Ташкент
logo
SavatKirish

PK MERS tabletkalari 100mg N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Kategoriya:Asab tizimi
Faol modda:Amantadin
Ishlab chiqaruvchi:Merz Pharma GmbH & Co KgaA
ATX kodi:N04BB01
Barcha Pk-Mers dorilari
66 ta dorixonada bor
Narxi 65 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 66 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PK MERS tabletkalari 100mg N30 o'xshash dorilari

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
194 400 so'm dan
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
200 000 so'm dan

PK MERS tabletkalari 100mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

1 tabletka kuyidagilarni saklaydi:
faol modda: 100 mg amantadin sulьfati;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kartoshka kraxmali, jelatin, laktoza monogidrati, povidon, talьk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, kroskarmelloza natriy, titan dioksidi, butilmetakrilat sopolimeri, to'k sariq buyovchisi.

Farmakodinamikasi

PK-Merts (amantadin sulьfati) NMDA-retseptorlarini bloklab, glutamatning o'ta yuqori zaharliligini susaytiradi, neyromediatorlarning muvozanatini tiklaydi (glutamat va dofaminning) neyronlarning apoptozi yoki o'limini oldini olib, neyronlarga kalьtsiyning haddan tashqari kirishini pasaytiradi. Terapevtik kontsentratsiyalarda amantadin atsetilxolinning ishlab chiqarishini sekinlashtiradi va shu bilan antixolinergik ta'sir ko'rsatadi.

Farmakokinetikasi

200 mg miqdorda amantadin sulьfati 3 soat davomida infuziya qilinganidan so'ng uning plazmadagi o'rtacha kontsentratsiyasi 0,54 mkl ni tashkil qiladi. Kuniga 200 mg dozada davolashning 6-nchi kuni yuborishning ohirida plazmadagi o'rtacha kontsentratsiyasi 0,76 mkl ni tashkil qiladi. Umumiy klirensi 3,6 l/soatni tashkil qiladi; yarim chiqarilish davri 10 dan 30 soatgacha, o'rtacha taxminan 10 soat. Amantadin taxminan 67% kon plazmasi oksillari bilan bog'lanadi. Gematoentsefalik to'siq orqali o'tadi. Buyraklar orqali amalda o'zgarmagan holda chiqariladi (bir martalik dozasining 90%); uning kam miqdori axlat bilan chiqariladi.
Dializ kam samarali (bir muolajada tahminan 5%).

Farmakologik ta'siri

Amantadin sulьfati – qo'zg'atuvchi neyromediator glutamatning NMDA- retseptorlarining selektiv raqobatsiz blokatoridir; postsinaptik tirkishga dofaminning ajralib chiqishini tezlashtiradi; postsinaptik tirqishga dofaminning kayta kamrab olinishini tormozlanishini chaqiradi; presinaptik terminallarda dofaminning sintezini oshiradi; funktsional neyroprotektor; antixolinergik ta'sir ko'rsatadi.

Nojo'ya samaralari

Juda tez-tez : (>1/10)
Tez-tez: (>1/100, <1/10)
Tez-tez emas: (>1/1000, <1/100)
Kam hollarda: (>1/10000, <1/1000)
Juda kam hollarda: (<1/10000), alohida xabarlarni ham qo'shib

Nerv tizimi, sezgi a'zolari va ruhiyat: Tez-tez: xavotirlik, ta'sirchanlik, ko'rish gallyutsinatsiyalari, psixomotor qo'zg'alish, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ko'rish o'tkirligining pasayishi, uyquning buzilishi.
Juda kam hollarda: tutqanok xurujlari, periferik neyropatiya, ko'rishni vaqtinchalik yo'qolishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: Juda kam hollarda: aritmiya, taxikardiya, qorinchalar fibrillyatsiyasi, QT intervalini cho'zilishi, yurak yetishmovchiligining rivojlanishi yoki chuqurlashishi, ortostatik gipotenziya. Tez-tez: to'piqlar va boldirlarning shishi bilan birga terining marmarlik sindromi.
Me'da-ichak yullarining a'zolari tomonidan: Tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish, og'izni qurishi, ishtahani pasayishi, dispepsiya.
Boshщlar: Tez-tez: prostata bezining adenomasi bo'lgan bemorlarda siydik tutilishi.
Juda kam hollarda: teri allergik reaktsiyalari, dermatoz, fotosensibilizatsiya, poliuriya, nikturiya.
Maxsus saqlash sharoitlari

PK-Merts preparati bilan davolashni birdan to'xtatish mumkin emas. Yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan patsiyentlar PK-Merts preparat buyurilganida doimo shifokor kuzatuvi ostida bo'lishlari kerak. Davolash fonida alkogolni qabul qilish mumkin emas. Transport vositalarini haydovchilari va kasbi diqqatni yuqori jamlash bilan bog'lik bo'lgan odamlar ishlash vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo'llashlari kerak.

Qo'llanilishi

Parkinson kasalligi (shu jumladana kinetik krizlar, L-dopa-induktsiyalangan diskineziyalar)
Turli etiologiyali parkinsonizm sindromi
Vigillik va tashabbuskorlikning buzilishlari:
Bosh miya qon aylanishining turli buzilishlari (ishemik va gemorragik insulьtlar, subaraxnoidal qon quyilishlar);
Diffuz serebral ishemiya (yurak-qon tomir yetishmovchiligi)
Bosh miya jarohatlari
Bosh suyagi ichki kompression jarayon (bosh miya o'smasi, bosh miyaga metastazlar; anevrizma)
Endogen intoksikatsiyalar (diabet, uremiya, koma)
Ekzogen intoksikatsiyalar (uxlatuvchilar, alkogolь, psixotik postnarkotik sindrom)
Nerv tizimining infektsion kasalliklari (meningit, entsefalit va boshq.)
Tranzitor sindromi
Xantington xoreyasi
Degenerativ dementsiya (Alьtsgeymer kasalligi), tomirli dementsiya
Neyroleptik ekstrapiramid sindromlar
Herpes Zoster va postgerpetik nevralgiya
Neyropatik og'riklar
Mulьtitizimli distrofiya
Gepatit S
A grippi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga uta yuqori sezuvchanlik; og'ir dimlangan yurak yetishmovchiligi (Nьyu-York Kardiologik Assotsiatsiyasining shkalasi bo'yicha IV sinfi), kardiomiopatiya, miokardit, II va III darajali atrioventrikulyar blokada, yurak qisqarishlar soni minutiga 55 zarbdan kam bo'lgan bradikardiya, QT intervalini 450 ms dan ko'prokka cho'zilishi, qorinchalar aritmiyasi (shu jumladan qorinchalar qaltirashi); homiladorlik va emizish davri; qonda kaliy va magniy miqdorini pasayishi; QT intervalini o'zaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; yaqqol buyrak yetishmovchiligi (kreatining klirensi 10 ml/min dan kam), bolalik yoshi, nasliy galaktoza yetishmovchiligi, laktoza tanqisligi, glyukoza-galaktozaning kam so'rilishi, fenilketonuriya, saxaroza-izomalьtoza yetishmovchiligi, nasliy fruktoza yetishmovchiligi.
Extiyotkorlik bilan
Prostata bezining giperplaziyasi, torburchakli glaukoma, turli og'irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi, ajitatsiya, deliriy.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Amantadinni QT intervalini o'zayishini chaqiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, xususan:
I A sinfi (masalan, xinidin, dizopiramid, prokainamid) va III sinfi (masalan, amiodaron va sotalol) ayrim antiaritmik preparatlar;
ayrim psixotrop preparatlar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, pimozid);
ayrim tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlar (masalan, amitriptilin);
ayrim antigistamin preparatlar (masalan, astemizol, terfenadin);
ayrim makrolid antibiotiklar (masalan, eritromitsin, klaritromitsin);
girazaning ayrim ingibitorlari (masalan, sparfloksasin);
azollar guruhi zamburug'larga qarshi preparatlar va boshqa preparatlar, xususan, bidupin, galofantrin, ko-trimoksazol, pentamidin, sizaprid va bepridil.
Triamteren/gidroxlortiazid majmuasi bo'lgan siydik haydovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, plazmada amantadinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Boshqa parkinsonizmga qarshi preparatlar bilan (levodopa, bromokriptin, memantin, trigeksifenidil kabi) bir vaqtda qabul qilishda, noxush asoratlaridan, hususan, psixotik reaktsiyalardan saqlanish uchun, bir vaqtda qabul qilinayotgan preparatning yoki ikkala preparatlarning dozasini kamaytirish zarurati tutilishi mumkin.
Antixolinergik vositalar, simpatomimetiklar va memantin: nojuya samaralarini kuchaytiradi.
Markaziy nerv tizimini rag'batlantiruvchi vositalar (shu jumladan psixostimulyatorlar), etanol nojo'ya samaralari rivojlanishi xavfini oshiradi.

Dozirovkasi

Ichga, ovkatdan keyin oz miqdordagi suyuqlik bilan, yahshisi kunning birinchi yarmida qabul qilingan afzalroq. Birinchi 3 kun kuniga 1 tabletkadan, so'ngra doza kuniga 2 tabletkagacha oshiriladi, dozani haftada bir tabletkaga oshirish mumkin. Odatdagi samarali dozasi 1 dan 3 tabletkagacha kuniga ikki martani tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 600 mg. Majmuaviy davolash hollarda dozani shaxsiy belgilash kerak. Ohirgi dozani kunning ikkinchi yarmida 16-00 dan kech bo'lmaganda qabul qilish tavsiya etiladi.

Keksa patsiyentlarda, xususan qo'zg'alish va chalkashish, deliriy oldi va deliriy xolatlari bo'lgan patsiyentlarda, kamroq dozalar talab qilinadi.

Buyraklarning faoliyatini buzilishlarida:

Filьtratsiyaning glomerulyar tezligi (GFR) ml/min

Dozalash

(mg)

Dozalashi ntervali (soat)

80-60

100

12

60-50

200 va100 navbat bilan

kun ora

50-40

100

24

30-20

200

Xaftada 2 marta

20-10

100

Xaftada 3 marta

<10

200 ва100

xar xaftada va xafta o'tkazib


Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, tremor, ataksiya, ko'rish o'tkirligining pasayishi, letargik holatlar, dizartriya, depressiya, epileptik xurujlari, yurak aritmiyasi.
Davolash simptomatik (sedativ, antikonvulьsion va antiaritmik preparatlarni qo'llash).

PK MERS tabletkalari 100mg N30 boshqa chiqarish shakllari

PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N2
Retseptli
PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N2
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
B.Braun Medical SA (Spain) under licence Merz Pharma GmbH & Co. KGaA
•13 ta dorixonada bor
Narxi
519 000 so'm dan

PK MERS tabletkalari 100mg N30 analoglari

PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N2
Retseptli
PK MERS infuziya uchun eritma 500ml 200mg/500ml N2
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
B.Braun Medical SA (Spain) under licence Merz Pharma GmbH & Co. KGaA
•13 ta dorixonada bor
Narxi
519 000 so'm dan
PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml
PK-Amantadin infuziya uchun eritma 200 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
TEMUR MED FARM, OOO po zakazu DREAM PHARMA GROUP, OOO
•3 ta dorixonada bor
Narxi
140 800 so'm dan
ADAMANT tabletkalari 100 mg N10
ADAMANT tabletkalari 100 mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Kwality Pharmaceuticals Ltd.

PK MERS tabletkalari 100mg N30 savollari

PK MERS tabletkalari 100mg N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil