Har doim Amantadin tabletkalarini Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Shubxangiz paydo bo'lgan holda, ular bilan maslahatlashing.
Amantadin gidroxlorid tabletkalarini ichka qabul qilish kerak.
Tabletkalar suv bilan butunlay yutiladi.
Odatdagi doza quyidagi hollarda o'zgaradi:
Parkinson kassalligini davolashda
• Kattalar: birinchi hafta davomida kuniga 1 ta tabletkadan (100 mg). Keyinchalik Sizning davolovchi shifokoringiz dozani kuniga 2 ta tabletkagacha (200 mg) oshiradi. Ba'zi hollarda kunlik doza 4 ta tabletkagacha (400 mg) oshirilishi mumkin.
• 65 yoshdan katta bemorlar: sutkada 1 martada 1 ta tabletka (100 mg).
O'rab oluvchi temiratkini davolashda
• Doza 14 kun davomida kuniga 2 tadan tabletkani (200 mg) tashkil etadi. Agar og'riq davom etsa, shifokoringiz davolanish kursini yana 14 kunga oshirishi mumkin.
Gripp (gripp A) infektsiyalariga qarshi
• Kattalar: kuniga 1 tabletkadan (100 mg).
• 65 yoshdan katta bemorlar: kuniga 1 tabletkadan (100 mg).
• 10-15 yoshdagi bolalar: kuniga 1 tabletkadan (100 mg).
• 10 yoshgacha bo'lgan bolalar: shifokor tavsiyalari bo'yicha.
• Grippni oldini olishda: amantadin gidroxlorid tabletkalarini profilaktika zarur bo'lgan vaqt davomida qabul qilish kerak. Odatda 6 haftagacha.
• Grippni davolashda: amantadin gidroxlorid tabletkalarini 4-5 kun davomida qabul qilish kerak.
• Agar sizda buyrak muammosi bo'lsa, shifokoringiz kichikroq dozani tavsiya qilishi mumkin.
Amantadin gidroxlorid tabletkalarini tavsiya qilingandan ortiq qabul qilganinigizda:
Agar Siz tasodifan tabletkalarni tavsiya qilingandan ortiq qabul qilgan bo'lsangiz yoki kimdir sizning doringizni qabul qilgan bo'lsa, darhol davolovchi shifokoringizga xabar berishingiz yoki eng yaqin tezkor yordam bo'limiga murojaat qilishingiz kerak. Qolgan tabletkalarni yoki bo'sh idishlarni shifokoringizga ko'rsating.
Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo'lsangiz:
Xavotir olmang. Bitta dozani qabul qilishni unutgan bo'lsangiz, eslaganinigiz zahoti, keyingi dozani qabul qilish vaqti kelmagan bo'lsa, boshqasini qabul qiling. So'ng qabul qilishni oldindagidek davom eting. O'tkazib yuborilgan dozani to'ldirish uchun ikki martali dozani qabul qilmang.
Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'xtatganingizda:
Amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'satdan to'xtatmang, chunki kassalik alomatlari kuchayishi mumkin.
Agar siz amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'xtatmoqchi bo'lsangiz, shifokoringizga murojaat qiling, u sizga dozani asta-sekin kamaytirish bo'yicha maslahat beradi.
Neyroleptiklarni (ruhiy kasalliklarni davolashda ishlatiladi) qabul qilayotganda, amantadin gidroxlorid tabletkalarini qabul qilishni to'xtatsangiz, sizda bir qator alomatlar paydo bo'lishi mumkin, jumladan:
• Isitma
• Terlash
• Yurak urish tezlashishi
• Mukshaklar taranglashishi (harakat cheklanishi)
• Quviq nazoratini yo'qotish (sizda to'satdan siydik chiqarish istagi paydo bo'lishi mumkin).
Agar sizda ushbu alomatlardan biri paydo bo'lsa, darhol shifokoringizga murojaat qiling.
Ba'zi bemorlar ushbu dori vositasi, bir necha oy davomida muntazam ravishda qabul qilingandan keyin, ta'sirini yo'qotishini sezishlari mumkin. Bu holda shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Qo'shimcha savollar bo'lsa, Sizni davolovchi shifokor yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.