Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10

AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Amoksisillin
Ishlab chiqaruvchi:AVVA RUS AO
ATX kodi:J01CA04
Barcha Amoksitsillin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

So'rilishi - tez, yuqori (93 %), ovqat qabul qilish so'rilishga ta'sir qilmaydi, me'daning kislotali muhitida parchalanmaydi. Suspenziya (yoki tabletkalar) ko'rinishida 125 va 250 mg dozada ichga qabul qilinganda maksimal kontsentratsiya - mos ravishda 1,5-3 mkg/ml va 3,5-5 mkg/ml. Peroral qabul qilingandan so'ng maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1-2 soat. Katta taqsimlanish hajmiga ega - plazma, balg'am, bronxial sekret (yiringli bronxial sekretda taqsimlanish kuchsiz), plevral va peritoneal suyuqlik, siydik, teri pufakchalari tarkibi, o'pka to'qimasi, ichak shilliq qavati, ayollar jinsiy a'zolari, prostata bezi, o'rta quloq suyuqligi, suyak, yog' to'qimasi, o't pufagi (jigar funktsiyasi normal bo'lganda), homila to'qimalarida yuqori kontsentratsiyalar aniqlanadi. Doza 2 baravar oshirilganda kontsentratsiya ham 2 baravar ortadi. Safrodagi kontsentratsiya plazmadagi kontsentratsiyadan 2-4 baravar yuqori. Amniotik suyuqlikda va kindik qon tomirlarida amoksitsillin kontsentratsiyasi - homilador ayol plazmasida aniqlanadigan darajaning 25-30%. Gematoensefalik to'siq orqali yomon o'tadi, miya qobiqlari yallig'lanishida (meningit) orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiya qon plazmasidagi darajaning taxminan 20%. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 17%.

Qisman faol bo'lmagan metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1-1,5 soat. 50-70% buyraklar orqali o'zgarmagan holda naychalar sekretsiyasi (80%) va kalavalar filtratsiyasi (20%) yo'li bilan, jigar orqali - 10-20% chiqariladi. Oz miqdorda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Buyrak funktsiyasi buzilganda (kreatinin klirensi 15 ml/daq dan kam yoki teng) yarim chiqarilish davri 8,5 soatgacha uzayadi. Amoksitsillin gemodializda chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri giperemiyasi, eritema, angionevrotik shish, rinit, kon'yunktivit bo'lishi mumkin; kam hollarda - isitma, bo'g'imlarda og'riq, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko'p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi; zardob kasalligiga o'xshash reaksiyalar; ayrim hollarda - anafilaktik shok.

Oshqozon-ichak trakti tomonidan: disbakterioz, ta'mning o'zgarishi, qusish, ko'ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, jigar funktsiyasining buzilishi, "jigar" transaminazalarining o'rtacha oshishi, soxtamembranoz enterokolit.

Asab tizimi tomonidan: qo'zg'alish, xavotir, uyqusizlik, ataksiya, ongning chalkashishi, xulq-atvorning o'zgarishi, depressiya, periferik neyropatiya, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tirishish reaksiyalari.

Laboratoriya ko'rsatkichlari: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopenik purpura, anemiya.

Boshqalar: nafas olishning qiyinlashishi, taxikardiya, interstitsial nefrit, qin kandidozi, superinfektsiya (ayniqsa surunkali kasalliklari bo'lgan yoki organizm qarshiligi pasaygan bemorlarda).

Maxsus ko‘rsatmalari

Kursli davolashda qon hosil qilish a'zolari, jigar va buyrak funksiyasi holatini nazorat qilishni o'tkazish zarur.

Amoksitsillinga rezistent mikrofloraning o'sishi hisobiga superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial terapiyani tegishli o'zgartirishni talab etadi.

Bakteriemiyasi bo'lgan bemorlarni davolashda endotoksik shok reaksiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaksiyasi) rivojlanishi mumkin.

Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda tsefalosporin antibiotiklar bilan kesishuvchi allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.

Kursli davolash fonida yengil diareyani davolashda ichak peristaltikasini susaytiruvchi diareyaga qarshi preparatlardan saqlanish kerak. Og'ir diareyada mutaxassis maslahati zarur.

Davolash kasallikning klinik belgilari yo'qolgandan so'ng yana 48-72 soat davomida albatta davom ettiriladi.

Estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar va amoksitsillin bir vaqtda qo'llanilganda, imkoni boricha boshqa yoki qo'shimcha kontratseptsiya usullaridan foydalanish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa penitsillinlarga, tsefalosporinlarga, karbapenemlarga), 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).

Ehtiyotkorlik bilan:

allergik kasalliklar (shu jumladan anamnezda), anamnezda me'da-ichak trakti kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo'llash bilan bog'liq kolit), buyrak yetishmovchiligi, jigar faoliyatining og'ir buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya davri, infektsion mononukleoz, limfoleykoz.

Homiladorlik va laktatsiya:

Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina mumkin. Laktatsiya davrida preparatni tayinlash zarur bo'lganda emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antatsidlar, glyukozamin, surgilar, ovqat, aminoglikozidlar - so'rilishni sekinlashtiradi va kamaytiradi; askorbin kislotasi so'rilishni oshiradi.

Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin) - sinergik ta'sir; bakteriostatik preparatlar (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, tetratsiklinlar, sulfanilamidlar) - antagonistik. Bilvosita antikoagulyantlar samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, K vitamini sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar, metabolizm jarayonida paraaminobenzoy kislotasi hosil bo'ladigan dori vositalari, etinilestradiol samaradorligini kamaytiradi - "yorib o'tuvchi" qon ketishlar rivojlanish xavfi.

Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, naychalar sekretsiyasini bloklovchi preparatlar - naychalar sekretsiyasini kamaytirib, konsentratsiyani oshiradi.

Allopurinol teri toshmasi rivojlanish xavfini oshiradi.

Metotreksat klirensini kamaytiradi va toksikligini oshiradi.

Digoksin so'rilishini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

DozalashIchga, ovqatdan oldin yoki keyin.

Kattalar va 10 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 40 kg dan ortiq) sutkasiga 3 marta 0,5 g tayinlanadi; infektsiya og'ir kechganda sutkasiga 3 marta 0,75-1,0 g.

5-10 yoshli bolalarga 0,25 g dan; 3-5 yoshda 0,125 g dan sutkasiga 3 marta tayinlanadi; infektsiya og'ir kechganda 60 mg/kg/sut 3 qabulda (maksimal sutkalik doza). Davolash kursi 5- 12 kun.

O'tkir asoratlanmagan gonoreyada 3 g bir marta tayinlanadi; ayollarni davolashda ko'rsatilgan dozani takroriy qabul qilish tavsiya etiladi.

Oshqozon-ichak traktining o'tkir infektsion kasalliklarida (paratiflar, qorin tifi) va o't yo'llari, ginekologik infektsion kasalliklarda kattalarga 1,5-2 g dan sutkasiga 3 marta yoki 1-1,5 g dan sutkasiga 4 marta.

Leptospirozda kattalarga 0,5-0,75 g dan sutkasiga 4 marta 6-12 kun davomida.

Salmonellotasuvchanlikda kattalarga 1,5-2 g dan sutkasiga 3 marta 2-4 hafta davomida.

Kichik jarrohlik aralashuvlarida endokardit profilaktikasi uchun kattalarga protseduradan 1 soat oldin 3-4 g. Zarurat bo'lganda 8-9 soatdan keyin takroriy doza tayinlanadi. Bolalarda doza ikki baravar kamaytiriladi.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda kreatinin klirensi 15-40 ml/daq bo'lganda, qabullar orasidagi intervalni 12 soatgacha oshiradilar; kreatinin klirensi 10 ml/daq dan past bo'lganda dozani 15-50 % ga kamaytiradilar; anuriyada maksimal doza 2 g/sut.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolitlar muvozanati buzilishi (qusish va diareya oqibati sifatida).

Davolash: oshqozonni yuvish, faollashtirilgan ko'mir, tuzli surgilar tayinlash, suv-elektrolitlar muvozanatini to'g'irlash; gemodializ.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10 o'xshash dorilari

LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
Retseptli
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•67 ta dorixonada bor
Narxi
37 900 so'm dan
SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Retseptli
SEF-OD DS poroshok 200mg/5ml 30ml N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•93 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•4 ta dorixonada bor
Narxi
100 000 so'm dan

Amoksitsillin boshqa chiqarish shakllari

AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 250mg/5ml
Retseptli
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 250mg/5ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•53 ta dorixonada bor
Narxi
8 118 so'm dan
AMOKSISILLIN kapsulalar  0,5 g N10
Retseptli
AMOKSISILLIN kapsulalar 0,5 g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NOVO FARM KOMPLEKT OOO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
8 700 so'm dan
AMOKSISILLIN poroshok 100 ml 250 mg/5 ml
Retseptli
AMOKSISILLIN poroshok 100 ml 250 mg/5 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Remedy, SP OOO Uzbeksko-Britanskoe
•9 ta dorixonada bor
Narxi
9 000 so'm dan
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5 g N10
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5 g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novo Farm Komplekt, SP OOO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,25 g N10
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,25 g N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Novo Farm Komplekt, SP OOO
•30 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N10
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Lafz, OOO
•30 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
AMOKSISILLIN kapsulalar  250mg N100
Retseptli
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
27 168 so'm dan
AMOKSISILLIN tabletkalari 500mg N10
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 500mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
AMOKSISILLIN kapsulalar  500mg N100
Retseptli
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
8 700 so'm dan
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
Retseptli
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•38 ta dorixonada bor
Narxi
6 600 so'm dan
AMOKSISILLIN kapsulalar  500mg N100
Retseptli
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
NCPC International Corp., Kitay proizvedeno: North China Pharmaceutical Co. Ltd
•5 ta dorixonada bor
Narxi
8 700 so'm dan
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
Retseptli
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•38 ta dorixonada bor
Narxi
6 600 so'm dan
AMOKSISILLIN kapsulalar  250mg N100
Retseptli
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
NCPC International Corp., Kitay proizvedeno: North China Pharmaceutical Co. Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
27 168 so'm dan
AMOKSISILLIN poroshok 100 ml 125 mg/5 ml
Retseptli
AMOKSISILLIN poroshok 100 ml 125 mg/5 ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NOVO FARM KOMPLEKT, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
9 500 so'm dan
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 250mg N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
PROMOMED RUS,OOO proizvedeno Bioximik, AO
•99 ta dorixonada bor
Narxi
8 200 so'm dan
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5g N20
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5g N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
•38 ta dorixonada bor
Narxi
16 830 so'm dan

AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10 analoglari

AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5g N10
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5g N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Barnaulskiy zavod medpreparatov,OOO
•105 ta dorixonada bor
Narxi
6 000 so'm dan
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5g N20
Retseptli
AMOKSISILLIN tabletkalari 0,5g N20
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
AVVA RUS AO
•38 ta dorixonada bor
Narxi
16 830 so'm dan
IRAMOKS poroshok 100ml 125mg/5ml
Retseptli
IRAMOKS poroshok 100ml 125mg/5ml
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Cosar Pharmaceutical Co.
•33 ta dorixonada bor
Narxi
26 000 so'm dan
IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml
Retseptli
IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Cosar Pharmaceutical Co.
•41 ta dorixonada bor
Narxi
39 897 so'm dan
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 250mg N20
Retseptli
FLEMOKSIN SOLYUTAB tabletkalari 250mg N20
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Astellas Pharma Europe B.V.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
77 300 so'm dan
XIKONSIL kapsulalar  250mg N16
Retseptli
XIKONSIL kapsulalar 250mg N16
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•112 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
XIKONSIL kapsulalar  500mg N16
Retseptli
XIKONSIL kapsulalar 500mg N16
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA d.d.
•115 ta dorixonada bor
Narxi
24 000 so'm dan
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
Retseptli
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•91 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
AMOKSISILLIN kapsulalar  500mg N100
Retseptli
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
•5 ta dorixonada bor
Narxi
8 700 so'm dan
AMOKSISILLIN kapsulalar  250mg N100
Retseptli
AMOKSISILLIN kapsulalar 250mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Samarkand England Ecomedical, SP OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
27 168 so'm dan
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
Retseptli
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO
•38 ta dorixonada bor
Narxi
6 600 so'm dan
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
Retseptli
AMOKSISILLIN suspenziya 100ml 125mg/5ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•38 ta dorixonada bor
Narxi
6 600 so'm dan

AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10 haqida savollar

AMOKSISILLIN AVVA RUS tabletkalari 0,5g N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil