Ташкент
logo
SavatKirish

BIORAN gel 15g

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Rusan Pharma LTD
ATX kodi:MО2AA15
Barcha BIORAN dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BIORAN gel 15g qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi

100 g preparatda quyidagilar saqlanadi:
faol modda: diklofenak dietilamini – 1,16 g, bu 1 g diklofenak natriyga to'g'ri keladi.
yordamchi moddalar: natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, karbomer (karbopol-934), trietanolamin, dinatriy edetati, izopropil spirti, propilenglikolь, Kelьn essentsiyasi (R1495), polioksil 40 gidrogenlangan kanakunjut moyi (Cresmer 40), mentol, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli:

Alyumin tuba 15 g/30 g dan, ichida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Farmakokinetikasi

Diklofenakning teri orqali so'riladigan miqdori u qo'yilgan maydonga proportsional, shuningdek preparatning yig'indi dozasi va terining gidratatsiyasi darajasiga bog'liq. Preparat sirtga qo'llanganida 6% dan ko'p bo'lmagan diklofenak so'riladi.
Metabolizmi asosan gidroksidlanish yo'li orqali bir necha hosilalarini hosil bo'lishi bilan amalga oshiriladi, ulardan ikkitasi farmakologik jihatdan faoldir, lekin diklofenakka nisbatan ahamiyatli darajada kam. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi diklofenakning umumiy tizimli klirensi minutiga o'rtacha 263 ± 56 ml, yakuniy yarim chiqarilish davri esa - 1-3 soatni tashkil etadi.

Farmakologik ta'siri

Preparatning faol komponenti diklofenak – nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat bo'lib, yaqqol og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi hususiyatlarga ega. 1 va 2 turdagi siklooksigenazani tanlamasdan bostirib, yallig'lanish jarayonini rivojlanishida asosiy mezon bo'lgan prostaglandinlar sintezini va araxidon kislotasining metabolizmini buzadi. Diklofenak yallig'lanish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan og'riq sindromini bartaraf qilish va shishni kamaytirish uchun ishlatiladi.

Dori shakli

sirtga qoʼllash uchun gel

Nojo'ya samaralari

Mahalliy reaktsiyalar: ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatit (terining ishlov berilayotgan sohasini qichishishi, qizarishi, shishi, papulalar, vezikulalar, terini qipiqlanishi) bo'lishi mumkin.
Tizimli reaktsiyalar: tarqoq teri toshmalari, allergik reaktsiyalar (eshakemi, angionevrotik shish, bronxospastik reaktsiyalar), fotosensibilizatsiya bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Bioran gelini faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Gelь surtilganidan so'ng okklyuzion bog'lov qo'yish mumkin emas. Preparatni ko'zlarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Preparat avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Yumshoq to'qimalar va bo'g'imlarni posttravmatik yallig'lanishlarida (masalan, paylarni cho'zilishlari, zo'riqishlar va lat yeyishlar oqibatida);
Yumshoq to'qimalarni revmatik kasalliklarida (tendovaginit, bursit, periartikulyar to'qimalarni shikastlanishi);
Mushaklar va bo'g'imlarni kasalliklari bilan bog'liq bo'lgan og'riq sindromi va shishida (revmatoid artrid, osteartroz, radikulitlar, lyumbago, ishias va boshqalar) qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Diklofenakka yoki preparatning boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQPga yuqori sezuvchanlik, “aspirinli” astma, homiladorlik (III uch oyligi), laktatsiya davri, bolalar (12 yoshgacha), teri qoplamlari butunligini buzilishida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar porfiriyasi (zo'rayishi), me'da-ichak yo'llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyraklar faoliyatini og'ir darajadagi buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshi, homiladorlikni I va II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bioran preparati fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri keltirilmagan.

Ta'rifi

tiniqdan och sariq ranggacha boʼlgan bir xil gel

Dozirovkasi

Sirtga qo'llanadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat teriga kuniga 3-4 marta qo'yiladi va yengil surtiladi. Preparatning kerakli miqdori og'riqli sohaning o'lchamiga bog'liq.
Preparatning bir martalik dozasi – 2-4 g (bu hajmi bo'yicha olcha yoki grek yong'og'ini o'lchamiga to'g'ri keladi). Preparat surtilganidan so'ng qo'llarni yuvish kerak. Davolashning davomiyligi ko'rsatmalarga va kuzatiladigan samarasiga bog'liq. Preparat 2 hafta davomida ishlatilganidan so'ng shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat sirtga qo'llanganida uning faol komponentlarini tizimli so'rilishi juda past bo'lganligi sababli, dozani oshirib yuborilish imkoni deyarli yo'q.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanishi:
Preparatni homiladorlikni III uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikni I va II uch oyliklarida faqat shifokorning maslahatidan so'ng qo'llash mumkin.
Diklofenak va uning metabolitlari ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

BIORAN gel 15g boshqa chiqarish shakllari

BIORAN tabletkalari 50mg N100
Retseptli
BIORAN tabletkalari 50mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
•1 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
BIORAN eritma 75mg/3ml N5
Retseptli
BIORAN eritma 75mg/3ml N5
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma LTD
•2 ta dorixonada bor
Narxi
34 500 so'm dan
BIORAN gel 30g
Retseptli
BIORAN gel 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Rusan Pharma Ltd

BIORAN gel 15g analoglari

BOLBURG gel 1% 30g
Retseptsiz
BOLBURG gel 1% 30g
Hindiston
Vakil:
Rhydburg
Ishlab chiqaruvchi:
Rhydburg LLP, Indiya proizvedeno: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
ADJIDIKLO-SUPER gel 5% 30g
Retseptsiz
ADJIDIKLO-SUPER gel 5% 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
Narxi
40 000 so'm dan

BIORAN gel 15g savollari

BIORAN gel 15g fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil