ASPIRIN KOMPLEKS poroshok shipuchiy 3,5475g N10

ASPIRIN KOMPLEKS poroshok shipuchiy 3,5475g N10 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Aspirin® Kompleks preparatining farmakokinetikasi to'g'risidagi ma'lumotlar taqdim etilmagan
Nojo'ya samaralari
Atsetilsalitsil kislotasi
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, ko'ngil aynishi, qusish, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yaralari, oshqozon-ichakdan qon ketish, shu jumladan yashirin; kam hollarda (
Qon ivish tizimi tomonidan: gipoprotrombinemiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda (
MNS tomonidan: bosh aylanishi, quloqlarda jaranglash, bosh og'rig'i, eshitishning pasayishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak yetishmovchiligi, o'tkir interstitsial glomerulonefrit.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, ekzantema, angionevrotik shish, rinit, bronxospazm, hansirash.
Umumiy organizm tomonidan: gipergidroz; kam hollarda (
Fenilefrin
MNS tomonidan: bosh og'rig'i, og'iz qurishi, uyqusizlik, ko'ngil aynishi, qo'zg'aluvchanlik, xavotirlik; kam hollarda - kuchli bosh og'rig'i, noadekvat xulq-atvor.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda - qon bosimining oshishi, taxikardiya.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: kam hollarda - og'riqli yoki qiyinlashgan siydik chiqarish.
Xlorfenamin
Umumiy organizm tomonidan: og'iz qurishi, og'iz va burun shilliq qavatining qurishi, akkomodatsiya buzilishi (ko'rishning xiralashishi).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik tutilishi, siydik chiqarishning qiyinlashishi va og'riqlar.
Maxsus saqlash sharoitlari
Atsetilsalitsil kislotasi bronxospazm, bronxial astma xuruji yoki boshqa yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Xavf omillari: bronxial astma, burun poliplari, isitma, surunkali bronx-o'pka kasalliklari, anamnezda allergiya holatlari (allergik rinitlar, teri toshmasi) mavjudligi.
Atsetilsalitsil kislotasi qon ketishga moyillikni oshirishi mumkin, bu uning trombotsitlar agregatsiyasiga ingibirlab ta'sir qilishi bilan bog'liq. Buni jarrohlik aralashuvlari zarur bo'lganda (shu jumladan kichik jarrohlik aralashuvlari, masalan, tish sug'urish) hisobga olish kerak. Jarrohlik aralashuvidan oldin, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrda qon ketishini kamaytirish uchun preparat qabul qilishni 5-7 kun oldin bekor qilish va shifokorni xabardor qilish kerak.
Bolalarda o'tkir virusli infeksiyalarda atsetilsalitsil kislotasini saqlovchi preparatlar qo'llanilganda Reye sindromi (qusish, o'tkir ensefalopatiya, jigar kattalashishi) yuzaga kelishi xavfi ortadi. Shuning uchun ushbu toifadagi bemorlarda Aspirin® Kompleks preparatini tayinlash mumkin emas.
Davolash vaqtida alkogol iste'mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki atsetilsalitsil kislotasini qabul qilish oqibatida me'da-ichak trakti tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi xavfi ortadi va xlorfenaminning sedativ samarasi kuchayadi.
Xlorfenamin qo'llanilganda teri allergik sinamalari ko'rsatkichlari o'zgarishi mumkinligi sababli, shifokorga preparat qo'llanilayotgani haqida xabar berish va teri sinamalarini o'tkazishdan 3 kun oldin uni bekor qilish tavsiya etiladi.
Davolash vaqtida og'riq qoldiruvchi preparatlar, simpatomimetiklar, guanetidin va beta-adrenoblokatorlarni qo'llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni muntazam ravishda va emlashlar o'tkazishdan oldin profilaktika maqsadida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Tuz iste'molini cheklaydigan bemorlar har bir paketchada natriy bikarbonat borligini hisobga olishlari kerak.
Preparat tarkibiga kiruvchi faol komponent fenilefrin sportchilarda doping-test o'tkazilganda ijobiy natija berishi mumkin.
Buyrak yetishmovchiligida va plazmada albumin darajasi pasayganda preparatning toksik ta'siri xavfi ortadi.
Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aspirin® Kompleks uyquchanlikni chaqirishi va shu munosabat bilan avtomobil va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);
— me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligining surunkali yoki qaytalanuvchi kechishi;
— salitsilatlar yoki boshqa NYQP qabul qilish chaqirgan astma;
— qon ivishining buzilishi (gemofiliya, gipoprotrombinemiya);
— jigar va/yoki buyrak faoliyatining og'ir buzilishlari;
— bronxial astma va atsetilsalitsil kislotasini o'zlashtiraolmaslik bilan bog'liq burun polipozi;
— arterial gipertenziya;
— stenokardiya;
— qalqonsimon bez kattalashishi;
— peroral antikoagulyantlar bilan birgalikda qo'llash;
— MAO ingibitorlari bilan birgalikda qo'llash, shu jumladan ular qabul qilinishi to'xtatilgandan keyin 15 kunlik davr;
— metotreksatni haftasiga 15 mg va undan ortiq dozada birgalikda qo'llash;
— siydik tutilishi;
— homiladorlikning I va III trimestrlari;
— laktatsiya davri (emizish);
— atsetilsalitsil kislotasiga va boshqa NYQP ga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Asetilsalitsil kislotasi
Etanol, simetidin va ranitidin asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda oxirgisining toksik samarasi kuchayadi.
Geparin va bilvosita antikoagulyantlar asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda trombotsitlar faoliyati bostirilishi va bilvosita antikoagulyantlar qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishdan siqib chiqarilishi hisobiga qon ketish rivojlanish xavfi oshadi.
Asetilsalitsil kislotasi indometatsin, fenoprofen, naproksen, flurbiprofen, ibuprofen, diklofenak, piroksikam so'rilishini kamaytiradi.
GKS asetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda MTY shilliq qavati ikkilamchi shikastlanishi xavfi kuchayadi.
Asetilsalitsil kislotasi bir vaqtda qo'llanilganda fenitoinni oqsillar bilan bog'lanishdan siqib chiqarishi tufayli uning konsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Dozirovkasi
Davolash davomiyligi (shifokor maslahatisiz) og'riq qoldiruvchi vosita sifatida qo'llanilganda 5 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida - 3 kundan oshmasligi kerak.
Preparatni ovqatdan keyin, paketcha tarkibini bir stakan xona haroratidagi suvda eritib, ichga qabul qilish kerak.Dozani oshirib yuborishko'ngil aynishi, qusish, quloqlarda jaranglash, eshitish va ko'rishning yomonlashishi, nafas olishning tezlashishi, yaqqol bosh og'rig'i, muvozanat buzilishi, yaqqol uyquchanlik, yurak ritmining buzilishi
Hajm/og'irlik
ASPIRIN KOMPLEKS poroshok shipuchiy 3,5475g N10 o'xshash dorilari

Aspirin boshqa chiqarish shakllari
ASPIRIN KOMPLEKS poroshok shipuchiy 3,5475g N10 analoglari




{
"data": {
"id": 28294,
"stores_apteka_id": null,
"slug": "aspirin-kompleks-3-5475-n10-ship-por",
"stores_apteka_slug": null,
"name": "ASPIRIN KOMPLEKS poroshok shipuchiy 3,5475g N10",
"brand_name": "ASPIRIN KOMPLEKS",
"image": "uploads/iblock/c45/c451ff19256f84580cc4642edd318e94.webp",
"atx_code": "N02BA51",
"drug_form_id": 4,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "not_available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": false,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Kern Farma S.L",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 488,
"slug": "obezbolivayushchie",
"name": "Og'riq qoldiruvchi",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 5314,
"slug": "aspirin",
"name": "Aspirin"
},
"is_purchasable": false,
"country": {
"id": 45,
"slug": "ispaniya",
"name": "Ispaniya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 5988,
"slug": "fenilefrin",
"name": "Fenilefrin"
},
{
"id": 6425,
"slug": "atsetilsalitsilovaya-kislota",
"name": "Asetilsalisilovaya kislota"
},
{
"id": 9501,
"slug": "khlorfenamin",
"name": "Xlorfenamin"
}
],
"tags": []
}
}





