaffusdan keyin zarurati bo‘lganida kurs takrorlanadi.

Mumkin bo‘lgan kuchli parenximatoz qon ketishli xirurgik aralashuvlarda operasiyadan oldin 2-3 kun davomida buyuriladi.

Bolalarga: 1 yoshgacha – sutkada 2,5 mg, 1-2 yosh – sutkada 6 mg, 3-4 yosh – sutkada 8 mg, 5-9 yosh – sutkada 10 mg, 10-18 yosh – sutkada 15 mg. Doza 2 yuborishga bo‘linadi. Bolalar uchun davolash davomiyligini shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: yuz giperemiyasi, teri toshmasi (shu jumladan eritematoz, eshakemi), terini qichishishi, bronxospazm.

Qon tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma tanqisligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki Ye vitamini yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemoliz, tromboemboliya.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni tranzitor pasayishi, taxikardiya, pulsni kuchsiz to‘lishi.

Yuborilgan joydagi reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va shish, bir joyga takroriy in‘eksiyalarda dog‘lar ko‘rinishidagi terining rangini o‘zgarishi. Vikosol lokal sklerodermiya chaqirishi mumkin.

Boshqalar: giperbilirubinemiya, sariqlik (shu jumladan emizikli bolalarda yadroli sariqlik), bosh aylanishi, profuz terlash, ta‘m tuyg‘ularini o‘zgarishi, qizish hissi kuzatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Giperkoagulyasiya, tromboemboliya. Yangi  tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

 

 

Nomutanosiblik

 Vikasol sulfanilamid preparatlari, PASK, salisilatlar, oksikumarin bilan mutanosib. Bir shprisda ishqorlar va kislotalarning eritmalari bilan nomutanosib. Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi to‘g‘ri quyosh nurlarining ta‘siri ostida tez parchalanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida antikoagulyant ta‘sirini pasaytirishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlarning (shu jumladan kumarin va indandion hosilalarining) samarasini susaytiradi. Geparinning antikoagulyant faolligiga ta‘sir qilmaydi. Keng ta‘sir doirali antibiotiklar, xinidin, xinin, yuqori dozalarda salisilatlar, sulfonamidlar bilan bir vaqtda qo‘llash, K vitaminining dozasini oshirishni talab etadi.

Gemolitik dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida nojo‘ya samaralarining namoyon bo‘lishini xavfi oshadi.

Agregantlar va fibrinolizning ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning gemostatik samarasi potensiyalanadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik vaqtida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Vikasol qo‘llanganida trombositlar agregasiyasini tormozlanishi mumkinligini hisobga oshish kerak. Gemofiliya, trombositopenik purpura va Verlgof kasalligida preparat samarasizdir.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligini oldin olish uchun menadion natriy bisulfitiga qaraganda fitomenadionni qo‘llash yaxshiroq, chunki u yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda) kamroq giperbilirubinemiya va gemolitik anemiyani chaqiradi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Vikasol-Darnisa homiladorlikda xavf preparatlariga kiradi. Preparatni I va II uch oyliklarida ko‘rsatmalar bo‘yicha, agar ona uchun foyda homila uchun xavf darajasidan yuqori bo‘lganida qo‘llash mumkin. Homiladorlikning III uch oyligida K vitaminini profilaktik buyurish, uning uchun yo‘ldoshning past o‘tkazuvchanligi tufayli samarali emas.

Emizayotgan onalarga preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan hollarda, davolash davrida emizishni to‘xtatish lozim.

Bolalar. Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparat avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi. Agar davolanish davrida bosh aylanishi kuzatilsa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: giperprotrominemiya va gipertrombinemiya, giperbilirubinemiya, sariqlik, jigar fermentlarining faolligini oshishi bilan nomoyon bo‘luvchi K gipervitaminozi; qorin og‘riqlari, qabziyatlar va diareya, umumiy qo‘zg‘alish, ajitasiya va teri toshmalari kuzatiladi. Yakka hollarda bolalarda tirishishlar bilan namoyon bo‘luvchi toksikoz rivojlanadi.

Davolash: Preparat bekor qilinadi. Qon ivish tizimining ko‘rsatgichlarini nazorati ostida antikoagulyantlar buyuriladi. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

1 ml dan ampulada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 2˚S dan 8˚S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish  tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eritema, eshakemi, bronxospazm.

Qon ivish tizimi tomonidan: yangi tug'ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi.

Vikasol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Vikasol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Vikasol haqida savollar

Vikasol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 5 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil