BIORAN
BIORAN chiqarilish shakllari

BIORAN haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Diklofenakka yoki preparatning boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQPga yuqori sezuvchanlik, “aspirinli” astma, homiladorlik (III uch oyligi), laktatsiya davri, bolalar (12 yoshgacha), teri qoplamlari butunligini buzilishida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: jigar porfiriyasi (zo'rayishi), me'da-ichak yo'llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyraklar faoliyatini og'ir darajadagi buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshi, homiladorlikni I va II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Farmakokinetikasi
Diklofenakning teri orqali so'riladigan miqdori u qo'yilgan maydonga proportsional, shuningdek preparatning yig'indi dozasi va terining gidratatsiyasi darajasiga bog'liq. Preparat sirtga qo'llanganida 6% dan ko'p bo'lmagan diklofenak so'riladi.
Metabolizmi asosan gidroksidlanish yo'li orqali bir necha hosilalarini hosil bo'lishi bilan amalga oshiriladi, ulardan ikkitasi farmakologik jihatdan faoldir, lekin diklofenakka nisbatan ahamiyatli darajada kam. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi diklofenakning umumiy tizimli klirensi minutiga o'rtacha 263 ± 56 ml, yakuniy yarim chiqarilish davri esa - 1-3 soatni tashkil etadi.
Farmakologik ta'siri
Preparatning faol komponenti diklofenak – nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat bo'lib, yaqqol og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi hususiyatlarga ega. 1 va 2 turdagi siklooksigenazani tanlamasdan bostirib, yallig'lanish jarayonini rivojlanishida asosiy mezon bo'lgan prostaglandinlar sintezini va araxidon kislotasining metabolizmini buzadi. Diklofenak yallig'lanish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan og'riq sindromini bartaraf qilish va shishni kamaytirish uchun ishlatiladi.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Preparat 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlikda va emizish davrida qo'llanishi:
Preparatni homiladorlikni III uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikni I va II uch oyliklarida faqat shifokorning maslahatidan so'ng qo'llash mumkin.
Diklofenak va uning metabolitlari ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat sirtga qo'llanganida uning faol komponentlarini tizimli so'rilishi juda past bo'lganligi sababli, dozani oshirib yuborilish imkoni deyarli yo'q.
Maxsus ko‘rsatmalari
Bioran gelini faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Gelь surtilganidan so'ng okklyuzion bog'lov qo'yish mumkin emas. Preparatni ko'zlarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Preparat avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bioran preparati fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri keltirilmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Sirtga qo'llanadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat teriga kuniga 3-4 marta qo'yiladi va yengil surtiladi. Preparatning kerakli miqdori og'riqli sohaning o'lchamiga bog'liq.
Preparatning bir martalik dozasi – 2-4 g (bu hajmi bo'yicha olcha yoki grek yong'og'ini o'lchamiga to'g'ri keladi). Preparat surtilganidan so'ng qo'llarni yuvish kerak. Davolashning davomiyligi ko'rsatmalarga va kuzatiladigan samarasiga bog'liq. Preparat 2 hafta davomida ishlatilganidan so'ng shifokor bilan maslahatlashish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)






















