Ташкент
logo
SavatKirish

VINEBRAL

VINEBRAL chiqarish shakllari

VINEBRAL kapsulalar  30mg N20
Retseptli
VINEBRAL kapsulalar 30mg N20
Misr
Ishlab chiqaruvchi:
World Medicine Limited, Velikobritaniya proizvedeno: October Pharma
•116 ta dorixonada bor
Narxi
69 400 so'm dan
- VINEBRAL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- VINEBRALning tarkibi
- VINEBRAL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- VINEBRAL narxi Toshkent dorixonalarida

VINEBRAL qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Misr
Kategoriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VINEBRAL

VINEBRAL

 

Preparatning savdo nomi: Vinebral

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vinkamin

Dori shakli: sekin ajralib chiqadigan kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: vinkamisin – 30 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, makkajo‘xori kraxmali, eudragit, gidroksipropilmetilsellyuloza, ftalat, talk.

Qobiq tarkibi: jelatin, titan diaoksidi, brilliant ko‘ki, karmoizin, ponso.

Ta‘rifi: yaltiroq xira qizil rangli, №2 o‘lchamli oqdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan pelletlarni saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Periferik vazodilatorlar. Bosh miya qon aylanishini yaxshilovchi vositalar.

ATX kodi: S04AX07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Vinebral bosh miyaning metabolik ehtiyojlarga, miya qon oqimini moslashuviga yordam berib, miya tomirlariga selektiv tomirlarni boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Vinebral bosh miyaning metabolizmini glyukozaning oksidlanishini kuchayishi hisobiga, shu orqali energiyaning hosil bo‘lishini oshirib va organizmning umumiy faolligini oshishiga yordam berib yaxshilaydi. Vinebral gipoksiya holatida bo‘lgan neyronlarning kislorod bilan ta‘minlanishini oshiradi, miya qon aylanishini me‘yorlashtiradi. Aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi. Venibralni pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiradi, buyraklar va jigarga biologik, gematologik toksiklikka va nojo‘ya ta‘sirlarga ega emas.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi, yarim chiqarilish davri 60-80 min. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish 64% tashkil qiladi. Vinebral jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi, faqat 4-6% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Bosh miyaning metabolik ehtiyojlar me‘yorlashtirish va miya qon aylanishini metabolik ehtiyojlarga moslashtirish uchun, uning faoliyatini boshqarish, yaxshilash va tutib turish uchun. Quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  • xotirani pasayishi;
  • diqqatni jamlashni buzilishi;
  • diabetik angiopatiya;
  • bosh miya tomirlarining aterosklerotik shikastlanishi;
  • kalla suyagi miya jarohatidan va miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlaridan keyingi holat;
  • miya ishemiyasidan keyingi serebral buzilishlar;
  • gipertonik ensefalopatiya;
  • eshitishni va ko‘rishni tomir genozli buzilishlari;
  • fazo va vaqtda orientasiyani buzilishlari.

Qo‘llash usuli va dozalari

  • Vinebral kapsulalari ichga, yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi. Kattalarga ichga 1 kapsuladan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligini shifokor kasallikning kechishiga qarab belgilaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tzimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya, qabziyat, og‘izni qurishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: AB ni pasayishi, taxikardiya.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Bosh miyani usmasi;
  • homiladorlik va laktasiya;
  • vinkomisin va preparatning boshqa komponentlariga ma‘lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vinebral itrakonazol va vinkristin bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘tkir limfoblast leykomiyali bolalarda va kattalarda neyrotoksiklikni kuchayishi mumikn. Vinebral gipotenziv vositalar va antoagregantlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Xinupristin/dalfopristin bilan majmua CYP3A4 izofermenti ingibitori kabi ta‘sir qiladi va bir vaqtda qo‘llanganida vinkomisinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tavsiya qilingan dozalarni oshirmaslik kerak. AG va yurak faoliyatining buzilishi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Q-T oraliqni uzayishida va gipokaliemiyada qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Vinebral avtomobilni haydash va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligiga talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sekin ajralib chiqariladigan qattiq jelatin kapsulalar.

10 kapsula blisterda.

2 blister ilova-varaqasi bilan birga karton o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

VINEBRAL narxlari

VINEBRAL barcha rasmlari

Barcha rasmlar

VINEBRAL savollari

VINEBRAL fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil