Apteka.uz
SavatKirish

ALDEGIN

ALDEGIN chiqarilish shakllari

ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Deva Holding A.S
•18 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
- ALDEGIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ALDEGINning tarkibi
- ALDEGIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ALDEGIN narxi Toshkent dorixonalarida

ALDEGIN haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Deksketoprofenga, ketoprofen yoki preparatning xar qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Anamnezida aspirin va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan astma, allergik rinit va eshakemi.
Anamnezida tiaprofen kislotasi, fenofibrat yoki kosmetik vositalarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan astma.
Ekssudativ dermatoz, ekzema, shikastlanishni turiga bog'liq bo'lmagan terining jarohatlari, hamda ko'zning shilliq qavati, anus va genitaliy sohasida qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Deksketoprofen nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat hisoblanadi. Og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparatning ta'sir mexanizmi siklooksigenazani susaytirilishi oqibatidagi prostaglandinlar sintezini susaytirilishiga asoslangan. Deksketoprofen SOG-1 va SOG-2 faolligini ingibitsiya qiladi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi
Deksketoprofen mahalliy qo'llanganda teri orqali ahamiyatsiz miqdorda so'riladi. Past tizimli biokiraolishi tufayli, tizimli samarsi kuzatilmaydi.
Taqsimlanishi
Deksketoprofenning yarimparchalanish vaqti 0,35 soatni tashkil qiladi. Boshqa preparatlar kabi plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog'lanadi (99%), deksketoprofenning o'rtacha taqsimlanish xajmi – kamida 0,25 l/kg dan kam.
Biotransformatsiyasi
Deksketoprofen trometamolni qo'llangandan so'ng siydikda faqat S-(+) enantiomer shaklida aniqlanadi. Preparat organizmda to'planmaydi.
Chiqarilishi
Deksketoprofen trometamolning yarim chiqarilish davri 1,65 soatni tashkil qiladi. Preparat asosan glyukuronlanish yo'li bilan hosil bo'lgan metabolitlari ko'rinishida siydik bilan chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Deksketoprofen nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat hisoblanadi. Og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparatning ta'sir mexanizmi siklooksigenazani bostirilishi hisobiga prostaglandinlar sintezini susayishiga asoslanadi. Deksketoprofen SOG-1 va SOG-2 faolligini ingibitsiya qiladi.
Og'riqni qoldiruvchi ta'siri preparatni qabul qilgandan keyin 30 minutdan so'ng yuz beradi, uning davomiyligi 4-6 soatni tashkil qiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Nosteroid yallig'lanishga qaoshi preparatlarning toksik samaralarini rivojlanishni xavfi tufayli, AldeginTM gelni homiladorlik vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Deksketoprofenni ko'krak sutiga o'tishiga tegishli ma'lumotlar yo'q, shuning uchun laktatsiya davrida AldeginTM gelini qo'llash tavsiya etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

AldeginTM geli mahalliy qo'llanganda dozani oshirib yuborilish holatlari kuzatilmagan.
Gelь tasodifan ichga qabul qilinganda, gelьning miqdoriga qarab tizimli samaralari bo'lishi mumkin. Bunday xollarda me'dani yuvish, bir maromda saqlab turuvchi va simptomatik davolashni buyurish lozim.

Maxsus ko‘rsatmalari

Дори препаратларини узоқ муддат маҳаллий қўллаш ўта юқори сезувчанлик кўринишларини ва маҳаллий таъсирланишни чақириши мумкин.
Фотосенсибилизация ёки ўта юқори сезувчанлик ривожланишининг хавфи туфайли, қўллаш вақтида ва даволаш тугаганидан кейин 2 ҳафта давомида қуёш нури ва ультрабинафша нурларни терининг шикастланган соҳаларига тушишидан сақланиш лозим.
Гельни очиқ жарохат соҳаларига, ҳамда терининг сурункали шикастланишлари бўлган сохаларда қўллаш мумкин эмас.
Гельни тор кийимлар ва окклюзион боғлов остида қўллаш мумкин эмас.
Гельни қўйилгандан сўнг қўлни яхшилаб ювиш лозим.
АлдегинТМ гелининг таркбида пропиленгликоль мавжуд, у тери реакцияларини чақириши мумкин.
Гель ишлатилганда тери реакциялари кузатилганда даволашни дарҳол тўхтатиш лозим.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Deksketoprofenni qonga ahamiyatsiz miqdorda o'tishi tufayli, boshqa dori preparatlari va vositalari bilan o'zaro ta'siri kam hollarda kuzatiladi. Deksketoprofenni boshqa NYaQP bilan bir vaqtda qo'llash, nojo'ya samaralarning paydo bo'lishi oshirishi mumkin.

Saqlash sharoitlari

250С дан юқори бўлмаган ҳароратда, оригинал ўрамда ва болалар ололмайдиган жойда сақлансин.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Gelni og'riqli va yallig'langan sohasiga kuniga 2-3 marta surtiladi.
Umumiy sutkalik doza 7,5 mg dan (bu taxminan 14 sm gelga to'g'ri keladi) oshmasligi lozim.
Davolash kursining davomiyligi – 7 kundan ko'p emas.
AldeginTM geli mahalliy qo'llash uchun mo'ljallangan. To'liq so'rilishi uchun gel, yupqa qavat qilib bir xil taqsimlanadi. Gelьni ko'zning shilliq qavatiga tushishidan saqlanish lozim.
Alohida guruh bemorlari bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar.
Buyrak/jigar yetishmovchiligi
Gelь shaklidagi preparatning tizimli nojo'ya samaralarining kamligiga qaramasdan, NYaQP preparatlarining tizimli nojo'ya reaktsiyalari, ularning teri orqali so'rilishi, qo'llangan gelning miqdori, shikastlangan yuzaning maydoni, teri qoplamalari butunligining darajasi, davolashning davomiyligi va okklyuzion bog'lovlarning ishlatilishiga (ovqat xazm qilish tizimi va buyraklarga ta'sir ko'rsatadi) bog'liq. Shu sababli buyraklar va jigar faoliyatini buzilishi bo'lganda extiyotkorlik bilan ishlatish lozim.
Pediatrik patsiyentlar. 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Keksa patsiyentlar. Dozani to'g'rilash talab etilmaydi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ALDEGIN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

ALDEGIN narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
85 300 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
85 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
87 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
87 500 so'm
Bron qilish

ALDEGIN haqida savollar

ALDEGIN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil