Apteka.uz
SavatKirish

ASKORIL tabletkalari N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Glenmark Farmasyutikalz Ltd
Teglar:Astmadan
ATX kodi:R05C
Barcha Askoril dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 27 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ASKORIL tabletkalari N10 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Salbutamol

So'rilishi va taqsimlanishi

Ichga qabul qilingandan so'ng so'rilish yuqori. Ichga qabul qilingan salbutamolning biologik kira olishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish so'rilish tezligini pasaytiradi, ammo biologik kira olishlikka ta'sir qilmaydi.

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 10%. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Jigarda va ichak devorida tizim oldi metabolizmiga uchraydi, fenolsulfotransferaza yordamida efirning 4-o-sulfatigacha faolsizlantiriladi.

T1/2 - 3,8-6 soat. Siydik bilan (69-90%), asosan faol bo'lmagan fenolsulfat metaboliti ko'rinishida (60%) 72 soat ichida va safro bilan (4%) chiqariladi.

Bromgeksin

So'rilishi va taqsimlanishi

Ichga qabul qilinganda MITYda 30 daqiqa ichida deyarli to'liq (99%) so'riladi. Biologik kira olishligi past (jigardan "birinchi o'tish" effekti). Yo'ldosh to'sig'i va GEB orqali o'tadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Jigarda demetillanish va oksidlanishga uchraydi, farmakologik faol ambroksolgacha metabolizmga uchraydi.

T1/2 - 15 soat (to'qimalardan sekin qayta diffuziya oqibatida). Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning chiqarilishi buziladi. Ko'p marta qo'llanilganda kumulyatsiya qilinishi mumkin.

Gvayfenezin

So'rilishi va taqsimlanishi

MITYdan so'rilishi tez (ichga qabul qilingandan so'ng 25-30 daqiqa o'tgach). Kislotali mukopolisaxaridlarni o'z ichiga olgan to'qimalarga kiradi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Yuborilgan preparatning taxminan 60 % jigarda metabolizmga uchraydi.

T1/2 - 1 soat. O'pka (balg'am bilan) va buyraklar orqali ham o'zgarmagan holda, ham faol bo'lmagan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda: yuqori dozalarda qo'llanilganda ba'zida bosh og'rig'i, bosh aylanishi, yuqori asabiy qo'zg'aluvchanlik, uyqu buzilishi, uyquchanlik, tremor, tirishishlar, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining kuchayishi, yurak urishining tezlashishi, siydikning pushti rangga bo'yalishi, allergik reaksiyalar (toshma, eshakemi), kollaps, bronxospazm kuzatiladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Gipertireoz, qandli diabet, og'ir yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziya, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.

Askoril ekspektorantni beta-adrenoblokatorlar bilan birgalikda qo'llash mumkin emas.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

— homiladorlik;

— laktatsiya davri;



— taxiaritmiya;

— miokardit;

— yurak nuqsonlari;

— dekompensatsiyalangan qandli diabet;



— tireotoksikoz;

— glaukoma;



— jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;

— me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida;

— me'dadan qon ketishi;

— arterial gipertenziya;

— 6 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Qandli diabet, remissiya bosqichidagi me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa beta2-adrenomimetiklar va teofillin salbutamol ta'sirini kuchaytiradi va nojo'ya samaralar paydo bo'lishi ehtimolini oshiradi.

Askoril ekspektorant kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo'talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda tayinlanmaydi, chunki bu suyultirilgan balg'am ko'chishini qiyinlashtiradi.

Askoril ekspektorant preparati tarkibiga kiruvchi bromgeksin antibiotiklarning (eritromitsin, sefaleksin, oksitetratsiklin) o'pka to'qimasiga kirishiga yordam beradi.

Askoril ekspektorant preparatini propranolol kabi noselektiv β-adrenoretseptorlar blokatorlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Askoril ekspektorant preparati tarkibiga kiruvchi salbutamol MAO ingibitorlarini olayotgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Diuretiklar va GKS salbutamolning gipokaliemik samarasini kuchaytiradi.

Askoril ekspektorant bilan bir vaqtda ishqoriy ichimlik qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Dozirovkasi

DozalashIchga. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan 3 marta tayinlanadi

6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – ? yoki 1 tabletkadan 3 marta

6 yoshgacha bo'lgan bolalarga Askoril ekspektorant siropini qo'llash tavsiya etiladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ASKORIL tabletkalari N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ASKORIL tabletkalari N10 o'xshash dorilari

ITTENSI Sink i Vitamin S so vkusom apelsina pastilkalar 2,5g N24
Retseptsiz
ITTENSI Sink i Vitamin S so vkusom apelsina pastilkalar 2,5g N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Kompaniya Yunik Farmasyutikal Laboratoriz, Indiya.
VITAKIDS pastillar N60
VITAKIDS pastillar N60
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Guangdony Yichao Biological Co., Ltd №30 13-7 i 8 Szinyuan Ind., Park, Xaoson Roud., Shantuu, Provinsiya Guandun, KNR.
KIDSKOL tomchilar 30 ml
KIDSKOL tomchilar 30 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»

ASKORIL tabletkalari N10 xususiyatlari

Askoril boshqa chiqarish shakllari

ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml
Retseptli
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narxi
17 000 so'm dan
ASKORIL tabletkalari N20
ASKORIL tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
Narxi
43 000 so'm dan
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 200ml
Retseptli
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 200ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narxi
31 000 so'm dan

ASKORIL tabletkalari N10 analoglari

ASKORIL tabletkalari N20
ASKORIL tabletkalari N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Farmasyutikalz Ltd
Narxi
43 000 so'm dan
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml
Retseptli
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narxi
17 000 so'm dan
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 200ml
Retseptli
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 200ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Narxi
31 000 so'm dan
KOFASMA sirop 100ml
KOFASMA sirop 100ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
Narxi
49 000 so'm dan

ASKORIL tabletkalari N10 haqida savollar

ASKORIL tabletkalari N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil