Apteka.uz
SavatKirish

ZUMM-25

ZUMM-25 chiqarilish shakllari

ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
Retseptli
ZUMM 25 inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO, Gruziya proizvedeno: Rompharm Ilas San. Ve Tic. Ltd. Sti.
ZUMM 25 granuli 25mg N10
Retseptsiz
ZUMM 25 granuli 25mg N10
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
- ZUMM-25 qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ZUMM-25ning tarkibi
- ZUMM-25 ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ZUMM-25 narxi Toshkent dorixonalarida

ZUMM-25 haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

dyekskyetoprofyen trometamoli yoki preparatning boshqa komponentlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik);
atsetilsalitsil kislotasi (aspirin) yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarga allergiya;
aspirin yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarni qabul qilgandan soʻng Siz astma xurujlari, oʻtkir allergik rinit (qisqa vaqt mobaynida burun shilliq qavatini yalligʻlanishi), burun poliplari (allergiya natijasidagi burunni shishi), eshakemi (teri toshmasi), angionevrotik shish (yuz, koʻzlar, lablar yoki tilni shishi yoki nafas olishni buzilishi) yoki koʻkrak qafasidagi xirillashlar;
agar kyetoprofyen (nosteroid yalligʻlanishga qarshi vosita) yoki fibratlarni (qonda yogʻlarning konsentratsiyasini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan preparatlar) qoʻllash vaqtida fotoallergik yoki fototoksik reaksiyalar kuzatilgan boʻlsa (terini qizarishini maxsus shakli va/yoki quyosh nuri taʼsirida pufaklarni paydo boʻlishi);
agar Siz yarali kasallik, meʼda yoki ichakdan qon ketishi yoki ovqatni hazm qilishning surunkali muammolari (masalan, hazm boʻlmaslik (dispepsiya), jigʻildon qaynashi) bilan kasallangan boʻlsangiz yoki ilgari ushbu kasallik bilan ogʻrigan boʻlsangiz;
nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarni (NYAQV) ogʻriqni qoldiruvchi vosita maqsadida qoʻllashda Sizda meʼda yoki ichakdan qon ketishi rivojlangan boʻlsa;
agar Siz ichakning yalligʻlanish tabiatiga ega surunkali kasallik (Kron kasalligi yoki nospetsifik yarali kolit) bilan aziyat cheksangiz;
agar Sizda yaqqol yurak yetishmovchiligi, buyrak funksiyasining oʻrta yoki ogʻir darajadagi buzilishlari boʻlsa;
agar Sizda koʻp qon ketishi yoki qonni ivishi tizimi tomonidan buzilishlar boʻlsa;
agar Siz qusish, diareya yoki organizmga suyuqlikni kam tushishi oqibatidagi kuchli suvsizlanishni sezsangiz;
homiladorlikning uchinchi uch oyligi yoki emizish davri;
18 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Deksketoprofen trometamoli – propion kislotasining trometamin tuzini (S)-(+)-2-(3-benzoilfenil) dan iborat. Bu nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar va revmatizmga qarshi vositalar guruhiga mansub boʻlib, ogʻriqni qoldiruvchi, yalligʻlanishga qarshi, isitmani tushiruvchi dori preparati boʻlib hisoblanadi.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalarning taʼsiri siklooksigenazani susaytirish hisobiga prostaglandinlar sintezini kamaytirishga asoslanadi. Xususan, NYAQV araxidon kislotasining prostaglandinlar, prostatsiklin va tromboksanlar hosil boʻladigan siklik endoperoksidlarga aylanishini ingibitsiya qiladi.

Farmakokinetikasi

Deksketoprofen trometamoli peroral qoʻllanganidan keyin Smax oʻrtacha 30 minut (15-60 min) oʻtgach erishiladi. Bir vaqtda ovqatni qabul qilish preparatning soʻrilishini sekinlashtiradi. Deksketoprofen trometamol uchun qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bogʻlanishi (99%) xarakterli. Yarim taqsimlanish xajmi taxminan 0,35 soatga teng. Deksketoprofenni asosiy chiqarilish yoʻli uni glyukuron kislotasi bilan konyugatsiyasi va keyinchalik buyrak orqali chiqarilishi xisoblanadi. Deksketoprofen trometamolning T1/2 1,65 soatni tashkil qiladi. Keksa yoshdan shaxslarda T1/2 ning, taxminan 48% gacha uzayishi va preparatning umumiy klirensini pasayishi kuzatiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat dozasi oshirib yuborilganda zudlik bilan shifokor, farmatsevt yoki yaqindagi kasalxona qabulxonasiga murojaat qilish kerak. Oʻzingiz bilan ushbu preparatni oʻramini yoki shu tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomasini olishni esingizdan chiqarmang. Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Keyingi dozani buyurilgan vaqtda qabul qiling.

Agar sizda preparatni qoʻllash boʻyicha savollar paydo boʻlsa shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Maxsus ko‘rsatmalari

Zumm-25 preparatni alohida ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi:- agar Siz allergiya bilan kasallangan boʻlsangiz yoki allergiya boʻlsangiz;

agar Siz buyrak, jigar, yurak kasalliklari bilan (arterial gipertoniya va/yoki yurak yetishmovchiligi), organizmda suyuqlikni tutilishi bilan aziyat cheksangiz yoki aziyat chekayotgan boʻlsangiz;
agar Siz siydik xaydovchi vositalarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, Sizda suvsizlanish va suyuqlikni yoʻqolishi natijasida qon xajmini kamayishi boʻlsa (masalan, siydik chiqarishini oshishi, diareya yoki qusish);
agar Sizda yurak kasalliklari boʻlsa, insult boʻlgangiz yoki ushbu kasalliklar boʻyicha xavf guruhiga kirsangiz (masalan, arterial bosim yuqori boʻlsa, qandli diabetda, xolesterinni miqdori yuqori boʻlishi va chekish). Bunday hollarda davolanish boʻyicha shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish lozim. Zumm-25 preparatiga oʻxshash vositalar yurak xurujlarining (miokard infarkti) yoki insult xavfini bir necha marta oshirish qobiliyatiga ega. Har qanday asoratlarning xavfi dozani oshirish va davolashning davomiyligini oshiradi. Tavsiya etilgan dozadan va davolash davomiyligidan oshirmang;
agar Siz keksa yoshli boʻlsangiz. Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qilish lozim;
fertillikni buzilishi bilan aziyat kechuvchi ayol boʻlsangiz (Zumm-25 preparatini qoʻllash fonida fertillik pasayishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirishda va muvofiq tekshiruvlarni oʻtkazishda qoʻllash tavsiya etilmaydi);
agar Sizda qon yaralishini va qon xujayralarini shakllanishini buzilishi mavjud boʻlsa;
agar Sizda tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi toʻqimaning aralash kasaliklari mavjud boʻlsa (biriktiruvchi toʻqimaning oʻzgarishlari bilan kechadigan immun tizimining buzilishlari);
agar Siz ichakning yalligʻlanish tabiatli surunkali kasalliklari bilan kasallangan boʻlsangiz (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi);
agar Siz meʼda yoki ichakning boshqa kasalliklari bilan aziyat cheksangiz yoki aziyat chekayotgan boʻlsangiz;
agar Siz chin chechak bilan ogʻrigan boʻlsangiz, chunki NYAQV larni oshishi infeksiyani kuchaytirishi mumkin;
agar Siz yara kasalligini yoki qon ketishining rivojlanish xavfini oshiruvchi boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan boʻlsangiz, masalan peroral steroid preparatlar, ayrim antidepressantlar (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari turi), trombotsitlar agregatsiyasiga toʻsqinlik qiluvchi vositalar, (aspirin), yoki antikoagulyantlar (varfarin). Bunday holatda Zumm-25 preparatini qoʻllashni boshlashdan avval, meʼdaga himoya taʼsirni koʻrsatuvchi qoʻshimcha dori vositasini (masalan, mizoprostol yoki meʼda shirasini ishlab chiqarishini bostiruvchi vositalar) buyurishi mumkin boʻlgan shifokor bilan maslahatlashing.
Zumm-25 preparatini ovqat va sharbatlar bilan birga qabul qilish

Oʻtkir ogʻriqlarda preparatning taʼsiri tezroq boshlanishi uchun preparatni och qoringa, yaʼni ovqatdan kamida 15 minut oldin qabul qilish lozim.

Bolalar va oʻsmirlar

Zumm-25 preparatini 18 yoshdan kichik bolalarga qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi

Zumm-25 preparatini homiladorlikning uchinchi uch oyligida va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Har qanday dori vositalarni qabul qilishdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing:

agar Siz homilador boʻlsangiz yoki ehtimol homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz:
Zumm-25 preparati Sizga mumkin emas;

emizish davrida Zumm-25 preparatini qabul qilish mumkin emas. Shifokor bilan maslahatlashing.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Zumm-25 preparatini qabul qilish fonida bosh aylanishi va uyquchanlik kabi nojoʻya taʼsirlarning rivojlanishi tufayli, u transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatadi.

Bosh aylanishi yoki uyquchanlik paydo boʻlganida, ushbu simptomlar bartaraf boʻlguniga qadar transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish mumkin emas. Shifokor bilan maslahatlashing.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Hozirgi vaqtda yoki ilgari boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori preparatlarini qabul qilganligingiz xaqida davolovchi shifokor yoki farmatsevtga xabar berish lozim. Bir biri bilan aralashtirish mumkin boʻlmagan dori vositalari mavjud, yana birgalikda qoʻllanganda dozaga tuzatish kiritish lozim boʻlgan vositalar ham mavjud.

Agar Siz Zumm-25 preparati bilan quyida keltirilgan dori vositalaridan birortasini qabul qilayotgan boʻlsangiz, bu haqida albatta davolovchi shifokor, stomatolog yoki farmatsevtga xabar bering.

Zumm-25 preparati bilan quyidagi dori vositalarini aralashtirish tavsiya etilmaydi:

atsetilsalitsil kislotasi (aspirin), kortikosteroidlar va boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi dori vositalari;
varfarin, geparin va qonni ivishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa vositalar;
kayfiyatni ayrim buzilishlarida qoʻllaniladigan litiy;
revmatoid artrit va oʻsmada qoʻllaniladigan metotreksat;
tutqanoqda qoʻllaniladigan gidantoinlar va fenitoin;
bakterial infeksiyalarni davolash uchun qoʻllaniladigan sulfametoksazol.
Zumm-25 preparati bilan quyidagi dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qoʻllash tavsiya etiladi:

AAF ingibitorlari, siydik xaydovchi vositalar, beta-blokatorlar va yuqori arterial bosimda va yurak kasalliklarida qoʻllaniladigan angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari;
venalar kasalliklari bilan bogʻliq boʻlgan surunkali yaralarda qoʻllaniladigan pentoksifillin va okspentifillin;
virusli infeksiyalarni davolash uchun qoʻllaniladigan zidovudin;
bakterial infeksiyalarni davolash uchun antibiotiklar-aminoglikozidlar;
qandli diabetda qoʻllaniladigan xlorpropamid va glibenklamid.
Quyidagi dori vositalari bilan birgalikda qoʻllanishi yaxshi asoslangan boʻlishi lozim:

bakterial infeksiyalarda qoʻllaniladigan xinolon qatori antibiotiklari (masalan, siprofloksatsin, levofloksatsin);
immun tizimining kasalliklarini davolash uchun va aʼzolarni koʻchirib oʻtkazilishida qoʻllaniladigan siklosporin yoki takrolimus;
streptokinaza va boshqa trombolitik yoki fibrinolitik vositalar, yaʼni qon quyqalarini parchalash uchun qoʻllanadigan vositalar;
podagrada qoʻllaniladigan probenetsid;
surunkali yurak yetishmovchiligida qoʻllaniladigan digoksin;
abortni chaqiruvchi vosita (homiladorlikni toʻxtatish uchun) sifatida qoʻllaniladigan mifepriston;
serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari turi antidepressantlari;
trombotsitlar agregatsiyasini va qon quyqalarini hosil boʻlishini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan antiagregantlar.
Agar Sizda Zumm-25 preparatini boshqa dori vositalari bilan birgalikda qabul qilish toʻgʻrisida savollar paydo boʻlsa shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Zumm-25 preparatini doimo davolovchi shifokorning tavsiyalariga muvofiq qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz shifokorga murojaat qiling.

Zumm-25 ning Siz uchun zarur boʻlgan dozasi ogʻriqning yaqqolligi va davomiyligiga bogʻliq. Paketchalarni kuniga necha marta qabul qilish va qancha muddatga qabul qilish kerakligi haqida shifokoringiz maslahat beradi.

Odatda har 8 soatda 1 paketchadan (25 mg) qabul qilish tavsiya etiladi, biroq sutkada 3 paketchadan oshirish (75 mg) mumkin emas.

Agar patsiyent keksa yoshli boʻlsa yoki buyrak va jigar kasalliklari bilan aziyat cheksa, davolanishni umumiy sutkalik doza 2 paketchadan (50 mg) oshirmaslik lozim.

Keksa yoshdan shaxslarda Zumm-25 preparatini yaxshi oʻzlashtirsa boshlangʻich dozani keyinchalik oddiy patsiyentlarga tavsiya etilgan dozagacha oshirish mumkin (75 mg deksketoprofen).

Agar Siz kuchli ogʻriqlarni sezsangiz va bu ogʻriqni tez bartaraf etishni hohlasangiz preparatni ertalab och qoringa (iloji boricha ovqatdan 15 minut oldin) qabul qiling, chunki bu holatda u tez soʻriladi.

Preparatni toʻgʻri qabul qilish boʻyicha yoʻriqnoma

Paket ichidagisini bir stakan suvda eriting, yaxshi erishi uchun yaxshilab aralashtiring.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ZUMM-25 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

ZUMM-25 haqida savollar

ZUMM-25 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 1.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil