Ташкент
logo
SavatKirish

AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Turkiya
Faol modda:Naproksen
Ishlab chiqaruvchi:Ali Raif Ilac San. A.S.
Teglar:Og'riqdan
ATX kodi:M01AE02
Barcha Aksen fort dorilari
67 ta dorixonada bor
Narxi 26 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 67 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10 o'xshash dorilari

PROFEPLAST plastir 50 mg N5
PROFEPLAST plastir 50 mg N5
Janubiy Koreya
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
DAE HWA PHARMACEUTICAL CO. LTD
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
22 400 so'm dan
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
•11 ta dorixonada bor
Narxi
35 100 so'm dan
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
Retseptli
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Halewood Laboratories Pvt. Ltd

AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir tabletka saqlaydi:
Faol modda: naproksen natriy 550 mg.
Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza (Avicel PH 101), makkajo'xori kraxmali, povidon PVP K 30, magniy stearati, kroskarmelloza natriy.

Farmakologik ta'siri

Naproksen natriy – yaqqol og'riqni qoldiruvchi, yallig'lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega nonarkotik analьgetikdir. Prostaglandinlarning sintezini bloklab, o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Naproksen natriy og'iz orqali qabul qilganidan so'ng me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. Faol moddaning natriyli tuzini tez va to'liq so'rilishi tufayli, preparatning og'riqni qoldiruvchi ta'siri qabul qilganidan so'ng 20 minut o'tgandan keyinroq boshlanadi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi. Preparatning 4-5 dozalari qabul qilinganidan so'ng plazmada muvozanatli kontsentratsiyalariga erishiladi.
Naproksen natriyning yarim chiqarilish davri - taxminan 13 soat. Terapevtik dozalarda faol moddaning 99% dan ko'prog'i plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Qabul qilingan dozaning taxminan 95% siydik bilan o'zgarmagan naproksen, 6-O-dimetil-naproksen ko'rinishida yoki naproksenning kon'yugatlari ko'rinishida chiqariladi. Naproksen natriy metabolizmni rag'batlantiruvchi fermentlarni induktsiyalamaydi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kekirish, qusish, diareya, qabziyat, meteorizm, abdominal diskomfort, epigastriyada diskomfort hissi. Jiddiy nojo'ya samara sifatida gastrointestinal qon ketishlari, ayniqsa keksa odamlarda o'lim bilan yakunlanishi mumkin; bundan tashqari, peptik yoki nopeptik yaralar, perforatsiyalar, stomatit, gastrit, pankreatit, melena, gematemezis, yarali kolit.
Modda almashinuvi tomonidan: giperkaliyemiya.
Ruhiyat tomonidan: uyqusizlik, depressiya, g'ayritabiiy tush ko'rishlar, o'zini yo'qotib qo'yish, gallyutsinatsiyalar.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, tirishishlar, paresteziyalar, retrobulbar optik nevrit, kognitiv disfunktsiya, diqqatni jamlashni buzilishi, aseptik meningit.
Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'rishni buzilishi.
Eshitish a'zolari tomonidan: eshitishni buzilishi, bosh aylanishi.
Qon tomirlari tomonidan: gipertenziya, vaskulit.
Nafas tizimi tomonidan: xansirash, astma, o'pka shishi.
Suyak mushak tizimi tomonidan: mialgiya, mushaklar sustligi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: ayollar bepushtligi.

Kutilmagan samaralar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling.

Maxsus saqlash sharoitlari

Boshqa NYaQVga nisbatan yengilroq va kamroq ko'rinishlariga qaramasdan, naproksen natriy me'da-ichak qon ketishi va yaralar hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun anamnezida me'da va o'nikki barmoq ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlar preparatni qabul qilish davrida shifokor kuzatuvi ostida bo'lishlari kerak.
Davolanish davrida jigar faoliyatining buzilishlari yuz bergan hollarda yoki jigarning funktsional testlarni yomonlashishida preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.
17-gidroksikortikosteroidlarni aniqlashning zarurati bo'lganida tekshirishdan 48 soat oldin preparatni bekor qilish kerak. Shuningdek, naproksen natriy siydikda 5-gidroksiindolsirka kislotasini aniqlashga ta'sir qilishi mumkin.
Naproksen tana haroratini pasayishi va yaliig'lanishi simptomlarini kuchsizlanishiga olib kelib, diagnostika belgilarni minimumga keltirishi mumkin.
Trombotsitlar agregatsiyasini pasaytirish, naproksen qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin, buni qon ketish vaqtini aniqlashda hisobga olish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda naproksen teratogen ta'sir ko'rsatmaganligiga qaramasdan, adekvat va qat'iy nazoratli tekshirishlar yo'qligi tufayli, Aksen fort™ tabletkalari homilador ayollarga buyurilmaydi.
NYaQV qo'llash homilada arterial yo'lni barvaqt bitishiga, tug'ruqni kechikishiga va yangi tug'ilgan chaqaloqda sariqlik rivojlanishiga olib kelishi mumkinligini hisobga olib, homiladorlikning kechki davrida preparatni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Naproksen natriyni plazma kontsentratsiyasining taxminan 1% ni tashkil qiluvchi kontsentratsiyada ko'krak sutiga o'tishi, shuningdek yangi tug'ilgan chaqaloqda noxush reaktsiyalar bo'lishi mumkinligi tufayli, preparatni ayollarda laktatsiya davrida qo'llanmaydi.
Bolalarda qo'llanishi
Faqat yuvenil artritlarda, 5 yoshdan oshgan bolalarda, qolgan hollarda 16 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas.
Keksalarda qo'llanishi
NYaQVning nojo'ya reaktsiyalarining ko'rinishlarini tez-tezligini ehtimoli keksalarda ko'p uchrashini nazarda tutib, bu guruh bemorlarda minimal samarali dozani ishlatish kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aksen Fort™ tabletkalarini qabul qilinganda ayrim patsiyentlarda gallyutsinatsiyalar, bosh aylanishi, uyqusizlik yoki depressiya bo'lishi mumkin. Avtomobilni haydash va yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarishda buni hisobga olish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Qo'llanilishi

-Og'riqli sindrom bilan kechuvchi holatlar: nevralgiya, ishialgiya, orqa miya churrasi, tishlarni ekstraktsiyasi; og'iz bo'shlig'idagi operatsiyalar, epiziotomiya, tug'ruqdan keyingi og'riqlar, operatsiyadan keyingi og'riqlar; dismenoreya, bachadon ichki spiralini kiritish bilan bog'liq og'riqlar; migrenning o'tkir xurujlarini oldini olish va davolash.
-Revmatik kasalliklar: revmatoid artrit, osteoatrit, ankilozlovchi spondilit, revmatizm.
-Travmatologiya: chiqishlar, mushaklarni uzilishlari va jarohatlari, travmatologik va ortopedik operatsiyalar.
-Podagraning o'tkir xurujlari.
-Urologiya va LOR a'zolardagi yallig'lanish xarakteriga ega og'riqlar.
-Infektsion kasalliklar: spetsifik davolashga qo'shimcha analьgetik, yallig'lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Naproksen natriyga yuqori sezuvchanlik, me'da-ichak yo'llarining zo'rayish bosqichidagi yarali shikastlanishlari, yara hosil bo'lishi va qon ketishlariga moyillik, atsetilsalitsil kislotasi va/yoki boshqa NYaQV qabul qilinganidan keyingi astma, rinit, eshakemi kabi allergik reaktsiyalar haqidagi anamnezdagi ma'lumotlar. O'tkir jigar, buyrak va yurak yetishmovchiligi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Naproksen natriy plazma oqsillari bilan yuqori bog'lanish xususiyatiga ega preparatlar shu jumladan (gitantoin, sulьfanilamidlar, furosemid, beta-blokatorlar, litiy tuzlari) bilan bir vaqtda qo'llanganida, ularning ta'siri potentsiyalanishi mumkin. Bunday hollarda dozani to'g'rilash talab qilinishi mumkin.
Peroral antikoagulyantlar bilan birga ishlatilganida dozani to'g'rilash talab qilinishi mumkin.
Probenetsid bilan birga ishlatilganida, naproksenning plazmadagi kontsentratsiyasi va yarim chiqarilish davri uzayadi.
Naproksen natriy va metotreksatni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki metotreksatni naychalar orqali sekretsiyasini kamayishi oqibatida, uning zaharli ta'siri kuchayishi mumkin.

Dozirovkasi

Kuchsiz yoki o'rtacha ifodalangan og'riqlar, birlamchi dismenoreya, o'tkir tendinit va bursitda: Boshlang'ich doza - 1 tabletka, 6-8 soat o'tgach - 1 tabletka. Sutkalik doza 1375 mgdan oshmasligi kerak.
Revmatik artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilitda: Kattalar uchun tavsiya etiladigan boshlang'ich doza 1 tabletka kuniga 2 marta (ertalab, kechqurun). Uzoq muddatli qo'llashning zarurati tug'ilganida preparatning dozasini bemorning klinik javobiga qarab pasaytirish mumkin. Ertalabki va kechqurungi dozalar bir xil bo'lmasligi mumkin. Preparatni sutkada ikki martadan ko'proq qabul qilishning zarurati yo'q.
Yuvenil artritda: 5 yoshdan oshgan bolalarga 10 mg/kg hisobidan ikki marta qabul qilishga buyuriladi.
Podagraning o'tkir xurujida: Boshlang'ich doza – 1½ tabletka (825 mg), so'ngra – ½ tabletka (275 mg) har 8 soatda xuruj tugagunicha buyuriladi.
Migrenda: Migrenning o'tkir xurujlarida boshlang'ich doza 1½ tabletka (825 mg). Zarurati bo'lganida, yana ½ tabletka (275 mg) dan 30 minut interval bilan 2 marta qabul qilish mumkin. Migrenni oldini olish uchun – 1 tabletka (550 mg) dan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) buyuriladi. Agar 4-6 hafta davomida ahvolni yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni qabul qilish to'xtatiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: Bosh og'rig'i, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish, epigastriyda og'riq, me'da-ichak qon ketishi, kam – diareya, dezoriyentatsiya, qo'zg'alish, uyquchanlik, ongni buzilishi, quloqlarda shovqin, xushdan ketish. Doza ahamiyatli oshirib yuborilganida o'tkir buyrak yetishmovchiligi va jigar faoliyatini buzilishi yuz berishi mumkin.
Davolash: Zarurati bo'lgan hollarda simptomatik va tutib turuvchi davolash o'tkaziladi. Toksik doza qabul qilinganidan keyin 1 soat davomida faollashtirilgan ko'mir qabul qilish kerak, kattalarda muqobil chora sifatida – 1 soat davomida me'dani yuvish buyuriladi. Naproksen natriyni oqsillar bilan yuqori bog'lanishi tufayli, gemodializ uning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytirmaydi. Biroq buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda gemodializ baribir samarali bo'lishi mumkin. Shifokor jigar va buyraklar faoliyatini nazorat qilishi kerak.

Xususiyatlar AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10

AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10 analoglari

NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20
NALGEZIN FORTE 0,55 tabletkalari N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
NAPROFF tabletkalari 550mg N10
Retseptli
NAPROFF tabletkalari 550mg N10
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
•103 ta dorixonada bor
Narxi
31 900 so'm dan
NAPROFF gel 45g 10%
Retseptsiz
NAPROFF gel 45g 10%
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm, Velikobritaniya proizvedeno: S.C. Slavia Pharm S.R.L.
•79 ta dorixonada bor
Narxi
42 300 so'm dan
NAPROFF gel 45g 10%
NAPROFF gel 45g 10%
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilacları Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
•79 ta dorixonada bor
Narxi
42 300 so'm dan

AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10 savollari

AKSEN FORT tabletkalari 550mg N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil