ASKORIL tabletkalari N50

ASKORIL tabletkalari N50 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Salbutamol
Ichga qabul qilinganda so'rilish - yuqori. Ovqat qabul qilish so'rilish tezligini pasaytiradi, ammo biologik kira olishlikka ta'sir qilmaydi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 10%. Yo'ldosh orqali o'tadi.
Jigarda va ichak devorida tizim oldi metabolizmiga uchraydi, fenolsulfotransferaza yordamida efirning 4-o-sulfatigacha faolsizlantiriladi. T1/2 - 3,8-6 soat. Buyraklar orqali (69-90%), asosan faol bo'lmagan fenolsulfat metaboliti ko'rinishida (60%) 72 soat ichida va safro bilan (4%) chiqariladi. Peroral yuborilgan salbutamolning biologik kira olishligi taxminan 50 % ni tashkil qiladi.
Bromgeksin
Ichga qabul qilinganda MITYdan 30 daqiqa ichida deyarli to'liq (99%) so'riladi. Biologik kira olishligi - past (jigardan birlamchi "o'tish" effekti). Yo'ldosh to'sig'i va GEB orqali o'tadi.
Jigarda demetillanish va oksidlanishga uchraydi, farmakologik faol ambroksolgacha metabolizmga uchraydi. T1/2 - 15 soat (to'qimalardan sekin qayta diffuziya oqibatida). Buyraklar orqali chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida metabolitlarning chiqarilishi buziladi. Ko'p marta qo'llanilganda kumulyatsiya qilinishi mumkin.
Gvayfenezin
MITYdan so'rilishi - tez (ichga qabul qilingandan so'ng 25-30 daqiqa o'tgach). T1/2 - 1 soat. Kislotali mukopolisaxaridlarni o'z ichiga olgan to'qimalarga kiradi.
Yuborilgan preparatning taxminan 60 % jigarda metabolizmga uchraydi. O'pka (balg'am bilan) va buyraklar orqali ham o'zgarmagan holda, ham faol bo'lmagan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi
Nojo'ya samaralari
Ichga. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan 3 marta buyuriladi
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – ? yoki 1 tabletkadan 3 marta
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga Askoril ekspektorant siropini qo'llash tavsiya etiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
— homiladorlik;
— laktatsiya davri;
— taxiaritmiya;
— miokardit;
— yurak nuqsonlari;
— dekompensatsiyalangan qandli diabet;
— tireotoksikoz;
— glaukoma;
— jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
— me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi zo'rayish bosqichida;
— me'dadan qon ketishi;
— arterial gipertenziya;
— 6 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Qandli diabet, remissiya bosqichidagi me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa beta2-adrenomimetik vositalar va teofillin salbutamol ta'sirini kuchaytiradi va nojo'ya samaralar paydo bo'lishi ehtimolini oshiradi.
Askoril kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo'talga qarshi vositalar bilan bir vaqtda tayinlanmaydi, chunki bu suyultirilgan balg'am ko'chishini qiyinlashtiradi.
Askoril preparati tarkibiga kiruvchi bromgeksin antibiotiklarning (eritromitsin, sefaleksin, oksitetratsiklin) o'pka to'qimasiga kirishiga yordam beradi.
Askoril preparatini propranolol kabi noselektiv beta-adrenoretseptorlar blokatorlari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Askoril preparati tarkibiga kiruvchi salbutamol MAO ingibitorlarini olayotgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Diuretiklar va GKS salbutamolning gipokaliemik samarasini kuchaytiradi.
Askoril bilan bir vaqtda ishqoriy ichimlik qabul qilish tavsiya etilmaydi
Dozirovkasi
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – ? yoki 1 tabletkadan 3 marta
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga Askoril ekspektorant siropini qo'llash tavsiya etiladi.
ASKORIL tabletkalari N50 o'xshash dorilari


ASKORIL tabletkalari N50 xususiyatlari
Askoril boshqa chiqarish shakllari
ASKORIL tabletkalari N50 analoglari

{
"data": {
"id": 27605,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "askoril-n50-tabl",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "ASKORIL tabletkalari N50",
"brand_name": "ASKORIL",
"image": "uploads/iblock/3a4/3a4f6c2fd7cdb2bdc265253fe2c040dd.webp",
"atx_code": "R05C",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Glenmark Farmasyutikalz Ltd",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 500,
"slug": "lekarstvennye-preparaty",
"name": "Dori vositalari",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 4846,
"slug": "askoril",
"name": "Askoril"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 3,
"slug": "indiya",
"name": "Hindiston"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5957,
"slug": "salbutamol",
"name": "Salbutamol"
},
{
"id": 6604,
"slug": "bromgeksin",
"name": "Bromgeksin"
},
{
"id": 6824,
"slug": "gvayfenezin",
"name": "Gvayfenezin"
}
],
"tags": [
{
"id": 709,
"slug": "ot-astmy",
"name": "Astmadan"
}
]
}
}








