Apteka.uz
SavatKirish

ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:Balkanpharma-Troyan AD
Teglar:Gastritdan, Oshqozon yarasidan
ATX kodi:A02AX
Barcha Almagel dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Simetikon fiziologik va kimyoviy inertligi tufayli a'zo va to'qimalarga so'rilmaydi va MITYdan o'tgandan so'ng o'zgarmagan holda chiqariladi. Ichakda alyuminiy va magniy ionlarining so'rilishi - past. Buyrak funktsiyasi normal bo'lganda qondagi alyuminiy va magniy kontsentratsiyasi o'zgarmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda alyuminiy va magniyning qondagi darajasi ularning chiqarilishi buzilishi natijasida toksik qiymatlargacha oshishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy vosita, uning ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi. Antatsid, adsorbtsiyalovchi, o'rab oluvchi, yel haydovchi ta'sir ko'rsatadi. Algeldrat (alyuminiy gidroksidi) va magniy gidroksidi oshqozondagi erkin xlorid kislotasini neytrallaydi, oshqozon shirasi kislotaliligini pasaytiradi, safro kislotalarini bog'laydi. Magniy gidroksidining surgi ta'siri algeldratning ichak motorikasini sekinlashtirish qobiliyatini muvozanatlashtiradi. Simetikon gaz pufakchalari hosil bo'lishini qiyinlashtiradi va ularning parchalanishiga yordam beradi. Bunda ajralib chiqqan gazlar ichak devorlari tomonidan so'riladi va peristaltika tufayli organizmdan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar, ko'ngil aynishi, qusish, ta'm sezgilarining o'zgarishi, qabziyat, diareya. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda - gipofosfatemiya, gipokaltsiemiya, giperkaltsiuriya, osteomalyatsiya, osteoporoz, gipermagniemiya, giperalyuminemiya, entsefalopatiya, nefrokalsinoz, buyrak funktsiyasining buzilishi. Hamroh buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda - chanqoq, qon bosimining pasayishi, giporefleksiya.

Maxsus saqlash sharoitlari

Almagel Neo va boshqa dori vositalarini qabul qilish orasidagi oraliq 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.

Uzoq muddat qabul qilganda ovqat bilan yetarli miqdorda fosfor tushishini ta'minlash lozim.

Nazorat qilinadigan klinik sinovlar ma'lumotlari yo'qligi sababli, emizikli ayollarga Almagel® Neoni faqat shifokor maslahatidan so'ng qabul qilish kerak.

Preparatning bitta o'lchov qoshig'i (5 ml) 0,113 g etil spirti saqlaydi, natijada jigar va miya kasalliklari bo'lgan bemorlarda, alkogolizm va epilepsiya bilan og'riganlarda, homilador ayollar va 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Preparatning sutkalik dozasi (8 o'lchov qoshig'i) 0,904 g etil spirti saqlaydi, suspenziyaning maksimal sutkalik dozasi (12 o'lchov qoshig'i) 1,356 g etil spirti saqlaydi.

Almagel® Neo preparatining bitta o'lchov qoshig'i (5 ml) 0,475 g sorbitol saqlaydi, u tug'ma fruktozani o'zlashtira olmaslikda mumkin emas va me'da ta'sirlanishi hamda diareyani chaqirishi mumkin.

Avtotransportni boshqarish va yuqori diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • surunkali buyrak yetishmovchiligi;
  • homiladorlik;
  • Altsgeymer kasalligi;
  • gipofosfatemiya;
  • 10 yoshgacha bo'lgan bolalar;
  • tug'ma fruktoza o'zlashtiraolmaslik;
  • yuqori sezuvchanlik.
  • Ehtiyotkorlik bilan: laktatsiya davri, jigar kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklari, epilepsiya, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Almagel® Neo digoksin, indometatsin, salitsilatlar, xlorpromazin, fenitoin, H-gistamin retseptorlari blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, diflunizal, ketokonazol va itrakonazol, izoniazid, tetratsiklin qatori antibiotiklari va xinolonlar, azitromitsin, sefpodoksim, pivampitsillin, rifampitsin, bilvosita antikoagulyantlar, barbituratlar, feksofenadin, dipiridamol, zaltsitabin, xenodezoksixol va ursodezoksixol kislotalari, penitsillamin va lansoprazolning so'rilishini kamaytiradi va sekinlashtiradi.

M-xolinoblokatorlar me'da bo'shalishini sekinlashtirib, preparat ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.

Dozirovkasi

Kattalar.

Ichga, 2 o'lchov qoshiq apelsin ta'mli suspenziya sutkasiga 4 marta ovqatdan 1 soat keyin va kechqurun uyqudan oldin. Zarurat bo'lganda bir martalik dozani 4 o'lchov qoshiqqacha oshirish mumkin, lekin maksimal sutkalik doza 12 o'lchov qoshiqdan oshmasligi kerak.

10 yoshdan katta bolalar.

Dozani davolovchi shifokor belgilaydi - odatda kattalar uchun dozaning 1/2 qismi.

Davolash kursi - 4 haftadan oshmasligi kerak. Qabul qilishdan oldin suspenziyani flakonni silkitib gomogenizatsiya qilish kerak. Almagel® Neo ni suyultirilmagan holda qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Preparatni qabul qilgandan keyin yarim soat davomida suyuqlik qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
RANIT tabletkalari 150 mg N100
RANIT tabletkalari 150 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
27 500 so'm dan
NOLPAZA poroshok 40mg N1
Retseptli
NOLPAZA poroshok 40mg N1
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•106 ta dorixonada bor
Narxi
54 900 so'm dan
OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N100
Retseptli
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Kentreck Laboratories Pvt. Ltd
•105 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan

ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 xususiyatlari

Almagel boshqa chiqarish shakllari

ALMAGEL suspenziya 170ml
Retseptsiz
ALMAGEL suspenziya 170ml
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Balkanpharma-Troyan AD
Narxi
28 600 so'm dan
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 100 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
Retseptsiz
ALMAGEL A-LIK suspenziya dlya priema vnutr 170 ml N
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
LEKINTERKAPS OOO
•18 ta dorixonada bor
Narxi
20 500 so'm dan
Narxi
33 000 so'm dan
Analoglar ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20
Analoglari yo'q

ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 haqida savollar

ALMAGEL NEO suspenziya 170ml N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil