Apteka.uz
SavatKirish

BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:VITAFARMA FIRMA AO
Teglar:Disbakteriozdan
ATX kodi:A07FA
Barcha Bifidumbakterin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10 haqida qo'llanma

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Peroral shakllarni antibiotiklar bilan bir vaqtda qo'llash, shuningdek preparatni issiq suvda (40° dan yuqori) eritish va uni eritilgan holda saqlash tavsiya etilmaydi.

Suppozitoriylarni qo'llashni antibakterial, viruslarga qarshi va immunostimullovchi dori vositalarini bir vaqtda tayinlash bilan birga olib borish mumkin.

Achigan moy hidiga ega yoki o'rami buzilgan suppozitoriylar qo'llash uchun yaroqsiz.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (suppozitoriylar uchun);

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparat ta'sirini vitaminlar (ayniqsa V guruhi), pasaytiradi - antibiotiklar.

Dozirovkasi

DozalashIchishga qabul qilish uchun ovqatdan 20-30 daqiqa oldin yoki ovqat vaqtida (emizikli bolalarga bevosita ovqatlantirishdan oldin, liofilizatni oldindan eritib berish mumkin).

Jarrohlik patologiyasi bo'lgan bemorlarga - operatsiyadan 3-5 kun oldin va undan keyin 10-15 kun davomida - 15-30 dozadan.

Oshqozon-ichak trakti surunkali kasalliklari: (oshirilgan dozalar) 25-50 dozadan kuniga 1-3 marta; davolash kursi - 10-14 kun.

Suppozitoriy 1 doza bifidobakteriy bifidumni o'z ichiga oladi. Ichak kasalliklarida - rektal, kuniga 3 marta 1-2 suppozitoriy, peroral shakllarni qabul qilish bilan birgalikda ovqatdan 20-30 daqiqa oldin kuniga 1-2 marta 5 dozadan. O'tkir ichak infeksiyalaridan keyin davolash davomiyligi - 7-10 kun, cho'zilgan va surunkali shakllarda - 15-30 kun va undan ko'proq.

Ginekologik amaliyotda - intravaginal, kuniga 2 marta 1 suppozitoriy 5-10 kun davomida.

Homiladorlarda qin sekreti tozaligining buzilishida III-IV darajagacha - kuniga 1-2 marta 1 suppozitoriy 5-10 kun va undan ko'proq, qin sekreti tozaligining I-II darajagacha tiklanishi va klinik belgilarning yo'qolishi nazorati ostida.

Rejali ginekologik operatsiyalarda yiringli-septik asoratlarning oldini olish maqsadida - intravaginal, kutilayotgan operatsiya yoki tug'ruqdan oldin 5-10 kun davomida kuniga 1-2 marta 1 suppozitoriy.

Antibiotikoterapiyadan keyin - intravaginal, kuniga 1-2 marta 1 suppozitoriy 10 kun davomida. Zarurat bo'lganda kursni 3-4 oydan keyin takrorlash mumkin.

Ichishga eritma tayyorlash va mahalliy qo'llash (orolash, applikatsiya, kompress ko'rinishida) uchun liofilizat urogenital disbakteriozda qo'llaniladi - intravaginal, eritmaga mo'l shimdirilgan tampon 2-3 soatga kiritiladi (5-10 doza 15-20 ml xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi); davolash kursi - 8-10 kun.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10 o'xshash dorilari

BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10 xususiyatlari

Bifidumbakterin boshqa chiqarish shakllari

BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
MIKROGEN NPO AO
Narxi
25 900 so'm dan

BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10 analoglari

BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10
BIFIDUMBAKTERIN 5DOZ N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
MIKROGEN NPO AO
Narxi
25 900 so'm dan

BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10 haqida savollar

BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil