Apteka.uz
SavatKirish

SERTOFEN

SERTOFEN chiqarilish shakllari

SERTOFEN gel 60g 1,25%
SERTOFEN gel 60g 1,25%
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•70 ta dorixonada bor
Narxi
49 700 so'm dan
SERTOFEN tabletkalari 25mg N20
Retseptli
SERTOFEN tabletkalari 25mg N20
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•47 ta dorixonada bor
Narxi
26 000 so'm dan
SERTOFEN inyeksiya uchun eritma 50mg/2ml N5
Retseptli
SERTOFEN inyeksiya uchun eritma 50mg/2ml N5
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
•25 ta dorixonada bor
Narxi
72 500 so'm dan
- SERTOFEN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- SERTOFENning tarkibi
- SERTOFEN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- SERTOFEN narxi Toshkent dorixonalarida

SERTOFEN qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Turkiya
Faol modda

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SERTOFEN

SERTOFEN

Preparatning savdo nomi: Sertofen

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksketoprofen

Dori shakli: gel

Tarkibi:

1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 12,5 mg deksketoprofen (deksketoprofen trometamol shaklida);

yordamchi moddalar: karbomer gomopolimer, 96% li etanol, lavanda moyi, mentol, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: lavanda, yalpiz va spirt hidli, kulrang-oq rangli, tiniq bo‘lmagan bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi: Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari.

ATX kodi: M01AE17

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sertofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV) bo‘lib, propion kislotasining hosilasidir. Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi yallig‘lanish, og‘riq va isitmani patogenezida muhim rol o‘ynaydigan prostaglandinlarning biosintezini kamayishi va siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 larning faolligini susayishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Gel shaklida mahalliy qo‘llanganida preparat sekin so‘riladi va organizmda deyarli to‘planmaydi. Biokiraolishligi 5% ni tashkil etadi, bu preparatni mahalliy ta‘sir qilishi va tizimli samaralarini yo‘qligi bilan ifodalanadi.

Sertofen gel mahalliy qo‘llanganida qon plazmasida deksketoprofen maksimal konsentrasiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Preparat 24 soatdan keyin organizmdan butunlay chiqariladi.

Deksketoprofenning 12,5% li geli qo‘llanganidan keyin sinovial suyuqlikda preparatning terapevtik darajasi 2,5% li ketoprofen geli qo‘llanganidan keyin kuzatiladigan darajaga ekvivalent yoki yuqoriligi aniqlangan.

Qo‘llanilishi

Quyidagi kasalliklar va holatlarda yengil va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromini davolash uchun qo‘llanadi:

  • tayanch-harakat apparatining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish, yallig‘lanish-degenerativ va metabolik kasalliklarida (shu jumladan, revmatoid artrit, spondiloartrit, artroz, osteoxondroz);
  • yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklarida (tendovaginit, bursit va boshqalar);
  • yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning posttravmatik yallig‘lanishlarida (paylarni cho‘zilishi, haddan tashqari zo‘riqishi, lat yeyishlar, suyaklarni chiqishlari va boshqalar oqibatida) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sertofen gel sirtga qo‘llanadi. Qo‘llanadigan preparatning miqdori yallig‘lanish jarayoni va og‘riq sindromining yaqqolligiga bog‘liq.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga Sertofen geli sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Sutkalik dozasi 7,5 g dan oshmasligi kerak, bu taxminan 14 sm gel tasmasiga to‘g‘ri keladi. Gel shikastlanmagan teriga qo‘yiladi va butunlay so‘rilib ketgunicha surtiladi. Preparatni okklyuzion bog‘lovlarning ostiga qo‘yishga ruxsat etilmaydi.

Sertofen gel surtilganidan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak.

Shifokorning maslahatisiz preparatni 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha rivojlanish tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda – dermatit (terini qizarishi, qichishishi, shish); uchrash tezligi noma‘lum – fotosensibilizasiya.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (eshakemi, bronxospazm) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • deksketoprofen, asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP ga, yoki preparatning tarkibiga kiruvchi bironta yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida shunday ta‘sir mexanizmiga ega bo‘lgan vositalar (asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQP) ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, astma hurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit, urtikariyalar yoki angionevrotik shish kuzatilgan bo‘lsa;
  • teri qoplamlarining butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sertofen gelini so‘rilishi juda past bo‘lganligi sababli, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilishini baholash qiyin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sertofen gelni faqat shikastlanmagan teriga surtish lozim, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni terining yirik sohalariga uzoq vaqt davomida qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni ko‘z va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Davolanish vaqtida va keyingi ikki hafta davomida bevosita quyosh nurlarining ta‘siridan yoki solyariyga borishdan saqlanish kerak.

Preparat surtilgandan keyin toshma paydo bo‘lganida davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.

Quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremlar, fenofibrat va kimyoviy tuzilishida benzofenon saqlagan boshqa preparatlar parallel ravishda qo‘llanganida kesishgan reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida Sertofen gel ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida deksketoprofenning havfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktasiya davrida Sertofen gelini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Pediatriyada qo‘llanishi

Ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Sertofen avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganida deksketoprofenning tizimli so‘rilishi juda past bo‘ladi.

Chiqarilish shakli

60 g gel alyumin tubada. 1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SERTOFEN preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SERTOFEN narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
50 000 so'm
Bron qilish

SERTOFEN barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

SERTOFEN haqida savollar

SERTOFEN haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil