Ташкент
logo
SavatKirish

ZARSIO

ZARSIO chiqarish shakllari

- ZARSIO qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ZARSIOning tarkibi
- ZARSIO ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ZARSIO narxi Toshkent dorixonalarida

ZARSIO qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Avstriya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZARSIO®

ZARSIO

 

Preparatning savdo nomi: Zarsio®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): filgrastim

Dori shakli: in‘eksiyalar va infuziyalar uchun eritma

Tarkibi:

0,5 ml (1 shpris) eritma quyidagilarini saqlaydi:

faol modda: 0,30 mg (30 mln. TB) yoki 0,48 mg (48 mln. TB) filgrastim*;

yordamchi moddalar: glyutamin kislotasi, sorbitol, polisorbat 80, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

*Rekombinant filgrastim rN 4,4 5% hajm /vazn sorbitolda 1,5 – 2,5 mg/ml rch7-KSF, 10 mM glyutamin kislota saqlovchi YeR2006 balk eritma sifatida ishlab chiqariladi.

Rekombinant DNK texnologiya usuli bilan E. coli shtammi ishlab chiqaradigan rekombinant odam granulositar koloniestimulyasiya qiluvchi omil (rchG-KSF).

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Immunomodulyator. Koloniestimulyasiya qiluvchi omillar. Filgrastim.

ATX kodi: L03A A02.

Fprmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Zarsio biosimilyar dori vositasi hisoblanadi.

Rekombinant odam granulositar koloniestimulyasiya qiluvchi omil (rchG-KSF) suyak ko‘migidan periferik qonga neytrofillarning ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishini boshqaradi. Zarsioni qo‘llash tomir xavzasida 24 soat davomida neytrofillar sonini ahamiyatli oshishi, shuningdek monositlar sonini biroz oshishi bilan birga kechadi. Alohida hollarda shuningdek eozinofillar va bazofillarning sonini ham oshishi aniqlanadi, lekin pasientlarning bir qismida eozinofiliya va bazofiliya davolash boshlangunga qadar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan dozalar diapazonida Zarsio qo‘llanganida neytrofillar sonini oshishi dozaga bog‘liq xarakterga ega. Ajralib chiqayotgan neytrofillar normal yoki yuqori funksional faollikka ega, bu xemotaksis va fagasitoz testlari o‘tkazilganida  tasdiqlanadi. Davolash tugaganida periferik qondagi neytrofillarning soni 1-2 kun davomida 50% ga kamayadi va keyingi 1-7 kunlar davomida normal qiymatlariga qaytadi.

Sitotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarda Zarsioni qo‘llash, neytropeniya va febril neytropeniyaning tez-tezligi, yaqqolligi va davomiyligini ahamiyatli pasayishi bilan birga kechadi va faqat sitotoksik ximioterapiyani olayotgan pasientlar bilan solishtirganda, antibiotiklarni pastroq dozalarda qo‘llash imkoniyatini beradi.

Mieloleykozni induksion ximioterapiyasi yoki mieloablativ terapiyadan so‘ng suyak ko‘migini transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda stasionar davolashni zarurati va davomiyligini pasaytiradi. Mieloablativ terapiyadan so‘ng suyak ko‘migini transplantasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda tana haroratini oshishining tez-tezligi pasayganligi kuzatilgan.

Zarsioni monoterapiya sifatida ham, ximioterapiyadan keyin ham qo‘llash, periferik qon oqimiga gemopoetik o‘zak xujayralarni chiqishiga jalb etadi. Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) autologik yoki allogen transplantasiyasi sitostatiklarning yuqori dozalari bilan davolashdan keyin yoki suyak ko‘migini transplantasiyasi o‘rniga, yoki unga qo‘shimcha sifatida o‘tkaziladi.

Filgrastim bilan ishlab chiqarilishini jalb etilgan allogen QPO‘X pasientlarda, ahamiyatli tezroq gematologik tiklanish kuzatilgan, bu suyak ko‘migining allogen transplantasiyasi bilan solishtirganda trombositlarning tutib turilmaydigan tiklanishiga ketadigan vaqtni ahamiyatli kamayishiga olib keladi.

O‘tkir leykemiyasi bo‘lgan pasientlarda suyak ko‘migini allogen transplantasiyasidan keyin rchG-KSF ishlatishni baholash maqsadida o‘tkazilgan Yevropa tadqiqoti vaqtida, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasining, rchG-KSF yuborilganida transplantasiya bilan bog‘liq o‘lim (TBO‘) xavfini oshishi aniqlangan. O‘tkir va surunkali mielogen leykozlari bo‘lgan pasientlardagi alohida retrospektiv xalqaro tadqiqot vaqtida, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini, TBO‘ va o‘lim hollarining rivojlanishi xavfiga ta‘siri kuzatilmagan. Allogen transplantasiyalari yuzasidan o‘tkazilgan to‘qqiz prospektiv randomizasiyalangan tadqiqotlar, sakkiz retrospektiv tadqiqotlar va bir nazoratli tadqiqot yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan meta-tahlil natijalari “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini, surunkali “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini yoki davolash bilan bog‘liq bo‘lgan erta o‘lim rivojlanishi xavfiga ta‘siri aniqlanmagan.

Xavflar nisbati (95% II “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasi va TBO‘)

Suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin rchG-KSF davolashdan keyin

Puplikasiyalar

 

Tadqiqot davri N “Transplantat xo‘jayinga

qarshi” II-IV

o‘tkir bosqichi

Surunkali

“transplantat xo‘jayinga

qarshi”reaksiyasi

TBO‘
Meta-Tahlil

(2003)

 

1986-2001Ra

 

1198

1,08

(0,87, 1,33)

1,02 (0,82, 1,26) 0,70

(0,38, 1,31)

Yevropa retro-

spektiv tadqiqot

(2004)

 

1992-2002Rb

 

 

1789

1,33

(1,08, 1,64)

1,29 (1,02, 1,61) 1,73

(1,30, 2,32)

Xalqaro ret-

rospektiv

tadqiqot

(2006)

 

2000-2002Rb

 

 

 

2110

1,11

(0,86, 1,42)

1,10 (0,86, 1,39) 1,26

(0,95, 1,67)

a Tahlil bu davr vaqtida suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyingi pasientlar ishtirokidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi; alohida tadqiqotlar vaqtida rchG-KSF ishlatilgan.

b Bu davr davomida suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlar tahlili.

QPO‘X allogen transplantasiyasi oldidan sog‘lom donorlarda QPO‘X ga jalb etish xususiyati uchun Zarsioni qo‘llash.

Sog‘lom donorlarga 4-5 ketma-ket kunlar davomida buyurilgan sutkada 1 mln. TB/kg (sutkada 1 mkg/kg) doza, ko‘pchilik pasientlarda ikki leykoferezdan keyin resipient tana vaznidan ≥ 4 x 106 CD34 + xujayra/kg yig‘ish imkoniyatini beradi.

OTN (og‘ir tug‘ma, periodik va ideopatik neytropeniya) bo‘lgan kattalar va bolalarda Zarsioni qo‘llash, periferik qonda faol neytrofillar sonini turg‘un oshishini va infeksion va boshqa asortalir tez-tezligini pasayishini rag‘batlantiradi.

OITV bilan infeksiyalangan pasientlarda Zarsioni qo‘llash neytrofillar sonini normal qiymatlar chegarasida tutib turadi, bu antiretravirusli va mielosupressiv dori vositalarining dozalashni kerakli tartibiga rioya qilish imkoniyatini beradi. Zarsio qo‘llanganida OITV replikasiyasi oshishining belgilari aniqlanmagan.

Gemopoezning rag‘batlantirilishini boshqa omillari kabi, in vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlarda rchG-KSF spesifik reseptorlarga ega bo‘lganligi tufayli endoteliy xujayralarini rag‘batlantirish qobiliyatiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

 

Farmakokinetikasi

Sog‘lom ko‘ngillilarning ishtirokidagi bir martalik va ko‘p martalik dozalarni randomizasiyalangan, kesishgan, ikki tomonlama yashirin tadqiqotlar, Zarsioning farmakokinetik xususiyatlari teri ostiga va vena ichiga yuborilganidan keyin original dori vositasining profili bilan o‘xshash.

So‘rilishi

0,5 mln. TB/kg (5 mkg/kg) bir marta teri ostiga yuborilganidan keyin, qondagi filgrastimning maksimal konsentrasiyasiga tmax 4,5±0,9 soatdan keyin erishiladi (o‘rtacha qiymat ± SD)

Taqsimlanishi

Qondagi taqsimlanish hajmi taxminan 150 ml/kg. Tavsiya etilgan dozalarda teri ostiga va vena ichiga yuborilganida qon plazmasidagi filgrastimning konsentrasiyasi 10 ng/ml dan yuqorida 8-16 soat davomida saqlanadi. Vena ichiga yoki teri ostiga yuborilganidan filgrastimning yuborilgan dozasi va qon plazmasidagi uning konsentrasiyasi orasida proporsional aloqa aniqlangan.

Chiqarilishi

Bir marta teri ostiga yuborilganidan keyin filgrastimning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 2,7 soatdan (1,0 mln. TB/kg yoki 10 mkg/kg) 5,7 soatgachani (0,25 mln. TB/kg yoki
2,5 mkg/kg) tashkil qiladi, 7 kun qo‘llanganidan keyin 8,5-14 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

  • xavfli o‘sma (surunkali mieloleykoz va mielodisplastik sindromlardan tashqari) tufayli sitotoksik ximioterapiya olayotgan pasientlarda neytropeniya davomiyligini yoki febril neytropeniya paydo bo‘lishi tez-tezligini qisqaritish uchun, shuningdek keyingi suyak ko‘migini trasnplantasiyasi bilan mieloblastiv terapiya olayotgan pasientlarda neytropeniya davomiyligini qisqartirish uchun

Zarsioning samaradorligi va xavfsizligi bolalar va kattalarda sitotoksik ximioterapiya o‘tkazilganda bir xil namoyon bo‘ladi.

  • periferik o‘zak xujayralarni (QPO‘X) rivojlanishini jalb etish.
  • neytrofil granulositlar miqdorini oshirishga qaratilgan davomli davolashda, og‘ir tug‘ma, periodik yoki ideopatik neytropeniyasi (neytrofil granulositlarning mutloq soni 0,5 x 109/l va kam) va anamnezida og‘ir yoki qaytalanuvchi infeksiyalari bo‘lgan bolalar va kattalarda infeksion asoratlar kelib chiqishini tez-tezligi va davomiyligini qisqartirish uchun.
  • OITV-infeksiyasining yoyilgan bosqichi bo‘lgan doimiy davom etuvchi neytropeniyasi (neytrofillarning mutloq soni 1 x 109/l va kam) bo‘lgan bemorlarda, neytropeniyaning nazorati bo‘yicha boshqa choralar yetarli bo‘lmaganida, bakterial infeksiyalarning xavfini pasaytirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Zarsio bilan davolash onkologiya-gematologiya markazi mutaxassislari bilan xamkorlikda o‘tkazilishi kerak, ular kerakli diagnostik imkoniyatlar bo‘lganida, granulositar koloniestimulyasiya qiluvchi omilni qo‘llash tajribasiga ega bo‘ladilar.

Ishlab chiqarilishini jalb etish va aferez muolajasi, bu soxada kerakli tajribaga va gemopoezning o‘tmishdosh-xujayralarini kerakli monitoringi imkoniyatiga ega bo‘lgan onkologiya-gematologiya markazi mutaxassislari bilan xamkorlikda o‘tkazilishi kerak

Sitotoksik ximioterapiya

Zarsioning tavsiya etiladigan sutkalik dozasi sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) ni tashkil qiladi. Preparatning birinchi dozasini sitotoksik ximioterapiya kursidan keyin kamida 24 soat o‘tgach yuborish kerak.

Zarsio har kuni qonning klinik tahlilida neytrofillarning umumiy soni kutilayotgan nadirdan oshib, normal qiymatlarga yetmagunicha yuboriladi. Solid o‘smalar, limfoma va limfoleykoz bo‘yicha sitotoksik ximioterapiyadan keyin ko‘rsatilga qiymatlarga erishishgacha davolash 14 kungachani tashkil qiladi. O‘tkir mieloid leykozni induksion va konsalidasion davolashdan keyin davolash muddatlari ahamiyatli oshishi (38 kungacha) va qo‘llanayotgan sitotoksik ximioterapiyaning turi, dozasi va sxemasiga qarab belgilanadi.

Sitotoksik ximioterapiyani olayotgan pasientlarda, neytrofillar sonini o‘tkinchi oshishi odatda Zarsio bilan davolash boshlanganidan keyin 1-2 kun o‘tgach kuzatiladi. Shunga qaramasdan, turg‘un terapevtik samaraga erishish uchun Zarsio bilan davolashni neytrofillar soni kutilayotgan nadirdan oshib, normal qiymatlarga yetmagunicha davom ettirish kerak. Zarsio bilan davolashni neytrofillarning soni nadirdan o‘tmagunicha muddatidan oldin bekor qilish tavsiya etilmaydi.

Yuborish usuli: Zarsio teri ostiga in‘eksiyalar ko‘rinishida sutkada 1 marta yoki oldindan 5% li glyukoza eritmasida suyultirib sutkada 1 marta 30 minut davomidagi vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Bir martalik doza vena ichiga yuborilganida Zarsioning samarasini davomiyligi qisqarishi mumkin. Bu ma‘lumotlarning klinik ahamiyati Zarsioning ko‘p martalik dozalarini qo‘llashga nisbatan aniqlanmagan. Yuborish usulini tanlash konkret klinik vaziyatning xususiyatlariga bog‘liq va har bir pasient uchun shaxsiy ravishda belgilanadi. Randomizasiya qilingan tadqiqotlar vaqtida sutkada 23 mln. TB/kg (sutkada 230 mkg/m2) (sutkada 4,0-8,4 mkg/kg)  dozada teri ostiga in‘eksiyalar qo‘llangan.

Keyingi suyak ko‘migini transplantasiyasi bilan mieloblastiv davolanayotgan pasientlar: Zarsioning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 1 mln. TB/kg ni (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. Zarsioning birinchi dozasini sitotoksik ximioterapiya yuborilganidan keyin kamida 24 soat o‘tgach, va suyak ko‘migi transplantasiyasidan keyin 24 soatdan kech bo‘lmasdan yuborish kerak.

Dozaga tuzatish kiritish: neytrofillirning soni maksimal pasayganidan keyin (nadir) Zarsioning sutkalik dozasiga neytrofillarning sonini o‘zgarishiga qarab quyidagi tarzda tuzatish kiritish kerak:

Neytrofillarning mutloq soni (NMS) Zarsioning dozasiga tuzatish kiritish
Ketma-ket 3 kun davomida NMS >1x109/l Dozani sutkada 0,5 mln. TB/kg gacha (sutkada 5 mkg/kg) pasaytirish
So‘ngra agar keyingi ketma-ket 3 kun davomida NMS >1x109/l bo‘lsa Zarsio bekor qilinadi
Agar davolash vaqtida NMS <1x109/l gacha pasaysa, Zarsioning dozasi yana yuqorida keltirilgan sxemaga muvofiq oshiriladi

Qo‘llash usuli: Zarsio 30 minut davomidagi qisqa vena ichiga infuziya yoki 24 soat davomidagi davomli teri ostiga yoki vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Zarsioni 20 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultirish kerak.

Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) ishlab chiqarilishini jalb etish

Keyingi QPO‘X ni autologik transplantasiyasi bilan mielosupressiv yoki mieloblastiv davolanayotgan pasientlar

QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun monoterapiya sifatida Zarsio qo‘llanganida tavsiya etiladigan doza ketma-ket 5-7 kunlar davomida sutkada 1 mln. TB/kg (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. 5-nchi va 6-nchi kunlari 1-2 seans leykaferez o‘tkaziladi. Ayrim hollarda qo‘shimcha 1 seans leykaferez o‘tkaziladi. Leykafarez yakunlangunicha Zarsioning dozasini o‘zgartirish mumkin emas.

Mielosupressiv ximioterapiyadan keyin QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) har kuni, ximioterapiya kursi yakunlanganidan keyingi birinchi kundan boshlab, to neytrofillarning soni kutilgan nadirdan o‘tmagunicha va normaga yetmagunicha. Leykaferezni NMS <0,5 x 109/l dan > 5 x 109/l gacha oshgunicha davr davomida o‘tkazish kerak.  Jadal ximioterapiya olmayotgan pasientlarda 1 seans leykaferez o‘tkaziladi. Alohida hollarda leykaferezning qo‘shimcha seanslarini o‘tkazish tavsiya etiladi.

QPO‘X ni allogen transplantasiyasi oldidan sog‘lom donorlar

Sog‘lom donorlarda QPO‘X ni allogen transplantasiyasi oldidan QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi teri ostiga ketma-ket 4-5 kun davomida sutkada 1 mln. TB/kg ni (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. Leykaferez 5-nchi kundan boshlab o‘tkaziladi va zarurati bo‘lganida resipientning tana vazniga 4x106 CD34+ xujayra/kg olish maqsadida 6-nchi kungacha davom ettiriladi.

Yuborish usuli: Keyingi QPO‘X ni allogen transplantasiyasi bilan mielosupressiv yoki mieloablativ davolash o‘tkazilayotgan pasientlarda QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi shuningdek 24 soat davomidagi davomli teri ostiga infuziya yoki ketma-ket 5-7 kun davomida bir har kunlik teri ostiga in‘eksiya ko‘rinishida xam yuborilishi mumkin.

Zarsio 20 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultiriladi.

Og‘ir surunkali neytropeniya (OSN)

Yuborish usuli: Zarsio teri ostiga in‘eksiyalar ko‘rinishida yuboriladi.

Tug‘ma neytropeniya

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 1,2 mln. TB/kg (sutkada 12 mkg/kg) bir marta yoki bo‘lingan dozalarda.

Ideopatik va periodik neytropeniya

Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) bir marta yoki bo‘lingan dozalarda.

Zarsio dozasini tanlash

Zarsio har kuni neytrofillar miqdorini ko‘rsatgichi 1,5 x 109/l ga yetgunicha va turg‘un oshgunicha har kuni yuboriladi. Terapevtik samaraga erishilgandan keyin bu darajani tutib turish uchun minimal samarali doza aniqlanadi. Neytrofillarning kerakli miqdorini tutib turish uchun Zarsioni har kuni davomli yuborish talab etiladi.

Davolashni 1-2 haftasidan keyin davolashning samaradorligiga qarab dozani ikki marta oshirish yoki yarmiga kamaytirish mumkin. Keyinchalik har 1-2 haftada neytrofillaring o‘rtacha miqdorini 1,5 x 109/l dan 10 x 109/l gacha doirasida tutib turish uchun dozaga shaxsiy ravishda tuzatish kiritish o‘tkaziladi. Og‘ir infeksiyalari bo‘lgan pasientlarda doza tezroq oshiriladigan sxemani qo‘llash mumkin. Davolashga ijobiy javob bergan 97% pasientlarda, to‘liq terapevtik samara sutkada 24 mkg/kg gacha dozalar buyurilganida kuzatiladi. OSN bo‘lgan pasientlarda sutkada tana vazniga 2,4 mln. TB/kg dan (sutkada
24 mkg/kg) ko‘proq dozalarda buyurilganida Zarsioning uzoq muddatli xavfsizligi aniqlanmagan.

OITV-infeksiyasi

Yuborish usuli: Zarsio teri ostiga in‘eksiyalar ko‘rinishida yuboriladi.

Neytrofillarning sonini tiklanishi

Zarsioning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi, neytrofillar soni normallashgunicha (NMS > 2 x 109/l) dozani maksimal sutkada 0,4 mln. TB/kg gacha (sutkada 4 mkg/kg) oshirish bilan sutkada 0,1 mln. TB/kg ni (sutkada 1 mkg/kg) tashkil qiladi. Neytrofillar sonini normallashishi odatda 2 kun o‘tgach yuz beradi.

Kam hollarda (<10% pasientlarda) neytrofillar sonini tiklanishi uchun Zarsioning dozasi sutkada 1 mln. TB/kg gacha (sutkada 10 mkg/kg) oshirilishi mumkin.

Neytrfillarning normal sonini tutib turish

Reversiv neytropeniyaga erishilgandan keyin, neytrofillarning normal sonini tutib turish uchun minimal samarali doza aniqlanishi kerak. Dozalashni sutkada 30 mln. TB/kg dan (sutkada 300 mkg/kg) navbatlash uchun dozaga boshlang‘ich tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Keyin dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin, u neytrofillar miqdorini > 2x109/l da tutib turish uchun, pasientning NMS bo‘yicha aniqlanadi. Klinik tadqiqotlarda, haftaning 1-7 kunlarida sutkada 30 mln.TB/kg (sutkada 300 mkg/kg) dozalash NMS >2x109/l tutib turish uchun talab etilgan, doza haftada 3 kun o‘rtacha tez-tezlikda yuboriladi.

Davomli yuborish NMS > 2x109/l da tutib turishni talab qilishi mumkin.

 

Alohida guruh pasientlar

Buyraklar/jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar

Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki ularning farmakokinetik va farmakodinamik ko‘rsatgichlari sog‘lom ko‘ngilliklardagilar bilan o‘xshash.

OTN va xavfli o‘smalari bo‘lgan bolalar

OTN sinovida o‘rganilgan 65% pasientlar 18 yoshgacha bo‘lganlar. Bu yosh guruhi uchun davolashning samaradorligi aniq bo‘lgan, guruh tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarni o‘z ichiga olgan. OTN dan davolangan bolalardagi xavfsizlik profillarida farqlar kuzatilmagan.

Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi sitotoksik ximioterapiyani olayotgan kattalarda ham bolalarda ham bir xil ekanligini ko‘rsatadi.

Bolalar uchun dozalash bo‘yicha tavsiyalar mielosupressiv ximioterapiyani olayotgan kattalardagi kabidir.

Keksa pasientlar

Klinik tadqiqotlardagi keksa yoshdagi pasientlarning soni cheklanganligi tufayli, keksa pasientlarda Zarsioni qo‘llash buyicha alohida tavsiyalar yo‘q. Bu guruh pasientlarida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Yuborishgacha suyultirish

Zarsioni 5% li (50 mg/ml) glyukoza eritmasida suyultirish kerak.

Suyultirish bevosita yuborish oldidan o‘tkaziladi, lekin 0,2 mln. TB/kg (2 mkg/kg) dan kam oxirgi konsentrasiyagacha suyultirish tavsiya etilmaydi.

1,5 mln.TB/kg  kam konsentrasiyaga suyultirishda 2 mg/ml konsentrasiyaga erishilguncha  odam zardob albuminini qo‘shimcha qo‘shish kerak. Masalan: 20 ml eritma hajm i va 30 mln. TB/kg dan (300 mkg) kam Zarsioning umumiy dozasiga erishish uchun qo‘shimcha 0,2 ml 20% li odam zardobi albuminini (200 mg/ml, Yevropa Farmakopeyasi) qo‘shish kerak.

Zarsio 5% li (50 mg/ml) glyukoza eritmasida suyultirilganida shisha va turli platmassalar bilan, shu jumladan polivinilxlorid, poliolefin (polipropilen va polietilenning sopolimeri) va polipropilen, mutanosib.

Zarsioni natriy xloridi erimasi va,  5% li glyukoza eritmasidan tashqari, boshqa dori vositalari bilan suyultirish mumkin emas.

Ignani oldindan ximoyalovchisi bilan oldindan to‘ldirilgan shprisni ishlatish

Ignani oldindan himoyalovchisi in‘eksiyadan keyin, igna bilan shikastlanishni oldini olish uchun, ignani o‘rab oladi. Bu shprisni normal ishlashiga ta‘sir qilmaydi. Xamma doza yuborilmaguncha va porshenni keyinga surish mumkin bo‘lmagunicha porshenga sekin va birtekis bosing. Porshenga bosimni saqlab, pasientdan shprisni oling. Porshen bo‘shashganida, ignani oldindan ximoya qiluvchisi ignani yopadi.

Har bir shpris faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan va ochilganidan keyin darhol ishlatilishi kerak. Agar eritma darhol ishlatilmagan xolda, foydalanuvchi saqlash davomiyligi va sharoitiga javobgar bo‘ladi.

Saqlash va ambulator qo‘llash davrida pasient Zarsioni sovutgichdan chiqarib olishi va xona xaroratida (25oS dan yuqori bo‘lmagan) 72 soatgacha saqlashi mumkin. 72 soat o‘tgach Zarsioni qo‘llash yoki sovutgichda saqlash mumkin emas, uni utilizasiya qilish kerak.

Utilizasiya va boshqacha ishlov berishdaga ehtiyotkorlikning alohida choralari

Zarsio va/yoki uning chiqindilari maxalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilinishi kerak.

Ishlatish oldidan eritmani vizual tekshirish kerak. Faqat yot zarrachalari bo‘lmagan tiniq eritmalar ishlatilishi kerak. Manfiy xaroratlarning tasodifiy ta‘siri Zarsioning turg‘unligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Zarsio konservantlar saqlamaydi. Mikrobli kontaminasiyaning mumkin bo‘lgan xavfi tufayli, Zarsio shprislari faqat bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Xavfsizlik profilini xulosasi

Onkologik bemorlardagi klinik tadqiqotlar vaqtida eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari orasida, 10% pasientlarda kuchsiz va o‘rtacha va 3% kuchli mushak-skelet og‘rig‘i qayd etilgan.

Shuningdek “transplantat xo‘jayinga qarshi” (GvHD) reaksiya qayd etilgan.

Sog‘lom donorlarda QPO‘X eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari orasida mushak-skelet og‘rig‘i qayd etilgan. Zarsio qo‘llanganidan keyin donorlarda leykositoz va trombositopeniya, shuningdek leykaferez aniqlangan. Shuningdek  splenomegaliya va taloqning spontan yorilish hollari ham qayd etilgan. Taloqning spontan yorilishini bir necha hollari o‘lim bilan yakunlangan.

OTN bo‘lgan pasientlar orasida, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlardan suyak og‘rig‘i, umumiy mushak-skelet og‘rig‘i va splenomegaliya aniqlangan. Mielodisplastik sindromlar (MDS) yoki leykoz tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan, Zarsio qabul qilgan pasientlarda rivojlangan.

Kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligi sindromi rivojlanishi haqida ko‘p bo‘lmagan xabarlar tushgan, sitotoksik ximioterapiyani olgan, xavfli o‘smalari bo‘lgan pasientlarda talab etilgan davolash kech buyurilganida (≥1/1000 dan <1/100 gacha), shuningdek rchG-KSF yuborilganidan keyin periferik qondagi o‘tmishdosh-xujayralarning ishlab chiqarilishini jalb etishini o‘tayotgan sog‘lom donorlarda ham, u hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

OITV infeksiyasi bo‘lgan pasientlarda klinik tadqiqotlar vaqtida, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari orasida, mushak-skelet og‘rig‘i, suyak og‘rig‘i va mushaklarda og‘riq aniqlangan.

Quyidagi ma‘lumotlar klinik tadqiqotlar vaqtida va spontan xabarlar yo‘li bilan qayd etilgan nojo‘ya ta‘sirlarni ta‘riflaydi. Har bir guruhda nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi jiddiyligining pasayishi tartibida berilgan. Ma‘lumotlar bu guruh pasientlaridagi nojo‘ya ta‘sirlarning turli profilini aks ettirib, xavfli o‘smalari bo‘lgan pasientlar, QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etilishidagi sog‘lom donorlarda, OITV va OTN bo‘lgan pasientlar uchun alohida berilgan.

Onkologik pasientlar

Juda tez-tez (>1/10)

  • qonda siydik kislotasining miqdorini oshishi, qon laktatida degidrogenaza miqdorini oshishi, ishtahani pasayishia
  • bosh og‘rig‘ia
  • og‘iz-xalqumda og‘riqa, yo‘tala, dispioe
  • diareyaa
  • qusisha, qabziyata, ko‘ngil aynishia
  • gamma-glyutamiltransferazani oshishi, qonda ishqoriy fosfataza darajasini oshishi
  • toshma3
  • alopesiya
  • mushak-skelet og‘rig‘ia
  • asteniya, charchoqlika
  • shilliq qavatni yallig‘lanishia

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

  • dori vositasiga yuqori sezuvchanlika
  • gipotenziya
  • qon tupurisha
  • dizuriya
  • ko‘krakda og‘riqa

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)

  • taloqni yorilishia
  • splenomegaliyaa,e
  • o‘roqsimon xujayralar krizisi3
  • “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasib
  • soxta podagra3
  • venooklyuzion kasalligid
  • suyuqlik almashinuvini buzilishi
  • kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi sindromia
  • o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromia
  • nafasni buzilishia
  • o‘pkalarning shishia
  • o‘pkalarning interstisial kasalligia
  • o‘pkalarning infiltrasiyasia
  • o‘pkadan qon ketishia
  • Svit sindromi
  • teri vaskulitia
  • revmatoid artritni zo‘rayishi
  • siydik chiqarilishini buzilishi
  • og‘riqa

aQuyiga qarang

bSuyak ko‘migini allogen transplantasiyasidan keyin pasientlarda GvHD va o‘lim hollari haqida hisobotlar tushgan (s bo‘limga qarang)

sSuyak og‘rig‘i, belda, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, mushak-skelet og‘rig‘i, ko‘krakda skelet-mushak og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i

Bu dHolatlar suyak ko‘migining transplantasiyasini yoki periferik qonning o‘tmishdosh-xujayralarining ishlab chiqarilishini jalb etishini o‘tkazgan pasientlardagi post-marketing tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan.

Bu eHolatlar klinik sinovlar sharoitlarida kuzatilgan.

Sog‘lom donorlarda QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etilishidagi klinik tadqiqotlar vaqtidagi nojo‘ya ta‘sirlari

Juda tez-tez (>1/10)

  • trombositopeniyaa
  • leykositoza
  • bosh og‘rig‘i
  • mushak-skelet og‘rig‘i*

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

ZARSIO barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

ZARSIO savollari

ZARSIO fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil